Abdulla sher axloqshunoslik


AXLOQSHUNOSLIKNING ASOSIY TUSHUNCHALARI



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/209
Sana21.01.2023
Hajmi10,65 Mb.
#900826
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   209
Bog'liq
Abdulla sher axloqshunoslik

AXLOQSHUNOSLIKNING ASOSIY TUSHUNCHALARI
REJA
1. Axloqshunosiik tushunchalari haqida umumiy ma ’lumot.
2. Muhabbat va nafrat.
3. Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, adolat, shafqat.
4. Burch, vijdon, nomus, qadr-qimmat.
5. Ideal, hayotning ma ’nosi, bcixt, о ‘lim va о ‘Imaslik.
Tayanch tushunchalar
Fazilat, Illat, Muhabbat, Nafrat, Rashk, Ezgulik, Yovuzlik, Yaxshilik, 
Yomonlik, Adolat, Shafqat, Burch, Vijdon, nomus, Qadr-qimm at, Ideal, 
Hayotning m a’nosi, Maqsad, Baxt, 0 ‘lim, 0 ‘lmaslik.
1. Axloqshunosiik tushunchalari haqida umumiy ma’lumot
Axloqshunoslikda inson xatti-harakatining ikki qutbi — axloqiylik 
bilan axloqsizlik holatlari tahlil va tadqiq etiladi. Axloqiylik — fazilatlarda, 
axloqsizlik esa illatlarda nam oyon b o ‘ladi. Bu ikki qutb — tushuncha 
kun-tun, oq-qora singari bir-birini inkor va ayni paytda, taqozo etgani 
holda mavjuddir. Zero, fazilat, Arastudan tortib Ibn Sinogacha bo'lgan 
qadimgi faylasuflar ta ’kidlaganlaridek, ikki illat oralig‘ida ro ‘y beradi. 
Boshqacha qilib aytganda, fazilat ikki manfiylik o ‘rtalig‘ida yuzaga 
kelad igan m usbat h o d isa d ir. C h u n o n c h i, a d o lat — zu lm b ila n
mazlumlikning, saxiylik — isrofgarchilik bilan baxillikning, iffat — 
qizg‘anchiqlik bilan rujuning o ‘rtalig‘i sifatida voqe bo‘ladi.
Fazilat va illat shunday yirik ham da qamrovli atamalarki, ularning 
h a r b iri o ‘z ichiga b ir n ech a em as, o ‘nlab em as, balki yu zlab
tushunchalarni oladi. Shu jihatdan axloqshunosiik barcha falsafiy fanlar 
ichida tushunchalarining ko‘pligi va xilma-xilligi bilan alohida ajralib 
turadi. Ularni awalgi ilmiy-uslubiy adabiyotlarda, xususan, lug‘atlarda 
axloqshunosiik mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari, axloqiy 
mezoniy tushunchalar, axloqiy tamoyillar, axloqiy m e’yorlar, axloqiy 
munosabatlar, axloqiy hissiyotlar singari guruhlarga bo'lib taqdim etilgan. 
B unday « m aydalashtirish», b iz n in g c h a , sh a rt em as. C h u n k i u, 
birinchidan, tizimni murakkablashtiradi, ikkinchidan, m uayyanlikdan
www.ziyouz.com kutubxonasi


yiroqlashtiradi, uchinchidan, tushunchalar bilan hissiyotlami, me yorlar 
bilan tamoyillarni farqlashda chalkashliklarga olib keladi, ularni rosmana 
idrok qilishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Zero, fan mazmunini taqdim
etishdagi har qanday murakkablashtirishlar, chalkashliklar, tabiiyki, 
tushunmovchilikni keltirib chiqaradi. Natijada mazmun mo ljallangan 
«o‘z egasiga» risoladagidek yetib bormaydi.
Shu sab ab li ax lo q sh u n o slik fa n id a q o ‘lla n ila d ig a n b a rc h a
tushunchalami uch guruhga bo‘lishni maqsadga muvofiq deb о ylaymiz. 
Bularning birinchisi — axloqiy bilish bilan real hayot о rtasidagi eng 
m uhim aloqa va munosabatlarni in ’ikos ettiruvchi, axloq ilmining 
mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz axloqshunoslikning 
mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari sifatida olib qaraymiz. 
N isbatan qamrovli ikkinchi guruh tushunchalarini — axloqiy tamoyillar, 
uchinchi guruhni esa axloqiy m e’yorlar deb taqdim etamiz. Birinchi 
guruh tushunchalari umumlashtiruvchilik, mushtaraklik xususiyatiga 
ega, ular faqat nazariyaga taalluqli. Ikkinchi va uchinchi guruh 
tushunchalari esa amaliy axloqqa tegishli bo'lib, nisbatan muayyan, 
to r qamrovga ega; ular birinchi guruh uchun «moddiy asos» vazifasini 
o ‘taydilar.
Shu o ‘rinda «tushuncha» atamasining mohiyatiga nazar tashlashni 
joiz deb o ‘ylaymiz. A w alroq biz axloqiy hissiyotlarning axloqiy onglash 
uchun m a’lum m a’noda material ekani to ‘g‘risida birrov to ‘xtalib о tgan 
edik. Bu haqda m um toz faylasuflar ham e ’tiborga sazovor fikr 
b ild irg an lar. C h u n o n c h i, buyuk in gliz m utafak kiri J o n Lokk, 
tushunchada nim aiki bor ekan, u bundan aw al hissiyotda mavjud 
bo ‘lgan, deb ta ’kidlaydi. «Tabiat qonuni borasidagi tajribalar» asarida 
u shunday deb yozadi: «Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi yetkazib 
berilmasa, u holda tafakkur uchun hech qanday material berilmagan 
b o ‘ladi va aql bilishni taraqqiy ettirishi borasida m e’mor bino qurishda 
tosh, yog‘och, qum va hokazo qurilish materiallarisiz qanchalik ish 
qila olsa, xuddi shuncha ish bajara biladi»1.
Aqlni ideallashtirish, hissiyotni ikkinchi darajali omil sitatida talqin 
etish, Lokk va unga o ‘xshash ba’zi mutafakkirlar fikrlarini hisobga 
olmaslik, afsuski, keyingi davrlarda ayniqsa kuchaydi. Hegel singari 
faylasuflar esa butun borliqni mantiqiylashtirish yo‘lidan bordilar. Lekin,
www.ziyouz.com kutubxonasi


XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin G ‘arb allomalari bu yo‘lning 
ko‘p jihatdan yanglish ekanini anglay boshladilar. XX asr mutafakkiri, 
ru h iy ta h lil falsafasid agi y a n g i fro y d c h ilik o q im in in g a to q li 
nam oyandalaridan biri Karl Yung Tibet mayyitlar kitobi - «Bardo 
Tyodol»ga yozgan sharhida shunday deydi: «G‘arb kishisi, «psixologik» 
(«ruhiy») so‘zini eshitganida, uning uchun u «bor-yo‘g‘i psixologik» 
tarzida jaranglaydi. Uning uchun «psixe» — qalb qandaydir, achinarli 
darajada kichik, e ’tiborga noloyiq, shaxsiy, subyektiv va h.k. Shu sababli 
«ruh» (qalb) o ‘rniga «aql» so‘zini ishlatishni m a’qul ko'radi...»1. Boshqa 
bir o ‘rinda barcha metafizik m ulohazalar uchun ijodiy zam in aynan 
ana shu qalb ekanini, ong esa qalbning ko‘zga ko‘rinm as in ’ikosidan 
iboratligini ta ’kidlaydi. Darhaqiqat, «yurak va aql», «hissiyot va ong» 
bahsida G ‘arb, ayniqsa, XX asrda, so‘zsiz, birinchilikni aqlga, ongga 
beradi. Yuqoridagi kabi fikrlar istisnoli hollardir. Shu bois axloqshunosiik 
nuqtayi nazaridan muhabbat haqida gap ketsa, uni hissiyot deb, yana 
buning ustiga, ta ’riflash qiyin b o ‘lgan tuyg‘u, deb ataydilar va uni 
tushuncha tarzida olib qarashdan c h o ‘chiydilar. Vaholanki, muhabbat 
a y n a n a x lo q iy h issiyo t va a x lo q s h u n o s lik n in g b o sh m e z o n iy
tushunchasidir.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish