(ehson) qilish o ‘rniga, besh yuzlab so‘mni restoranlarda fohishalarga
sochayotgan axloqsiz sarm oyadorlar q attiq tanq id ostiga olinadi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, M unaw ar qori Abdurashidxonov, Hamza,
Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev,
A bdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy,
Abdulhamid ChoMpon kabi Uyg‘onish davrining buyuk namoyandalari
o ‘z badiiy asarlarida axloq m uam m olarini dadil ko‘tarib chiqdilar va
yuqoridagi nashrlarda o‘z publitsistikasi bilan ham faol ishtirok etdilar.
Jadid matbuoti ozodlikni, Vatanni jondan ortiq sevuvchi, ilg‘or,
tushungan, har tom onlam a kamol topgan erkin Turkiston fuqarosini
tarbiyalashni o ‘z oldiga vazifa qilib qo‘ydi. Afsuski,
dastlabki fevral
inqilobi bergan hurriyat uzoqqa ch o ‘zilmadi. Bolsheviklar tom onidan
1917-yilning 25-oktabrida amalga oshirilgan davlat to ‘ntarishi tez orada
uning yutuqlarini yo‘qqa chiqardi, Lenin boshchiligida ishlab chiqilgan
yangi mustamlakachilik rejasi asosida barcha taraqqiyparvar kuchlar
qatag‘on qilindi. Falsafiy fanlar, shu jum ladan, axloqshunosiik ham
taraqqiyotdan to ‘xtadi; ular mafkuraga b o ‘ysundirilib, soxtalashtirildi;
erkin fikr tag-tugi bilan qo‘porib tashlandi. Shu sababli jadidchilik o ‘z
oldiga q o ‘ygan v azifalarini t o ‘la ado e to lm ad i. L ek in ,
shunga
qaramasdan, Turkistondagi bu m a’rifatchilik harakati, qisqa muddat
faoliyat ko‘rsatgan bo‘Isa ham , mazlum xalqlarni m a’lum m a’noda
uyg'ota oldi.
Shu o'rinda yana bir narsani ta ’kidlab o'tm oq joiz. Jadidchilik harakati
nafaqat ulkan m a’naviy-ma’rifiy-axloqiy meros qoldirdi. Ayni paytda
u biz va bizdan keyingi avlodlar uchun axloqiy nam unalar sifatida xizmat
qiladigan, idealga aylantirilishi lozim boMgan shaxslami voyaga yetkazdi.
Biz yuqorida tilga olib o‘tgan jadid mutafakkirlaridan tashqari yana
shunday siymolar borki, ular o ‘z hayotlarini milliy ozodlik harakatini
uyushtirishga bag‘ishladilar. Ulardan biri
Kitob shahrining sobiq begi,
keyinchalik chor armiyasi general-m ayori J o ‘rabek Q alandarqori o ‘g‘li
b o ‘lsa, ik kinch isi X u d o y o rx o n n in g o ‘g ‘li, J o ‘ra b e k n in g kuyovi
Fansurullobekdir.
Jo ‘rabek rus istilochilariga qarshi bir necha yil kurashib, bu sharoitda
muvaffaqiyat qozonishning imkoni yo'qligiga ishonch hosil qilgach,
asirlik paytida Turkiston general-gubernatori K aufm anning taklifi bilan
chor armiyasi xizmatiga o ‘tadi — tinch yo‘l bilan, «ichkaridan turib»
kurashish lozimligini anglab yetadi. U sarkarda sifatida rus zobit va
askarlari orasida ham , milliy ziyolilar orasida ham ju d a katta obro‘ga
ega edi. U um rini Vatan, millat ozodligiga bag‘ishladi,
jadidchilik
www.ziyouz.com kutubxonasi
harakatining awalgi saflarida b o ‘ldi. Professor Sharif Yusupov Sirdaryo
viloyati gubernatorining Jo'rabek ustidan yozgan maxfiy chaquv xatidan
general Jo‘rabek «Taijimon» gazetasining jonkuyar targ‘ibotchisi ekani,
uning usuli jadid bilan qiziqishi, G ‘aspirali Toshkentga kelganida u
bilan uchrashgani haqidagi parchani keltiradi va Furqatning jadidchilik
qarashlari general Jo ‘rabek ta ’sirida shakllanganiga ishora q iladi.1
Jo ‘rabek 1876-yilda Sankt-Peterburgda boMib o‘tgan Sharqshunoslaming
III xalqaro kongressida ishtirok etadi, u taraqqiyparvar rus va jahon
adabiyotidan ham yaxshi xabardor edi. Uning Lev Tolstoy haqidagi
fikrini rus ziyolilaridan biri shunday keltiradi: «G raf L.Tolstoy
haqida
Jo ‘rabek ehtirom bilan gapiradi: u donishmand adib va nimaiki yozsa,
o ‘zi his qilib yozadi. Bunaqasi sizlarning ham , bizlarning ham
yozuvchilarimiz orasida kam topiladi»2.
Fansurullobek esa o ‘zbek jadidlarining birinchi m atbuot nashri
bo‘lmish M unaw ar qori Abdurashidxonovning «Xurshid» gazetasida
yetakchi xodim edi. Shuningdek, boshqa nashrlarda
ham faol ishtirok
etardi. U ham general Jo ‘rabek kabi Furqatning ehtiromiga sazovor
bo‘lgan ziyoli edi. Afsuski, mustamlakachilar ulardan qattiq o ‘ch oldilar:
Furqat aldov yo‘li bilan xorijga chiqarib yuborilib, qayta Vataniga
kiritilmadi, general Jo ‘rabek Qorasuvdagi bog‘ hovlisida sirli ravishda
o ‘ldirildi, Fansurullobek esa keyinroq, Stalin davrida G PU yerto'lasida
jon taslim qildi.
Yoshlarimizning har biri bunday fidoyi,
vatanparvar, asl ziyoli
siymolarni yaxshi bilishlari va unutmasliklari kerak. Zero, ular biz uchun
haqiqiy axloqiy namunalardir. Ayni paytda ular yodini, «elim deb, yurtim
deb yonib yashagan» ulug‘ insonlar xotirasini e ’zozlashning o ‘zi ham
axloqiylik timsolidir.
Do'stlaringiz bilan baham: