Abdunazarova Mariya Farxodovna tasavvuf antropologiyasi va uning o’ziga xos jihatlari


Qur’oni Karim va Hadis ilmida inson mohiyatining falsafiy talqini



Download 393,5 Kb.
bet9/18
Sana28.04.2022
Hajmi393,5 Kb.
#586125
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasi qoralanmasi tayyor

1.2. Qur’oni Karim va Hadis ilmida inson mohiyatining falsafiy talqini
Qur‘onda Karimda Alloh avval koinot yaratilib, undan so‘ng insonni yaratdi. Alloh taolo o‘zining borligini, buyukligini, qudratini bildirish uchun oliy hikmati bilan osmonlarni, o‘simliklarni va insonlarning maskani-Yerni yo‘qdan bor qiladi: “U insonni sopol yanglig‘ quruq loydan yaratdi”.(Ar-Rohman 14 sura)
Insonlar tug‘ilishi haqida G’arb va Sharq olimlari hozirda inson zotining bir asosdan, bir asldan, bir ota va bir onadan tarqalganligi ilmiy asoslab berganligi ko‘pchilikka sir emas.
وَعَلَّمَ آدَمَ الأسْمَاءَ آُلَّهَا
“Alloh taolo Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi”, (Baqara, 31.) oyati karimasida insonga berilgan ilmning hududsiz ekanligiga ishora bor. Odam farzandi, ya’ni inson tajriba orqali hamma narsani tushunish va bilish quvvati bilan butun borliqlarga hokim bo‘lish uchun yaratilgan. Ammo inson bir ondayoq yaratilmagan, unga dastlab tuproqdan shakl berilgandan keyin ma’lum vaqt mobaynida tarbiya beriladi.Inson ilm bilan sharaflantirilgan tufayli hatto farishtalardan ham yuqori mavqe’ga ega bo‘ldi.
Ba’zi islom olimlari: “Qur’ondagi “Odam” umuman “Inson”ni tamsil etadi.18 Tadqiqotlarga qaraganda, insonlar dastlab dunyoning eng katta parchasi bo‘lmish Osiyo qit’asida yashaganlar. Shu sababdan Osiyo insonlarning ilk tavallud topgan joyi, ilk madaniyat, ilk din chiqqan hudud hisoblanadi. Insonlarning dastlabki hayoti, ularning yashash tarzi haqida arxeologlar va tarixchilar shunday fikr bildiradilar: “Insonlar avval vahshiy bo‘lishgan, keyinchalik darajama-daraja yuksalib, bugungi madaniy saviyaga yetishgan. Dastlab chaqmoq toshdan yasalgan bolta bilan ish ko‘rgan bo‘lishsa, keyinchalik temir qilich qo‘llay boshlashgan. Demak, bu nuqtai nazardan, inson ikki davrni - vahshiylik va madaniyat davrini boshidan kechirdi, deb hisoblanadi. Lekin tasavvuf ahli arxeologiyaning, insoniyatning dastlabki davri “vahshiylik davri bo‘lgan”, degan fikrini rad etadilar. Ularning fikricha, insonlarning dastlabki davri vahshiylik emas, balki ilk madaniyat davridir. Bu ilk madaniyat darsini insonlarga ilohiy payg‘ambarlar berishgan. Xususan, inson o‘z hayoti davomida ikki davrni-vahshat va madaniyat davrini emas, balki ilk madaniyat, vahshat va ikkinchi madaniyatdan iborat uch davrni boshidan kechirgan. Vahshiylik esa, insonlar uchun ikki madaniyat orasidagi bir bosqichdir.
Alloh insonni ikki borliq-ko‘z bilan ko‘rinadigan moddiy va ko‘z bilan ko‘rinmaydigan ma’naviy borliq bilan yaratgan. Ko‘pincha insonning moddiy borlig‘i ma’naviy borlig‘idan ustun keladi. O’sha payt insonning irodasi Haqni taniyolmay qoladi. Fazilat aqllari berkiladi. Kamolot darajasini topmagan aqlning kuchi adolat o‘rnatish uchun yetmay qoladi, ko‘z bilan ko‘rilmaydigan narsalarni tushunolmay qoladi. Bu hol ma’naviy xastalikdir. Bu xastalikni davolaydigan birdan-bir chora ilohiy tarbiya bo‘lib, uning dasturi esa payg‘ambarlar vositasi bilan insoniyatga yuborilgan ilohiy vahiy – Yer yuziga payg‘ambarlarning yuborilishidir. Islom dini inson yaratilgandan buyon mavjuddir. Har asrda yashagan va hozirda yashab turgan insoniyat bor ekan, u ham albatta turadi. “Alloh” fikrining yo‘qolishi insoniyat hayotiga nuqta qo‘yilishidir.
Islomiy e’tiqodga ko‘ra, Payg‘ambarlik Insonlik darajasining eng yuksak cho‘qqisidir. Alloh taolo insonlarga Payg‘ambar yuborishidan ikki sababi bor:
Birinchisi, moddiy hayotda ko‘ringan hodisalarning sabablari ham asosan moddiy bo‘lib, bularga moddiy bo‘lmagan narsalarning ta’siri ham bor. Ular insonlarga moddiy sabablar bilan birga, moddiy sabablar ustidan hokim bo‘lgan ilohiy qudratga ishonmoqni o‘rgatadi, har narsaning ilohiy irodaga bog‘liq ekanligini, “Koinot” deb atalmish bu borliqni ilohiy iroda boshqarganidek, g‘ayri tabiiy hollar ham shubhasiz Allohning xohish-irodasi bilan sodir bo‘lishini tushuntiradi.
Ikkinchisi, inson o‘z aqli bilan barcha fazilatlarni topa olmaydi, chunki, aqlning quvvati har bir insonda turlicha bo‘lgani uchun, fikr ham, amal ham bir xil bo‘lmaydi. Ba’zi odamlarning nazdida yaxshilik yomonlik bo‘lib ko‘rinishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Ba’zilar esa, yaxshilikni aniq his qila turib, uni ado qilmaydilar. Ba’zilar esa, yomonlikni bila turib, unga ruju’ qiladilar. Payg‘ambarlar ana shu insonlarga, ularning o‘zligini tanitadilar, yaxshilik bilan yomonlik chegarasini aniqlab beradilar, ularning har bir harakati Allohning nazarida ekanligini, yaxshilikka mukofot, yomonlikka jazo muqarrar ekanligini anglatadilar. Hech kimning ezgu ishlari zoye bo‘lmaydi, yomonliklariga esa uzr qolmaydi.
Alloh insonni loydan yaratayotganda Yerning bir necha rangli – qizil, oq, qora tuprog‘idan oldilar. Shu sababli insonlarning ranglari turlichadir. Abu Muso al-Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v) dedilar: “Alloh taolo Odam (a.s.)ni Yerning hamma joylaridan olingan tuproqdan yaratgan. Yer turlicha rangda va tabiatda bo‘lgani uchun Odam farzandlari ham qizil, qora, oq yoki bu ranglar orasidagi ko‘rinishda, tabiatlari esa xursand, xafa, yaxshi, yomon holatda bo‘ladilar. Tuproqni ho‘llab, yopishqoq loyga aylantirdi, keyin uni tashlab qo‘yib, achigan balchiqqa aylantirdi, keyin uni yana bir necha muddat pishitib, sopol loyiga aylantirdi”19.
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) va boshqa ko‘pgina sahobiylar rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: “Alloh taolo Odamga ruh ato qilmoqchi bo‘ldi va farishtalarga: “Agar men Odamga ruh ato etsam, sizlar unga sajda qilinglar”,- deb buyurdi. Ruh Odamning boshiga kirganda, Odam aksa urdi. Farishtalar unga: “Alhamdulillah” degin, deb o‘rgatdilar. Odam: “Alhamdulillah”, - dedilar. Alloh taolo unga javoban: “Senga Robbing rahm qilsin!” - dedi. Ruh Odamning ikki ko‘ziga yetganda jannat mevalarini ko‘rdi. Ruh qorniga yetganda ovqatga ishtahasi qo‘zg‘ab, o‘rnidan turishga harakat qildi va jannat mevalariga intildi”.
Qur‘oni Karimda insoniyatning yaratilishi bir necha ibratlarni xulosa qilish mumkin:
1. Insoniyatning boshqa maxluqot va mavjudotlardan ulug‘ligi. Alloh taolo Odamni boshqa maxluqotlarga, hatto farishtalarga ham nasib etmagan moddiy dunyoni bilish va tahlil qila olish qobiliyati, ya’ni ilm bilan ziynatladi, unga kelajakda foydalanish va barchasiga egalik qilish uchun jamiki mavjudotning nomlarini, yaratilish hikmatlarini o‘rgatdi. Unga jamiki mavjudotning nomlarini, yaratilish hikmatlarini o‘rgatdi.
2. Insoniyat Yer yuzining qayerida bo‘lmasin, millati, jinsi, rangi, tili va dinidan qat’iy nazar teng va mukarramdirlar.
3. Insoniyat uchun takabburlikning yomonligi. Insoniyat yaratilishdan boshlab aqlli, go‘zal qaddi-qomatli, ilmli, dunyoga egalik qiladigan darajada fahm-farosatli, barcha maxluqot, hatto farishtalar ham sajda qilib ulug‘lagan martaba sohibidir. Ammo inson bunday ulug‘ martabaga noil etilgan ekan, bundan g‘ururlanib, kibru havoga berilib ketsa, katta xatoga yo‘l qo‘yadi. Kibrning yomonligini, oqibati xorlikka olib borishini Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday ta’riflaganlar: “Kimki, Alloh uchun kamtarlik qilsa, Alloh uni ko‘taradi. Kimki, takabburlik qilsa, Alloh uni tushiradi”.
4. Inson uchun ma’naviy poklik zarurati. Ruh va uning mohiyati haqida inson to‘liq tasavvurga ega emas. Inson o‘ziga berilgan ilm va tafakkur qobiliyatini yomonlikka ham, yaxshilikka ham, ya’ni sharrga ham, xayrga ham ishlatishi mumkin. Inson tabiatidagi tuproq, loy uni pastga, zalolatga tortsa, unga bo‘lgan “Allohning ruhi” yuksaklikka, poklikka, ma’naviy kamolot sari intilishga undaydi. Darhaqiqat, insondan o‘zga hech bir tirik (“jonli”) mavjudot ilm va tafakkur qobiliyati, hayotiy hodisalar ustida mushohada yuritib, undan tegishli xulosalar chiqarish imkoniyati berilmagan. Shunday ekan, inson o‘ziga berilgan bunday noyob imkoniyatlarni besamara qoldirmasligi, tafakkur bilan, borliqni va ilohiy kalom mazmunini anglash orqali o‘z ma’naviy kamolatini yuksaltirib borishi lozim.
5. Insoniyat yomonlikdan saqlanish. Banda ruhning ezgulikka boshlashi bilan, shaytonning badbaxtlikka yetaklashi orasida sinovdan o‘tadi. Allohning va insonlarning ashaddiy dushmani bo‘lgan shaytondan uzoq bo‘lish, uning yomonligidan saqlanish Allohga yaqin bo‘lish bilandir. Allohga yaqin bo‘lish esa, Uning buyurgan farzu vojibotlarini bajarish, qaytargan haromu makruhotlaridan saqlanish bilan, U ato etgan pok ruhning pokligini himoya qilishdir.
6. Odamzot Yerning birinchi egasi emas. Islom hech qachon ilmning rivojiga qarshi bo‘lgan va ilm bilan isbotlangan narsalarning haqligini inkor etgan emas. Ba’zi olimlarning aytishlariga qaraganda, Yerda avval olti marta inson avlodi yaratilgan bo‘lib, yettinchisi Odam otaning avlodlaridir. Ko‘pgina olimlar esa, Yerda Odamdan oldin odam qiyofasidagi Jon va uning avlodlari jinlar yashagan, deydilar20.
Qur‘oni Karim va unda nomi keltirilgan har bir Payg‘ambarlarning qissasi insoniyat uchun falsafiy muhohada ega. Buni bir necha misollar orqali keltirib o‘tamiz:
I. Idris(a.s.) qissasi. Ayrim mutassavifchilar, Idris (a.s.) birinchi faylasuf ham hisoblanadilar. U zotning quyidagi aytgan so‘zlari barchaga ibratdir:
1. Hech bir kishi Allohning unga berayotgan ne’matlariga munosib shukr aytolmaydi.
2.Odamlarning boyligini ko‘pligiga hasad qilmanglar, chunki undan juda oz foydalanadi.
3. Kimki keragidan ortiq narsaga urinsa, hech narsa bilan boy bo‘lmaydi.
4. Umrboqiy bo‘lish donishmandlikdadir.21
II. Nuh(a.s.)qissasi.Nuh (a.s.)ning qissalarida insoniyatning tabaqalarga bo‘lishi bayon etilib, insoniyatni quyidagi falsafiy mushohadaga chorlaydi:
1.Alloh nazdida barcha insonlar tengdir. Boy va kiborlar bilan kambag‘al fuqarolar o‘rtasida biror tafovut yo‘qligini, kiborlar uchun hech qanday imtiyoz ham berilmasligini bayon etishni iroda qildi.
2. Inson jasoratli va qat’iyatli bo‘lishi kerak. Inson sifatlari orasida jasorat va qat’iyat juda katta fazilatdir. Bu fazilat bilan har qanday muammoni hal etish, har qanday qiyinchilikdan qutulib ketish mumkin.
III. Hud va Solih qissasi. Ularning faoliyatida insoniyat uchun quyidagi bir qancha ibratga boy:
1. Inson hayoti davomida e’tidol (me’yor)da yashash lozim.
2. Zulmkorlar va tajovuzkorlarni ogohlikka chaqirish.Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadisda, shunday dedilar: “Mo‘min kishi biror munkar ishni ko‘rsa, uni qo‘li bilan qaytarsin. Agar unga qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin. Unga ham qodir bo‘lmasa, dili bilan shuni karih ko‘rsin va shu majlisdan chiqib ketsin. Uchinchisi imonning zaifligiga dalolat qiladi”.
3. Inson manmanligi oxirida halokatga yetaklaydi.Kim agar hayotda bosar-tusarini bilmasdan, xudbinlik bilan o‘zgalarni mensimay qo‘ysa, uning oqibati halokatdir.
4. Inson uchun tavba va istig‘forning foydasi. Banda tavba va istig‘fori uni gunohlarini nafaqat kechirilishi, jazodan qutulishi, balki savobga aylantirilishiga sabab bo‘ladi.
IV. Lut(a.s.) qissasi. Ushbu qissadagi falsafiy mushohadalar quyidagilardan iborat:
1. Bachchavozlik tuban illat va undan saqlanish lozim. Bachchavozlik gunohlarning eng kattasi, eng iflosi bo‘lib, uni havaskorlik yuzasidan qilinmaydi, balki erkakning mijozi buzulishi natijasida mubtalo bo‘lgan eng iflos kasallikdir. Bu kasallik jamiyatga tez tarqaluvchi va uni axloqan buzuvchi narsa bo‘lib, insonlarni hayvonlar ham qilmaydigan pastkashlikka o‘rgatadi.(Naml, 55.)
2. Bachchavozlik illati inson salomatligiga zarardir. Bachchavozlik jamiyatning axloqiy buzilishiga katta ta’sir ko‘rsatish bilan birga, har bir odamning sog‘ligiga ham futur yetkazadi. Shuning uchun ham Alloh taolo inson salomatligi uchun juda katta zarari bo‘lgan bu manfur illatdan uzoq bo‘lishni buyurgan.
3. Bachchavozlarni Alloh qattiq jazolaydi.
4. Mehmon Allohning amonatidir. Har bir inson uyga kelgan mehmonni ikrom qilish, unga qulaylik yaratib berish va mehmonni musulmon bo‘lishi yoki kofir bo‘lishidan qat’iy nazar hurmatini joyiga qo‘yishni ummatlariga buyurganlar.
V. Yusuf(a.s.) qissasi.Unda ota mehri tengsizligining achchiq alami, manmanlikning oqibati, hasad olovining dillarda aks etuvchi adovati, ayollarning makri, taqdirning haqligi, poklikning sharafi va sabrning natijasi ochiq-oydin bayon etilgan.Undan ma’naviy zavq olish bilan birga o‘zining hayoti uchun zarur bo‘lgan quyidagi dars va ibratlarga ega bo‘ladi:
1. Inson sinovlardan bardoshli bo‘lmoqli lozim. Inson juda og‘ir musibatlarga duchor bo‘lsalarda, noumid bo‘lmaslikka, sabr orqali umrlarining oxirini yaxshilikda, rohat-farog‘atda o‘tkazishga undaydi.
2. Begona erkak va ayolning bir joyda turishi fitnaga sabab bo‘ladi. Ayol kishi jismonan zaifroq yaratilgan bilan, erkakka nisbatan hissiyoti, shahvoniy nafsi kuchliroqdir. Ko‘p fitna-fasodlarga aksariyat ayollar sababchi ekanligini hayot ham tasdiqlab turibdi.
3. Poklik – eng ulug‘ fazilatdir.
4. Sabrning tagi oltindir. Insoniyat uchun insonda mavjud bo‘ladigan barcha sifatlarga qaraganda qiyinchiliklarga sabr qilish fazilati yuksak darajada ta’rif etilgan. Xususan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Sabr xursandchilikning kalitidir”, - degan.
5. Insonni ehson qilishlikka chorlov. Yaxshilik arab tilida ehson deyiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ehsonga shunday ta’rif berganlar: “Ehson, Allohni ko‘z bilan ko‘rib turganingdek, unga ibodat qilishingdir. Chunki, sen uni ko‘rmaganing bilan Alloh seni ko‘rib turibdi”.
7. Odamlar orasida yaxshi taassurot paydo qilish zarur.
8. Inson qasosga qodir bo‘la turib, afv etishi uning haqiqiy mardligi hisoblanadi.Inson kechirimlilik sifatiga ega bo‘lishi kerak. ekanliklari ham qissada o‘z aksini topgan.
VI. Shuayb (a.s.) qissasi. Ushbu payg‘ambarining faoliyatidan ham bir necha ibratlar olishimiz mumkin:
1. Da’vatchi faol va namuna bo‘lishi kerak. O’zgalarga nasihat, da’vat qilaman, xato-kamchiliklarini ko‘rsataman, degan odam har bir yaxshilikda o‘zi namuna va ibrat bo‘lishi kerak. Boshqalarga o‘rgatayotgan amalini birinchi bo‘lib o‘zi bajara olishi lozim. Agar aytgan so‘zi qilgan ishiga mos kelmasa, Alloh har bir musulmonning zimmasiga bu sharafli vazifani yukladi:
وَالْمُؤْمِنُونَ وَالْمُؤْمِنَاتُ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ يَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ
“Mo‘minlar va mo‘‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar: (odamlarni) yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar...” (Tavba, 71.)
2. Namoz dinning ustunidir. Shu’ayb (a.s.)ning qissalarida namozning inson ma’naviyatiga ta’siri o‘z aksini topgan. Har bir shaxsni ma’naviy tarbiyasini yaxshilash, jamiyatni esa isloh qilish, ularni xiyonat va jinoyatdan saqlanishga o‘rgatishning eng samarali yo‘li bu imon va e’tiqodga hamda namoz o‘qishga o‘rgatishdir.
VII. Ayyub qissasi.Mazkur qissada ham insoniyat uchun muhim ibratlar bor:
1. Musibatlar insonning baxtsizligiga dalolat qilmaydi. Inson hayoti davomida turli musibatlar, sinovlar, kasalliklar va omadsizliklarga uchraydi.Har bir inson darajasi kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Allohning sinovlariga imoni bilan bardosh bersa, sabr qilsa, uning musibati muvaffaqiyatga almashadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham ummatlarini doim sabrga chorlab, shunday deydilar: “Sabr imonning yarmidir”. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: “Kim o‘zini sabrga o‘rgatsa, Alloh unga sabr ne’matini beradi. Hech kimga sabrdan ko‘ra yaxshiroq ne’mat berilmagan”. Arablar maqolida shunday deyiladi: “Sabr nusratga yetkazuvchi vositadir”.
2. Har bir dardning davosi bor. Har qanday bemor ham, o‘z kasalining shifosini Allohdan so‘rash bilan birga, uning sababiga kirishishi, davosini qidirishi lozim.
3. Insonlarning eng yaxshilari oilasiga yaxshi munosabatda bo‘luvchilardir. Inson manmanlik, oilaga xiyonat, ayollarga yomon munosabat va minnat qilishdan uzoq bo‘lish kerak. Har qanday odamning qalbini zabt etish uchun unga shirin muomala, yumshoq so‘z, ochiq yuz bilan ro‘baro‘ bo‘lish kerak.
VIII. Muso (a.s.) qissasi. Muso (a.s.)ning tavalludlaridan boshlab, to umrlarining oxirigacha hayotlari aks etgan oyati karimalarning ma’nolari va ularning hikmatlari insoniyat uchun juda katta dars olishimiz mumkin:
1. Inson boshqalarga zulm qilmasligi kerak. Inson o‘ziga zulm qilgan zulmkorga bildirmasdan qarshi zulm qilishi ham zulmdir.Chunki bu uni ham zulmkor qilib qo‘yadi. Har bir inson o‘z ishini bilib qilishi, yomonlik, kufr va zulmdan saqlanishi, amalini ham, niyatini ham sof qilishi zarur.
2. Inson boshqalarga shirinso‘zligi bo‘lmoqligi darkor. Musulmon kishi har qachon oilasi, qo‘shnilari, qarindoshlari, hamkasblari orasida shirin so‘z va ochiq chehrali bo‘lishi lozim.
3. Ilm talab qilishlik har bir musulmon erkak va ayolga farzdir. Alloh taolo insoniyatni yaratgan kundan boshlab, unga ilm tufayli fazl berdi. Inson bir joyda qotib qolmasligi uchun o‘z ustida ishlashi, zamon bilan hamnafas bo‘lib, yangiliklardan ogoh bo‘lib turishi, imkoniyati bo‘lgan ilmni umrining oxirigacha ham o‘rganishi lozim.
Hadis - islom dini talimoti bo’yicha Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo’lib, Muhammad(s.a.v.) payg’abarning hayoti va foliyati, shuningdek uning diniy va axloqiy ko’rsatmalarini o’z ichiga oladi. Hadis ilmida tasavvufiy tahlil etishda asosan insoniyat uchun axloq-odobga doir ko’rsatmalar,insoniy fazilatlar keng tashviq qilinadi, insoniylik sha’niga dog’ tushiradigan razil sifatlar qoralanib kelingan.
Islom olamining turli yerlarida hadis ilmining yirik targ’ibotchilari va mualliflari paydo bo’la boshladi. O’rta Osiyoda Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (194/810 – 256/870), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (209/824 – 279/892), Abu Muhammad Abdulloh ibn Abd ar-Rahmon ad-Dorimiy as-Samarqandiy (181/797 – 255/868) va Kaspiybo’yi xalqlaridan Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Mojja (209/824 – 273/886) va boshqalar hadis ilmining taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shganlar. Hadisda inson kamoloti uchun ma‘naviy tarbiya, axloq-odob, o’zaro do’stona munosabatlar, qarindosh, ota-ona va arzandlarning haq-huquqlari, mehr-oqibat, halollik, poklik, adolat, insof-tavfiqni targ’ib qilish bilan bir qatorda razolat, kibr-havo, adovat, hasad, xiyonat, yolg’onchilik, fitna-fasod, zulm kabi illatlarga nisbatan nafrat tuyg’ularining ahamiyati o’z ifodasini topgan.
Hadisda keltirilishicha, Dunyo to’rt toifa odamlar uchun yaratilgandir:
1. Har kimga Tangri ham boylik, ham ilm ato qilgan bo’lsa, u shu boyligidan faqat o’zigina foydalanmay, balki qavm-qarindoshlariga ham inoyat qilib tursa va ilmi sababi Tangrining haqqini ham ado etsa, bu martabalarning eng afzalidir.
2. Kimgaki faqatgina ilm berilib, boylik ato qilinmagan bo’lsa: “Menda ham davlat bo’lganda edi, falonchi kabi ishlar qilur edim”, - deb sof niyat bilan aytsa, u shu niyati bilan saxiy boyning savobiga ega bo’lur.
3. Agarda kimgaki, molu dunyo berilib, ilm ato qilinmagan bo’lsa, qavm-qarindoshlariga muruvvatda bo’lmay, Tangrining haqini ham ado etmagan bo’lsa, bu martabalarning eng yomonidir.
4. Kimgaki ilm ham, molu dunyo ham nasib etmagan bo’lsa, u: “Molim va ilmim bo’lganda edi, men ham falonchilar kabi yaxshi amalda bo’lur edim”, - desa, bu niyati ila ular bilan savoblari barobar bo’ladi.22
Hadisi Shariflarimizda inson ilmini sharaflab, xususan, Ilm ibodatdan afzal ekanligini ta‘kidlanadi. Inson ma‘naviy yuksalishida ilmning ahamiyati beqiyosdir.
Insonda ilm ikki xildir: biri qalbdagi ilm bo’lib, u inson uchum foydalidir. Ikkinchisi tildagi ilm bo’lib, u Tangri huzurida banda zarariga dalil bo’ladi. Shuningdek, beshta g’oyibona ilm borki, inson bunda ojiz, ularni Tangridan o’zga hech kim bilmaydi:
1. Tangridan boshqa hech kim ertaga nima bo’lishini bilmaydi.
2. Tangridan boshqa hech kim ona qornida qanday homila borligini bilmaydi.
3. Qiyomat qachon bo’lishini ham
Tangridan o’zga hech kim bilmaydi.
4. Hech bir inson o’zining qayerda vafot etishini bilmaydi.
5. Qachon yomg’ir yog’ishini ham Tangridan o’zga hech kim aniq bilmaydi.23
Hadislarimizda insoniyatni bajarayotgan amali bilan bir necha toifalarga bo‘ladi. Xususan, sakkiz toifadagi kishilar borki, Alloh Taolo tomonidan yaratilgan maxluqotlar ichida eng yomoni hisoblanadi:
1. Yolg’onchilar.
2. Mutakabbirlar.
3. Qalblarida mo’min birodarlariga nisbatan adovat saqlagan holda, ularni ko’rganlarida mulozamat qiluvchilar.
4. Tangri bilan Rasulining da’vatini sekin, shaytonning buyrug’ini esa tez bajaruvchilar.
5. Nohaq bo’lsa-da, qasam bilan dunyodan tama qiladigan kishilar.
6. Chaqimchilar.
7. Do’stlarni bir-biridan ayirishga harakat qilib yuruvchilar.
8. Gunohsiz pok odamlarga nohaq bo’hton qiluvchilar, mazkurlarning hammasiga Tangrining g’azabi yog’ilur.24
Hadislarda ulug‘lanuvchi insoniy fazilatlar bilan bir qatorda, insonlarga makruh qilingan, ta'qiqlangan va islomda qoralanuvchi illatlar haqida ham gapiriladi.Insonning boshqalarga doimiy ravishda xusumat qilish, dilozorlik,behayo so‘zlarni so’zlovchi, o’ta baxillik va o’ta qo’rqoqlik,odamlar orasida chaqimchilik va bo’hton gaplarni tarqatish,shuhratparastlik va manmansirashlik qattiq qoralangan.
Shuningdek, la‘natlanuvchi illatlar ham insoniyatni ma‘naviy qashshoqligining asosidir: musibat yetganda yuzlarini yuladigan, yoqasini yirtadigan va o’zini qarg’ab yig’laydiganlar; pora beruvchini ham, uni oluvchini ham, ikkalasining orasida turuvchilarni; ayollarning kiyimini kiyadigan erkakni va erkaklarning kiyimini kiyadigan ayolni; Ota-onasi qarg’aganni va hokozo.
Imom Buxoriy va Muslimning sahihlarida rivoyat etilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v) marhamat qilganlar: “Yetti toifa odamga Alloh taolo o‘zining arshi soyasidan joy beradi:
1. Odil imomga;
2. Bir odamgaki, xoli bo‘lganda Allohni zikr qiladi va ikki ko‘zidan yosh quyiladi;
3. Bir odamgaki, masjidda namoz o‘qib chiqib, keyingi namozgacha qalbi masjidga bog‘liq bo‘ladi;
4. Ikki odamgaki, ular Alloh uchun do‘st tutinadilar, shunga ko‘ra uchrashadilar va ajrashadilar;
5. Bir odamgaki, u qilgan sadaqasini maxfiy tutadi, hatto o‘ng qo‘li berganini chap qo‘li bilmaydi;
6. Bir yigitgaki, yoshligidan Allohning ibodatida voyaga yetsa;
7. Bir odamgaki, uni go‘zal va obro‘li ayol zinoga chaqirsa, u esa: “Men zino qilishga Allohdan qo‘rqaman” – desa”. Yusuf (a.s.) mana shunday maqomdagi zot bo‘lib, u kishi Zulayhoning nopok istagiga moyil bo‘lishdan uzoq edilar.25

Download 393,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish