Dono maqtov olar, nodon-chi so‘kish,
O‘zing o‘yla, senga ma’qul qaysi ish?!
(“Qutadg‘u bilig” 15-bet )
Ushbu bandlardada yaxshilikva yomonlik, dono va nodon antonimlari
qo`llangan. Bu so`zlar ko`p ma`noli so`z bo`lib, yaxshi va yomon so`zlarining
bosh ma`nolari quyidagilar: yaxshilik “ijobiy sifat va xususiyatlarga,xulq-atvorga
egalik, (O”TIL.V.125-bet) ma’nosini vayomonlik “yomon, salbiy sifat va
55
xususiyatlarga ega bo`lishlik, qabihlik, yovuzlik”(O”TIL.II.36-bet) Ushbu
parchada adib insonga, kitobxoniga murojaat etib, yaxshilik so`zining “ijobiy
sifatlarga ega bo’lish” ma`nosi bilan yomonlikso`zining “salbiy sifat va
xususiyatlarga ega bo`-lish” ma’nosidagi zid semalarini aytmoqda. Yana dono
so’zi “aql-zakovatli, donishmand, oqil” (O’TIL Itom.234-bet) ma’nosini, nodon
fors-tojikcha so’z bo’lib, ”ilm-ma’rifatdan xabari yo’q,ongi, tushunchasi past,
qoloq” (O’.T.I.L.I tom.506-bet) ma’nosini bildiradi. Ushbu o`rinda shoir ko`p
ma`noli so`zlarning ma`no qirralarini ochish barobarinda antonimlarning ham
g`o`zal na`munasini yaratgan. Antonimlari ijodkor fikrini izohlashda dalil va izoh
sifatida qo‘llangan.
Tirik beg kishika kerak edgu yang,
Kerak bo’lsa bulg’ay qamug’ edgu nang.
Esizka nekulug kerak mal, tavar,
Necha kirsa bo’lg’ay chig’ay birla teng.
***
Tirik beg kishi-gun go’zal xulq-chiroy,
Kerak bo’lsa davlat, topar u kiroy.
Tubanga tovar -mol,kerakmi? Nega?
U bo’lsanecha boy tengidur gadoy.
(
www.ziyouz.com
kutubxonasi )
Ushbu baddagi gadoy,boy leksemalari leksik anbtonimlik munosabatini hosil
qilgan. Bunda boy- so’zi ko’chma ma’noda qo’llangan bo’lib,asli“iqtisodiy
jihatdan mustahkam, hech narsadan kamchiligi, muhtojligi yo’q, hamma narsadan
badastir, to’kis, badavlat”(O’TIL.I.126-bet) ma’nosini bildiradi. Asl ma’nodagi
to’kislik, badastirlik semasi gadoy so’zining “tilanchilik bilan kun kechiradigan
56
tilanchi” (O’TIL.I.182-bet)ma’nosi bilan o’zaro munosabatga kirishgan va ma’no
rang-barangligini ta’minlashga xizmat qilgan.
Kontekstual antonimiya – o`zaro zid ma`no ifoda etmagan leksemalarning
ma`lum kontekst ichida so`zlovchi yoki muallif tomonidan antonimik
munosabatlarga kiritishidir. Bunday holatlar ko`p hollarda she`riy misralarda
uchraydi.shu jumladan, “Qutadg’u bilig” asarida ham:
Qul arslan bo’lu bersa otqa bashi,
Bu it barcha arslan bo’lur o’z tushi.
Qali bo’lsa arslanqa it bashchisi,
Bu arslan bo’lur barcha it saqishi.
***
Gar itlarga arslon bo’larkan boshi,
Bu itlar bo’ladi u arslon tushi,
Gar arslon to’dasiga it bo’lsa bosh,
Bu arslonlar itning bo’lar tengdoshi.
(
www.ziyouz.com
kutubxonasi )
Mazkur bandda matn ichidagina antonim bo’lib keluvchi leksemalardan it
so’zi –“uy-ro’zg’orni qo’riqlash, ov ovlash va shu kabi maqsadlar uchun
saqlanadigan to’rt oyoqli sut emizuvchi uy hayvoni”(O’TIL.II. 240-bet),arslon esa
“mushuksimonlar
oilasiga
mansub
bahaybat
yirtqich
sutemizuvchi
hayvon;she’r”(O’TIL.II. 240-bet) ma’nosini bildiradi. Bu leksemalar leksik
antonimiya bo’lmasada, ulardagi semalar: “it” lesemasidagi “uy havvoni”semasi
bilan arslon leksemasidagi “yovvoyilik,yirtqichlik” semasi o’zaro antonimlikni
vujudga keltirmoqda.
Qilinchi qari o’g’lan uzluk uqush,
57
Uqush qayda bo’lsa, angar bar,yapush.
Do'stlaringiz bilan baham: |