1 Фромм Э.Человек для себя. М инск, «Харвест», 2004. С. 33.
166
www.ziyouz.com kutubxonasi
tufayli ro ‘y beradi, u o ‘zini yo ‘qotishdan iborat. Ezgulik bizning
mavjudligimizni tobora mohiyatimizga yaqinlashtirib boradi, yovuzlik
esa turmushimiz bilan m ohiyatimizning o ‘sib boruvchi begonalashuvi
demakdir.
Inson ortga va oldinga intilishga, boshqacha aytganda, ezgulik va
yovuzlikka moyil. Toki ikkala mayl teng ekan, agar u o ‘z ahvolini
anglab yetishga qobil bo‘lsa, tanlash borasida erkin. Biroq, agar insonning
yuragi tosh qotib, mayllari ortiq tenglashmaydigan darajaga kelsa, u
bundan buyon tanlovda erkin bo'lolm aydi. Inson to tanlash erki
qolmaydigan nuqtagacha o ‘z xatti-harakatiga javobgardir. Inson yuragi
qanchalik tosh bo‘lmasin, u insoniy yurak b o ‘lib qolaveradi. Biz inson
b o ‘lib tug‘ilganmiz va shu bois oldimizda doim o qaror qabul qilish
m asalasi ko‘ndalang tu rad i. 0 ‘z m aqsad larim iz bilan birga, biz
vositalarimizni ham tanlashimiz kerak. Agar kimki hayotga befarq, loqayd
qarasa, unday odamning ezgulikni tanlashiga umid yo‘q.
Froyd qarashlari haqida m ulohaza yuritar ekan, Fromm o ‘z ustoziga
nisbatan kengroq miqyosda harakat qiladi: inson tabiati nafaqat biologik,
balki tarixiylik bilan shartlanganini ta ’kidlaydi. U Froydning inson
muammosini to ‘g‘ri hal etishda biologik va madariiy jihatlarni qaram a-
qarsh i q o ‘yish usulini rad etad i, shaxsni o ‘rganishda o d am n in g
boshqalarga, tabiatga va o ‘z -o ‘ziga munosabatini tushunish m uhim deb
hisoblaydi. Shuningdek, From m iqtisodiy, ruhiy va mafkuraviy jih atlar
bir-biri bilan uzviy aloqador ekanini, ular jinsiy aloqaning jo ‘ngina
refleksiyasi emasligini aytadi. Biroq Froydning buyuk xizmatlarini e ’tiro f
etib, ruhiy tahlil jarayonidan asosiy maqsad — ustozi ta’kidlagan haqiqatni
tan olish ekanini va ruhiy tahlil haqiqatga yangicha m azm un berganini
uqtiradi.
Ruhiy tahlilgacha bo‘lgeyn tafakkurda, agar inson o ‘z gapiga o ‘zi
ishonsa, u haqiqatni gapirayotgan hisoblanardi. Ruhiy tahlil subyektiv
ishonch aslo haqqoniylikning m ezoni bo‘la olmasligini ko'rsatdi. Inson
haqiqat yuzasidan harakat qilam an deb ishonishi m um kin, lekin asl
sabab — beshafqatlik. U xatti-harakatning sababi muhabbatim deb biladi,
lekin aslida uni mazoxcha bog‘liqlikka intilish harakatga keltiradi. Inson
m enga burch rahnaijiolik qilyapti deb o ‘ylaydi, am m o asosiy sabab —
uning shuhratparastligi bo‘ladi. G ap shundaki, inson nafaqat bularga
boshqalarning ishonishini xohlaydi, balki o ‘zi ham masiga ishonadi.
Ruhiy tahlil jarayonida odam uning qaysi g ‘oyalari ehtirosli qobiqqa
o ‘ralgan-u, qaysilari uning fe’l-atvori tizim ida ildizga ega b o ‘lm agan,
www.ziyouz.com kutubxonasi
substansiya va vazndan yiroq shartli klishelar (nusxalar) ekanini anglaydi.
Ruhiy tahlil shu m a’noda haqiqatni izlashdir. Uning asosiy tamoyili
shundaki, tafakkurimiz va hissiyotlarimizni sinchillik bilan o ‘rganmasdan
hamda qaysi joyda biz aqliylashamiz-u, qayerda e’tiqodlarimiz hissiyotga
borib taqalishini aniqlamasdan turib, ruhiy sog‘lomlik va baxtga erisha
olmaymiz.
Erix Fromm muhabbat muammosiga ham juda katta e ’tibor beradi.
M uhabbat, bu — har biri o ‘zligini saqlagan holatdagi ikki kishining
birlashuvi. M uhabbat, bu — harakat, orom emas, faollik — kuzatish
emas. Sevish — olish emas, berish. Sevgida inson o‘zi uchun eng bebaho
bo‘lgan hayotining bir qismini — hissiyoti, bilimi, kechinmalarini o ‘zgaga
bag‘ishlaydi. Buni u o ‘rniga nim adir olish uchun qilmaydi, ana shu
«bag‘ishlash»ning o ‘zi nafis bir lazzatdir. Alloma faylasuf, yuqorida
ta ’kidlaganidek, muhabbatni g‘am xo‘rlik, mas’uliyat, hurm at va ilm
unsurlaridan iborat deb bilar ekan, mas’uliyatga o ‘zgacha e ’tibor bilan
qaraydi. From m mas’uliyatni odatda qabul qilinganidan boshqacharoq
tarzda talqin etadi. Odatda mas’uliyat deganda, chetdan yuklangan,
ya’ni odamga boshqa kishilar, jam iyat va hokazolar tom onidan taklif
etilgan, uqtirilgan yoki majburan bo'yniga qo‘yilgan qandaydir bir narsa
tushuniladi. From m esa mas’uliyatni mohiyatan qalbning xohishi bilan
bog'liq em in-erkin holat, deydi. M as’uliyatni his etish, bu — boshqa
mavjudotning ehtiyoji va talabiga «labbay» deb javob berishga tayyor
turish. Shunday qilib, mas’uliyat kimgadir g‘amxo‘rlik qilish bilan bog‘liq.
Boshqa tom ondan faylasuf mas’uliyatni hurmat bilan bogiaydi. Hurmat,
bu — qo‘rquv yoki qo‘l qovushtirish emas, u insonni qanday b o ‘lsa,
shunday qabul etishni talab etadi.
Frommning fikriga ko‘ra, industrial jamiyatda haqiqiy muhabbat
kamdan kam uchraydi. 0 ‘z farzandlarini tom m a’noda sevgan ota-
onalar ham umumiy qoidadagi istisnodir. Nikohda esa m uhabbat deb
butunlay boshqa sabab, boshqa hislar tushuniladi. Unda hatto sevgi
tasaw uri ham buziladi. Bu aynan inson o‘zini muhabbatning «m o‘jiza
q u sh i» n i q o ‘lga k iritd im d eb h iso b la g a n p ay td a ro ‘y b e ra d i.
M uhabbatning yo'qolishiga go‘yo m uhabbatni qo‘lga kiritib olish
mumkin degan n o to‘g‘ri tasaw ur olib keladi. Shu bois ko‘p hollarda
m uhabbatdan boshlangan nikoh ikki egalik qiluvchining, juftlashgan
ikki xudbinning ham do‘stligiga aylanadi. Biroq muammo nikohda emas,
balki ikki tom on shaxsining iste’molchilik xususiyati bilan bog'liq.
M uhabbatga mavjud bo‘lish, o‘zini ifodalash qobiliyati tarzida emas,
www.ziyouz.com kutubxonasi
balki ma budga qaragandek m unosabatda bo‘lish ana shundan kelib
chiqadi. Shu bois birga yashashning tizim ini o ‘zgartirishga, y a’ni
ко pxotinlilik, jazmanbozlik, jamoaviyjinsiy aloqa va hokazolarga intilish
bor-yo g i haqiqiy muhabbat qiyinchiliklarini yengib o ‘tish uchun
yo 1 qidirish. Agar inson o ‘z «yarmini» topish va sevish baxtiga erishsa,
u boshqa juft izlashga hech qachon intilmaydi, butun borlig'ini o ‘z
seviklisiga bo lgan muhabbatga bag'ishlaydi. U m um an, From m taqdim
etgan shaxs tizimida muhabbat e ’tiqodiy hissiyot va dunyoqarash bilan
birgalikda markaziy o'rinni egallaydi.
Ruhiy tahlil falsafasi, xususan, axloqshunosligi mulkiga qisqacha
qilgan ilmiy sayohatim iz oxirida shuni ta ’kidlash zaru rk i, bizda,
о zbeklarda bu ta ’limot haqida, ochig‘i, ozginagina ta saw u r ham yo‘q.
U ni m illat ta rb iy a sin i b u z a d ig a n , h ay o siz, in s o n n in g y o m o n
tom onlarinigina ko'radigan, dinni tan olmaydigan dunyoqarash tarzida
qabul qilamiz. Bu — totalitar tuzum , mustamlakachilik mafkurasining
soxta ilmiy niqob ostida ilgari surgan zararli g‘oyalarining ta ’siridir.
Ruhiy tahlil aslida totalitar tuzumga qarshi, mustamlakachilik aldovlarini,
«dohiylar» qalbining zulmatini va yovuzliklarini ochib berish qudratiga
ega, butun insoniyat uchun, jum ladan, biz uchun ham g ‘oyat zarur
ta limotdir. Axir, о zbekning «Odam olasi ichida» degan maqoli bor-
ku! Ruhiy tahlil o ‘sha «ola»ning qayerdaligini, qandayligini, paydo
boMishiga sabab nima ekanini va uni qanday qilsa bartaraf etish, «oqqa»
aylantirish mumkinligini ko‘rsatib berishda mislsiz aham iyatga ega. Shu
jihatdan qaraganda, Prezident Islom K arim ov o 'z in in g m a sh h u r
suhbatlaridan birida Nitshe va Froyd merosini o'rganish, tadqiq etish
g oyat muhimligini ta ’kidlagani alohida diqqatga sazovor1.
Do'stlaringiz bilan baham: |