Abdullayev Rahimberdining Arxitekturaviy loyixalashning ijtimoiy asoslari



Download 35,84 Kb.
bet4/6
Sana17.04.2022
Hajmi35,84 Kb.
#559068
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUSTAQIL

Ijtimoiy nazoratni makonga “egalik qiluvchi”, vazifasi, o‘lchamlari, tarkibi bo‘yicha turlicha ijtimoiy jamoalar amalga oshiradi. Bular tuman aholisi, korxonalar mexnat kollektivlari, maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari, ko’chadagi piyodalar oqimi va bog’dagi dam oluvchilar bo‘lishi mumkin. Shunga muvofik nazorat individual va ommaviy, doimiy va vaqtincha bo‘lishi mumkin. U intensivligi (to’la erkinlikdan xulq-atvorni qattiq cheklashgacha), taʼsir doirasi va xokazolar bo‘yicha bo‘linishi mumkin. Adekvat nazoratning mavjudligi hududga birlashtirilganlik, yashaladigan joy xarakterini beradi. Qarshi xolda yoki joylar, yoki ommaning boshqarilmaydigan oqimi paydo bo‘ladi. Joyning qiymati ikkita xol bilan belqilanadi. Birinchisi joyning xo‘jayini, egalik qilish va maʼsullik xissi bilan, u barqaror hududiy faoliyat jamoalari uchun (maktab, korxona), qamroq xolda esa birgina xududning o‘zini isteʼmoli bilan bog’liq (uy-joylar guruhlari) hududiy jamoalar uchun xarakterlidir. Oxirgi xolda hududning qiymati aholi uchun anchagina differensiallanadi, bu nazoratning intensivligi bilan bog’liq.
Ikkinchisi – tegishli nazorat orqali taʼminlanadigan xavfsizlik, xotirjamlik xis etish. Nazoratning yo‘qligi bo‘shliq, qo‘rquv, ishonchsizlik tug’-diradi. Bunga misol bo‘lib turar joylarni yo‘qotayotgan markaziy qism xizmat qiladi.
O’tmishning evolyusion shakllangan shaharsozlik tuzilmalarida aytilgan extiyojlar barqaror makoniy aks etgan. O‘rta asr sharq shahrida iyerarxik qaramlik va ijtimoiy nazoratning katʼiy modelini, yevropa va sharq shaharlarida aholining kasbiy joylashuvini aytish yetarlidir. Shu bilan birga xozirgi zamon shaharsozlik nazariyasi bu soxada o’z vazifalarini faqat oxirgi vaqtlarda belgilamoqda. Bu vazifalar yana shuning uchun anglanmoqdaki, bu yerda xam hudud tomonidan ijtimoiy mansublikni, undan keyin esa ijtimoiy nazoratni yo‘qotish bilan bog’liq jiddiy ekologik yo‘qotishlar bilinib qolmoqda. Masalan, inson uyidan to’ppa-to‘g’ri shaharga boradi, bunda u o‘zi uchun turar joyning muxim elementi o‘zlashtirilmagan hududni xamda ijtimoiy muxitning muxim elementi - qo‘shnichilikni yo‘qotadi. Atrof-muxitni bunday anonimligi uning meʼmoriy beo’xshovligi, bir xilligi bilan bog’liq: muxitni ijtimoiy mansubligi doimo uning semantik aniqliligi, xarakterliligi bilan kuzatiladi. Zamonaviy ko‘p qavatli turar joy massivlarining semantikasi yashovchilarga nisbatan ko‘proq qurilish bazasi to’g’risida gapiradi. Bugun xuddi shuning uchun ijtimoiy nazorat va makoniy qismlar o‘ziga xosligi yo‘llarini qidirib, yashovchilarning tashabbusiga ko‘proq murojaat qilinmoqda. Ammo arxitektor-shaharsozning bu soxadagi roli xali tugamagan, u professional yondashuvlarni kengaytirishni, yashovchilarning o‘ziga xosligini xisobga olishni, makoniy ajratish shakllarini va muxitning mansubliligini “belgilashni” talab qiladi.
Oxirgi yillarda ekologik bilimlar o‘zanida tarixiy-madaniy yodgorliklarni qo‘riqlash muammolari ko‘rib chiqiladi. Bu inson ekologiyasining aloxida bo‘limi bo‘lib, nafaqat tabiiy, balki antropogen muxitdagi jiddiy yo‘qotishlarni anglash natijasida paydo bo‘lgan. Va, tabiyki, bu muammolar avvalombor bizni real o‘rab turgan muxitning qismi bo‘lgan (moddiy madaniyatning boshqa qismlaridan farqli) meʼmoriy-shaharsozlik yodgorliklariga qaratilgan. Muammoni yechishning shaharsozlik vositalari bo‘lib: tarixiy-madaniy (shuningdek meʼmoriy-shaharsozlik) axmiyatga ega yodgorliklar va hududlarni ajratish; bu qismlarda qurilishni cheklash; shakllangan shaxarsozlik tuzilmalarini va shaxarsozlik kompozitsiyasini xisobga olish; madaniy yodgorliklardan ratsional foydalanish va muvofiq moslamoq xizmat qiladi. Tarixan qimmatli shahar muxitini qo‘riqlash bilan birga bugungi kunda shaharsozlik regionning ijtimoiy-madaniy va tabiiy komponentlar birligida shakllangan tarixiy-madaniy landshaftlarini qo‘riqlashga murojaat etadi.
Bu yangi yo‘nalish meʼmoriy-shaharsozlik faoliyati o‘zanida atrof muxitni quriqlashning aloxida bo‘limi sifatida rivojlanyapti, bugun xali formal shaxarsozlik ekologiyasiga kirmagan, ammo unga uzviy yondoshadi. Inson ekologiyasida u doimiy evolyusionlashgan tabiiy-antropogen umuminsoniy extiyojlari talablariga javob beruvchi tarixiy xotirani saqlash kabi jiddiy tomonni shakllantiradi. Inson ekologiyasida moddiy madaniyat yodgorliklarini saqlash bilan bir qatorda tillarni saqlash, manaʼviy madaniyat anʼanalarini, adabiyot, muzika, odatlarni saqlash vazifalari paydo bo‘ladi, u meʼmoriy-shaharsozlik tadbirlarini ancha keng madaniy kontekstga qo‘shadi.
Shahar muxiti estetik qiymati yo‘nalishi va baxolash asoslari bo‘yicha mustaqil soxani tashkil etadi. Ammo u baxolashning boshqa turlari bilan uzviy bog'liqligi bilan farqlanadi. Shaharni estetik baxolashning o‘zi estetikaning barcha boshqa soxalardan o‘zining murrakab tarkibiy tuzilishi bilan farqlanadi va:
• meʼmoriy asarlarni badiiy baxolashni;
• asarlarni kontekstda va muxit konteksti bilan birga baxolashni;
• muxitni tabiiy-madaniy landshaft sifatida baxolashni;
• shaharni (joyni) estetik obrazli tassavur etishni o‘z ichiga oladi.
Bu yerda mazmuni bo‘yicha turlicha bo‘lgan “bloklar” birgalikda kelib, ularning xar biri aloxida murrakab jarayonni - sanʼat asarlarini yoki tabiiy landshaftni yoki bir qator estetik xodisalarning yig’ma obrazini shakllantirishni aks ettiradi.
Taʼkidlash lozimki, bu “bloklar”ning xar biri yetishuv aktida mustaqil bo‘lib, o’ziga xos estetik munosabatlarni aniqlashga yo‘naltirilgandir. Bunda birlamchi taasurotlar muxitning estetik taasurotlariga ancha chuqur yetishuvga material to’playdi. Yaʼni aloxida inshoot uyg’unligini qabul qilish uni shahar muxiti kontekstida “o‘qish”ning asosidir. Shahar “suratini” o‘zlashtirish u to’g’risida umumiy obrazli tasavvur tuzish imkonini beradi.
Muxitning estetik sifatlari – insonning atrof - tabiiy va antropogen muxit bilan ekologik munosabatlarining kerakli tuzuvchisidir. Arxitektura va shaharsozlik estetik to’loqonli muxit yaratishga, tabiy landshaftning estetik potensiallarini xisobga olish va foydalanishga yo‘naltirilgan va bu masalani kompleks xal etuvchi asosoiy fanlardirlar. Bugun bu planda narsalarning badiiy tizimini shakllantiruvchi dizaynning xam, xususan shaxar dizaynining roli o‘sib bormoqda. Shahar qurilishi uchun prinsipial yangi vazifa bo‘lib regional bosqichda landshaftlar estetikasini (tabiiy va antropogen) saqlash va tiklash xizmat qiladi. Shaharsozlik – barcha hududiy bosqichlarda muxit estetikasi muammosini qo’ya oladigan va bir vaqtning o‘zida barcha bosqichlarda loyihalashning badiiy – ijodiy usullaridan foydalanib, yecha oladigan yagona fandir.
Ijtimoiy ekologik tadqiqotlarning muxim tomoni bo‘lib aholi tomonidan shahar muxitining sifat va imkoniyatlarini baxolashni taxlil etish xizmat qiladi. Shahar muxiti, shahardagi turli joylar aholi va umuman shahar xamjamiyati tomonidan yoyilgan qiymatlar tizimida qabul qilinadi. Baxolash xulq-atvorda: u yoki bu joylarga borish, yashash joyini tanlashda amalga oshadi. Bunday yig’indi baxolarni (utilitar-amaliy yoki iqtisodiy) miqdor ko‘rsatkichlarida yozib bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan, umumiy baxolarni bilish shahar va uning elementlarini rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha shaharsozlik yechimlarini qabul qilish uchun juda muximdir. Shuning uchun baxolarni aniqlash uchun aholining shahardagi yurish-turishi bo’yicha ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Masalan, turar joy maydonini almashtirish statiskasi aholining turli turar joy hududlarini baxolashdagi maʼqul ko‘rishini tavsiflaydi; transport statistikasi transport turlarini, marshrutlarni tanlashdagi afzal ko‘rish xaqida xukm chiqarish imkonini beradi.
Aholining shahar muxitini umumiy baxolashini xamda ularning shaharda yo‘nalish olish imkoniyatlarini aniqlash uchun aholining shahar to‘g’risidagi tasavvurini tavsiflaydigan o‘rganiladigan xaritalardan foydalaniladi.
Inson ekologiyasi muammolarini yechishda shaharsozlik, o‘zining barcha bo‘limlari bilan qatnashib, shu bilan birga o‘z bilimlari korpusida aloxida shaharsozlik ekologiyasi bo’limini ajratadi. Bu bo’limning mazmuni atrof- muxitni qo‘riqlash vazifalari bilan belgilanadi. Shunday qilib soxalar aniq ajratiladi: birinchisi - hududiy loyihalash, qo‘rilish va injenerlik taʼminoti vositalari bilan muxitni maqsadli shakllantirish va ikkinchisi –bu maqsadli faoliyat bilan bog’liq negativ oqibatlarni tugatish. Shaharsozlik ekologiyasi shu soxaning ikkinchisiga taalluqli bilimlarni birlashtiradi. U tabiatni muxofazalash, muxitning sanitar-gigiyenik sifatlarini qo‘riqlash va takomillashtirish bo‘limlarini o‘z ichiga oladi, xozirda unga tarixiy-madaniy yodgorliklarni qo’riqlash masalalari xam qaraydi. Shaharsozlik ekologiyasi, shunday qilib, “o’zini nazorat qilish” - shaxarsozlik yechimlarini qabul qilishni cheklovchi blokni shakllantiradi. Bu o‘zini nazorat qilish kasbiy faoliyatining ko’zda tutilmagan negativ oqibatlarini anglash natijasida paydo bo‘ladi. Shaharsozlik ekologiyasi bo’limlarining kelajakdagi rivojlanishi muxitga faol qayta ishlab chiqarish yondoshuvi vazifalari bilan belgilanadi. Xar qanday qo‘riqlash tadbirlari tabiiy va antropogen muxit elementlarini qayta tiklash, qayta ishlab chiqarish vazifalari bilan bog’liq. Bu xolat tabiatni qayta tiklashga qo’llanilganda ayniqsa muxim. Ekologik maqsadga muvofiq yechimlar tabiiy landshaftga antropogen taʼsirlar bosimini cheklash, kamaytirish choralari bilan kifoyalanib qolmasligi lozim. Ular albatta tabiiy va tabiiy-antropogen landshaftlarni dinamik qayta ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirlarni o‘z ichiga olmog’i lozim. Tabiatni qayta ishlab chiqaruvchi xalq xo‘jaligining eng muxim soxasi sifatidagi masala yanada keng qo’yilmokda. Bugun shaxarsozlik ekologiyasi tabiatni qo’riqlash loyixalari, shaxarlarning aholi yashovchi qismlari va tabiiy qo‘riqxonalarni ishlab chiqarishning zararli chiqindilaridan ximoyalash bilan cheklanib, xuddi shu konstruktiv bo’limlarni bo’sh ishlab chiqayapti. Shaharsozlik ekologiyasining ancha faol pozitsiyaga o‘tishi uning vazifalarini shaharsozlikning boshqa bo‘limlari vazifalari bilan yaqinlashuviga olib keladi. Bunday integratsiya bugungi kunnig o‘ziga regional axoli joylashuvi va tumanni rejalashtirish tuzilmalarini tabiatni qo‘riqlash hududiy kompleks tuzilmalari bilan birlashtirish bo’yicha takliflarda ko‘zda tutilgan. Boshqa misol: mikroiqlimni tartibga solish, hududni shovqindan va xavo xavzasini ifloslanganlikdan qo’riqlash masalalarini kompleks yechish lozim.
Shunday qilib, inson ekologiyasinig ko‘p qirrali – ijtmoiy-iqtisodiy, biologik, psixologik, maʼlum maʼnoda - etik va estetik muammolarini yechishda shaharsozlikning faol rolini qurish mumkin. Inson ekologiyasi yo‘nalish va dasturlarini ishlab chiqishda soxalararo aloqalar integratsiyasida va bu kompleks asosida qabul qilinadigan yechimlar konstruktivligida shaharsozlikning yetakchi rolini xisobga olish lozim.



Download 35,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish