Jismoniy madaniyat faoliyat natijasi sifatida kerakli nati- jalarni bir butunligicha ishlatilishi, jamiyatda predmet boyligi sifatida madaniylashtirilishi bilan xarakterlanadi. Bularga qisman: jismoniy madaniyat faoliyati natijasida egallangan jismoniy tayyorlanganlik va shu asosida harakat, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish bosqichiga erishish, hayotiy kuchlar, sport yutuqlari darajasini, jis- moniy madaniyat bilan aloqada bo‘lishi bilan orttirilgan natijalardir. Shunday qilib jismoniy madaniyat faoliyati, odam bilan tashqi muno-
sabatda bo‘lib qolmasdan balki, ko‘nikma, malaka, qobiliyat sifatida uyg‘unlashgan holda ichki boylik sifatidagi shaklida ham bo‘ladi. Ijtimoiy hayot obraziga, aniq organik sharoitda jismoniy madaniyat hamma sohalarini to‘liqligicha kiritish natijasi xalq ommasini jis- moniy kamoloti bo‘yicha kompleks ko‘rsatkichga erishilganligidadir. Jismoniy madaniyatda keng ilmiy tadqiqotlar madaniyatning qator boshqa sohalariga qaraganda ancha kech boshlandi. Jismoniy madani- yat harakatining amaliy kengayishi va jismoniy madaniyatning jami- yat hayotidagi salohiyatini ortib borishi, uni ilmiy jihatdan fikrlashga bo‘lgan talabini orttirdi, shu bilan birga, uni hayotga singdirish uchun imkoniyatlar yaratildi. Jismoniy madaniyat haqidagi ilmiy bilimlar tizimning har xil bo‘limlarini tiklanishi babbaravar sodir bo‘lgani yo‘q. Boshqa bo‘limlaridan oldin, jismoniy tarbiya haqidagi bilim- lar paydo bo‘ldi. Bunga birinchi navbatda, jismoniy tarbiya jismoniy madaniyatning asosiy shakli sifatida, o‘z tarixining boshlanishidan boshlab, tarbiyaning umum ijtimoiy amaliyotining katta qismini tash- kil etganligi sabab bo‘ldi. Uning asosida paydo bo‘lgan jismoniy tar- biya nazariyasi va usuliyati bevosita pedagogika fani bilan bog‘liq holda taraqqiy qildi va nisbatan rivojlangan ilmiy-amaliy predmet
sifatida anchagina ilgari shakllandi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor deb e’lon qilinishi jismoniy madaniyat fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi.
Jismoniy tarbiya ilmiy nazariyasining kator asosiy masalalari bizning mamlakatimizda ham buyuk olimlar va jamoat arboblari tomonidan ilgari surilgan (Jumladan, Abu Ali ibn Sino, Amir Temur)). Oliy jismoniy madaniyat ta’limotida jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati o‘quv predmeti sifatida rasmiylashtirildi. Maxsus shakllan- gan predmetlar o‘rtasida jismoniy madaniyat bilan bevosita bog‘lan- gan predmet bu jismoniy tarbiya nazariyasidir.Lekin u butun Jismoniy tarbiya nazariyasini ak ettiraolmaydi, chunki jismoniy madaniyat faqat jismoniy tarbiya shaklidagina namoyon bo‘lmaydi. Jismoniy madani- yat sohasidagi ilmiy bilimlarni umumlashtiruvchi boshqa rivojlangan predmet bu sport nazariyasidir. Bu fanning tez rivojlanishiga, ayniqsa, oxirgi o‘n yilliklar ichida, olimpiya o‘yinlarida va umuman xalqaro sport harakatidagi ko‘rsatilgan yuqori sport natijalari sabab bo‘ldi.
Shuni ta’kidlash shartki, xalqaro miqyosdagi musobaqalar mustaqil O‘zbekistonimizni dunyoga tanitdi. Yoshlarimizni ma’naviy va jis- moniy etuk inson qilib tarbiyalash buyuk kelajak sari intilayotgan jami- yatimizning asosiy vazifasidir. Chunki, jismoniy baquvvat, ma’naviy etuk komil insonlargina jamiyat taraqqiyotini belgilab beraoladi.
Shu sababli olimpiada, jahon chempionatlarini aniqlash va mak- simal darajadagi rivojlanishning yangi usullarini qidirib topishda, ko‘pgina tadqiqotchilarni jalb etishning o‘ziga xos tabiiy laboratori- yasiga aylandi va tabiiyki sport haqidagi ilmiy bilimlarni tez to‘pla- nishida o‘z aksini topdi. Sport nazariyasi hozirgi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida, sport sohasidagi mutaxassislarni bo‘lajak kasbiga tayyorlashning etukchi predmeti sifatida shakllangan.
Jismoniy tarbiya nazariyasi fani faqat sportchilarga ta’lim tar- biya jarayonini nazariy metodik amaliy ta’minlovchi fannigina emas, balki komil insonni shakllanishini, rivojlanishini ta’minlovchi keng sohalarni ham o‘z ichiga oladi.
Ma’lumki, har qanday ilmiy bilimlar tizimini rivojlanishida har doim ikki yo‘nalish o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi:
Tabaqalashgan (ayrim shaxsiy obyektga va yo‘nalishga tegishli bilimlarni ixtisoslashuvi va bo‘linishi) va integrastiya (ko‘pgina shaxsiy bilimlarni bir butunlikka birlashtiruvchi umumiy bilimlarni shakllantirish).
Jismoniy madaniyat va u bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganuvchi ilmiy fanlarni shakllanishi, ko‘pgina davrlarda, asosan tabaqalashtiril- gan yo‘l bilan amalga oshirildi. Natijada jismoniy madaniyatni va unga chegaradosh hodisalarni oshirish tomonlarini aks ettiruvchi ko‘pgina ayrim predmetlarpaydo bo‘ldi. Ularning ayrimlari jismoniy madaniyat va sport amaliyotining aniq bo‘limlaridan kelib chiqqan va o‘z tarkibiga, kasbga taalluqli amaliy bilimlarni kiritadi (gimnastika, o‘yin, yakkama-yakka kurash, engil atletika, suzish va h.k.), ayrim- lari esa, jismoniy madaniyat sohasida yaratilmagan, bilimlar doirasida paydo bo‘lmagan, lekin o‘zlariningtarmoqlari bilan unga ham tegishli tabiiy va boshqa fanlar yoki ilmiy-amaliy predmetlar (anatomiya, fiziologiya, bioximiya, gigiena, biomexanika, psixologiya) ixtisos- lashgan soha shaklida namoyon bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |