“Yashashdan to’xtamoq” ma’nosini anglatuvchi ajal(o’lmoq) so’zi frazeologik
birikma sanalmish jan berar(jon bermoq) iborasi bilan o’zaro sinonimlikni hosil
qilmoqda.“O’lmoq” leksemasi sinonimik qatorda dominanta so’z hisoblanadi.
Adib bosh so’zdan keyin xuddi shunday ma’noni anglatuvchi iborani keltirish
bilan fikrda ta’kid, ma’noda kuchaytirish va ta’sirchanlikni hosil qilgan.
“Qutadg’u bilig”- noyob mumtoz durdona asar. Shu boisdan ham bu bebaho
asar ustida, uning tabdili yuzasidan olimlarimiz tomonidan ko’plab ishlar amalga
oshirilmoqda. Ana shulardan biri Boqijon To’xliyev tomonidan tabdil qilinib,
1990-yilda “Yulduzcha” nashriyoti tomonidan keng kitobxonlar ommasiga
mo’ljallangan nusxadir.Tabdilda olim asar mohiyat va mazmuniniochib berish
uchun bor imkoniyatini ishga solgan. Buning uchun asl nusxaga tayangan holda
betakror so’z va iboralardan,chiroyli qochirimlardan unumli foydalangan.
Yuqoridagi kabi sinonim so’zlarning go’zal na’munalari uchraydi bu asarda:
Mamlakatni boshqarish ishlari kundan kunga og’irlashardi. Shuning
uchun u tadbirkor va oqil, hozirjavob va ishning ko’zini biladigan
yordamchilarga, bir so’z bilan aytganda komil va yetuk , faol
kishilarga muhtojlik sezardi.
(Qutadg’u bilig. 20-bet)
33
Mazkur gapda adib komil, yetuk so’zlarini ketma-ket keltirib ma’noni
kuchliroq ifodalash bilan bir qatorda, “tadbirkor”–(tadbir bilan ish qiladigan)
leksemasi va “Ishning ko’zini biladigan” iborasini ham sinonim sifatida
qo’llagan va bunda ham kuchli ma’no, ham ta’kid ifodalangan.
Vazir ochiq dil, ko’nglida kir saqlamaydiganbo’lmog’i kerak.
(Qutadg’u bilig. 53-bet)
Ushbu gapda “ochiq” so’zining ko’chma ma’nosi bilan ibora bir sinonimik qatorni
tashkil etib “xushfe’l, yuragida kiri yo’q, xushchaqchaq” (O’.T.I.L. Itom. 552-bet)
ma’nosini ifodalayapti. Natijada, ifoda kambag’alligi va g’alizligi bartaraf
etilmoqda.
“Qutadg’u bilig”asarida miqyosli tafakkur madaniyati va tahlil mahorati
bilan yuksak ma`naviy intilishlar va badiiy did birlashib ketgan.Hattoki, mavhum
tushunchalar ham mahoratli rassom singari so`z bilan tasvirlangan. Yusuf xos Hojb
o’z qarashlari va o’gitlarini, mulohazalarini satrga solib, ularni o`ziga xos, hech
kimda uchramaydigan o`xshatishlar orqali tasvirlaydi:
Neku bar ajunda angar hiylasiz,
Neku hiyla bardur angar charasiz,
Qamug’ nanhka hiyla, etig, charabar,
Magar bu o’lumka, o’lum hiylasiz.
***
Nima bor jahonda biror hiylasiz,
Yana hiyla bormi biror chorasiz.
Hama ishga hiyla, iloj, chora bor,
Amon yo’q o’limdan, o’lim hiylasiz.
(
www.ziyouz.com
kutubxonasi )
34
Mazkur bandda iloj, chora leksemalari leksik sinonimlik qatorini hosil qilib,
“biror ishni, maqsadni amalga oshirish, ro’yobga chiqarish yoki uning oldini olish
uichun puxta o’ylab tuzilgan, ishlab chiqilgan tadbirlar majmui ”(O”TIL IV 508-
bet) ma’nosini bildiradi va o’z navbatida “ayyorlik,makorlik,aldovchi,
chalg’ituvchi ish, tadbir” ma’nosini anglatuvchi fors –tijikcha so’z bo’lgan hiyla
so’zi bilan sinonimlikni hosil qilmoqda. Bunda hiyla so’zining asl “makkorlik,
ayyorlik” ma’nosi chekinib, “tadbir, yo’l” manosi yuzaga chiqqan.
Sinonimlar obrazlilik, emotsionallik, ta’kidni ta’minlash maqsadida ham
keng qo‘llanadi. Buni Yusuf Xos Hojib asari misolida ko‘rishimiz mumkin:
Kerak erka himmat, muruvvatyangi,
Yafus, yunchug andin yirasa o’ngi.
Kishilikka himmat, muruvvatkerak,
Kishi qadri himmat, muruvvat tengi.
(
www.ziyouz.com
kutubxonasi )
Do'stlaringiz bilan baham: |