Abdullayev Mehriddin



Download 307,22 Kb.
bet57/148
Sana04.09.2021
Hajmi307,22 Kb.
#164673
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   148
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA 1 QISM 22.01.2021

«Portlash» kuchi – kuchning yuqori ko‘rsatkichlarini kam vaqt ichida namoyon etish qobiliyatlaridir.

U sprinter yugurishdagi startda, otishlarda, boksda va boshqa tur- larda ahamiyati katta.

Ko‘rinib turibdiki, sport ustasida nafaqat kuch namoyon bo‘lishi- ning yuqori darajasi mavjud bo‘lib, balki eng muhimi, u kuchning maksimal kattaligiga juda qisqa vaqt ichida erishadi.

Portlash harakatining tarkibiy qismlari uchta bo‘lib, asab-mushak faoliyatining quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi:

Mushaklarning maksimal kuchi, mushaklar kuchayishining bosh- lanishida tashqi harakatni tez namoyish etish qobiliyati (start kuchi), qo‘zg‘alayotgan massaning tezlashuvi jarayonida ishchi harakatni o‘stirish qobiliyati – tezlashtiruvchi kuch. Aniqlanganidek, bu xusu- siyatlar u yoki bu darajada har bir insonga uning yoshi, jinsi, sport bilan shug‘ullanishi, harakat faoliyatining turidan qat’i nazar taal- luqlidir.

«Portlash» kuchining rivojlanish darajasini quyidagi formula yor- damida hisoblanadigan tezlik-kuch indeksi yordamida aniqlash mum- kin:

J=F max / t max,

Bunda, J – tezlik-kuch indeksi;

F max – berilgan harakatda ko‘rsatilgan kuchning maksimal ko‘rsatkichi;

t max – maksimal kuchga erishish vaqti.

Kuchni birdaniga namoyon etish mumkin emas. Maksimal kuchni ko‘rsatish uchun mushaklarga vaqt kerak. Aniqlanganidek, tahdaqan harakat boshlanishidan 0,3 soniya o‘tgandan so‘ng mushak maksi-

mum 90% ga teng kuchni namoyon etadi. Shu bilan birga sportda 0,3 soniyadan kamroq vaqtda bajaradigan harakatlar ko‘p. Masalan, eng kuchli sprinterlarda yugurish oldidagi itarilishga 100-60 ms, uzunlikka sakrashda 150 ms «fosbyuri-flop» usulida balandlikka sakrashda 180 ms, chang‘i tramplinida 200-180 ms, nayzani otishda 150 ms.

Bu hollarda inson maksimal kuchni ko‘rsatishga ulgurmaydi. Shuning uchun kuch qobiliyatlarini etakchi omili namoyon bo‘layot- gan kuchning kattaligi emas, balki uning o‘sish tezligi, ya’ni kuch gradientidir.

Sportchilarning malakasi oshgani sari nayzani otishdagi harakat- larda, yadroni itarishda, yugurishda, sakrashdagi itarilishlarga sarf etiladigan vaqt kamayishi bunga isbot bo‘la oladi.

Shunday qilib, tezlik-kuch mashqlarida maksimal kuchning oshishi natijani yaxshilashga olib kelmasligi mumkin. Demak, kuch ko‘rsat- kichlari past, lekin yuqori gridient ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan Sportchilar, kattaroq kuch imkoniyatlariga ega bo‘lgan raqibini yutish mumkin. (rasm)

Rasmda ko‘rinib turibdiki, A sportchida katta kuch va past gradi- yent kuchi. B sportchida esa aksincha, kuch gridienti yuqori, maksimal kuch imkoniyatlari esa katta emas. Harakatning uzoq davomiyligida (‘) ikkala sportchi ham o‘zlarining maksimal kuchini ko‘rsatishga ulgurganlarida, A sportchi ustunlik ko‘rsatadi. Agar bajarish vaqti juda qisqa bo‘lsa, ustunlikni B sportchi ko‘rsatadi.

Zamonaviy tadqiqotlar natijasida kuch qobiliyatlarining yana bir namoyon bo‘lishi kuzatiladi va mushaklarning qayishqoq deformat- siya energiyasini to‘plash hamda qo‘llash qobiliyati «reaktiv qobili- yat» deb nomlanadi. Bu qobiliyat mushaklarning intensiv mexanik cho‘zilishidan keyin, ya’ni ularning dinamik yuklamasi maksimal rivojlanayotgan sharoitlarda ko‘nuvchi ishdan enguvchiga tez o‘tish- dagi kuchli harakat paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi.

Dastlabki cho‘zilish mushaklarning qayishqoq deformatsiyasini keltirib chiqaradi va ularda ma’lum kuchlanish potenstialini (nome- tabolik energiya) to‘plashni ta’daqlaydi.

Aniqlanganidek, amortizastiya bosqichsida mushaklar cho‘zilishi qancha keskin bo‘lsa, mushaklar ko‘nuvchi ishlashdan enguvchi ish- lashga shuncha tez o‘tadi, ularning qisqarish kuchi va tezligi ham

shuncha yuqori bo‘ladi. Mushaklarning keyingi qayishqoq energi- yasini saqlab qolish uchun, yugurishda, sakrashda va boshqa harakat- larda yuqori tejamkorlik natijasini ta’kidlaydi.

Masalan, gimnastikachilarda ko‘nuvchi ishdan enguvchiga o‘tish vaqti sakrash darajasi bilan keskin bog‘liq.

Ijtimoiy tarbiya amaliyotida insonning mutloq va nisbiy mushak kuchini ham farqlaydilar.




Download 307,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish