Abdulla sher axloqshunoslik


  Halollik va rostgo‘ylik



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/209
Sana21.01.2023
Hajmi10,65 Mb.
#900826
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   209
Bog'liq
Abdulla sher axloqshunoslik

1. 
Halollik va rostgo‘ylik
H alollik. 
Halollik vijdon, adolat va burch kabi axloqshunosiik 
mezoniy tushunchalari bilan bog‘liq, insonning o ‘zgaga munosabati 
o ‘ziga munosabatidek sof, pokiza bo‘lishini talab qiladigan axloqiy 
m e’yordir. Dastawal u diniy tushuncha sifatida vujudga kelib, har bir 
m usulm onning yem ak-ichm agi, jinsiy va iqtisodiy xatti-harakatlari 
sifatini belgilab beruvchi shar’iy m e’yor bo‘lib amal qilgan, uning ziddi
— harom diniy nuqtayi nazardan salbiy hisoblangan xatti-harakatlarga 
nisbatan qo‘llanilgan. М ., bismil qilingan hayvon yo parranda go shti
— halol, o ‘laksa go‘shti - harom , nikohdagi jinsiy aloqa - halol, zino
— harom , mehnat haqi — halol, o ‘g‘rilik bilan topilgan mol — harom 
va h.k.
www.ziyouz.com kutubxonasi


K o‘rib o ‘tganimizdek, har bir diniy e ’tiqodning asosida axloqiylik 
yotadi va u ko‘p hollarda ibodatdan baland qo‘yilgan: solih bandalar, 
«Qur’on»da aytilganidek, eng aw alo go‘zal axloq egalaridir. Shu boisdan 
keyinchalik halollik nisbatan to r shar’iy qobiqdan chiqib, asta-sekinlik 
bilan shaxs hayotidagi eng qamrovli axloqiy m e’yorga aylandi, teran 
m a naviylik kasb etgani h o ld a, k un dalik hayotdagi in so niylik n i 
belgilaydigan umum insoniy fazilat bo'lib qoldi. М., hozirgi kunda 
ix tiso slash g an m e h n a t ta q s im o tin in g ta k o m illa s h u v i, ilm -fa n
taraqqiyotining yuksalishi natijasida biz kasbiy halollik, ilmiy halollik, 
iqtisodiy halollik v.b. haqida gapirishimiz mumkin.
Insoniyat jamiyatida haromlik yoxud nopoklikning halollikka nisbatan 
kam uchramasligi doimo axloqshunoslarni tashvishga solib kelgan. 
Chunonchi, imom G ‘azzoliyning harom yeyish haqida to ‘xtalib, m ana 
bunday deyishi bejiz emas:
«...Xohi zulm bilan olingan bo‘lsin (kuch ishlatib, xoinona undirish 
va bosqinchilik-o g rilik yoMlari bilan olish); xoh zavq va o ‘yin yo‘Ii 
bilan olinsin (qim or va shunga o'xshash narsalar bilan boMganiday); 
xoh hiyla va nayrang yoMlari bilan olinsin (tovlamachilik va aldamchilik, 
tarozidan urish kabi); o ‘z moli va boyligini harom ishlarga (ichkilikbozlik,, 
qimor, fohishabozlik) xaijlashi - ham masi harom yeyishga kiradi»1.
Afsuski, G ‘azzoliy sanab o'tgan holatlarni atrofimizda ko‘p ko‘ramiz. 
Chunki порок yo‘l tutish oson, lekin halollikka erishish qiyin. Buning 
sababi shundaki. halollikning mavjudligi fidoyilik axloqiy tamoyili va 
rostgo‘ylik axloqiy m e’yori bilan shartlanadi; doimo halollik qilishi yoki 
halol yashashi uchun kishi albatta nim alardandir kechishi, kim largadir 
qarshi borishi, faqat rost gapirishi, so‘z bilan ish birligiga erishishi kerak. 
Shu bois halol inson jam oatchilik o ‘rtasida obro‘ga ega, hurm atga 
sazovor bo‘ladi. Qaysi jamiyatda halol fuqarolar ko‘paysa, o ‘sha yerda 
baxt va farovonlik hukm suradi.
H alollikka birinchi b o ‘lib to ‘xtalishim izning sababi shundaki, 
m ustam lakachilik davrida, ayniqsa, s h o ‘rolar h u k m ro n lik qilgan 
chorakam bir asr vaqt mobaynida yolg‘on, aldov, nopoklik, haromxo'rlik, 
munofiqlik singari illatlar xalqimizga shu qadar ustalik bilan singdirildiki, 
hozirgi paytda ko'pchilik odam lar halollik, rostgo‘ylik ustidan hatto 
kuladigan bo lib qolganlar. So‘z bilan ish birligi yo'qolgan, qog‘ozdagi
www.ziyouz.com kutubxonasi


chiroyli gaplar hayotga to ‘g‘ri kelmaydi. Lekin bulam ing hammasi, 
afsuski, odatiy holdek qabul qilinadi. Shu bois mustaqilligimizning 
dastlabki kunlaridanoq bu illatlarga qarshi kurash boshlandi. Hozirgi 
kunda davlatimiz milliy-ma’naviy qadriyatlarni tiklashni, odamlarni 
halol, insofli, adolatli bo‘lishga chaqirishni o‘z ichki siyosatining muhim 
qismi deb bilgan holda ish tutmoqda. Zero, ko‘z o ‘ngimizda nopoklik 
yolg‘on, aldov, ikkiyuzlam achilik nimaligini deyarli bilm aydigan 
jam iy atlar, m illatlar gullab-yashnam oqda. Y aponiya, O lm oniya, 
F ran siy a, A Q SH , Buyuk B ritaniya singari m a m la k a tla r shular 
jumlasidan. Shu o ‘rinda quyidagi misolni keltirib o ‘tish maqsadga 
muvofiq.
Falsafa jamiyati a’zolari bilan muloqot-uchrashuvga kelgan bir taniqli 
olim va jamoat arbobi qiziq voqeani so‘zlab bergan edi. Olimning hikoya 
qilishicha, Finlyandiyada u bilan birga Rossiya Jam oat televideniyesi 
xodim ini o ‘z mashinasida olib yurgan fin fuqarosi yonilg‘i quyish 
nuqtalaridan birida to ‘xtab, sakson litr benzin oladi va borib egasiga 
shuncha benzin olganini aytib, haqini to ‘laydi. Uning qancha yonilg i 
quyib olganini kuzatishni xayoliga ham keltirmagan yonilg‘i quyish 
shaxobchasi xo‘jayini pulni olib, ishini davom ettiraveradi. Mashina 
yo‘lga tushganda, sobiq Sho‘rolar Ittifoqi hududidan kelgan mehmonlar 
hayratlanib so‘rashadi: «Nega xo‘jayin sizni benzin quyayotganingizda 
kuzatib turmadi?» U esa tushunmay yelkasini qisadi: «Nimaga kuzatib 
turishi kerak?» M ehmonlar tushuntirishmoqchi b o ‘lishadi: «Axir, siz 
sakson litrga haq to ‘lab, yuz litr benzin quyib olishingiz mumkin edi- 
ku!» U yana hayron qoladi: «Nega yuz litr olishim kerak ekan, menga 
faqat sakson litr zarur!». M ehm onlar yana tushuntirishga harakat 
qilishadi: «Siz kam pul to ‘lab, ko‘p benzin olishingiz mumkin edi, 
nega unday qilmadingiz?» M ezbon esa yana yelka qisadi. «Nega men 
kam pul to ‘lashim kerak - sakson litr zarur edi, sakson litr oldim, 
tavba, buning nimasi tushunarsiz?!», deydi. Xullas, ikki birday kishi 
harom yo‘l bilan ortiqcha benzin quyib olish mumkinligini Finlyandiya 
fuqarosiga tu sh u n tira olm aydilar; harom va yolg‘on nim aligini 
bilmaydigan mezbon bular meni kalaka qilyapti degan xayolga borib, 
asabiylasha boshlaganidan keyingina mehmonlar gapni boshqa yoqqa 
buradilar.
Qanchalik achchiq bo‘lmasin, bu ~~ bor gap, haqiqat. Zero, Prezident 
Islom Karimov nutqlaridan birini «Halollik va fidoyilik faoliyatimizning 
asosiy mezoni bollsin» deb, boshqa bir suhbatini esa «Adolat har ishda
www.ziyouz.com kutubxonasi


ham rohim iz va dasturimiz bo‘lsin» deb atagani bejiz emas; hozirda 
halol, rostgo‘y, insofli, fidoyi insonlardan iborat b o ‘lgan fuqarolar 
jamiyatini qurish — faqat axloqiy m uam m o emas, balki kelajagi buyuk 
davlatimizning mohiyatini anglatuvchi ijtimoiy-siyosiy yangilanishdir.
Rostgo‘ylik. Rostgo‘ylik yoki to ‘g ‘ri so'zlilik insonning haqiqatga 
in tilishi b ilan b o g ‘liq, h aq iq at esa doim o sinfiylik-tabaqaviylik, 
Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish