shug ullanadi. Keyinchalik shu tajriba asosida «Uolden yoki o ‘rmondagi
hayot» asarini yozadi. Bundan tashqari u «Fuqaroviy itoatsizlik»,
«M assachusetdagi qulchilik» sin g ari
m aqola va esselarid a ham
g ayrizo‘ravonlik axloqshunosligi g ‘oyalarini ilgari suradi. Toro hayotda
ham ana shu g ‘oyalarga amal qiladi: soliq to ‘lashdan bosh tortadi.
Kunlardan birida shaharga tushganida, uni soliq to'lam agani uchun
qam ab q o ‘yishadi. Uning o ‘rniga d o ‘sti soliq su m m asin i t o ‘Iab
yuborgandan keyingina Toroni qam oqdan chiqarishadi. U o ‘zining bu
xatti-h arak atini quyidagicha tu shu ntirad i: «M enda, agar shunday
imkoniyatim bo‘lgan taqdirda ham , dollarlarimga odam
sotib olishlarini
yoki odamni o ‘ldirish uchun miltiq sotib olishlarini kuzatib turishga
ishtiyoq yo‘q»'. M utafakkir quldorlik hukm surayotgan A m erika
Qo shma Shtatlari hukumati bilan har qanday aloqani uzishni o ‘z oldiga
maqsad qilib qo'yadi va boshqalarni ham shunga chaqiradi.
Toro g ‘ayrizo‘ravonlik inqilobi g ‘oyasini o ‘rtaga tashlaydi. U ning
fikricha, agar minglab odam lar soliq to ‘Iamasa, u zo ‘ravonlik ham,
qonli chora ham hisoblanmaydi;
aksincha, soliq to'lash davom etaversa,
davlatga zo ‘ravonlik qilish va begunohlarning qonini to ‘kish uchun
imkon berilgan bo‘ladi. Fuqaroviy itoatsizlikning zarur shartini faylasuf,
shunday qilib, hammaning soliqdan bosh tortishida ko‘radi. Keyingi
bosqich, Toroning fikriga ko‘ra,
ish tashlash, davlat xizm atchilarining
о z xizmat vazifalarini bajarishdan bosh tortishlaridir. A na shunda
tinchlik yo‘li bilan, qonsiz inqilob am alga oshadi. Lekin m azkur
bosqichlardan aw al har bir inson o ‘zini axloqiy jihatdan tayyorlash
bosqichini
boshdan kechirishi, ya’ni o ‘z ongi va qalbida shaxsiy inqilob
qilishi zarur. Faqat yuksak darajadagi axloqiy tayyorgarlikkina pirovard
maqsadga ko‘ngildagidek yetkazishi mumkin.
Biz awalgi bobda axloqiy qarashlarini ko‘rib o ‘tganim iz buyuk rus
yozuvchisi, mutafakkir Lev Tolstoyning g ‘ayrizo‘ravonlik masalasiga
yondashuvi m azkur yo‘nalishning asl m ohiyatini o ch ib berishga
ко maklashadi. Buni biz uchun m a’lum m a’noda noyob bo‘lgan hujjatda
— uning o ‘zbek ziyolisi U baydulla X o'jayev
bilan y o zish m asid a
ко rishimiz mumkin. (Mazkur yozishmani ushbu darslik muallifi ishlagan
«Guliston» jurnalida o ‘tgan asm ing 60-yillari so'nggida cho p etishga
urinishlar bo'lgan. Lekin «dushmanni jism an yo‘q qilish kerak» degan
www.ziyouz.com kutubxonasi
noinsoniy bolshevikcha mafkuraga asoslangan mustabid tuzum senzurasi
yovuzlik qilgan kimsaga adashgan inson sifatida qarashni,
unga m ehr-
m uruw at, muhabbat ko‘rsatish lozimligini targ‘ib etuvchi g‘ayrizo‘ra-
vonlik ruhidagi buyuk rus mutafakkirining maktubini e ’lon qilishni
qat’iyan taqiqlab qo‘ygan edi. Faqat mustaqillik bergan erkinlik tufayli
bu yozishmani chop etish imkoni tug‘ildi.) H ar ikkala maktubni to iiq
keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: