Tushuvchi menyular qatoridan bosh menyu “Fayl”- fayllar bilan ishlash menyusi tanlanadi.
Mazkur faylni biror nom bilan xotiraga saqlash uchun “Sохranit”- xotiraga saqlash buyrug’i tanlanadi.
Keyingi oynada “Imya fayla”-faylning nomi yoziladi.
Faylning nomi va formati kiritiladi (Oddiy tutashma.dwg) va
“Sохranit”-xotiraga saqlash tugmasi bosiladi.
Biz boshlaydigan grafik ishimizni “Oddiy tutashma” deb kompyuter xotirasida saqladik.
“Svоystva оb’еkta”- “Obektning xususiyati” panelidan “ Tip liniy”
- chiziq tipini o’zgartiramiz. Shtrix punktir chizig’i tanlanadi.
“ Svоystva оb’еkta”- «Obektning xususiyati» panelidan “ Tip liniy”
-chiziq tipini o’zgartiramiz. Shtrix punktir chizig’i tanlanadi.
“ Svоystva оb’еkta” - “Obektning xususiyati” panelida chiziq rangi, chiziq tipi va chiziq qalinligi ko’rsatiladigan holatdir.
“Risоvaniya” chizish paneli buyruqlaridan “Оtrеzоk”- To’g’ri chiziq kesmasi chizish buyrug’i tanlab olinadi.
Ekranning ixtiyoriy qismida markaziy (shtrix punktirda, gorizontal va vertikal) chiziqlar chizib olinadi. Bu chiziqlar birinchi aylana markazi hisoblanadi.
Birinchi aylana markazidan ma’lum bir uzoqliqda ikkinchi aylana markaziy chiziqlari chiziladi.
“ Svоystva оb’еkta”- “Obektning xususiyati” panelida “ Tip liniy”
-chiziq tipi buyrug’idan shtrix punktr chizig’i “Sontinuous” chiziq tipiga o’zgartiriladi.
“Svоystva оb’еkta”- “Obektning xususiyati” panelida chiziqlar qalinligi buyrug’idan 0,50mm dagi chiziq tanlanadi.
Qo’shimcha oynadagi buyruqlardan “Radius”- tutashma radiusini kritish holatiga o’tiladi.
Tutashma radiusi 40mm dagi o’lchov birligi kiritiladi va bu ichki tutashma radiusi bo’ladi.
Birinchi va ikkinchi aylanalarni ichki tomondan tutashtirdik.
“ Razmеri”-o’lchamlar panelidan “ Radius”-radiuslar bo’yicha o’lcham qo’yish buyrug’i tanlanadi.
Tayyor bo’lgan tutashmaga kerakli o’lchamlarni qo’yamiz. “ Razmеri”-o’lchamlar panelidan “ Radius”- radiuslarga o’lcham qo’yish buyrug’i tanlanadi va tashqi
tomondan tutashtirilgan aylana yoyi ko’rsatiladi.
“ Razmеri”-o’lchamlar panelidan “ Diamеtr”-diametrlar bo’yicha o’lcham qo’yish buyrug’i tanlanadi.
Tayyor bo’lgan tutashmaga kerakli o’lchamlarni qo’yamiz. “ Razmеri”-o’lchamlar panelidan tanlangan “ Diamеtr”-diametrlarga o’lcham qo’yish buyrug’i orqali ichki tutashma va aylanalarga o’lchamlari ko’rsatiladi.
Yuqoridagi bajarilagn amallar Standart asboblar panelidan “ Sохranit”-fayllarni xotirada saqlash buyrug’i orqali xotirada saqlanadi.