Abdulla sher axloqshunoslik


Ф ейербах Л . И збранны е ф и л ософ ск и е произведения в 2 т. Т. 1. М



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/209
Sana21.01.2023
Hajmi10,65 Mb.
#900826
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   209
Bog'liq
Abdulla sher axloqshunoslik

1 Ф ейербах Л . И збранны е ф и л ософ ск и е произведения в 2 т. Т. 1. М .,
П олитиздат, 1955. С. 185.
www.ziyouz.com kutubxonasi


muammolarga moddiyatchilik nuqtayi nazaridan yondashadi va aqlni 
emas, hissiyotni birinchi o‘ringa qo‘yadi. U ning axloqiy ta ’limoti asosan 
ixtiyor erkinligi va baxt tushunchasiga yo‘naltirilgan.
Foyerbax ta ’biriga ko‘ra, insonning mohiyati xayoliy mavhumot, 
«ruh» emas, balki hissiyotdir, bas, shunday ekan, shu tamoyilga qarshi 
b o 'lg an barcha falsafa, barcha din nafaqat m ohiyatan xato, hatto 
zararlidir. Agar odamlarni yaxshilashni istasangiz, ularni baxtli qiling; 
agar ularni baxtli qilishni istasangiz, barcha baxtu quvonchlar manbai 
bo‘lmish hislarga murojaat qiling. Insonning mavjudligi hissiyot bilan 
bog‘liq. T o ‘g‘ri, hayvonlarda ham hissiyot bor. Lekin ularning hissiyoti, 
sezgilari cheklangan, ya’ni, bir sezgi a ’zosi kuchli, boshqalari zaif, 
kuchlisi ham faqat his etilguvchi muayyan — u yoki bu narsaga qaratilgan. 
Inson esa barcha his etiladigan narsa-hodisalar, olam , cheksizlik bilan 
bog*liq va uning hissiyotliligi, eng aw alo, boshqa insonni his etishdan 
iborat.
Ayni paytda insonga, hayvondan farqli o'laroq, tanlov ixtiyori, ixtiyor 
erkinligi berilgan, hissiyotli inson bu yerda xohlovchi, intiluvchi, ixtiyor 
bildiruvchi sifatida namoyon bo'ladi. Lekin shunchaki o ‘z-o‘zicha, «sof», 
o'zining jismoniy, moddiy tashuvchisidan xoli, vujudsiz, hayotsiz ixtiyor
— hech narsa emas. Ixtiyorning tashuvchisi yoki egasi um um an inson 
emas, balki muayyan, tirik, o ‘ziga xos odam. Z ero, ixtiyor xohlovchi 
insondir. 0 ‘zgarmas, zamondan tashqaridagi ixtiyorning boMishi mumkin 
emas, u — doimo mazmunli ixtiyor, nim agadir ixtiyor. Hayotning har 
bir davri o ‘zi bilan yangi material va yangi ixtiyor olib keladi. «Ixtiyor 
haqidagi tadqiqotimning asosiy g ‘oyasi — ixtiyor va baxtga intilishning 
birligi, — deydi maktublaridan birida Foyerbax. — «M en xohlayman» 
degani, men baxtsiz bo'lishni istamayman, ya’ni, m en baxtli bo'lishni 
xohlaym an degan m a’noni bildiradi»1.
Darhaqiqat, Foyerbax ta’limotida «ixtiyor» so‘zi «baxtni ixtiyor qilish» 
iborasi bilan bir xil tushuniladi. Baxt tushunchasi esa ko‘p m a’noli, har 
bir insonning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq. Baxt haqidagi va baxtga olib 
boradigan vositalar to ‘g‘risidagi aldamchi tasaw urlar natijasida insonning 
xohlagani — baxt deb o ‘ylagani aslida uni baxtsizlikka yetaklashi ham 
mumkin. Lekin har kimning baxti o'ziga xos boiishiga qaramay, barchasi 
intilish va ehtiyoj nuqtayi nazaridan umumiylikka ega. Faylasuf, insonni
www.ziyouz.com kutubxonasi


jinoyatdan axloq borasidagi «aqlli» gaplar emas, balki baxt asrab qoladi, 
deydi. Lekin u zodagonlarga xos, dabdabali baxtni em as, oddiy 
odamlarning, ko'pchilikning baxtini, bajarilgan ishdan keyin keladigan, 
zarur bo‘lgan farovonlikdan lazzatlanish baxtini nazarda tutadi. Shu 
bois insonni illat va jinoyatdan yiroq tutish uchun, ya’ni axloqni 
muomalaga kiritish uchun aw al uning yo‘lidagi moddiy to ‘siqlarni 
yo‘qotish kerak. Boshqalarning baxtsizligi hisobiga baxtga erishish 
mumkin emas. Menning oldida Sen yo‘q ekan, umuman, axloqning 
o‘zi namoyon bo'lmaydi. Axloq uchun kamida ikki kishi kerak; Sensiz 
M enning baxtga erishuvi mumkin emas. Axloq insonga o ‘zini-o‘zi 
cheklashni, sabr-qanoatni taqozo etadi. Ana shu cheklash, sabr-qanoat 
ham baxt; haqiqiy oila boshlig‘i, axloqli ota, o ‘zi ko‘chada lazzatli 
taom tanovul qilgani holda, xotin, bola-chaqasini och qoldirishini о zi 
uchun kulfat deb biladi, uning o ‘rniga oilasi bilan oddiy non-choyni 
baham ko‘rishdan baxt hissini tuyadi. Qayerda bo‘lmasin, yovuzlikni 
yo‘qotish uchun boshqa odam larning baxti va baxtsizligida amaliy 
ishtirok etish baxtlilar bilan baxtli, baxtsizlar bilan baxtsiz bo lish — 
m ana, sizga yagona axloq, deydi m utafakkir. In so n n in g о ziga 
m unosabati boshqalarga nisbatan bilvosita majburiyat deb e tiro f 
etilgandagina axloqiy qimmatga ega bo ‘ladi. Mening oilam, jam iyatim , 
xalqim, V atanim oldida majburiyatim bo‘lgani uchungina о zimga 
nisbatan majburiyatliman, yaxshi va axloqiy degani bir xil. Biroq faqat 
kimki boshqalar uchun yaxshi hisoblansagina, o ‘sha yaxshi odam.
Faylasuf baxtga intilishning vijdon bilan uyg‘unligi to ‘g‘risida ham 
batafsil to ‘xtaladi, uning fikriga ko‘ra, vijdon, bu — Mendagi boshqa 
Men, M enni o ‘ziga nisbatan yomonlikdan tiyib turadigan yoki yomonlik 
qilib bo‘lgach, azob beradigan, ta’qib etadigan, tasawurimdagi boshqaning 
qiyofasi, timsoli. Boshqaning qiyofasi mening o‘zimni anglashim bilan 
shu qadar bog'lanib-chirm ashib ketganki, men uyim b o ‘lmish о z 
Menimning eng yashirin, eng sirli burchaklarida ham undan qochib, 
panoh topa olmayman; o‘zimdan tashqarida boshqa odam mavjudligini 
unutolmayman. Demak, men yovuzlik qildim, bunga guvoh bo‘lgan odam
— yovuzligim qurboni, boshqa hech kim hech narsa bilmaydi. Shunga 
qaramay, mening sherigim bor, o ‘zimda meni sotib qo‘yishi mumkin 
bo‘lgan, ayblovchi guvoh bor, bu - vijdon. Biroq harakat oldidan yoki 
xatti-harakat paytida u yo jim turadi yoki ovozi shu qadar zaif va sekin 
bo‘ladiki, xatti-harakat qiluvchi unga quloq solmaydi.
Foyerbax ta ’limotini ba’zilar muhabbat axloqshunosligi deb ham
www.ziyouz.com kutubxonasi


atashadi. Bu bejiz emas. U, hayot muhabbatdan iborat, o ‘z, xususiy 
M enining qobig'ida xudbinlarcha burkanib yotgandan ko‘ra, juda ham 
arzimas, g‘oyat nomunosib narsani sevgan a ’lo, deydi. Zero, faqat bitta 
yovuzlik mavjud. U ham b o ‘lsa — xudbinlik, faqat bitta ezgulik bor, u 
ham b o isa — muhabbat. Insonni bilish uchun uni sevish kerak.
Foyerbaxni tom m a’noda dahriy deyish nojoiz. T o ‘g ‘ri, u Xudoni 
tan olmaydi, cherkovdan nafratlanadi, lekin odamga sig‘inishni taklif 
etadi. «Iso, — deb yozadi faylasuf, — odam edi, ham maga o ‘xshagan 
odam . Isoga e’tiqod insonga e ’tiqoddir»1. Inson inson uchun Xudo; 
insonga muhabbat insonning eng oliy, eng birinchi qonuni bo'lishi 
kerak. Shu bois Foyerbaxga zam ondosh faylasuflardan biri Shtirner, 
Foyerbaxni dinni axloqshunoslikka, axloqshunoslikni dinga aylantirib 
yuboradigan faylasuf, deganida m a’lum m a’noda haq edi.
Awalgi adabiyotlarda, ko‘pincha Foyerbaxning insonga munosabati 
tanqid qilinadi. Bunda Marks va Engelsning fikrlariga suyaniladi: go‘yo 
buyuk faylasuf insonni o‘z zamonidan, ijtimoiy muammolardan tashqarida 
tahlil etar emish. Aslida gap bunda emas. Foyerbax insonni sinfiylikdan 
yuqori turuvchi umumbashariy qadriyat sifatida olib qaraydi, uni inqilobiy 
zo‘ravonlikka chaqirmaydi, uni o ‘ziga xos tarzda ilohiylashtiradi.
Xulosa qilib shuni aytish mum kinki, olm on m um toz axloqshunoslari 
insoniyat jamiyati taraqqiyotiga, uning axloqiy yuksalishiga, shubhasiz, 
qiyoslab bo'lmaydigan darajada ulkan hissa q o ‘shdilar. Lekin, bu -
ularning nazariyalari, ilgari surgan g ‘oyalari va axloqiy qarashlari har 
qanday nuqsondan xoli, degan gap emas. C hunonchi, Kant axloqiylikni 
asosan burch tushunchasiga olib borib taqab q o ‘yadi, burchning 
bajarilishida xatti-harakatlarni mavjud shart-sharoitdan ustun qo‘yadi, 
natijada uning axloqiy talabi ko‘proq tirik odamga emas, ideal odamga 
qaratilgan m e’yorga aylanib qoladi; Fixte va Shelling axloqning 
mohiyatini faqat insonning transsendental poklikka intilishida ko‘radilar; 
Hegel axloqiy munosabatlarmng subyektiv jihatlarini, shaxsning axloqiy 
javobgarligini bir chetga surib q o ‘yadi, jam iyat va davlat manfaatlarini 
h a r q a n d ay holatda ham u stu n q o ‘yadi. F o y erb ax esa axloqiy 
munosabatlarda inson hissiyotiga nihoyatda ortiqcha baho berib yuboradi 
va, aksincha, aqlga deyarli o ‘rin qoldirmaydi. Biroq bu nuqsonlar olmon 
mum toz mutafakkirlarining erishgan yutuqlari oldida ju z’iylik maqomiga 
ega. Shu bois ham ular tafakkuri kelgusi davrlar axloq ilmi uchun u
www.ziyouz.com kutubxonasi


yoki bu jihatdan asos vazifasini bajaruvchi ta ’limotlar bo‘lib qoldi va 
yangidan yangi falsafiy-axloqiy oqim larning vujudga kelishida hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish