Yesken Y elu b a yev,
qozoq shoiri'
T O ‘R T O Y O Q L I
B O ‘L S A E D I
Buncha mazali, xushta’m
Pishgan go‘shti tovuqning.
G o ‘shtdan ham o ‘tib tushdi
Shirin so‘zi Sodiqning.
U shoshmasdan tovuqning
Oyoqlarin yeb oldi.
Mazasiga to‘ymasdan
„Attang, attang“ , — deb qoldi.
Boshin chayqab o ‘ziga
Savol berishin qo'ymas:
— Eh, nimaga tovuqning
Oyog‘i to'rtta emas?..
1 Robiya Userovaning so‘zma-so‘z tarjimasidan foydalanildi.
46
www.ziyouz.com kutubxonasi
TA SA W U R
Tun cho‘kkanda qarasangiz
Ko‘rasizlar albatta:
Boshingiz tepasida—
Ko‘hna shahar bor katta!
0 ‘xshashi yo‘q bu shahar
M o‘jizaga kon rosa:
Huv porlagan yulduzlar
Yulduz emas — deraza.
Somon yo‘li — katta yo‘l,
Oy — avtobus minishga.
YoMovchilar juda ko‘p
Tashib, xizmat qilishga.
Bu shahar aholisi
Shoirtabiat biram.
She’rlar yozib chiqishar
Tonggacha yoqishib sham.
Shoirlardek donodir
Ondagi yosh-yalanglar.
Ishonmasangiz agar,
Tunda ko‘kka qaranglar!
K O ‘L M A K S U V
Yomg‘ir yog‘di.
Atrof ko‘lmak.
— Loyqa suvni ichma, — deb
Sigiriga tosh iq»‘itar
Bir qizcha javrab hadeb.
— Tezroq hayda! — deya uni
Men ham qo‘llab yubordim.
Loy simirgan sigir sutin
Ayting, axir ichar kim?
T O P I S H M O Q
Qancha urin, bir o'zini
Sira yeya olmaysan.
Ovqat usiz pishgan bo'lsa,
Og‘zingga ham solmaysan.
(Tuz)
47
www.ziyouz.com kutubxonasi
B I Z N I N G X O ‘J A
— Xizmatdagi
0
‘g‘limga
Xat yozib ber, ol savob,
Deb so‘ragan onaga
Nurlanboy berar javob:
— Yozuvim qing‘ir-qiyshiq,
Qilmayapman bahona.
Hech kim o‘qiy olmaydi
Yozgan xatimni, ona.
Meni to ‘g‘ri tushuning,
Xat yozdirsa kimda kim,
Uni o ‘qib berishga
Borishim kerak o‘zim!
„ R O M A N I S T “
Yoddan bir she’r o‘qishin
So'rasalar Nurlandan,
Nurlan der: - Men kattaman,
0 ‘qiyman faqat roman!
Koshki, gapi rost bo'lsa,
Nuqul „3“ baho olar.
— Endi she’mi o ‘qir, — der,—
Mayda-chuyda bolalar!
„ Y A N G IL IK “
Yaydoq yerda tunab qolib,
Borib qay kun dalaga,
Jaqin bitta yangilikni
So'zladi bor bolaga:
— Bilib oldim samolyotlar
Tunda qanday uchishin.
Bilmasangiz, bilvolinglar—
Gaplarimning bari chin.
Nima uchun adashmasdan
Yurar desam yo'lida,
Shamchalari bo‘lar ekan,
Samolyotning qo‘lida...
48
www.ziyouz.com kutubxonasi
D A M O L S I N - D A
— Radioni kim o'chirdi,
Kim qulog‘in buradi?
Ko‘rmadingmi, bilmadingmi?
Deb ukamdan so'radim.
Jilmaygancha ukam dedi
Tugatmasimdan so'zim:
— Dam olish kun dam olsin deb
Boya o'chirgan edim...
T A V S IY A N O M A
Qay bolaning „besh“ i ko‘p,
Shu bolaning esi ko‘p.
Ko‘p bo'lsa kimning „to‘rt“i
0 ‘sha sinfning ko‘rki.
Qay bolada m o‘l-ko‘l „uch“ ,
Bilki, ishi chala, puch.
Kim o ‘qisa „ikki“ga
Hech qarama betiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |