Inson ekologiyasi o‘z ichiga dunyoqarash va amaliy bo‘limlarni olgan yaxlit fan sifatida, o‘zining predmeti qilib insonning (uning ijtimoiy va biologik mazmunida) atrof muxit bilan butun munosabatlari kompleksini ko‘rib chiqadi. U bugungi kunda ko‘p soxalarda: texnologik, biologik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosat soxalarda yechimlar qabul qilishni belgilaydigan ilmiy bilimlarning muxim soxasiga aylanmoqda. Inson va muxit munosabatlarini kompleks o‘rganish lozimligini takidlash lozim, chunki bu munosabatlardan birini aloxida ko‘rib chiqish eng yaxshi xollarda xususiy muvaffaqiyatlarga olib kelishi mumkin, ammo ekologik muvozanatning ancha umumiy buzilishi kuzatilishi mumkin. Aytilganlar ekologik bilimlarni soxalarga bilishdan voz kechish kerak degani emas, bunday bilinishdan kechib bo‘lmaydi. Muximi, shundan kelib chiqish kerakki, bilim soxalari o‘zaro bog’liq va yagona fanni shakllantiradi, uning asosoiy qoidalari xar bir soxadagi bilimlar va yechimlar qabul qilishning integratsiyalash asosini tashkil etadi.
Inson va yashash muxiti munosabatlari uni moddiy o‘zgartirishda, «ikkinchi tabiat” - antropogen muxit yaratishda aks etadi. Bir vaqtning o‘zida insonning o‘zi xam ruxan, xam jismonan o‘zgaradi. Muxitni moddiy qayta o‘zgartirishda, imorat va inshootlar ko‘rishda, injenerlik infrastruturasini yaratishda, “ narsalar dunyosi ” evolyusiyasi aks etadi. Arxitektura-shaharsozlik faoliyati rivojlanayotgan texnologiyalarga, inson extiyoji va munosabatlariga konkret jismoniy shakllar berib moddiy ikkinchi tabiatni shakllantirishda muxim rol o‘ynaydi. Shaharsozlik, hududiy loyihalash soxasining barcha bosqichlarida aloxida inshootlar kompleksidan regional va global aholi joylashuvi tizimlarigacha qamrab olib, tabiy-antropogen landshaft sifatida shakllanadigan va yashash muxiti bo‘lib xizmat qiladigan oxirgi natija uchun masʼul fandir.
Bugungi barcha ekologik doktrinalar insonning istisnoligini, va tegishli tabiatdan foydalanish erkinligini, aniqrog’i tabiatni isteʼmol qilishni tan olishga asoslangandir. Shuning uchun kelajakning dolzarb muammosi bo‘lib, bugungi kunda qabul qilingan qadriyatlar yo‘nalish tizimini yengib o‘tuvchi yangi dunyoqarashlar nuqtai nazarini ishlab chiqish xizmat qiladi. Insonga isteʼmolni yanada o‘stirishni, tabiatni inson uchun saqlash orqali taʼminlash yo‘nalishi o’rniga inson va tabiat uyg’unligi, inson faoliyati tabiat qonunlariga muvofiqligi yo‘nalishi qabul qilinishi kerak. Bunda shuni esda tutmoq lozimki, inson to‘g’risidagi “ tabiat podshosi” degan tushuncha nafaqat jismoniy muvozanatni yo‘qotishga balki insonning maʼnaviy buzilishiga olib keladi. Insonning tabiat bilan ijodiy xamkorlikda qatnashuvi bilan bog’liq va tabiat qonunlari bo‘yicha shakllangan qiymatlar va stereotiplar – tabiat bilan yangi munosabatlar etikasi, yangi insn ekologiyasi paydo bo‘lishining bundan keyingi yo‘li va zarur shartidir.
Arxitektura va shaharsozlik anʼanaviy muxitni berilgan xossalari (imkoniyatlari, resurslari) bo‘yicha kompleks shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Bunda shaharsozlik dasturlari anʼanaviy inson extiyojlarining keng kompleksini (biologik, psixologik, iqtisodiy, estetik) o‘z ichiga oladi. Arxitektura-shaharsozlik spereotiplari evolyusion yo‘l bilan rivojlanib, shaharsozlik madaniyatini shakllantirgan. Arxitektura-shaharsozlik stereotiplarda ko‘p qirrali isteʼmol baxolarini integratsiyalash, ularning kompleksliligi, muxit xossalarini tarixan ancha davr mobaynida barkaror qayta ishlanishi (uylar turlari, shahar jamoat makonlari turlari) arxitektura-shaharsozlik faoliyatini o‘z tabiati bo‘yicha ekologik deb xisoblash imkonini beradi.
Bir vaqtning o‘zida vujudga kelayotgan ekologik muammolarning o‘lkanligi anglanadi. Miqyosi va ko‘p qirraligi bo‘yicha kompleks o’suvchi ekologik muammolarni bilimlarning qaysi soxasi yechishi kerak? Bo’lishi mumkin variantlar: geografiya, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy prognozlash, shaharsozlik. Real hayotda gap variantlar ustida emas, balki bu bilimlar soxalarida xamkorlik ustida ketayapti. Biz uchun bu xamkorlikda shaharsozlikning ishtiroki lozimligini ko‘rsatish muximdir. Uning roli quyidagi kasbiy imkoniyatlar bilan belgilanadi: yondoshuvlarning konstruktivligi (anʼanaviy geografiyadan farqli o‘laroq), yechimlarning injenerlik xarakteri (ikkala aytilgan fanlardan farqli), yechimlar qabul qilishni asoslashning kompleksliligi (iqtisodiy, ijtimoiy, meditsina-sanitar, estetik), yechimlar qabul qilishning ilmiy va injenerlik uslublari bilan birga badiiy-ijodiy uslublarni xam qo‘llash imkoniyati mavjudligi. Oxirgi argument juda muxim, lekin bugungi kunda to’la axamiyatga olinmayapti. Shu bilan bir qatorda aytilgan boshqa fanlarning shaharsozlik muammolarini yechishda qatnashuvi lozimligini takidlash lozim. Shuning uchun, umumiy ekologik bilimlar tizimida shaharsozlikning kelajakdagi rolini ko‘rib chiqa turib, biz shaharsozlik tushunchasiga shaharsozlik yechimlarini qabul qilish bilan bog’liq barcha fanlar yig’indisini qo‘shamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |