Abduqayum yo‘ldosh. Alvido, go‘zallik (hikoya) Saksoninchi yillarning oxirlari edi



Download 74,5 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi74,5 Kb.
#197280
Bog'liq
QA


ABDUQAYUM YO‘LDOSH. ALVIDO, GO‘ZALLIK... (HIKOYA)

Saksoninchi yillarning oxirlari edi.

Sahro oxir-oqibat baribir yana sahroga aylanadi, degan gapda haqiqat unsurlari bor shekilli, keyingi yillarda cho‘lning qoq kindigiga joylashgan qishlog‘imizdan fayz ketdi. Bu narsa avvalo hosildorlik pasayib ketganida ko‘rindi. Keyin esa gurkirab o‘sib turgan daraxtlar asta-sekin so‘la boshladi. 

Keksalar sizot suvining yer sathiga ko‘tarila boshlaganini aytishdi. Dar-haqiqat, ayniqsa kuz paytlari yer usti xuddi tuz sepib chiqilganday oqarib qolardi. Xullas, yer sho‘rlamoqda edi.

Ovulimiz uch-to‘rt yil ichida ancha huvillab qoldi. Sarmoyasi borlar shaharga ko‘chib ketishdi, eplaganlar esa yana tog‘dagi asl qishlog‘imizga. Uylar narxi ham birdan arzon bo‘lib qoldi. 

Shu zaylda tirikchiligimiz asta-sekin, anchayin zerikarli tarzda o‘tib bormoqda edi. Men tezroq maktabni bitirishni va biron institutga kirishni, ishqilib, bir amallab qishloqdan chiqib ketishni orzu qilib yurardim.

Ovulimizning aksariyat erkaklari ichishni yaxshi ko‘rishar, shu sabablimi to‘ylar janjalsiz o‘tmasdi; ayollari esa kun bo‘yi mol-hol tashvishi bilan band edilar. Kechqurunlari, televizorda biron bachkana, uzundan uzoq serial bo‘lib qolsagina ko‘pchilik dasturxon atrofida o‘tirib, shuni tomosha qilishardi.

Mana shunday ikki tomchi suv yanglig‘ bir xil o‘tib borayotgan kunlarimizdan birida ovulimizda yaqinda armiyadan qaytgan Muslim aka uylandi. To‘yda odatdagidek molday to‘yib ichib olgan erkaklar janjal qilishdi, ayollar uy-uylariga narsa tashishdi.

Muslim akaning ushoqdaygina onasi, biz hammamiz Marvarid momo deb chaqiradigan kampir bolalarga bir belbog‘ parvarda sochqi qildi. So‘ng, bunga qanoat hosil qilmadi shekilli, ichkaridan uch-to‘rtta katta-katta bo‘lak nov-vot qand olib chiqib ulashdi. Bolalarga xudo berib qoldi.

Ishqilib, to‘y o‘tdi. 

Avji yoz, dalada ish qaynagan payt edi. Biz paxta ichidan beri kelmasdik hisob. Ana shunda avval dalada ishlayotgan chopiqchilar orasida, undan avvalroq esa ovulda Marvarid momoning yangi tushirgan kelini behad suluvligi xususida gap-so‘zlar o‘rmalab qoldi. Hatto jo‘shib ketgan Omon traktorchi «Ey, ammo-lekin bir qoshiq suv bilan yutib yuborsa bo‘larkan-da», debdi. Bu maqtovga kelinchakni ko‘rib kelganlarning hayrati qo‘shildi. Hatto aytishlaricha, ba’zi odamlar ishgayam to‘g‘ri yo‘l qolib, Marvarid momoning uyi yonidan o‘tib qaytadigan bo‘lishibdi. Bola-baqra-ku, bu hovlidan beri kelmasmish hisob. 

Lof ham evi bilan-da, deb yuraverdik. Ammo tez orada bu kelinchakning go‘zalligiyu tili shirinligi xususidagi e’tiroflar shu qadar ko‘payib ketdiki, biz ham beixtiyor bu yerda bir gap bor degan xulosaga keldik. Axir, shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlarmidi.

Cho‘l shamolida rosa qoraygan, lablari, qo‘llari taram-taram yorilib ketgan, faqat ko‘z oqigina yiltirab ko‘rinib turgan qishloq ayollari yangi kelinchakning husni haqidagi shivir-shivirlarga g‘ayirlik bilan qarashar, ba’zi sharttakilari esa «Bu nozik oyimcha biz bilan bir hafta ketmon ko‘tarib ishlasin, ana undan keyin ko‘ramiz ahvolini» deyishardi.

Ayollar bashorat qilishgan ekan. To‘ydan keyin oradan ikki hafta o‘tar-o‘tmas Muslim aka xotinini chopiqqa chiqardi. Shunda biz ko‘rdik, darhaqiqat, kelinchak juda chiroyli edi. Ismiyam jismiga monand: Oysuluv. Atlas ko‘ylak-lozim kiygan, yaltirab turgan sochi taqimini o‘padigan, oppoq yuzli, kipriklari uzun-uzun, jismi nozikkina bu ayolni bolalar negadir «Kumush checha» deb chaqirishardi. O‘ziyam kinodagi Kumushga juda o‘xshab ketardi-da...

Oysuluv yanga yerga qaragancha iymanib turardi. Shunda Muslim aka zalvorli ketmonni xotiniga tutqazdi va atay qattiq ovozda dedi:

- Shu ketmon endi seniki, kampir. El qatori ishla, eldan qolma. Iloji bo‘lsa ishga erta kelib, kech qayt.

 Ketmon chindan ham og‘ir edi. Oysuluv yanga yerdan boshini ko‘tarmasdan ketmonni olarkan biz uning yanada nozik, ozg‘in va oppoq qo‘llarini ko‘rdik va beixtiyor «uv-v» deb yubordik: bu qo‘llar ketmon uchun yaratilmagandi.

Muslim aka bir qadam oldinga chiqdi va qo‘llarini beliga tiragancha xotiniga dag‘dag‘a qildi:

- Bu yer sening tog‘dagi qishlog‘ing emas, ey, paxta qo‘y emas, qirda yurib o‘zidan o‘zi o‘savermaydi. Qiyinchilikka chidab ishlasang ishlaganing, bo‘lmasa o‘zingdan ko‘r, ey...

Shu yo‘l bilan xotin zotini mensimasligini hammaning ko‘z oldida isbotlagan Muslim aka gerdayib shiypon tomon yo‘l oldi.

Oysuluv yanga hadiksirab ketmonni qo‘liga oldi, so‘ng biz tomonga jovdirab qaradi. Biz indamay ishga kirishdik.

E, xudo-yim, tabiat Oysuluv yangani bunchalar nozik qilib yaratgan ekan-a! Bamisoli ketmon ko‘tarsa bas, butun vujudi shuvillab to‘kilib ketadiganday. 

Oysuluv yanga ketmonni uquvsizlik bilan ushlagancha bizning qatorimizga kirdi. Ha, ketmonni ham bilgan chopsin ekan. Yangada na kuch bor edi, na mahorat: ketmonni begona o‘tga to‘g‘ri mo‘ljallab urolmas, buning ustiga zarbasi juda kuchsiz edi. Halidan buyon yangani g‘ayirlik bilan ko‘z qirlarini tashlab kelinchakni kuzatib turgan qishloq ayollari piching gap qilishga o‘tib ketishdi:

- Opamlar bir umr qo‘llarini sovuq suvga urmagan shekilli... Cho‘lga borib, keng uyning kelinchagi bo‘li-ib o‘tiraman deb o‘ylagan-da... Ketmon chopish non ye-eb o‘tirish emas...

Men shu tomonga qaradim va Oysuluv yanga xijolatdan qizarib-bo‘zarib, bo‘g‘riqqancha kuchanib ketmonni ko‘tarayotganini ko‘rdim. Yana bir qaraganimda yanganing ko‘zlariga jiq-jiq yosh to‘lgan edi...

Odatdagi ishimizga kirishib ketdik.

Nogahon yanga qattiq ingrab yuborganini eshitdim. Yalt etib qaradim. Oysuluv yanga oyog‘ini chopib olgan edi. Bu qanday sodir bo‘lgan, tasavvur etolmadim, ammo yanga oyog‘ini chopib olgani rost edi. Aftidan yanga sal kattaroq begona o‘t - sho‘rani bir oyog‘i bilan bosib turib, so‘ng ketmon urgan shekilli. Xayriyatki, zarba kuchsiz bo‘lgan. Ozgina qon chiqdi, xolos. Yanga non tugib kelgan belbog‘ni olib, oyog‘ini mahkam bog‘ladi. So‘ng oqsoqlana-oqsoqlana ishini davom ettirdi. Men nimadir bahona qilib yangaga yaqin keldim va u kishidan kelayotgan nafis bo‘ydan boshim aylanib ketdi.

Qaerdan eshitgani noma’lum, bir payt ko‘zlari qontalash Muslim aka o‘shshayib kelib qoldi va uzoqdan turib xotiniga qarab baqirdi:

- Ko‘zingga qarab ishlasang o‘lasanmi, ey...

Shu bilan o‘z burchimni ado etdim deb o‘yladi shekilli, Muslim aka yana shiyponga, ichishni davom ettirishga ketdi.

Bunday razm solsam bukchayib, kichkinagina juvonga aylanib qolgan Oysuluv yanga piq-piq yig‘layapti va ko‘z yoshlarini birovga ko‘rsatmaslik uchun bo‘lsa kerak zo‘r berib ketmon chopayapti.

Hali aytganimday, dalada sharoit og‘ir, ichimlik suvi yo‘q edi. Shu sababli biz o‘zimizcha «lotok» deb ataydigan beton ariqdan oqadigan bo‘tana suvdan ichishga majbur edik. 

Mana shunday suvdan borib ichdik. Ancha orqada qolib ketgan Oysuluv yangaga qizib ketgan alyuminiy idishda biroz suv olib keldik. Ko‘zlari qizarib, qaboqlari shishib ketgan yanga idishdagi bo‘tana suvga qarab hayron bo‘lib qoldi. Buni ko‘rgan chopiqchi ayollardan biri shang‘illadi:

 - Arpa yemas otlar ham ajriqlarga zor bo‘lar. Biz bundan ham battarini ichganmiz, kelin, indamay olaver. Bu yer sening tog‘ing emas muzdaygina toza suv oqib turadigan. Boriga shukr qil. 

Uzr ohangida aybdorona jilmaygan Oysuluv yanga misday qizib ketgan idishni qo‘liga olib suvga bir muddat tikilib turdi va mana shunday aybdorona tabassum bilan qaytarib berdi:

- Rahmat...

Oradan kunlar o‘tdi. Shabnamday toza, nafis, benihoya go‘zal Oysuluv yanga bizning sharoitga o‘rganolmay qiynalardi. Ayniqsa ayollarning shang‘i ovozda bir-birlarini mensimay gaplashishlari, hatto behayo so‘zlarni bemalol aytib tashlashlarini ko‘rib kalovlanar, bunday mahallari kiprik qoqmay ayollarga qarab qolar, ammo miq etib og‘iz ochmasdi. O‘z navbatida chopiqchi ayollar Oysuluv yanganing kamsuqumligidan, jur’atsizlidigan battar asabiylashishar va uni gap bilan chimdib-chimdib olib xumordan chiqishardi. O‘, o‘zim necha marta ko‘rganman Oysuluv yanganing chekka-chekkaga o‘tib yum-yum yig‘lab olganlarini. Yanga yig‘lardi-yu, lekin ovozini chiqarmasdi. Mening nazarimda, bularning bari bir taraf edi-yu, erining qo‘pol muomalasi bir taraf edi Oysuluv yangaga. Darhaqiqat, Muslim aka ayniqsa bizning oldimizda xotiniga qo‘pol gapirar, bo‘lar-bo‘lmas narsalarga jerkib beraverar, ishqilib, o‘zining oilada xo‘jayin ekanligini eslatib qo‘yishga intilardi. Bir marta, ishdan keyin sabil qolgur bir bog‘ shamak ko‘tarib ketish yodidan chiqqani uchun Muslim aka hammaning oldida so‘kkanida Oysuluv yanganing daraxt ortiga yashirinib olgancha «enajon...» deb izillaganini eshitganman. 

Oysuluv yanga suluv ayol edi va mening fikrimcha yosh boladay sodda ham edi. Har zamonda yanga ufqqa tikilgancha munis jilmaygan ko‘yi nimalarnidir o‘ylab qolar, aftidan, o‘z qishlog‘ini, o‘z yaqinlarini eslardi. Ammo sal keyinroq tasodifan bilib qoldikki, yanga deganimiz shig‘ir-pig‘ir ham yozarkan. Hatto bir kuni ishga qattiq nonga qo‘shib shunaqa narsalar bitilgan qalingina daftariniyu bir-ikkita rayon gazetasini ko‘tarib kelibdi. Bir maqtangisi kelgandir-da sho‘rlikning. Buni ayollardan biriga aytibdi ham. Bu gap bir zumda hammaga oshkor bo‘ldi-qoldi. Ana shundan keyin yangaga yovqarash kuchaydi. Mashqlar to‘la daftar esa birdaniga negadir «xotira daftari» nomini oldi. 

- Xotira daftarini kim yozardi, birovni degan, eridan ko‘ngli yo‘q xotin yozadi-da, aylanay...

- Kap-katta xotin xotira daftari yozguncha uyida sigiri ochlikdan o‘layotganini o‘ylasa bo‘larmidi...

- Endi yozib go‘r bo‘larmidi, undan ko‘ra ketmon chopishni o‘rgansin...

- Bir Muslimboydan so‘rab ko‘raylik-chi, yangi kelinchak kechasi daftar to‘ldirishdan boshqa biron ish ham qilarmikan...

Bular aytilgan gaplarning mingdan biri edi-yov chamasi. Axiyri bo‘lmadi - uyat va nomusdan yuzi lovillab yonayotgan Oysuluv xotinlarning unsiz ma’qullovi va ehtimolki talabi ostida «xotira daftari» va gazetalarni tushlik mahali omonat chaylada o‘tirgan mahalimiz qumg‘on tagiga tutantiriq izlayotgan oshpaz opaga berib yubordi...

Ammo yanganing juda qiynalayotgani, ezilayotgani chin edi. Men buni yanganing tobora so‘lib borayotganidan fahmlardim. Cho‘l saratoni quyoshi ayovsiz edi. Oradan bir hafta o‘tar-o‘tmas Oysuluv yanganing yuz-qo‘llari qorayib ketdi, lablari po‘rsillab yorildi. Bir kuni u kishi ishga qo‘liga surish uchun vazelin olib kelgan ekan, ayollar kula-kula o‘lishdi, yangani «nozikoyim» deb atashdi. Qip-qizarib ketgan Oysuluv yanga vazelin idishini otib yuborib qutuldi.

Qo‘polligidan tashqari, Muslim aka ichkilik desa o‘zini tomdan tashlaydiganlardan edi. U deyarli har kuni kechga borib qip-qizil mast bo‘lib olar va og‘zidan bodi kirib, shodi chiqardi. Bunday paytlari Oysuluv yanga battar ezilar, ishqilib tezroq bu yerdan ketishga, odamlarning ko‘ziga ko‘rinmaslikka urinib qolar, ammo bunday paytlari haqoratlar xaltasi yanada katta ochiladigan Muslim aka uni qo‘yib yubormas, hammaning oldida sharmandai sharmisor qilgancha so‘kkani so‘kkan edi.

Shu orada men shaharga, imtihonlarni topshirishga ketdim. Baxtim chopib, institutga kirdim. Joy topish, o‘qish tashvishlari bilan bo‘lib qishloqqa qaytib kelolmadim.

Oradan bir yilga yaqin vaqt o‘tdi. Iyun oyining o‘rtalarida ovulga keldim. 

Uy tomon burilganimda ko‘chamiz boshida telejkada olib kelingan tsisternada suv tarqatilayotganini ko‘rdim. Xotin-xalaj baqir-chaqir qilib chelaklariga suv olmoqda edi. 

Navbat talashayotganlar yonidan o‘tib borarkanman, shang‘illab bir-birlarini ayovsiz qarg‘ayotganlar orasida bir ovoz menga juda-juda tanish eshitildi. Beixtiyor to‘xtadim va e’tiborni jalb qilmaslik uchun engashib tuflimning bog‘ichini yechib bog‘lay boshladim.

Ha, yanglishishim mumkin emas edi - bu Oysuluv yanga edi. Biroq bu so‘zlar... Men garang bo‘lib qoldim.

- ...Ha, og‘zingdan qoning kelsin, Nuri, ochiritingga qarasang o‘lasanmi?! Mening bolamam uyda chirqirab yotibdi-ku! O‘ sening bolang bola, meniki itning bolasimi?.. Hali otasi yotibdi boshini ko‘tarolmay...

Men dong qotib qoldim va shu tarafga qaradim. Paqirlarini, plastmassa idishlarini tsisterna quvuridan oqayotgan suvga birinchi bo‘lib qo‘yishga urinib bir-birlarini sur-sur qilayotgan ayollar to‘pi ichida turgan bir qop-qoragina, dog‘ bosgan musht-day yuzini ajin to‘rlatgan, sochlari to‘zib ketgan, eski xalat kiygan juvon baqirmoqda edi. Darvoqe, ayollarning hammasi baqir-chaqir qilishar, ammo men faqat shu juvonning so‘zlarini eshitardim. Zero, bu o‘sha, bir yilgina muqaddam go‘zalligi va ma’sumaligi bilan bizni hayratlarga sol-gan Oysuluv yanga edi... 

Men chekkaroqqa, qurib qolgan daraxt yoniga o‘tdim. Axiyri urush-janjallar bilan ikki paqir suvini olgan Oysuluv yanga davrani bir amallab yorib chiqdi va uyi tomon keta boshladi. Bu bukchayib qolgan, oyog‘iga yirtiq kalish kiyib olgan juvon nahotki o‘sha, bolalar «Kumush checha» deb chaqirib yurgan Oysuluv yanga bo‘lsa?.. 

Uyga qanday yetib borganimni bilmayman. Nahot, nahot tirikchilik, bir burda non tashvishlari shunday suluv juvonni bir yil ichida kampirga aylantirgan bo‘lsa. Qani men ko‘rgan Oysuluv yanganing suluvligi, ibosi? Qani men Oysuluv yanganing ko‘zlarida ko‘rgan o‘t? Bugun, ikki paqir sho‘r suv uchun jonini jabborga berib talashayotgan, shu suvni olgani uchun o‘zini baxtiyor sezayotgan Oysuluv yangani kim, kimlar bu ko‘yga soldi... Nahot, nahot endi bir insonning umri shu bilan o‘tib ketsa...

Shu oqshom uxlay olmadim...

Devorlari oppoq xona.

Deraza oynasidan to‘kilayotgan oppoq nur ayolning yuzida jilva qildi, yumuq qovoqlarini qizartirdi, barmoqlaridagi uzukning olmos ko‘zchalarida aks etdi.

Ayol ko‘zlarini ochdi. Shu’la endi uning qorachiqlarida akslandi.

“Qanday yoqimli… Tiriklikning yana bir tongi otdi, — ayol ko‘zlarini yumib, quyosh nurlarini simirdi, keyin yana ohista pichirladi: — Seni qanchalik yaxshi ko‘raman, quyosh!..”

Quyosh nurlarini mo‘l-ko‘l to‘kdi. Ayol oftob nuriga butkul g‘arq bo‘ldi…

* * *

Keyingi hafta surunkasiga Nazokatning harorati ko‘tarilib, tushib turdi…



Davolovchi shifokor Shavkatni xonasiga chaqirdi.

— Nazokatning ahvoli yaxshi emas. Hozirligingizni ko‘ravering.

Shavkat boshini changallab qoldi.

— Og‘ir bo‘ling. Hali u ko‘p azob tortishi mumkin, — do‘xtir jimib qoldi.

Shavkat ilkis boshini ko‘tardi.

— Nahotki… Shuncha qiynalgani yetmaydimi?..

— Ko‘p azob turibdi oldinda, — dedi do‘xtir mahzunlik bilan.

Shavkat kasalxona hovlisida ancha vaqt aylanib yurib keyin palataga kirdi. Nazokat uxlab yotardi. U juda ozib ketgandi. Qovoqlari ichga botib, yonoq suyaklari turtib chiqqan, chekka tomirlari ko‘m-ko‘k bo‘lib bo‘rtib turardi.

Dunyodagi barcha kasalliklarga la’nat o‘qidi Shavkat.

Nazokat tikilib turgan nigohlarni his etdi shekilli, asta ko‘zini ochdi.

— Yaxshimisan?..

— Tuzuk, — o‘rnidan qo‘zg‘aldi Nazokat, — hovliga chiqib kelsammi, devdim.

Shavkat unga qo‘lini uzatdi.

— Hali kuchim bor, o‘zim yura olaman, — dedi Nazokat g‘alati qarab.

Shavkat beixtiyor chuqur xo‘rsindi.

Ular hovliga chiqishdi.

—Do‘xtir sizga bir balolarni vaysagan shekilli, — dedi Nazokat tashqariga chiqqanlaridan keyin erining qovoqlari salqigan, kayfiyatsiz yuziga zimdan tikilgancha. — Lekin ular yanglishyaptilar. Aft-angorimga qarang, yaxshilab qarang, men yaqin-o‘rtada o‘ladigan odamga o‘xshaymanmi? O‘zimni har qachongidan yaxshiroq his etyapman. Yashash uchun bundan ortiq yana nima bo‘lishi kerak? — Ayol yurishdan to‘xtadi. Havo sovugan, osmonda uvada bulutlar kezinar, quyosh xiragina nur sochar, qorning hidi kelardi. — Men oynaga boqib, qayta-qayta tikildim o‘zimga, o‘ladigan odamning yuzi bunaqa bo‘lmaydi. Siz ham eshitganmisiz shu gapni?

— Ha, eshitganman, — dedi Shavkat shubhaga o‘rin qoldirmaydigan ohangda.

— Ana, ko‘rdingizmi, — Nazokatning allaqanday ichki nurdan yuzi yorishdi. U nariroq borib kungay yerda turdi, ayolning qorachiqlarida olov akslandi. — Haliyam havo bulut, — dedi u, — yorug‘lik tiniq emas. Bu havo odamning rangini ochmaydi, bo‘g‘ib qo‘yadi!

Haqiqatan ham ochiq havoda uning yuzida kasallik nuqsi sezilmas, egniga to‘kilgan upa g‘ubori, havoga taralayotgan yoqimli hid uning o‘ziga oro berganini bildirib turardi.

Birdan kutilmagan hol yuz berdi. Nazokat yugurib kelib Shavkatning quchog‘iga o‘zini otdi. Avvallari hech ham bunday qilmasdi.

— Biz faqat er-xotin emas, undan ham yaqinroq bo‘lib ketganmiz, a, dadasi? — dedi u erining ko‘ksiga yuzini bosib.

Shavkat kuchli haroratni va ko‘z yoshlarni tuydi. U qimir etolmay qoldi, nimadir deyishni, xotinining ko‘nglini ko‘tarishni istadi, ammo tili aylanmadi. Ko‘ksidan beixtiyor yana og‘ir xo‘rsiniq otilib chiqdi.

Nazokat erining yuzidan o‘pdi, avaylab, nazokat bilan o‘pdi. Shavkatning tanasiga titroq kirdi. Xotinining qovjiragan lablari issiq edi. Yuzi issiq edi. Nafasi issiq edi. Yuziga tegib turgan sochlaridan-da hovur sachrayotgandek edi.

— Senga nima bo‘ldi?.. — deya oldi Shavkat.

Nazokat jilmaydi. Bir vaqtlardagiday… Ammo bu kulgu emas, og‘riq, armon to‘la shodmonlik edi.

Shavkat uni bag‘riga bosdi, nigohlarini yashirdi. Nazokatning yuziga qarashga ortiq bardoshi yetmadi.

— Mana ko‘rasiz, ikki-uch kun o‘tsin, yana avvalgiday bo‘lib ketaman. Shunday bo‘lishini ko‘nglim sezib turibdi, — shivirladi Nazokat.

Shavkatning ko‘ziga dunyo qorong‘u bo‘lib ketdi.

* * *


Kechasi Nazokatning yana issig‘i ko‘tarildi. Alahsiradi. Bolalarini so‘radi.

Shavkat navbatchi vrachni chaqirdi. Ukoldan keyin Nazokat tinchlanib uxlab qoldi.

Ertalab odatdagiday vaqtli uyg‘ondi.

— Qattiq uxlab qopman-a? — deb so‘radi u allanarsadan hadiksiragandek bo‘lib.

— Charchagansan, — dedi Shavkat.

— Radioni nimaga o‘chirib qo‘ydingiz?

— Senga tinchlik kerak. Do‘xtir aytdi.

— Men atay radioni yoqib qo‘ygandim. G‘ing‘illab tursa qattiq uxlab qolmayman…

— Bugun ham havo juda yaxshi, hovliga chiqasanmi? Yozga ham, kuzga ham o‘xshamaydi sira, — dedi Shavkat.

— Chiqaman, albatta. Ertalabki toza havoni yaxshi ko‘raman.

Nazokat adyolni ustidan olib tashlab, oyoqlarini karavotdan pastga tushirdi. Birdan oyoqlariga ko‘zi tushgan ayolning yuzi o‘zgarib ketdi. Ikkala oyog‘i ham shishib, po‘rsillab turardi. Bir kechada-ya…

— Keyinroq chiqarman… — Nazokat bo‘shashgancha o‘ringa cho‘zildi. Oyoqlari ustiga adyolni tashladi.

— Nonushtani shu yerga olib kela qolay. Ikkalamiz o‘tirib choy ichamiz, keyin bolalardan, ishdan xabar olaman, — dedi Shavkat xotinining birdan avzoyi o‘zgarganidan taajjublanganini sezdirmay.

— Mayli…


Shavkat g‘ildirakli stolda nonushta olib keldi. Nazokat oyoqlarini adyol bilan o‘rab o‘tirib choy ichdi…

Kechga borib Nazokat boldirlari ham shishib, ko‘pchib turganini ko‘rdi. Uning hafsalasi pir bo‘lib ketdi. Kechasi yana isitma tutdi.

Ertasiga sahar uyg‘onganida qorin qismida allaqanday g‘ashni keltiruvchi og‘irlikni tuydi. Qoqsuyak qo‘lini qorni ustiga qo‘ydi-yu, shu zahoti tortib oldi. Shish endi qoringa o‘tgan, u oshgan xamirday ko‘pchib turardi.

— Do‘xtir! — qichqirib yubordi Nazokat. Lekin buni o‘zi sezmadi.

Salobatli keksa do‘xtir, uning ketidan ozg‘in hamshira ichkariga kirishdi.

Qalaysiz, qizim, isitma bezovta qilmayaptimi endi? — taburetkaga o‘tirdi do‘xtir.

Nazokat mahzun jilmaydi, ko‘zlarining ostida ajin g‘ujumi paydo bo‘ldi.

— Yaxshiman.

— Haroratini o‘lchang, — dedi do‘xtir hamshiraga qarab. Keyin yana Nazokatga yuzlandi. — Menda gapingiz bor ekan. Eshitaman, qizim.

— Shish masalasida… — Nazokat gapirolmay qoldi.

— Xo‘sh.

—Qornimda yana suv to‘plangan shekilli? Qarang… Shu suyuqlikning hammasini birdan oldirsam, shish qaytadimi?.. — Nazokatning ko‘zlari g‘iltilladi.

— Shish qaytadi, — dedi do‘xtir vazminlik bilan. — Lekin menimcha… Sizga do‘xtir sifatida emas, oddiy bir odam, otangiz qatori bir odam sifatida aytadigan bo‘lsam… buni maslahat bermayman.

— Nega?


— Endi… shunisi ma’qul… — Do‘xtir nigohlarini qaerga yashirishni bilmasdi.

— Bu gal judayam qiyin bo‘lsa kerak-a? Qattiq azob tortsam kerak. Qaysidir palatada bir ayol kechadan beri chinqirib yotibdiyu, shunga o‘xshab. Lekin buni qarang, qornim soat sayin kattalashib ketyapti. Hademay do‘mbiraday bo‘lib qolsa kerak. Men bunday xunuk alfozda… — Nazokat yuzini devor tomonga burdi. Yostiq nam tortdi.

Tog‘day do‘xtir birdan kichrayib qolgandek his etdi o‘zini.

— Tushunib turibman… — dedi bir ozdan keyin ovozi xirillab. — Biz keragini oldik suyuqlikning… Ammo ortiqcha azobning nima keragi bor?

— Mayli, men chidayman… — dedi Nazokat ters qarab yotgan ko‘yi. — Hammasiga chidayman.

Do‘xtir o‘rnidan turdi. Nazokat jon holatda do‘xtirning qo‘lidan ushladi.

— Bilaman, oz qolganini bilaman. Lekin bunday xunuk alfozda o‘lishni istamayman. Istamayman!..

Do‘xtir qo‘lini avaylab tortib olib, xonadan chiqdi…

* * *

Tun.


Shavkat tezda uxlab qoldi. Ammo Nazokat yota olmadi. U oyoqlariga ilashgan yengil ko‘rpani nari surib, qiyinchilik bilan tizzalarini quchoqlagancha to‘shak ustida o‘tirmoqchi bo‘ldi, ammo bu noqulay edi. To‘g‘rirog‘i juda o‘ng‘aysiz edi. Xipcha belida osilib turgan yoqimsiz og‘irlik o‘tirishga xalaqit berardi. Ayol o‘rnidan turib deraza oldiga keldi. Uning uyqusi o‘chgan, butun olamni nigohlari bilan qamrab, unga joylab olmoqchidek, ochiq derazadan unsiz osmonga tikilar, hayratomuz manzaradan dong qotardi. Zero bu vaqtda had-hududsiz osmon nurafshon, tillarang yog‘duga g‘arq bo‘lib yotardi. Ufq tepasida osilib turgan oy, jimir-jimir qilayotgan yulduzlar yaqinlashib kelayotgan tongga o‘rin bermaslikka, asta-sekin xira tortib, so‘nib yo‘q bo‘lib ketmaslikka tirishayotganday yanada yorqinroq jilva qilishardi.

Tun va tong o‘rtasida keskin kurash ketayotgan bir vaqtda borliqda teran sukunat hukm surardi. Ayol butun jismu joni quloqqa aylanib allaqanday eshitilmas tovushlarga, sirli ohanglarga g‘arq bo‘ldi, oy nurida yaltirayotgan yaproqlarning sehrli titrog‘ini his etdi… Keyin chuqur nafas olib o‘pkasini toza havo bilan to‘ldirdi. Lablarini qattiq qimtib, nafas chiqarmay turdi.

Asta-sekin borliqqa kumushrang nur oqimi yoyildi. Qushlar chah-chahlab yubordi…

Nazokat chuqur xo‘rsindi. Ko‘zlari yoshlandi.

Shavkat bezovtalanib, qimirlab qo‘ydi.

Nazokat o‘ringa cho‘zildi. Boshini ko‘rpa bilan burkab oldi. Zum o‘tmay adyol silkina boshladi.

Ayol yig‘lardi, unsiz yig‘lardi…

* * *


Kechga borib Nazokatning nafasi qisa boshladi. Boshi yostiqqa tegishi hamon havo yetishmay qolgandek bo‘lardi. Qorni yana bir oz kattalashgandek edi.

Vrach Nazokatga yostiqqa suyanib o‘tirgan ko‘yi uxlashni tavsiya qildi. Yotgan paytida qorin bo‘shlig‘ida paydo bo‘lgan suyuqlik o‘pkani siqib qo‘yardi, shuning uchun Nazokat nafas olishga qiynalayotgan edi…

Palataga hamshira kirdi.

— Erim kelsa ichkariga kiritmang, iltimos, — dedi Nazokat unga.

— Nega? Do‘xtir kechasi yoningizda odam bo‘lishini tayinlagan, — dedi hamshira.

— Vaqtincha kiritmay turing, iltimos.

— Lekin u xavotirlanadi…

— Biror bahona o‘ylab toparsiz! — Nazokat hamshiraning cho‘ntagiga pul soldi.

Hamshira ikkilangancha chiqib ketdi.

Nazokat derazaga tikildi. Uning ko‘z oldida o‘g‘illari paydo bo‘ldi.

Ayol o‘kirib yubormaslik uchun labini qattiq tishladi…

Shavkat ishdan chiqib to‘g‘ri kasalxonaga keldi. Lekin uni palataga kiritishmadi.

— Mumkin emas! — dedi hamshira darchaga engashib.

— Ahvoli og‘irlashib qoldimi?!. — dahshat ichida so‘radi Shavkat. Birdan uning yuzi ko‘karib ketdi.

— Ahvoli yomonmas, lekin…

— Vrach bilan gaplashsam bo‘ladimi?

— Vrach kechki obxodda!

Shavkatning yuragi xavotirli uvishdi. Nazarida atay vrachlar uni ichkariga kiritishmayotganday tuyuldi. Allaqanday qora xayollar birdan bostirib keldi va u o‘zini bosa olmay qoldi.

— Eshikni oching! Oching, deyapman! — deya qichqirdi u eshikni mushtlab. — Vrach bilan gaplashishim kerak! Xotinimni ko‘rishim kerak!

Ichkaridan javob bo‘lmadi.

Shavkatning xavotiri kuchaydi. Dunyo ko‘ziga qorong‘i bo‘lib ketdi.

— Eshikni oching! Oching! — deya qichqirdi u joni bo‘g‘ziga tiqilguday bo‘lib. Keyin bir-ikki tepdi ham.

— Nima gap, tinchlikmi? Nega to‘polon qilyapsiz? – dedi bir mahal keksa navbatchi vrach eshik oldida paydo bo‘lib.

— Do‘xtir, xotinimni ko‘rishim kerak… Ko‘rishim kerak… Lekin ular meni ichkariga kiritishmayapti! — dedi Shavkat hovliqib.

Eshik ochildi.

— Ortimdan yuring, — dedi keksa do‘xtir.

Shavkat unga ergashdi.

Vrach uni Nazokat yotgan palataga boshlab bordi. Lekin ichkariga kirishga ruxsat bermadi.

— Ana, xotiningiz uxlayapti, endi ko‘nglingiz tinchidimi? Shavkat qiya ochilgan eshikdan ichkariga bosh suqdi. Ha, haqiqatan ham deraza ostidagi karavotda Nazokat uxlab yotardi. Quyuq qora sochlari oppoq yostiq ustida parishon sochilgan… Ko‘rpadan bir oz chiqib turgan yelkasida oy nuri jilva qilardi. Shavkat sal xotirjam tortdi. Ammo dilidagi g‘ashlik va qo‘rquv tarqamadi.

— Nega meni ichkariga qo‘ymayapsiz? — deb so‘radi u keksa vrachdan. — Axir o‘zingiz aytgandingiz-ku, kechasi oldida odam bo‘lishi kerak, deb.

— To‘g‘ri, o‘zim shunday degandim. Lekin bu bemorga yoqmayapti. U tinchlikni istayapti chog‘i. Mayli, ko‘ngliga qaraymiz.

— Men nima qilay unda?

— Siz? Istasangiz uyingizga borib, bolalaringizdan xabar olib keling. Darvoqe, ularni ertaga olib kelsangiz ham bo‘ladi. Faqat deraza ortidan gaplashishadi, xo‘pmi?

— Xo‘p…


Shavkat kasalxona hovlisida ancha vaqt turib qoldi. Uning ketgisi kelmayotgandi. Birdan uning xayoliga deraza tomondan borsam-chi, degan o‘y keldi. Keyin kasalxonani aylanib o‘tib, Nazokat yotgan palata derazasi tagiga keldi. Ammo ichkarini ko‘rib bo‘lmasdi. Deraza oynalari yarmigacha to‘sib qo‘yilgandi.

Shavkat yerga cho‘k tushdi. Keyin bu yerdan bir qadam ham jilmadi…

* * *

Azob edi…



Yota olmasdi. O‘tirish ham ancha noqulay. Ikki-uch qadam yurmasdan harsillab qolardi. Holdan toygan vujudi ortiqcha yukni ko‘tarolmay qiynalardi.

Kechga borib Nazokatni hiqichoq tutdi. Ikki-uch marta “hiq-hiq” etdi-yu, birdan ichidan qandaydir suyuqlik otilib chiqdi…

— Hamshira! — xirqiroq ovozda qichqirdi Nazokat.

Zum o‘tmay vrach yetib keldi.

— Endi suvni olmaslikning iloji yo‘q, a? — dedi Nazokat vrachga qarab.

Vrach javob bermadi.

— Do‘xtir… — Nazokat barmog‘idagi tilla uzugini vrachning cho‘ntagiga soldi. — Suvni oling, iltimos. Faqat oxirigacha!

Vrach yana javob bermadi. Hatto qarab ham qo‘ymadi. Ayolning qo‘li cho‘ntagiga kirib chiqqanidan keyin ham yuziga qaramadi. Biroq:

– Hamshira! — deya chaqirdi yo‘lakka qarab.

Nazokat jilmaydi. Keyin yostig‘i ostidan upa-elikni oldi…

* * *

Tun chekindi.



Deraza oynasiga kumushrang yog‘du yopirildi.

Keyin ufq qizarib, asta quyosh bosh ko‘tardi. Quyosh nurlari xira va kuchsiz edi, ammo u tez ko‘tarildi. Har yer-har yerda uni uvada pardalardek kulrang bulutlar to‘sdi, lekin quyosh yurishini to‘xtatmadi va birdan ko‘zni qamashtiradigan darajada oppoq bo‘lib porlab bepoyon osmonni yoritdi, so‘ng yurishini sekinlatib kasalxona tepasiga kelganida bor shu’lasini derazasi ochiq xonaga tushirdi, shu’la shu lahza karavotda yotgan xushbichim va go‘zal ayol yuzida jilva qildi, qovoqlarini qizartirmoqchi bo‘ldi, lekin tosh qotgan qovoqlar qilt etmadi, shu’la o‘ziga qadrdon qorachiqlarda akslanmoqni istadi, ammo ularni topa olmadi, u faqat ayolning barmoqlarida paydo bo‘lib qolgan uzukning olmos ko‘zchalaridagina aks eta oldi.



Bu kun quyosh qanchalar porloq va nurafshon bo‘lmasin, unga hech kim muhabbat izhor qilmadi, muloyim nurlarini simirmadi…

Baribir quyoshning bu yerdan uzoqlashgisi kelmadi, u saxiylik bilan nurlarini mo‘l-ko‘l to‘kdi, jimgina yotgan ayol vujudi ko‘zni qamashtirib, yarqirayotgan oppoq nurlarga omuxta bo‘lib ketdi…
Download 74,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish