Abdurauf Fitrat


Ijtimoiy publitsistika[tahrir | manbasini tahrirlash]



Download 131,76 Kb.
bet6/10
Sana20.06.2022
Hajmi131,76 Kb.
#681493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdurauf Fitrat

Ijtimoiy publitsistika[tahrir | manbasini tahrirlash]


Ijtimoiy, huquqiy, diniy va maʼrifiy asarlari orqali ham Fitrat ilm-fan, maʼrifatning turli sohalarida teran iz qoldirdi. U 1914–1916-yillardayoq „Rahbari najot“ („Najot yoʻli“), „Oila“, „Mavludi Sharif yoki Mur’oti xayr ul Bashar“, 1917–1920-yillarda „Oʻqu“ („Oʻquv“), „Sharq siyosati“, „Yigʻla, Islom“, 1925-yilda „Muxtasar Islom tarixi“ singari asarlarni eʼlon qildi. Fitrat mazkur asarlarida, bir tomondan, shu-yillarda roʻy bergan siyosiy, ijtimoiy masalalarga munosabatini ifodalagan boʻlsa, ikkinchi tomondan, musulmon olami uchun oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan yoki muayyan tarixiy davrda saqlanib qoladigan maʼnaviy va maʼrifiy qadriyatlarni tushuntirib berdi. Fitrat bu asarlarida millatning nafaqat siyosiy-ijtimoiy, balki diniy maʼrifiy masalalarda ham yetarli darajada bilimga ega boʻlmaganini eʼtiborga olib, har bir musulmon bilishi lozim boʻlgan bir qator masalalarga yorqinlik bagʻishladi. Fors tilida yozilgan „Rahbari najot“ risolasida tafsir, hadis, fiqh, kalom ilmlari, shuningdek, lisoniy, falsafiy, dunyoviy ilmlar toʻgʻrisida aniq tasavvur berdi, avlod, badan, fikr, axloq tarbitasiga oid falsafiy, etik qarashlarini olgʻa surdi. Fitratning „Oila“ risolasida esa oilaning jamiyat va inson hayotidagi rolini oshirishga, oila aʼzolarining huquqiy meʼyorlarini belgilashga qaratilgan fikr va mulohazalari yanada rivojlantirildi.
Fitrat huquqiy davlat qurish va uning rivojini taʼminlash maqsadida 1918-yilda Yosh buxoroliklar partiyasining 13 bobdan iborat dasturini yozib berdi. Bu dasturda olimning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlari oʻzining chuqur ifodasini topdi.

Pedagogika[tahrir | manbasini tahrirlash]


Fitratning maktab oʻquvchilariga moʻljallangan „Oʻqu“ („Oʻquv“, , Boku, 1917) qoʻllanmasi Vatan, dunyo, tabiiyot, tibbiyot va gigiyena singari masalalar, shuningdek, oʻtmishda yashagan allomalar haqida tasavvur beradi (nomaʼlum sabablarga koʻra, ushbu qoʻllanmaning 2-qismi yozilmagan).

Oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganish[tahrir | manbasini tahrirlash]


Bulardan tashqari Fitrat oʻzbek tilining grammatikasini oʻrganish ishlarini boshlab bergan va shu soha rivojiga katta hissa qoʻshgan. U 1918-yilda Shokirjon Rahimiy va Qayum Ramazon bilan hamkorlikda „Ona tili“ darsligini yaratdi. 1921-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan Til va imlo qurultoyida Fitrat oʻzbek tilining sofligini taʼminlash va rivojlantirishga qaratilgan bir qancha takliflarni oʻrtaga tashladi. U 20-yillarda oʻzbek tili tabiatini oʻrganishda davom etib, „Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrisida bir tajriba: Sarf“ (1925), „Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrisida bir tajriba: Nahv“ (1926) darsliklarini yaratdi va bu darsliklar 1930-yilga qadar bir necha marta nashr etildi. Olim oʻzbek tili morfologiyasi va sintaksisiga bagʻishlangan bu asarlari bilan oʻzbek tili grammatikasini ilmiy asosda oʻrganish ishiga tamal toshini qoʻydi. Fitratning tilshunoslik sohasidagi katta xizmatlaridan yana biri uning 20-yillarda qadimiy turkiy til, jonli xalq tili va shevalarga tayangan holda, ilmiy-adabiy muomalaga kirib kelayotgan yangi tushuncha hamda hodisalarni ifodalash uchun oʻzbek tilining lugʻat fondiga yangi soʻzlar hamda atamalarni olib kirganligidadir.
Olim „Eng eski turk adabiyoti namunalari“ (matn, tadqiqot, izohlar, 1927), „Oʻzbek adabiyoti namunalari“ (matn, tadqiqot, izohlar, 1-jild, 1928) tazkiralarini tuzib, milliy adabiy merosimizning eng qadimgi davrdan soʻnggi davrlarga qadar yaratilgan namunalarini toʻplab, muayyan tizimga soldi („Oʻzbek adabiyoti namunalari“ning ikkinchi jildi nomaʼlum sabablarga koʻra eʼlon qilinmagan). „Qutadgʻu bilig“ singari oʻzbek yozma adabiyotining xalq orasida sochilib yotgan noyob yodgorliklarini qoʻlga kiritish, oʻrganish va chop etishga intildi. Oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalarini ilk bor oʻrganib, „Bedil“ (1923), „Navoiyning forsiy shoirligi va uning forsiy devoni toʻgʻrisida“, „Qutadgʻu bilig“ (1925), „Ahmad Yasaviy“ (1927), „Yassaviy maktabi shoirlari toʻgʻrisida tekshirishlar“, „Hibbat ul-Haqoyiq“, „Oʻzbek shoiri Turdi“ (1928), „XVI asrdan soʻngra oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash“, „Muhammad Solih“, „Fors shoiri Umar Xayyom“ (1929), „Mashrab“, „Farxodu Shirin“ dostoni toʻgʻrisida" (1930) kabi katta ilmiy qimmatga ega risola va maqolalar yaratdi. Fitrat bu tadqiqotlari bilan oʻzbek adabiyotshunoslik maktabiga poydevor qoʻydi.
„Sheʼr va shoirliq“ (1919), „Adabyot qoidalari“ (1926), „Sanʼatning manshai“ (1927), „Aruz haqida“ (1936) singari maqola va risolalari bilan adabiyot nazariyasi faniga asos soldi.

Download 131,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish