Abdusattorov muhammaddiyor mmt 80i



Download 51,07 Kb.
Sana15.06.2022
Hajmi51,07 Kb.
#675200
Bog'liq
Pul va banklar



abdusattorov muhammaddiyor mmt 80i
PUL VA BANKLAR


5-VARIANT.



  1. Markaziy bankning mustaqilligi tushunchasiga izoh bering.

  2. Kredit uyushmalarining xarajatlari.

  3. Lombardlarning tashkil etishning zarurligi.

  4. O‘zbekistonda qanday bank dastlabki tijorat banki hisoblanadi va undan keyin qanday tijorat banklari tashkil etildi?

  5. Tijorat banklari passiv operatsiyalari mohiyati va tarkibi

1-javob:
Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati hamda uni mamlakat hududida bo’layotgan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi roli haqida munozarali bahslar bir necha marotaba o’zining rivojlanish yo’nalishlarini o’zgartirdi va buning oqibatida iqtisodiyotdagi bank tizimining birinchi pog’onasida real o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ldi, bu esa birinchi navbatda davlat boshqaruv organlariga bo’lgan munosabatlarda namoyon bo’ldi.
Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati hamda uni mamlakat hududida bo’layotgan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi roli haqida munozarali bahslar bir necha marotaba o’zining rivojlanish yo’nalishlarini o’zgartirdi va buning oqibatida iqtisodiyotdagi bank tizimining birinchi pog’onasida real o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ldi, bu esa birinchi navbatda davlat boshqaruv organlariga bo’lgan munosabatlarda namoyon bo’ldi.
Iqtisodiy adabiyotda Markaziy bankning mustaqilligi tushunchasi turli iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Massachusets texnologiya universiteti professori Stenli Fisherning fikriga ko'ra, Markaziy bank mustaqilligining 2 turi mavjud:

  • instrumentlarni tanlashdagi mustaqillik

  • maqsadlarni tanlashdagi mustaqillik

1991-yilda V. Grilli fanga Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi tushunchasini kiritdi. Uning fikriga ko'ra, Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi – bu Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayonini hukumatdan mustaqilligidir. Ammo hozirgi davrda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi nafaqat Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayonidagi mustaqillikni, balki pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi mustaqillikni ham o'z ichiga oladi.
Ko'pchilik iqtisodchi olimlar – (Maskiandaro, Tabellini, Sukerman, Eyffinger, Shennaev va boshq.) tomonidan Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligini mavjudligi e'tirof etilgan. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi – bu Markaziy bankning o'z ixtiyoridagi mablag'lar va instrumentlardan foydalanishda hukumatdan va davlat boshqaruv organlaridan mustaqilligidir.
Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga solishdagi o’rni ko’p hollarda milliy urf-odatlardan va bank tizimining milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin, umumiy yo’nalish (tendentsiya)larni ham asosiy iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga taqqoslagan holda ko’rib chiqish mumkin. 70-yillar o’rtalaridan 80-yillar o’rtalarigacha bo’lgan davr mobaynida davlatning iqtisodiyotga amaliy aralashuvi natijasida jahonning ko’pgina etakchi mamlakatlarida markaziy banklarning “qudratlilik” nazariyasi tasdiqlandi, markaziy banklarning obro’-e’tibori, nufuzi qsdi va bu ma’muriy boshqaruv usullarining kengayishida namoyon bo’ldi.
Shular orqali, tahlil qilingan besh omil ichidan uch asosiy (aniqrog’i: 2,4,5) va ikki qo’shimcha (1 va 3) omilni ajratish mumkin. Markaziy bankning xukumat boshqaruv organlaridan mustaqilligini belgilovchi asosiy ob’ektiv omillarga:

  • Bank rahbarini saylash va ishdan ozod qilish tartibi

  • Pul-kredit siyosatiga davlatning aralashish huquqi

Markaziy bank kapitalida davlat ulushini va qonunchilikda Markaziy bankning maqsad va vazifalarini aniq belgilanganligi yuqoridagi tahlildan ko’rinib turibdiki, u Markaziy bank mustaqilligi darajasini belgilashda hal qiluvchi rol o’ynamaydi va ular ikkilamchi omilllar hisoblanadi.

2-javob:
Kredit uyushmalarining xarajatlari ularning passiv operatsiyalari natijasida vujudga keladi. Xarajatlarning asosiy ulushi resurslarni jalb qilish (foizli xarajatlar) va uyushma xodimlariga ish haqi berish (foizsiz xarajatlar)ga to‘g‘ri keladi.


Foizli va foizsiz xarajatlar uyushma balansining aktiv hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi, barcha xarajatlar har oyda, chorakda va hisobot yilining oxirida uyushmaning tegishli hisob varaqlariga (31206 – Sof foyda (zarar) (aktiv – passiv)) debetlash orqali yopiladi.
Kredit uyushmasi - a'zolarga tegishli bo'lgan moliyaviy kooperativ bo'lib, u o'z a'zolari tomonidan boshqariladi va tijorat banki bilan taqqoslanadigan notijorat asosda ishlaydi.
Kredit uyushmalari chakana banklarga o'z a'zolariga depozit hisoblari, kredit va boshqa moliyaviy xizmatlar kabi shunga o'xshash xizmatlarni taklif qiladi. Kredit uyushmalari Afrikaning bir qancha mamlakatlarida SACCO sifatida tanilgan (Omonat va kredit kooperativlari).


3-javob:
Lombardlar – ixtisoslashgan tijorat tashkiloti bo‘lib, asosiy faoliyati fuqarolarning harakatdagi mulklari garovi ostida, qisqa muddatli kreditlar berish va buyumlarni saqlash bilan shug‘ullanadi.
Lombardlarning ixtisoslashganlik darajasiga qarab buyumlar, oltin buyumlar va avtoulovlar garov sifatida qabul qilinadi. Buyumlar tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida baholanadi. Lombard va kredit oluvchi shaxs o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida kredit beriladi.
Dastlabki lombardlar XV asrlarda Fransiyaning Lombard shahrida savdogarlar tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunda amaliyotda qo‘llanilib kelinayotgan “lombard” termeni shu tariqa paydo bo‘lgan. Lombardlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ushbu muassasalar mijozning ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan summani juda tez fursatda berish imkoniyatiga egaligidir. Bunda lombard va qarz oluvchi o‘rtasida, ko‘pchilik hollarda qimmatbaho buyumlar garov sifatida foydalaniladi.
Lombard tashkiloti berilgan kredit uchun undirilishi lozim bo‘lgan foiz to‘lovini, ko‘pchilik hollarda, oldindan kredit summasidan chegirib qoladi. Lombard kredit uchun hisoblanadigan foiz summalari quyidagi tartibda hisoblanadi. Masalan, kredit summasi – 1,0 mln so‘m, oylik foiz to‘lovi – 3 %, kreditdan foydalanish muddati – 20 kun. Kredit summasidan kelib chiqib, ushbu kredit summasiga nisbatan to‘lanadigan foiz to‘lovi quyidagicha aniqlanadi: 1000000*0,003*20=60000 so‘m. O‘zbekistonda lombardlar bank tizimining ikkinchi pog‘onasidagi kredit muassasalari tarkibiga kiradi. Biroq, ularning faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va litsenziyalash vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 17 sentyabrdagi 402 – sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida lombardlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent shahrida joylashgan lombardlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar adliya boshqarmalari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududida joylashgan lombardlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Lombardlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun qonun hujjatlarida to‘lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji to‘laydilar.

4-javob:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining dastlabki yillarida mamlakat bank tizimi mavjud emas edi. Chunki, mamlakatda atigi SSSR Davlat bankining O‘zbekiston Respublikasi boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat bankining filiali, Qurilish bankining filiali va Davlat mehnat omonat jamg‘arma kassalarining viloyat boshqarmalari va tuman bo‘limlarigina faoliyat ko‘rsatar edi.


1991 yil 7 sentyabrda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tuzildi. Mamlakat hududida xalqaro hisob-kitoblar ilk bora ana shu bank orqali amalga oshirila boshlandi, respublikaning valyuta mablag‘larini jamlash va ulardan aniq maqsadni ko‘zlab foydalanish imkoniyati vujudga keldi.
1994-1995 yillarda avtomobil' sanoati korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Asakabank”, g‘alla yetishtirishni moliyalashtirishni ta'minlash uchun “G‘allabank”, agrar soha korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Paxtabank”, kichik va xususiy tadbirkor­likni moliyaviy ta'minlashni takomillashtirish maqsadida “Tadbirkorbank” tashkil etildi. Keyinchalik ushbu banklarning resurs va mijoz bazasi kengayib, ular universal tijorat banklariga aylantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyundagi 362-sonli “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 1995 yil 9 noyabrdagi “O‘zbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, tijorat banklarini 1994 yildan 1997 yilning 31 dekabriga qadar soliq to‘lovlaridan ozod qilinishi ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari bilan ta'minlash imkonini berdi.

5-javob:
Passiv operatsiyalar bu bank resurslarini shakllantirilishi bilan bog’lik operatsiyalardir. Passiv operatsiyalar aylanmadagi bo’lgan, yangi resurslar jalb qilish (orqali) natijasida banklarning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishga imkoniyat yaratiladi.


Tijorat bank faoliyatini tashkil qilishning ilk bosqichi, ular passiv operatsiyalarini amalga oshirish hisobiga resurclarini shakllantirishdan iborat. Tijorat banki mustaqil faoliyat yurituvchi sub’ekt sifatida o’z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo’lgan talablardan biri, bu bankning talab darajasidagi o’z potentsiallariga ega bo’lishidir. Shu bois banklar faoliyatini olib borish avvalo etarli miqdordagi bank resurslarining mavjud bo’lishini taqozo etadi.
Har qanday tijorat banklarning passiv operatsiyalarining samarali boshqarib borilishi bank resurslarining mukammal tashkil qilinishi va tejamli ishlatilishiga zamin yaratadi. Hosil qilingan resurslar tijorat banklarning tijorat va xo’jalik faoliyatini ta’minlash uchun ishlatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining passiv operatsiyalari, uning tarkibi va hajmini oshirishda uni samarali boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklarining resurs bazasini shakllantirish nafaqat yangi mijozlarni jalb etish, balki resurslar manbalari to’zilmasini doimiy ravishda o’zgartirib turishni ham o’z ichiga olgan holda, bank aktivlari va passivlaridan oqilona foydalanishning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Tijorat bank passivlaridan samarali foydalanish passiv operatsiyalarini asosini tashkil qiluvchi, xususan, kapitalini oshirish, depozit siyosatining oqilona yuritish, asosiy strategik va taktik yo’nalishlarini belgilashdan iborat bo’ladi.
Tijorat bank resurslari bizga ma’lumki passiv operatsiyalarni natijasida shakllanadi. Bankning passiv operatsiyalari – bankning o’z va jalb qilingan mablag’larini ustida amalga oshirilgan amaliyotlarda yuzaga keladi. Moliyakredit lug’atlarda berilishicha, banklarning passiv operatsiyalari bu – «Banklar kredit va boshqa aktiv amaliyotlarni bajarish uchun o’z resurslarini shakllantirish operatsiyalari»1 dir.
Xalqaro bank amaliyotida passiv operatsiyalarning quyidagi to’rtta shaklidan keng foydalaniladi:

  1. banklarning foydasidan fondlarni shakllantirish va ularni ko’paytirishga ajratmalar;

  2. depozit operatsiyalar;

  3. yuridik shaxslardan olingan kredit resurslar;

  4. qimmatli qog’ozlar, pul biletlar va tangalarni muomalaga chiqarish (emissiya).

Tijorat banklarining passiv operatsiyalari deganda, ularni resurs bazasini shakllantirish bilan bog’liq operatsiyalari tushuniladi.
Bank tizimi faoliyati davlatning iqtisodiy xolati bilan o’zviy xolda bog’lik va unga o’ziga yarasha ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa xozirgi bozor iqtisodiga o’tish sharoitida, mamlakatdagi moliya – kredit tizimining tashkil etilganligi, iqtisodiy tsikllarning barqarorligini bank faoliyati ko’rsatkichlari orqali ko’rishimiz mumkin. Banklarning iqtisodiy faoliyatidan kelib chiqadigan bo’lsak bank faoliyatida xam o’ziga yarasha extiyojlar va talablar mavjud.
Bank passivlarini ikkita katta guruxga bo’lib o’rganadi:

  • Bank o’z kapitali va unga tenglashtirilgan moddalarni tashkil etish bilan bog’liq operatsiyalar;

  • Jalb qilingan mablag’lar, depozit va nodepozit operatsiyalar.

Tijorat banklarning o’z mablag’lari tarkibiga ularni passiv operatsiyalari orqali quyidagilar kiritilgan:

  1. Aktsiyadorlik kapitali (Oddiy, Imtiyozli)

  2. Qo’shimcha kapital,

  3. Zaxira kapitali (Zaxiralar va maxsus fondlar, devalvatsiya)

  4. Taqsimlanmagan foyda

  5. Qayta baxolash ortiqchasidan iborat.

Shundan, tijorat banklar ustav kapitali ular tomonidan chiqargan aktsiyalarning nominal qiymatiga teng bo’lib, bankning boshlangich ish faoliyatida bank faoliyatini yuritishi uchun kerakli darajada mablag’ga ega bo’lish maqsadida o’zi uchun etarli bo’lgan miqdorda joylashtiriladi. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda fond bozorlariga joylashtirilgan aktsiyalarning nominalidan yuqori bo’lgan bozor narxlari qo’shimcha ravishda nominalidan ortiqcha qismi qo’shimcha kapitalda xisobga olinadi.

Download 51,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish