Abdulla sher axloqshunoslik


Fridrix Vilhelm Yozef Shelling



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/209
Sana04.06.2022
Hajmi10,65 Mb.
#635217
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

Fridrix Vilhelm Yozef Shelling
(1775-1854) alohida o‘rin tutadi. Axloqiy masalalar asosan uning «Inson 
erkinligi va u bilan bog‘liq narsa-hodisalar mohiyati haqida falsafiy 
tadqiqot» (1809) asarida o ‘rtaga tashlanadi.
Shelling inson erki haqida fikr yuritar ekan, yovuzlik nima, degan 
savolga to'xtaladi. Qaysi dinga mansubligidan q at’iy nazar, odamlar 
ezgulikda komillikni, yovuzlikda esa cheklanganlikni, torlikni ko‘radilar. 
Biroq, barcha dinlarda ham iblis — ham m adan cheklangan, tor, 
kenglikdan mahrum hisoblanadi, shu sabab uning faolligi va kuchi o ‘ziga 
sig‘maydi. Bir xillar insonni tabiatan yovuz, boshqalar esa ezgulikka 
moyil deb hisoblaydilar. Shelling esa yovuzlikka, xuddi ezgulik kabi 
inson erkinligining mahsuli deb qaraydi. «Shu sababli, — deb yozadi u,
— yovuzlikda bo‘lganidek, ezgulikda ham mohiyatning bo‘lishi zarur, 
biroq yovuzlikdagi bu mohiyat ezgulikka zid va ezgulikdagi uyg‘unlikni 
n o u y g 'u n lik k a ay lan tirib y u b orish tab iatig a e g a » '. Barcha tirik 
mavjudotlar orasida faqat inson yovuzlik qilishga qodir. Ko‘pincha bu 
yovuzlikni u o ‘z xohishi bilan, hammasini anglagan holda, mahorat 
bilan amalga oshiradi. Madaniyatli, o ‘qimishli odam shunday yovuzlik 
o ‘ylab topishi mumkinki, yowoyi odamning u xayoliga ham kelmaydi, 
unga kuchi ham yetmaydi. Yovuzlik ibtidoiy jam oadan ko‘ra, zamonaviy 
jamiyatni kuchliroq dardga chalintirgan kasallik, yovuz kishilar miqyosi 
tobora kengayib, shakllari noziklashib borayotgani buning dalilidir. 
Xo‘sh, qanday qilib yovuzlikni yengish mumkin?
Shelling insonning m a’naviy qobiliyatini uchga bo‘ladi: xulq, ruh, 
qalb. Xulq ruhiyatning m ayllar va hissiyotlarni shakllantiradigan, 
«qorong‘u», anglanmagan tomoni. Ruh ongga bo'ysunadi, bu o ‘rinda 
aql hukmron. Qalb esa insonning eng oliy ruhiy iqtidori. San’at, falsafa, 
axloq va din ana shu qalbga taalluqli. Inson ikki tabiiyyat — zaminiy va 
ilohiy tabiatni moddiy va ruhiy dunyoni bog‘lab turuvchi halqa. Lekin 
u o ‘ziga yuklatilgan vazifani bajarmadi; u tabiatini ruhga bo'ysundirishi 
kerak edi, vaholanki, aksi ro‘y berdi — tabiiyyatga, moddiyatga taalluqli 
ib tid o inso n u stid an h u k m ro n lik qilm o q d a, m o d d iy at X udoga 
aylantirilmoqda. Barchasiga aybdor — insonning erkinligi. Insonning 
o‘z vazifasini bajara olmaganligini, eng awalo, uning tabiat bilan bo'lgan 
m unosabatida ko‘rish mumkin. Ikkinchidan, yovuzlikning kuchaygani
www.ziyouz.com kutubxonasi


ham bundan dalolat beradi. Uchinchidan, o‘lim masalasi; inson tabiiyyat 
bilan ruh orasida uyg‘unlik yo‘qligi uchun o ‘limga m ahkum . Insonda 
moddiy, jism oniy tabiiyyat ustunligini, ayniqsa, davlatning mavjudligi 
ko'rsatib turadi. T o‘g‘ri, inson yolg‘iz yashay olm aydi. Lekin erkin 
mavjudotlarning haqiqiy uyushishi faqat Xudo dargohidagina amalga 
oshishi mumkin. Ularning tabiiyyat nuqtayi nazaridan uyushuvi — davlat. 
Lekin oqilona davlatning bo ‘lishi mumkin emas. Aflotunning ideal 
davlati, bor-yo‘g‘i shunchaki hazil. Toki odam lar haqiqiy ezgulikka 
yuz burmas ekanlar, urush bo ‘laveradi.
Inson tasodifan yovuz yoki ezgulikka moyil emas. U ning ixtiyor 
erkinligi belgilab qo‘yi!gan. Iudo Isoga xiyonat qildi. Biroq, uning 
boshqacha xatti-harakat mumkin emas edi — u Isoni o ‘z ixtiyori bilan 
sotdi. Iso o ‘z fe’l-atvoriga mos harakat qildi, fe’l-atvom i esa tanlab 
bo‘lmaydi, u — beriladi. Taqdirdan qochib qutula olmaysan. Axloqni 
shaxsiy xohish yoki qaror singari qiltillab tutgan asos ustiga qurish mumkin 
emas. Axloqning asosi — muayyan xatti-harakatning muqarrarligini anglab 
yetishda. Haqiqiy erkinlik, shuning uchun ham, zaruriyat bilan kelishuvdan 
iborat. Erkinlik va zaruriyat bir-birida yashaydi. G ap shundaki, Kant 
aytganidek, to ‘g‘ridan to‘g‘ri zaruriyatni tanlay berish kerakmi yoki bunda 
insonning ham mas’uliyati bormi? Shelling insonning m as’uliyati haqida 
gapiradi. Lekin bu mas’uliyatning bir qismi oliy dargohga berilgan. 
Yovuzlik zaruriyat yuzasidan yuzaga keladi va shunday zaruriy tarzda 
yo‘qoladi. Buning uchun ezgulikni yovuzlikdan to ‘la ajratib olmoq lozim. 
«Zero, agar yovuzlik ezgulikdan to ‘liq ajratib olinsa, endi u yovuzlik 
bo'lolmaydi»1. Chunki yovuzlik ezgulik bilan aloqasi b o ‘lgani uchungina 
kuchli, o ‘z-o ‘zicha u quwatga ega emas. Ya’ni, faylasufning fikriga ko‘ra, 
biror-bir yovuz zot o‘zini yovuz deb atamaydi, aksincha, ezgulikka va 
adolatga chaqiradi; ana shunday da’vatlami deb daryo-daryo qonlar oqqani 
hech kimga sir emas. Fosh etilgan yovuzlik zaif, hech narsa qilolmaydi. 
B iroq, m a salan i y o v u zlik n in g h a r gal y a n g ic h a n iq o b kiyishi 
murakkablashtiradi. Ayni paytda uni bilish ham masalani hal etolmaydi, 
yovuzlikni ko‘rsatish — uni yengish degani emas. Bi^gina muhabbat, 
faqat muhabbatning kuchigina nafrat va yovuzlikni zaiflashtirishi mumkin. 
Muhabbatning g‘alabasi tabiat ustidan, uning qa’rida yashiringan o ‘lim 
ustidan g‘alaba b o ‘ladi. Shunday qilib, Shellingning fikriga ko‘ra, bilish
www.ziyouz.com kutubxonasi


ilm-fan yovuzlikni yengish uchun yetarli emas, ilmga axloqiy m o‘ljal 
zarur. Zero, u yovuzlikka ham xizmat qilishi mumkin. Faylasufning oliy 
tamoyili shu: shaxs bo‘lib harakat qilma, xatti-harakatdan har qanday 
tabiiyyatning ta ’sirini yo‘qot, har ikki dunyoning umumiy mavjudoti 
sifatida ish ko‘r.
Bu davrning mashhur axloqshunoslaridan yana biri buyuk mutafakkir 

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish