Abdulla sher axloqshunoslik


Markscha yo‘naIish va uning tanqidiy tahlili



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/209
Sana21.01.2023
Hajmi10,65 Mb.
#900826
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   209
Bog'liq
Abdulla sher axloqshunoslik

4. Markscha yo‘naIish va uning tanqidiy tahlili
O lm on m um toz falsafiy tafakkuridan keyin paydo b o ig a n yana bir 
oqim , am alda tatbiq etilgan yo‘nalish, bu markschilik. Olm on mumtoz 
falsafasi zam inida, asosan, K ant, Hegel va Foyerbax qarashlarini 
«yangilash» asnosida vujudga kelgan mazkur oqimning asoschilari Karl 
H aynrix M ark s (1818—1883) va Fridrix Engelsdir (1820—1895).
Marks va Engels o ‘z asarlarida axloqshunoslikka deyarli bevosita o‘rin 
bermaganlar, balki axloqqa moddiylik prizmasi orqali, ya’ni bilvosita
www.ziyouz.com kutubxonasi


m unosabatda b o ‘lganlar. Shu bois ularning axloqiy m uam m olarga 
bag‘ishlangan maxsus asarlari yo‘q. Ular asosan inson erki muammosini 
ishlab chiqarish va sinfiylik tushunchasi bilan bog‘liq holda o ‘rgandilar. 
Chunonchi, Marksning uch jildlik «Sarmoya» («Kapital») asarida iqtisodiy 
masalalar, qo‘shimcha qiymat muammosi ko‘tariladi, insonning iqtisodiy 
begonalashuvi, mehnatdan begonalashuvi singari holatlar odamning o ‘z 
asl mohiyatidan begonalashuviga olib kelishi, uni erksiz mavjudotga 
aylantirib qo‘yishi haqidagi teran qarashlar ilgari suriladi.
Lekin bu ta ’limot o ‘ta mafkuraviylashtirilgan bo‘lib, unda insonning 
m a’naviy m unosabatlari m asalalari, afsuski, iqtisodiy m uam m olar 
soyasida qolib ketadi, inson bor-yo‘g ‘i obyektning, moddiy tabiatning 
bir bo‘lagi sifatida olib qaraladi, bevosita b o ‘lmasa ham, bilvosita shaxs 
erkinligi deyarli inkor etiladi; shaxsning fikri, u kim bo‘lishidan q at’i 
nazar, jamoatchilik fikriga bo ‘ysundiriladi. Bu ta ’limot am alda tatbiq 
etilganida, uning asoschilari buni qanchalik istamagan bo‘lishsin, doim 
jamiyatda tenglashtirish hodisasi vujudga keladi. Bundan tashqari, 
markschilik insoniyatni, millatni, jam iyatni sinf deb atalmish bir necha 
bo‘lakka bo‘lib tashlaydi, natijada umuminsoniy qadriyatlar sinfiy nuqtayi 
nazardan qayta baholanadi.
Marks Yozef Veydemayerga yozgan xatlaridan birida o ‘z ta ’limotining 
yangiligini quyidagi tarzda qisqacha ta ’riflaydi: 1) sinflarning mavjudligi 
faqat ishlab chiqarish taraqqiyotining muayyan tarixiy bosqichi bilan 
bog'liq; 2) sinfiy kurashning yo‘qsillar (proletariat) diktaturasiga olib 
borishi zarurat; 3) shu diktaturaning o ‘zi har qanday sinfiylikni yo‘qotish 
va sinfsizjamiyatga o ‘tishdan iboratdir. Yo‘qsillar diktaturasini o ‘matishga 
esa, «Kommunistik partiya manifesti»da aytilganidek, mavjud ijtimoiy 
zulmni butkul zo'rlik yo‘li bilan ag‘darib tashlash orqaligina erishiladi. 
Inqilob va yo'qsillar diktaturasining mohiyatan avtoritarligi haqida Engels 
mana bunday deydi: «Inqilob, shubhasiz, o ‘ta avtoritar narsa. Inqilob 
shunday hodisaki, unda aholining bir qismi ikkinchi qismiga o ‘z xohish- 
irodasini miltiq, nayza va zambaraklar vositasida, ya’ni favqulodda avtoritar 
vositalar yordamida o'tkazadi. A garg‘alaba qilgan partiya o ‘z harakatlari 
mevasini boy berishni istamasa, u hukmronligini reaksionerlami qo‘rquvda 
tutadigan qurollar vositasida ushlab turishi kerak»1.
Qiziq, nima uchun g‘alaba qilgan partiya, m ohiyatan qandayligidan

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish