Abdurahmon akbar



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/58
Sana13.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#354808
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58
Bog'liq
Abdurahmon Akbar. G'aroyib avtobus

Keldi  bahor,  gulbahor,
Erib  bitdi  oppoq  qor.
Uchib  keldi 
qushlarjon,
Daraxtlar  taqdi  marjon...
kabi  o'ynoqi  misralarni  o'qiymiz.
Yoshligimda  1970-yillarning  nari-berisida  shu  she’rni  o'tirsam  
ham, 
yursam  ham  yoddan  aytaverardim.  Qushlaming 
„qushlarjon“
 
deb  atalgani,  daraxtlaming 
„m atjon“
 
taqqani  har  gal  bir  hayratimga 
o ‘n  hayrat  qo‘shar  edi.
Bir  kuni  ona  tili  va  adabiyot  fani 
o‘qituvchimiz  Lolaxon  opa 
Yusupova  uyga  „B ahor“  mavzusida  insho  yozib  kelish  vazifasini 
topshirdi.  Sinfdoshim  G 'afuijon  bilan  inshoni  birgalashib  yozishni 
dars  paytida  va’dalashib  olgan  edik.  Xullas,  tashqarida  qish,  sovuq, 
tanchadagi  qo ‘r  taftiga  oyog‘imizni  toblab,  ikkimiz  bahorni  rosa 
madh  etdik.  Inshoni  Shukur  Sa’dullaning  yuqoridagi  she'riga  nihoyat- 
da  o'xshash 
misralar  bilan  yakunladik.
„Shoirchilik“  shu 
voqeadan  so‘ng  boshlandi.
0 ‘shanda  1973-yilning  bahori  arafasi  edi.
Oradan  ancha  vaqt  o ‘tib,  ikkinchi  marotaba  „she’r“  yozishga 
kirishdim.  Unga  ham  havas  sabab  bo‘Idi.
1974-yiI,  bahor  kunlarining  birida  qoMimga  „Yangiyo‘l“  tuman 
gazetasi  tushib  qoldi.  G azetad a  q o 'sh n i  m aktabning  4-sinfida 
o ‘qiydigan  bir  san'atsevar  qiz  haqida  maqola  chop  etilgan  ekan.  U 
qo'shiq  aytib,  nufuzli  tanlovda  yuqori  o‘rinni  olibdi.  Shu  qizga  biram 
havasim  keldi!  Q o‘shiq  aytganiga  emas,  gazetada 
chiqqaniga! 
Bolaman-da,  endi  meni  kim  gazetaga  maqtab 
yozar  ekan,  deb  rosa 
bosh  qotirdim.  Keyin  o ‘zim  gazetaga  biror  narsa,  masalan,  „she’r“ 
yozib  jo ‘natsam  bo‘ladi-ku,  degan  fikrga  keldim.  Va  bu  ishning 
„hadisi“ni  olganim 
yodimga  tushib,  „she’r  yozish“  odatimni  yana 
yangidan  boshlab 
yubordim.  Daftar-qalamimni  olib  lolaqizg'aldoq
58
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan  bezangan  loyshuvoq  tom   ustiga  chiqib  ketdim.  Kechgacha 
ko'zim ga  nim a  k o 'rin sa,  o ‘shani  m aqtab,  ta'riflab   yozaverdim , 
yozaverdim.  C hipor  tovug'im ga  164  qator  „she’r“  bag'ishladim . 
Araqxo‘rlik  haqida  „Voy  belim,  voy,  voy  belim“  radifli  (radifning 
nimaligini  keyin  bilganman)  „asar“  yozdim.  Keyin  ularni  onam, 
opam,  ammam,  dadamga  o‘qib 
berdim.  Ular:  „Yoz,  bolam,  yoza- 
ver!“  —  deyishdi.
Yoza-yoza  she'rda  „qofiya“  degan  narsa  bo'lishi  kerakligini  ni- 
hoyat  fahmlab  qoldim.  Qofiya  nimaligini  bilasiz-a?  Bu  bir-biriga 
ohangdosh  so‘zlar 
degani-da!
Masalan,  „so‘z“  so'ziga  „ko‘z“  yoki  „bola“  so‘ziga  „lola“  so‘zi 
qofiyadosh  bo'ladi.  Bu  yodingizdan  ko‘tarilm asin,  chunki  menga 
o'xshab  birdan  she’r 
yozgingiz  kelib  qolsa,  buni  bilishingiz  sizga 
juda  asqotadi.
Qofiya  she'rda  katta  o ‘rin  tutishini  bilib  olgach,  tovuq  va  araq- 
xo'rlik  mavzularini  bir  chetga  yig'ishtirib  qo'yib,  qofiya  yig'ishga 
kirishib  ketdim.  Xayolimga  kelgan  so'zga  qofiya  topa  boshladim. 
M asalan,  daftarga  „to sh “  so‘zini  yozam an-da,  yoniga  chiziqcha 
tortib,  „bosh“ ,  „osh“ ,  „yosh“  so‘zlarini  yozib  ketaveraman.
Bu  mashg‘ulot  o'zimga  rosa  yoqib  qoldi.  Darvoqe,  bo‘sh  vaq- 
tingizda  siz  ham  shunday  yumush  bilan  bir  shug'ullanib  ko‘ring. 
Hech  bo'lm aganda,  so'zlarni  to ‘g‘ri  yozishni  o ‘rganib,  diktantdan 
„a’lo“  baho  olasiz.
olalikdagi  qiziqishlarimning  she'riyatga  qiziqishimga  qanchalar
daxli  bo ‘lgan,  ochig‘i,  hozirgacha  bilm ayman.  Biroq,  ular 
haqida  hikoya  qilib  berishdan  o'zim ni  sira  tiya  olmayapman.  Baho- 
nada  bolaligimni  xotirlab  olaman-da.
Aytib  o ‘tganimdek,  8 -1 2   yoshlik  chog'larim  1970— 1974-yillarda 
kechgan.
Oilada  to'ng'ich  farzandman.  Dadam  Turg‘un  Akbarov  qishloq 
dalasida  hisobchi  bo'lib  ishlar,  opam,  ya'ni  onam  Rahima  Akbarova 
maktabda  boshlang'ich  sinf  o'quvchilariga  ta'lim   berardi.  Shuurimga 
hisobchi  va  o ‘qituvchining  o ‘g‘li  ham m a  narsani  bilishi,  hamm a 
narsada  ilg‘or  bo'lishi  va  o ‘z  tengdoshlariga  namuna  ko'rsatishi  kerak, 
degan  tushuncha  o'm ashib  qolgan.  Shu  bois,  har  narsaga  qiziquv- 
chanligim 
kundan  kunga  ortib  borardi.
B O L A L I K D A G I   Q I Z I Q I S H L A R I M
59
www.ziyouz.com kutubxonasi


K o‘p  buyum larni,  m asalan,  koptokdan  tortib  hushtakkacha, 
rubobdan  tortib  kamongacha — barini  o ‘zim  yasashga  qiziqar  edim. 
(Holbuki,  o'sha  paytlarda  prima  rubobim  ham,  velosipedim  ham, 
to ‘pim  ham  bor  edi).  Endi  bilsam,  bunday  buyumlarni  mustaqil 
yasab,  zavqlangan  ekanman.  Aytgandek,  qo‘shni  o‘rtoqlarim  ham  har 
narsaga  qiziquvchan  bolalar  edilar.  Biz  rubobni  yog‘ochga  sim 
bogMab,  koptokni 
qog‘oz  yoki  eski  lattalam i  o ‘rab -ch irm ab , 
„telefon“ni 
gugurt  qutilarini  bir-biriga  ip  bilan  tutashtirib  yasab 
olardik.
Endi  o ‘ylab  ko'rsam ,  ana  shu  topqirliklarim iz,  yangiliklarga 
o'chligim iz  m ening  badiiy  adabiyotga  qiziqib  qolishim ga  turtki 
bo'lgan  ekan.
She'rning  bir  uchi  topqirlikka  borib  taqalishini  yodingizdan 
chiqarmang!  Qofiya,  bo'gMn,  turoq  kabi  oMchov,  elementlar  she’rning 
tashqi  ko'rinishi,  ustki  „libosi“  hisoblanadi.
Keyinchalik  sh e'r  o ‘z -o ‘zidan  emas,  balki  nimadir,  qandaydir 
voqea-hodisa  sabab  bo‘lib,  maMum  bir  holatda,  ya’ni  ilhom  kelganda 
yozilishini  payqab  qoldim.  Bilsam,  yozilajak  satrlar  dastlab 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish