degani emas. U barcha odam lar uchun m as’uldir. Biz, inson o ‘zini-
o ‘zi tanlaydi,
deganimizda, harbirim izning o ‘zini-o‘zi tanlashini nazarda
tutamiz, biroq, shu bilan birga, biz o ‘zimizni tanlar ekanmiz, barcha
odamlarni tanlaymiz, degan gapni ham aytishni xohlaymiz»1. Zero,
о
zimizni tanlashim iz, qanday holda b o ‘lmasin, biz hech qachon
yovuzlikni tanlam aym iz, ayni p ay td a, bu tanlov tan lo v im izn in g
qadriyatini barqaror etishni taqozo qiladi. Bizning tanlovimiz esa ezgulik
bo lishi shubhasizdir. Lekin, shuni aytish kerakki,
hamma uchun ezgulik
hisoblanmagan narsaning biz uchun ezgulik bo‘lishi m um kin emas.
Bizning mas’uliyatimiz butun insoniyatga taalluqli, taxmin qilganimizdan
ancha katta. Biz o ‘zimiz uchun ham , ham m a uchun ham javobgarmiz
va о zimiz tanlagan muayyan inson qiyofasini yaratamiz; o ‘zimizni
tanlash bilan biz umuman insonni tanlaymiz.
Sartr xavotir hissi haqida batafsil to ‘xtaladi. Yolg‘on gapirayotgan
odamlar baribir xavotirlanib turadilar. Chunonchi, ko‘pincha
odam lar
o ‘zlarining harakatini faqat o'zlarigagina taalluqli deb o'ylaydilar, ulardan
agar hamma shunaqa qilganda, nim a b o ‘ladi, deb so'rasalar, ham m a
ham bunday qilavermaydi-ku, deya javob beradilar. Lekin «H am m a
shunaqa qilsa nima boMadi»? deb doim o so‘rash o ‘rinli. Bu savoldan
faqat yolg'on
ishlatibgina qochish m um kin, ya’ni, aldayotgan kishi,
hamma shunday qiladi-ku, deb o ‘zini oqlashga urinadi, o ‘z vijdoniga
xilof yo 1 tutadi. Zero, sodir etilgan bu yolg'on yolg‘onga universal
qadriyat darajasi berilayotganini bildiradi. Yolg‘onni
sodir etgan odam ,
garchand xavotirini yashirsa-da, uning mavjudligini sezib turadi. H ar
bir inson o ‘z-o ‘ziga: «Haqiqatan ham qilmishlarimdan butun insoniyat
namuna oladigan tarzda harakat qilishga haqqim bormi»? deyishi kerak.
Agar о ziga shu savolni bermasa, u o ‘z xavotirini o ‘zidan yashirgan
bo ladi. Bu, qay darajadadir, m as’uliyatni o ‘z bo‘yniga
olgan h ar bir
kishiga m a’lum bo'lgan xavotirdir.
Sartr shu о rinda harbiy boshliqni misol qilib keltiradi: u hujum ga
buyruq berib, odamlarni oMimga yo‘llar ekan, javobgarlikni o ‘z b o ‘yniga
oladi, ya’ni mohiyatan bir o ‘zi qaror qabul qilgan b o ‘ladi. A lbatta,
yuqoridan berilgan buyruqlar bor, lekin ular juda um um iy va aniq-
ravshan izohlashni talab etadi. Bunday izoh mazkur harbiy boshliqdan
www.ziyouz.com kutubxonasi
chiqadi;
bir necha, o ‘nlab yoki yuzlab kishining hayoti ana shu izohga
bog‘liq. Harbiy boshliq qaror qabul qilar ekan, m a’lum bir xavotirni
ko‘ngildan o ‘tkazmasligi m um kin emas. Shunday xavotir barcha
rahbarlarga xos. Lekin rahbarlarning harakatiga u xalaqit bermaydi,
aksincha, ko‘pdan ko‘p, turli imkoniyatlar borligini bildiradi va harakat
shartini tashkil etadi. Xavotir, demak, bizni harakatdan ajratib turadigan
to ‘siq emas, balki o ‘sha harakatning bir qismidir.
Erkinlikka faqat holatdagi erkinlik sifatida
qarab fikr yuritar ekan,
Sartr
o ‘zga
muammosini o ‘rtaga tashlaydi. M en, deb yozadi faylasuf,
m a’nosi o ‘zgalar tom onidan belgilangan olamga itqitilganman. Men
harakat qilayotgan va narsalarga m a’ni bag'ishlaydigan bu olamda
narsalarning m a’nisi o ‘zgalar tom onidan allaqachon belgilab qo yilgan.
Bu mening erkim uchun muhim, zero, ma’nisi bor narsa mening oldimga
aniq maqsad va talab qo‘yadi. Shaharlar, uylar, tramvaylar — bularning
hammasi m a’niga yo‘g‘rilgan narsalardir; ular menga m a’lum harakat
tarzini belgilab beradi:
uyda yashash, ko‘chada yurish, tramvayga minish
va h.k. Bir so‘z bilan aytganda,
Do'stlaringiz bilan baham: