har qanday holatda ham yerga urmasligini taqozo etadi. Masalan,
iste’dodli, vijdonli, ziyoli odam biror bir shaxsiy ishini hal qilishi uchun
nokas boyvachchaga yoki to ‘pos rahbarga yalinsa, garch an d о z
maqsadiga yetsa ham, bu uning o‘zi tomonidan o‘z qadrini yerga unshdir.
Pirovard natijada o ‘zini
kamsitilgan his qiladi, bundan afsus bilan
yashaydi.
.
Qadr-qimmatning yana bir jihati - insonning boshqalar yoki jamiyat
tomonidan kamsitilishi bilan bog‘liq. Bunda kishining hayotida egallagan
haqiqiy o ‘rinni atayin tan olmaslik, boshqa birov,
guruh yoki jamiyat
tom onidan ko‘ra-bila turib, uni chetga surib qo‘yish va shu orqali uni
iztirobga solish kabi usullar qollaniladi. Bunday usullar m a’naviy saviyasi
past odam lar orqali, qonunlari ishlamaydigan totalitar va avtontar
boshqaruv hukmronlik qilgan jamiyatda ro‘y beradi.
Bunga misol tarzida
Abdulla Qodiriy, C ho‘lpon kabi buyuk siymolarning qamashga, otishga
hukm etilishini yoki iste’dodli ziyolilarga atayin unvonlar bermashk,
iloji boricha ular nomini xalqqa yetkazmaslikka harakat qilish hollarim
keltirishimiz mumkin.
Faqat bugina emas, sho‘rolar tuzum ida «sovet
xalqi» deb atalgan millionlab fuqarolarning qadr-qim mati oyoqosti
qilindi: ular ochlikka, surgunlarga, konsentratsion
lagerlar azoblanga
mahkum etildilar, qiynoqlarga solindilar. Bularning ham m asi faqat
iqtisodiy qiyinchiliklar oqibati emas, balki
mustabid tuzum tom onidan
inson g‘ururini oyoqosti qilib, uni qo‘rqoq, bo‘ysunuvchi jonzotga
aylantirish uchun olib borilgan m ash’um siyosat edi. Chunki, g ururim
yo‘qotgan kishida qadr-qimmat hissi o ‘ladi,
u haqiqat, adolat va insoniy
huquqlar tantanasi uchun kurashdan o ‘zini olib qochadi. Zotan, qadr-
qimmat insoniy g‘uruming jamiyatdagi ijtimoiy-axloqiy munosabatlarda
in’ikos etish shaklidir.
Lekin g‘urur m e’yorida b o ‘lishi kerak, ya’ni kishining asl qadr-
qimmatiga mos kelishi lozim. G ‘ururdagi m e’yorning
buzilishi kishini
kibrga olib keladi: u o‘zining va boshqalarning qadr-qimmati to g nsida.
no to ‘g‘ri tasaw urga ega b o'lg an i uchun kibrlanadi, m anm anlik a
beriladi. Kibrli kishi o‘zini zo‘r deb biladi. Bu shunchaki ro‘y bermaydi.
Aslida u o ‘z qadr-qim matining boshqalamikidan past ekanligi tufayli
uni sun’iy ko‘tarishga
harakat qiladi, m a’naviy bo‘shliqni boshqalarga
past nazar bilan qarash orqali to ‘ldirishga intiladi, bu yo‘lda yolg‘on va
maqtanchoqlikdan toymaydi. Pirovard natijada u atrofdagilardan ajralib
qoladi, o ‘zgalarning nafratiga sazovor bo‘ladi, asl o‘zligini topolmagan
axloqsiz kimsaga aylanadi. Shu bois doimo insonning «о z о rnim»
256
www.ziyouz.com kutubxonasi
qadr-qimmatini real bilishi, o ‘zgalargagina emas, birinchi navbatda o ‘ziga
baho bera olishi muhimdir. Xullas, qadr-qim m at — insonning o ‘zi,
o ‘zgalar va jamiyat tom onidan oliy qadriyat sifatida e ’tiro f etilishi, uning
m a’naviy huquqlarining tan olinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: