Jismoniy tarbiya nazariyasi deb keng ma’noda jismoniy madani- yat amaliyotida qo‘llaniladigan nazariy bilimlarning hamma to‘pla-
miga aytiladi. Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Boshqa fanlar singari Jismoniy tarbiya nazariyasi ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo, jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo‘ldi. Jismoniy madaniyat u yoki bu qonun qoidalarini tushuntiradi, uni maqsadga muvofiq ravishda boshqa- rishga xizmat qiladi. Shu bilan birga bunday bilimlarning majmuasi bir biridan aniq fan va nazariy umumlashtirish sanasi bilan farqlanuv- chi turli fanlar ramkasida shakllanib kelgan va shakllanib bormoqda. Bu jihatdan quyidagilarni ajratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |