2 – TOPSHIRIQ. Detalning ikki ko’rinishiga asosan uchinchi ko’rinishini chizish.
Qurilish chizmachiligi bo’yicha variant topshiriqlar
1-variant
2-variant
3-variant
4- variant
5-variant
6-variant
7-variant
8-variant
9-variant
10-variant
11-variant
12-variant
13-variant
14-variant
15-variant
XULOSA:
Mamlakatimizda sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z ijodiy va intellektual saloxiyatini ro’yobga chiqarish, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga etkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasida 2010 yilning «Barkamol avlod yili» deb e’lon qilindi. Ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikastiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-xunar kollejlari, listeylari va oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o’quv-laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o’quv va laboratoriya uskunalari. kompyuter texnikasi bilan mustaxkamlash choralari ishlab chiqilmoqda.
Zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari asosida ta’lim muassasalari o’quv jarayonlarini tashkil etish, o’quv jarayonlarining sifat va samaradorligini keskin oshirishga olib keladi. Buning uchun Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida texnik va tashkiliy imkoniyatlar yaratilgan.
Talabalarni mavjud elektron darsliklar, plakatlar, stendlar, va boshqa turdagi vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa chizmachilik darslarnida grafik dasturlardan foydalanish yanada talabalarni qiziqishiga asos bo’ladi. Hozirgi paytda kompyuter grafik dasturlaridan foydalanish imkoniyatlari mavjud. Misol uchun o’qituvchi dars jarayonida grafik dastur orqali darsni tashkil etsa talabalarni birinchidan qiziqishlari ortadi, ya’ni uncha aktiv bo’lmagan talabalar ham darsga qiziqish bilan qatnashadilar, ikkinchidan ularni tassavvurlari kengayadi, uchinchidan ijodiy fikrlashlari ham ortadi. Xozirgi kunga kelib talabalarni zamonaviy metodlardan foydalanib o’qitish orqali etarli darajada bilim berish va ularni zamon talabidagi mutaxassislar qilib tayyorlash oldimizdagi eng katta maqsadimizdir. Bilimlarni o’zlashtirish jarayonida sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi psixik jarayonlar faol ishtirok etadi va amaliyotda sinab ko’riladi.
Men shularga asoslangan holda Kompyuter grafikasi faniga doir variant topshiriqlarni Auto CAD dasturida chizib ishlab chiqdim. Auto CAD dasturida chizilgan topshiriqlarning qulaylik tomonlari ish topshiriqlari belgilangan vaqtdan ancha oldinroq tugatiladi va aniq, to’g’ri ishni namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |