Abdunazarova Mariya Farxodovna tasavvuf antropologiyasi va uning o’ziga xos jihatlari


I. BOB. TASAVVUF ANTROPOLOGIYASINI TADQIQ ETISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI



Download 393,5 Kb.
bet8/18
Sana28.04.2022
Hajmi393,5 Kb.
#586125
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasi qoralanmasi tayyor

I. BOB. TASAVVUF ANTROPOLOGIYASINI TADQIQ ETISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI.
1.1. Tasavvuf antropologiyasida inson tushunchasi va mazmun- mohiyati.
Ko‘p asrlar mobaynida islom din inson ma'naviyatining ajralmas qismi sifatida odamzotning hayot ma'nosini anglash, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o'ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari fazilatlarni o‘zida mujassam etgan muqaddas dinlardan biri bo‘lib kelgan. Bugungi kunda islom dini bilan birga tasavvuf ilmiga nisbatan ham ko‘plab olimlarning qiziqishlari ortib bormoqda. Buning asosiy sababi har qaysi insonning Olloh marhamat qilgan bu hayotda to'g'ri yo'l tanlashi, umrning mazmunini anglashi, avvalambor, ruhiy poklanish, yaxshilik va ezgulikka intilib yashashida uning ta'sirini anglamoqdagi ahamiyati bilan bog'liq.
Sharq ma'naviyati tarixida tasavvuf ta‘limoti VIII asrning o'rtalarida paydo bo'lgan. Dastlab u zohidlik harakati ko‘rinishida bo‘lib, u ta‘limot tarafdorlari qanoat va zuhdni asosiy maqsad qilib olib, tarkidunyochilik g'oyasi asosida faqat toat-ibodat bilan shug'ullanganlar. Shu asnoda, birinchi tasavvuf maktablari Kufa, Bag'dod, Basra shaharlarida vujudga kela boshladi.Tasavvuf ilmida insonni Allohni jon-dildan sevish, Uning zoti va sifatlarini tanish va bilish, ko'ngilni nafs-u hirs g'uboridan poklab, botiniy musaffo bir holatda Iloh vasliga yetishishga chorlov ko‘p o‘rinlarda uchraydi.
IX asr oxiri – XI asr boshlariga kelib, tasavvuf ilmida inson mohiyati anglash uchun keng yoyila boshladi.Bu davrga kelib, tasavvufning fano va baqo kabi tushunchalari, Haqqa vosil bo'lish mayli shiddat bilan targ'ib qilingan bo'lsa, XIII asr o'rtalaridan boshlab esa “vahdatul vujud” ta‘limoti yuzaga keldi.
Tasavvuf falsafasiga binoan, Alloh avval Muhammad (s.a.v.)ning nurini yaratdi. So'ngra shu nur tufayli olam va odamlarni yaratdi. Ayrim nazariyotchilar inson olami olami sag'ir (kichik olam) sifatida olami kabir (katta olam) deb nomlanadigan yuqori olamlarning xususiyatlarini o'zida aks ettirishini ta‘kidlaydilar. Mazkur qarash Aziziddin Nasafiyning insonning ikki asosdan iboratligini yana bir karra tasdiqlaydi. Inson ruhi o'z rahmoniy xususiyatlari bilab Mutlaq ruhga faqat inson o‘zligini anglash bilan yetishmoq mumkin.Ibn al-Arabiyning "Fusus ul hikam" asarida shunday deydi:" Inson ikki tomonlama oynadir. Bir tomoni rahmoniy xususiyatlari va ikkinchi tomondan bandalik illatlari unda aks etadi. Qachonki siz rahmoniy xususiyatlar bilan qaralganda, u (inson) barcha mavjudotlardan ko‘ra ulug‘roqdir; qachon bandalik nuqsonlari bilan qarasa, u(inson) barcha mavjudotlardan ko‘ra pastroq va arzimasroqdir".
Tasavvuf antropologiya o‘zi nima degan savol insonda tug‘ilishi tabiiy. Tasavvuf antropologiya bu insonshunoslik, ya‘ni tasavvufiy falsafada inson yaratilishi, uning mohiyati, olam bilan o‘zaro aloqadorligi, axloqiy xususiyatlari va insonning o‘zligini anglamoqligi,xususan komil inson masalasini o‘rganishdan iborat ilm hisoblanadi. Shuningdek, islom dini insonni ulug‘lab, uni fikrlashga, o‘zini anglashga va o‘z nafsni tarbiyalashga yordam berguvchi din sifatida qudratini namoyon etdi.
"Odam va olam, inson va koinot o'rtasidagi munosabatlar bu ruhiy dramatizmning o'zginasi, boshqa narsa emas. Qalb bilan vujud, ruh bilan moddiyat o'rtasidagi ayovsiz ziddiyat o'ziga xos psixologik jarayon. Inson mohiyati esaana shu dramatizm oqimida ko'zga tashlanadi"
Tasavvuf insonparvarlik g'oyalari bilan sug'orilgan hayotbaxsh bir ta'limot ekanligini hisobga olsak, avvalo tasavvuf haqida bir oz to‘xtalsak. So‘zimiz boshida mutasavvif olimlarning “ tasavvuf” atamasi haqida ta’riflarini keltirib o’tamiz:

  • Hasan al-Basriy bir so’fiy haqida: “ Bir kun Ka’bani tavof qilayotgan bir so’fiyni ko’rdim. Unga pul bermoqchi bo’ldim, lekin u rad etdi. U dedi: “ menda to’rtta tanga bor, shu ham menga yetarli”- deb so’fiy pulni olmadi. Lekin uning bir dirhami ham yo'q edi. Hasan al-Basriyni u kishining qalbining boyligi haqiqatdan hayron qoldirdi. Rasululloh(s.a.v) dedilar: “ Haqiqiy boylik ko'p pul miqdorida emas, balki qalbning boyligida (ruh)”

  • Imom Molik aytdilar: “Kim bo'lsa shariat ilmlarini o'rganadi, lekin tasavvufni o'rganmaydi – u fosiq bo'ladi (ya'ni Allohga osiy bo'ladi)”.

  • Imom Shofeiy roziyallohu anhu aytadilar: so'fiylar bilan do'stlashib, ulardan:“Vaqt qilichdir, agar siz undan foydalanmasangiz u o'z manfaati uchun sizga qarshi xizmat qiladi. Nafsingni yaxshilikka aylantir,bo’lmasa u seni yomonlikka aylantiradi. Senda nafsning istaklari kamligi najotdir”- degan hikmatli iborani tashbeh qilgan.Imom Shofe’iy yana shunday deganlar: “ Bu dunyoda uchta narsa kerak: 1. G'ayritabiiylikdan voz kechish, 2. Odamlarga yumshoq munosabatda bo'lish, 3. So'fiylar yo'liga ergashish (ahlu tasavvuf)”.

  • Imom an-Navaviy tasavvuf haqida ikkita kitob yozgan, ular “Bo’ston al-“Orifin” va “Al-Maqosid”. U “Al-Maqosid”da shunday yozadi: “Tasavvuf beshta asosdan iborat turadi: “ 1. taqvo - yashirin va ochiq; 2. So'zda va amalda Payg'ambar(s.a.v)ga ergashish; 3. Uchrashuv va ajralishda odamlarga bog'lanmaslik; 4.Katta-yu kichik Allohdan rozi bo'lish; 5. Quvonch va qayg'uda Alloh bilan birga bo’lish”.

  • Ibn Xaldun, butun dunyoda mashhur "al-Muqaddima"yozilgan. U bu kitobda shunday yozadi: “Tasavvuf shariat ilmlaridan biri va u islomda paydo bo'lgan. Bu sahobalar, tobeinlar va ularning yo'li, shuningdek u odamlarni haqiqatga o'rgatuvchi yo'ldir”..

  • Husayn Muhammad Maxluf tasavvuf haqida shunday yozadi: “Islomiy tasavvuf –yuqori islomiy ta’lim olish orqali tana va ruh sifatlarini yaxshilash, yurak xastaligini davolash uchun yuksak axloq va aniq yo’naltirilgan yo’ldan iborat”.

  • Abul-Vafo Taftazoniy o’z asarida shunday yozadi: “Islomiy tasavvuf insonga dunyodan ma’naviy ozuqa olishga yordam beradi. Tasavvuf moddiy dunyoni ma’naviy ozuqa olish vositalaridan biri. Va tasavvuf yordamida inson tana qurquvidan qutuladi va haqiqiy ixlosga erishadi”.

  • Mashhur so'fiy Sari Saqatiy (vafoti 251 h. y. 865-m. y.) shunday deydi: “Tasavvuf uch ma'noni o'z ichiga olgan atamadir:

1.) Ma'rifat nuri, vara' nurini so'ndirmaydi.
2.) Botin ilmiga oid biror so'zni kitob, (ya'ni, Qur'on) va sunnatga qarshi ishlatmaydi.
3.) Karomatlarni, sirlarni, Alloh bilan o'zining orasidagi xos sirlarni elga bildirmaydi”. 9
Inson hayvonlardan o'zining hatti harakati va butun mavjudotga ongli munosabatda bo'lishi bilan ajralib turadi. Buni ko‘plab tasavvuf ahli olimlari o‘z asarlarida bayon etgan. Mansur Muhammad ibn Ahmad insonning hayvonlar, mineral va o'simliklar dunyosidan afzalligi 2 ta xususiyati bilan belgilanishini ta'kidlaydi:
- sezgilar
- ongli harakat.10
Jurjoniy esa, insonning afzalligi uning noma'lum narsalarni ma'lum narsalardan ajratib olishida deb tushuntiradi. U “insonga sezgi, ongli hatti harakat, nutq xosdir, u idrok qilish qobiliyatiga ega”11-deb yozadi.
Faylasuf olim H. Aliqulov “aql insonning boyligi, u Alloh tomonidan in'om qilingan qimmatbaho sovag'adir. Inson nimaiki ish bilan mashg'ul bo'lar ekan, biror narsani idrok qilar ekan, bularning hammasi aql tufayli, tafakkur qilish orqali sodir bo'ladi” 12- deb yozadi.
Jaloliddin Rumiyning quyidagi fikri bizning irfon to'g'risidagi tushunchamizni yanada boyitadi: “Ajab emaski, Haq taolo oramizdagi bir jinsdan iborat bo'lgan ba'zilarimizni mumtoz etsa, toki bizning ichimizga kirsa va biz undan bexabar bo'lsak, U esa bizni bilib tursa”.13
Olmon olimasi Annamariye Shimmel fikricha, "insondagi nafs tushunchasi Qur‘oni Karimda so‘z qiymati erkin bo‘lib, u ko'pincha umumiy ma'noda “o'zim”ga tegishli"-14 deb tushuntiradi.
Tasavvufda inson mohiyati zamonlar osha eskirmay kelmoqda. Chunki inson, uning tabiati, ruhiy olami, qalb sofligi, nafsga qarshi jihodi va o‘zini anglashida Inson ruhiy tarbiyasining go'zal bir usuli sifatida turli zamon va makonlarda mavjud bo'la oladigan, bugun va kelajakda ham mavjud bo'lishga haqli bo'lgan ta'limot sanaladi.
Muqaddas kitobimiz Qur‘oni Karimda insonning yaratilishi haqida "A’rof" surasining o‘n birinchi, o‘n ikkinchi, o‘n beshinchi — "Xijr" surasining yigirma oltinchi oyatlarida dastlabki Odam (Odam Atoni) suratini, Olloh qora botqoqdan, ya’ni loydan erta tongda yasaganligi keyin unga tiriklik, ya’ni jon ato etganligi, keyin esa Momo Havoni Odam Atoning «chap biqinidan» yaratilganligi xabar qilinadi. Islom qoidalariga muvofiq butun kishilik jamiyati Odam Ato bilan
Momo Havodan tarqalgan. Ko'rinib turibdiki, tasavvuf falsafasida inson to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari islom dinining paydo bo‘lishi (VI asrning boshlari) va uning shakllanishi bilan bog‘liq. Qur'oni karimda Inson mohiyatini ochib berishda uning barcha mavjudlardan ulug‘ligi, aksincha ba'zi joylarda mazammat etilgan. Ya'ni, Qur'oni karimda Inson ham yaxshi va ham yomon, ham go'zal va ham buning aksidir. Ulug'langan Inson “mamduh inson”, mazammat etilgan inson esa “mazmum Inson” sanaladi.Tasavvuf ta'limotining “Inson” tushunchasi atrofidagi tasavvurlari Qur'oni karim asosida shakllangan.
Tasavufdagi insonga nisbatan yuksak e'tibor, ta'zim va takrim, uni ulug'lash va “Komil Inson” timsolida mujassamlashtirish tasodifiy hol yoinki ushbu ta'limotning o'zidan kelib chiqqan g'oya emas, balki Qur'oni karim oyatlarining in'ikosidir.nsonga komillikka erishishi uchun barcha imtiyozlar- aql, idrok, his, qobiliyat va iste'dod, hamda ruhoniy va jismoniy kuch-qudrat berilgan bo'lsa ham, aksar insonlar bu imkoniyatlardan foydalanmay o'zlariga ziyon qiladilar. “Isro”surasining 11-oyatida inson “shoshqaloq”, 100-oyatida “mumsik va xasis”, “Haj” surasining 66-oyatida “kufroni ne'mat qilguvchi”, ya'ni, “noshukur”, “Alaq” surasining 6-oyatida “ug'yonga tushguvchi”, ya'ni, “isyonkor” va yana bir qancha oyatlarda mazmum (past) sifatlar bilan ataladi. Lekin bu sifatlarbilan Alloh kalomida inson kamsitilgan ekan, degan xulosa chiqarib bo'lmaydi. Zero bu sifatlar faqatgina komillikka intilmagan, iymonidan ayrilgan, Xudodan uzoqlashgan bandalarga tegishlidir.Qur'oni karimda qattiq tanqid va mazammatlarinsonga tegishli bo'lgani kabi, eng oliy maqtovlar ham unga tegishlidir.15
Qur‘onda insonlarni har doim taammul qilish Haq Zotning illatlari va buyuk qudrati haqida fikr yuritmoqlikka chaqiradi. Masalan, 13-surada uchinchi oyat: "Albatta ushbu matlablarda tafakkur qiladigan qavm uchun oyatlar( ibratlar) bordir. 30-surada sakkizinchi oyat: " ..o‘zlarining yaratilishlari haqida o‘ylamaydilarmi" 16
Falsafuf olim Ja‘far Xolmo‘minovning Qur‘oni Karimda inson mohiyatini ochib berishda Alloh tomonidan berilgan imtiyozlarga ega ekanligi ta‘kidlanadi.Bular quyidagilardan iborat:
1. Inson – Allohning Yerdagi xalifasi.
2. Inson – Masjud ul-maloyik.Ya‘ni Allohning Yerdagi xalifasiga barcha farishtalar sajda qilguvchidir.
3. Inson – aziz va mukarram zot. Alloh odamzotni yaratar ekan, uni hayvonot va nabotot olamidan mukarram qildi. Unga halol rizq in‘om etdi.
4. Inson – suyukli mavjudot.
5. Inson – Alloh taoloning tanlangan va hidoyat etilgan mavjudoti. Insonning yaralishi tasodifiy hodisa emas, balki uning yaralishida Parvardigorning hikmati yashiringan. U Parvardigor tomonidan tanlangan va hidoyat etilgan zotdir.Inson xoh mo‘min bo‘lsin, xoh kofir bo‘lsin Alloh uni hidoyatga chorlaydi.
6. Inson – ilm sohibi.
7. Fitriy va azaliy xudoshunoslik. Inson tabiatida fitriy va azaliy xudoshunoslik
hissi mavjud. Bu fitriy xudoshunoslik aksar insonlarni oxir-oqibat iymon yo'lidan borishga undaydi.
8. Inson - moddiy va ma'naviy, yoxud jismoniy va ruhiy unsurlardan tarkib topgan mavjudot. Inson vujudida tabiat unsuri tuproqdan tashqari ilohiy unsur Ruh mavjud. Bu ruh Ruhi kullning bir juzvidir. “Sajda” surasining 7-9-oyatlari Inson yaratilishini loydan boshlashi, uning ichiga ruhni kiritganligi, keyin esa uning ta‘na a‘zolari- quloq, ko'z, va yuraklarni paydo qilganligi haqida nozil bo'lgan.
9. Inson – go'zal shakl-u shamoyil (qiyofa) sohibi.
10. Inson – Alloh ta'oloning omonatdori. Inson zimimasiga ulkan mas'uliyat Omonat (ishq) yuklatilgan.
11. Inson - ezgulik va yovuzlik, poklik va nopoklikni ilhom orqali his etguvchi zot.
12. Inson – Haq zikri bilan taskin topguvchi zot. Inson qalbi faqatgina Alloh yodi bilan orom topa oladi.
13. Inson – Haq tolibi. Inson ko'p hollarda havoyu havaslar va orzu-istaklarga mayl etsa-da, baribir, botiniy bir qudrat va g'ayrat bilan yana o'z Parvardigoriga intiladi.
14. Inson- barcha nozu ne'matlar sohibi. Inson yeru ko'kdagi barcha moddiy va ma'naviy boyliklar, nozu ne'matlardan bahramand bo'lish va ulardan xohlaganicha foydalanish imtiyoziga ega. Aslida ham yeru ko'kdagi barcha ne'matlar inson uchun yaratilgan.
15. Inson – yolg'iz Parvardigoriga ibodat qiluvchi zot.
16. Inson – Allohning do'sti.
17. Inson - ozod va mustaqil mavjudot. Inson oldida ikki yo'l mavjud: iymon va kufr. U mustaqil ravishda o'zi xohlagan yo'lni tanlashi mumkin. Ya'ni, u o'zini boshqarish va kelajagini belgilash huquqiga ega.
18. Inson – o'z nafsi bilan kurashuvchi zot. O'z nafsi bilan kurashib, uni boshqara olgan inson maqsadga – Allohga qaytadi. Ya'ni, u zulmoniy (qorong'u) sifatlardan nuroniy (yorug') sifatlarga qarab intiladi va najot topadi.
19. Inson – Haq yo'lida sobitqadam zot.
20. Inson – sabr qilguvchi zot.17
Tasavvuf antropologiyasining hayotbaxsh g'oyalari bugungi davr insoni uchun ham katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Tasavvuf antropologiyasining inson tamaddunidagi bugun va kelajak uchun qo‘shgan hissasi quyidagilar bilan izohlash mumkin:
1. Insonning sha'nu sharafini yuksaltirish, uni ruhiy inqirozlar, har qanday pastkashlik, tubanlik va qabohatlardan asrash uchun xizmat qiladi.
2. Inson sha'ni va qadr-qiymatini ulug'lab, uni eng yuksak maqom va martabalarga ko'tarishga yordam beradi, Insonning aqlan-ma'navan boyishi, ruhan-botinan poklanishi va ma'naviy komillikka erishishi uchun xizmat qiladi.
3. Har bir inson fitratida umumbashariy insoniy fazilatlarni kamol toptirishga yordam beradi.
4. Har bir inson qalbida Yaratganga shukronalik, Inson, Jamiyat,Borliq, Tabiat,Hayot va borliqdagi barcha mavjudotlarga nisbatan mehr muhabbat hislarini uyg'otadi, insonni mehr-oqibatli, rahmdil, shafqatli, kechirimli, bag'rikeng va saxovatli bo'lishga undaydi.
5. Insonparvarlik g'oyalarini tarannum etish orqali har bir inson tabiatida insoniyatga bo'lgan cheksiz ishq-muhabbat tuyg'ularini uyg'otadi, uni ulug'lash va ardoqlashga chorlaydi.
6. Insonni Xudo, Borliq, Inson, Hayot, Ruh, Tabiat, O'tmish, Bugun, Kelajak... haqida tafakkur qilish va olamni ham aqlan, ham qalban idrok etish etishga undaydi.
7. Insonga Yaratganning qudrati, Olamning tuzilishi, Inson aql-zakovati va qobiliyatlari haqida fikr yuritish va bundan kerakli falsafiy-mantiqiy xulosalar chiqarishga yordam beradi.
8. Inson, Borliq, Hayot, Tabiat va Jamiyatning dialektik taraqqiyoti manzarasini yaxlit holda tasavvur etish imkoniyatini yaratib beradi.
9. Inson tabiatida yuksak estetik zavqni, go'zal his-tuyg'ularni tarbiyalaydi, butun Borliq va undagi mavjud narsalar Yaratganning go'zal mahsulotlari va ayni paytda, Uning cheksiz-tuganmas nuri hikmatining shu'lalari, hatto Uning O'zi ekanligi uchun ham undan zavqlanish, bahramand bo'lish, go'zallik olamiga sho'ng'ib ketish va shu orqali qalbni, ruhni, botinni, niyatni poklashga da'vat etadi. Insonda yuksak ma'naviy-ruhiy fazilatlar va insoniyatga bo'lgan chuqur mehr-muhabbat, izzat-ehtirom tuyg'ularini tarbiyalash va tinchliksevarlik g'oyalarini targ'ib qilish orqali uning tabiatida har qanday zo'ravonlik, kuch ishlatish, urush va qurolli to'qnashuvlarga qarshilik ko'rsatish immunitetini oshirishga yordam beradi.
10. Ushbu tasavvuf antropologiyasi insonni oliy qadriyat deb bildi va qadr-qiymati, asrlar davomida qadr-qiymati toptalgan Insonni ulug'ladi, uning mavjudotning gultoji ekani, mehnat, riyozat, ma'rifat va ruhiy-qalbiy poklanish orqali ilohiyot olami bilan bog'lanishi mumkinligini ko'rsatib berdi.

Download 393,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish