Abdulla sher axloqshunoslik


Гегель Г. Ф илософия права. М ., «Мысль», 1990. С. 94



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/209
Sana04.06.2022
Hajmi10,65 Mb.
#635217
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

1 Гегель Г. Ф илософия права. М ., «Мысль», 1990. С. 94.
2 0 ‘sha manba. С. 154.
1 0 ‘sha manba. С. 200.
www.ziyouz.com kutubxonasi


tom ondan, odamning tarixan axloqdan oldin paydo b o ‘lgan urf-odatlar 
va rasm-rusumlarga, ikkinchi tom ondan, davlat, tabaqalar, oila oldidagi 
axloq bilan bog‘liq muayyan majburiyatiga munosabatini nazarda tutadi.
Hegel xulqiylikka qasd va ayb, niyat va ezgulik, ezgulik va vijdon 
juftlik tushunchalarini kiritadi; axloqiylikka esa oila, fuqarolar jamiyati, 
davlat tushunchalarini taalluqli deb biladi va ularni batafsil tahlil etadi. 
Ezgulik — erk darajasiga ko‘tarilgan ixtiyor, amalga oshirilgan erkinlik, 
olam ning m utlaq so‘nggi maqsadi. Yovuzlik — zaruriyat, biroq u ro ‘y 
bermasligi kerak. Axloqli bo‘lish yovuzlikning ziddiga yetishish, aks 
holda esa ezgulik jo ‘n tabiiy holatdir. Agar yovuz qilm ishdan qandaydir 
yaxlitlikning jihati sifatidagi ijobiy tom onni topib, uni ezgulik deb talqin 
etilsa, u qisman o ‘ziga, qisman boshqalarga qilingan munofiqlikdir. 
Vijdon esa muqaddas, qo‘l yetmas narsa, insonning o ‘z -o ‘ziga pok 
ishonchi; u ezgulikni bilishdir.
Axloqiylik borasida Hegel qoniqish tushunchasini o ‘rtaga tashlaydi. 
Bu borada faylasuf quyidagicha fikrlaydi. H atto arzim as bir faoliyatdan 
qoniqishim shunday bo‘ladiki, men o ‘z ro‘param da turam an; ana shu 
menga qoniqish beradi. M en o ‘zim da olam ni his qilam an. Inson 
nimaniki bajarsa, u hammasida ishtirok etadi, zero, ixtiyor erkinligi 
ham ana shundan iboratdir. Inson, aw alo, o ‘z m aqsadidan qoniqishi 
kerak, o ‘shanda uning amalga oshuvidan ham qoniqish hosil qiladi. 
Oqil odam , aw alo, o‘zini qoniqtirishi kerak, ko‘p hollarda aynan shuning 
uchun harakat qiladi, u o ‘z tushunchasini, o ‘zidagi g ‘oyasini qoniqtiradi, 
boshqalam ikini emas, boshqalar qoniqishi ham , qoniqm asligi ham 
m um kin, u o ‘z tushunchasini, o ‘z aqlini tatbiq etishi lozim. Inson 
manfaatdan m ahrum bo‘lsin, degan talab bo‘lmag‘ur gap. Ulug‘ odamlar 
ko'pincha o ‘zlarini o ‘zlari qoniqtirganlar, agar u lar bu haqda aw al 
boshqalardan ruxsat so'raganlarida edi, ularning ishlari, shubhasiz, 
arzimas narsa b o ‘lardi.
Hegel m uhabbat, nikoh, oila, haqida ham o ‘ziga xos flkrlar bayon 
qiladi. Sevgini faylasuf boshqa bilan birlashishni anglab yetish, o ‘zining 
boshqa bilan, boshqaning o ‘zi bilan birlashishini bilish orqali o ‘zidan 
kechish tarzida talqin etadi. Sevgi — hissiyot, boshqacha qilib aytganda, 
shaklga tushgan tabiiyyatdagi axloqiylik; davlatda sevgi boMmaydi, unda 
birlik qonun sifatida anglanadi. U nikohni huquqiy-axloqiy sevgi deb 
ataydi. N ikohni faqat bir tom onlam a yo din (cherkov) ixtiyoriga yo 
fuqarolik jamiyati ixtiyoriga bog‘liq degan nuqtayi nazarga qarshi chiqadi 
va uni davlatning axloqiy instituti sifatida talqin etadi. Oila boshlig'i
www.ziyouz.com kutubxonasi


er, u oilani boshqarish huquqiga ega shaxs; oiladagi umumiy xususiy 
mulk bo‘lmish mol-mulkdan foydalanishning tartibini belgilaydi. Lekin 
er-xotin oilada huquqiy jihatdan teng boiishi lozim. Agar ko‘p xotinlilik 
bo‘lsa, oilada ayol cho‘riga aylanadi, agar ayol hukmronlik qilsa, oilada 
axloqsizlik ro ‘y beradi va u nikohning buzilishiga olib keladi. Ota- 
onaning bolalarga munosabatida tarbiya muhim ahamiyatga ega. Tarbiya 
intizomga asoslanm og'i lozim. Intizom esa bolalarning ota-onaga 
bo‘ysunishini taqozo qiladi. Bolalar ota-onaga shunchaki emas, balki 
oilaviy axloqiy intizomga rioya qilishlari uchun bo'ysunishlari kerak. 
Oila rishtalari uzilmasligi, oila buzilmasligi lozim. Lekin er-xotinning 
ajralishi ro‘y berishi mumkin. Oila buzilmasligining oldini olish uchun 
odamlarda oilani buzilmaydigan maskan, degan tasaw urni uyg'otish 
kerak. Y a’ni ajralishning hech qachon osongina ro ‘y berm asligi 
ta ’m inlanm og‘i, iloji boricha uni qiyinlashtirishga harakat qilinm og‘i 
zarur.
Xullas, Hegel ham Kant kabi insonga nihoyatda katta m as’uliyat 
yuklaydi. U ning xulosasi qat’iy — qonun harakat qilmaydi, faqat inson 
harakat qiladi.
Olm on m um toz axloqshunosligida bizga ruscha m atnlar orqali 
Lyudvig Feyerbax nomi bilan tanish bo‘lgan 
Ludvix 
Foyerbaxning 
(1804—1872) qarashlari o ‘ziga xos o ‘rin egallaydi.
Foyerbax yangi falsafani yaratish kerakligi haqidagi g‘oyani ilgari 
suradi; bu falsafaning markazida tabiatdan uzilmagan inson turadi. 
Shuning uchun uni falsafiylashtirilgan insonshunoslik ham deyish 
mumkin. Haqiqiy falsafaning vazifasini Foyerbax kitob yozishdan emas, 
odamlarni yaratishdan iborat deb hisoblaydi. «Yangi falsafaning ildizi 
muhabbatning haqiqiyligiga, tuyg'ularning haqiqiyligiga borib taqaladi»,
— deydi u 1. Bu fikrlardan kelib chiqib, shuni aytishimiz mumkinki, 
Foyerbax falsafasida, ma’lum m a’noda, axloqshunoslik tosh bosib ketadi. 
Axloq m asalalari, ayniqsa, un ing « 0 ‘lm aslik haqidagi m asalaga 
insonshunoslik (antropologik) nuqtayi nazaridan qarash» (1846—1866), 
«S piritualchilik va m oddiyatchilik ham da ixtiyor erkinligiga ular 
munosabatining o ‘ziga xosligi haqida» (1863—1866), «Evdeymonchilik» 
(1867—1869) degan asarlarida, kundaliklar va xatlarida ko‘tarilgan. Uning 
o ‘zidan aw algi m um toz faylasuflardan yana bir farqi shundaki, u

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish