mavjud. U —
na makonda, na zamonda; na ibtidoga na intihoga ega.
Xudo — tuganmas, cheksiz, abadiy. Mutafakkirning bu qarashlari ham
tasaw uf falsafasiga yaqin: Tolstoy Xudoni ham ma narsaning Ibtidosi
deb biladi va o ‘sha ilohiy Ibtidoning bir qismi insonda mavjudligini
aytadi. Shu ilohiy qismni ko‘paytirish yoki kamaytirishi insonning о z
qo‘lida; ko‘paytirishi uchun u o ‘z ehtiroslarini yengishi va qalbidagi
muhabbatni
kuchaytirishi lozim; bunga erishishning vositasi, o ‘zingga
boshqalar qanday munosabatda bo‘lishlarini xohlasang, boshqalarga
o ‘zing ham shunday munosabatda b o ‘l, degan hikmatga amal qilishdir.
Haqiqiy dindor odam Xudoni bilish va yashash — bir xil narsa ekaniga,
«Tashakkur senga, seni sevaman, menda yashayotgan Egam», degan
xulosaga kelishi kerak, ya’ni butun qalbini
ilohiy Ibtidoga bo shatib
berishi lozim.
Albatta, keltirilgan bu misol va muqoyasalardan Tolstoy so‘fiy ekan-
ku, degan xulosa chiqmasligi kerak. Faqat mutafakkir, dinlarning
mohiyati bitta ekanini va nasroniy cherkov uni buzib talqin etishini
ta ’kidlaganini aytmoqchimiz xolos. Tolstoy diniy qarashlarining muhim
ahamiyati shundaki, u axloqning mohiyatini dinda emas, aksincha,
dinning mohiyatini axloqda ko‘radi.
Darhaqiqat, buyuk mutafakkirning
ilohiyot, falsafa, dinga bag‘ishlangan risolalarida va badiiy asarlarida
nasroniylikning mohiyatini o ‘z yaqinini sevish va zulmga zo ravonlik
bilan qarshilik ko'rsatm aslik — g‘ayrizo‘ravonlik haqidagi axloqiy
ta ’limotga taqalganini ilg‘ash qiyin emas.
Ulug‘ alloma «Hayot haqida» degan kitobida muhabbat muammosiga
alohida to ‘xtaladi. «M uhabbat, um um an kim gadir ezgulik istash
demakdir... M ana, men bolamni, xotinimni,
yurtimni sevaman, ya ni
bolam, xotinim, yurtimga boshqa bolalarga, xotinlar va yurtlardan ко ra
k o ‘proq ezgulik istayman», — deydi donishm and1.
Ayni paytda muhabbatning faqat so‘z emas, boshqalar manfaatini
ko‘zlovchi harakat ekanini ta ’kidlaydi: muhabbat kelajakda b o ‘lmaydi,
u faqat hozirgi zamondagi faoliyatdir. M uhabbatni hozirgi zam onda
nam oyon etm agan kishi m uhabbatdan yiroq: o ‘z hayoti m a nosini
tushunm aydigan odam larda m uhabbatning b o ‘lishi m um kin emas.
Hayotning m a’nosini anglab yetgan insongina o'lim dan qo rqmaydi.
Bu haqda mutaffakkir shunday deb yozadi: «Insonning faoliyat doirasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
q a n c h a lik to r b o ‘lm asin — Isom i u, S u q ro tm i,
m e h rib o n m i,
norna’lummi, mard qariyami, yigitchami, ayolmi — agar u o ‘zgalar
manfaati uchun o ‘z shaxsidan kechib yashasa, bu yerda, mana shu
hayotda dunyo bilan o ‘lim bilmaydigan yangicha bir munosabatga,
barcha odam lar uchun umrning m a’nosi
hisoblangan munosabatga
kirishadi»1. Tolstoyning fikriga ko‘ra, inson hayoti ezgulikka intilishdan
iborat, inson nimagaki intilsa, o ‘shanga erishadi. Agar inson hayvoniy
umr kechirishni hayot tarzim deb qabul qilsa, unga o ‘lim va iztirob
yovuzlik bo‘lib ko‘rinadi. 0 ‘lim va iztirob inson uchun faqat o ‘z insoniy
hayot chegarasidan chiqqandagina mavjuddir. Insoniy hayot qonunlari
asosida yashagan kishiga esa na o ‘lim bor, na iztirob. Z ero, u o ‘zidan
kechib, o'zligini topgan, Xudoga yetishgan komil insondir.
Lev
Tolstoy xudosizlikni qoralaydi, xususan, endi dinning keragi
yo‘q, uning o ‘rnini ilm-fan egalladi, degan fikrlarni kaltabinlik deb
ataydi. Zero, ilm-fan kashfiyotlari d a v ro ‘tishi bilan inkor etilishi, ya’ni
kechagi ilmiy haqiqatlar eskirib, yangi ilmiy haqiqatlaming paydo bo‘lishi
insoniyat tarixida to ‘xtamaydigan jarayondir. D in esa o ‘zgarmaydi,
ezgulik va muhabbat eskirmaydi. Ilmiy kashfiyotlarning b a ’zilari insonni
yo‘qotishga qaratilgan, din
esa insonni ixtiyor etishni, komillikka
yetkazishni o ‘z maqsadi deb biladi. Ilm faqat diniy-axloqiy mohiyat
bilan sug‘orilgandagina inson baxti uchun, ezgu g ‘oyalar uchun xizmat
qiladi. Xullas, buyuk rus mutafakkiri talqinidagi din eng yuksak axloqiy
hodisa sifatida, insonning vijdoni va burchi tarzida nam oyon boMadi.
Boshqa
bir buyuk rus yozuvchisi
Do'stlaringiz bilan baham: