Abdulla Qodiriy Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Download 33,81 Kb.
Sana25.09.2021
Hajmi33,81 Kb.
#185181
Bog'liq
Abdulla Qodiriy

Abdulla Qodiriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jump to navigationJump to search

Abdulla Qodiriy

Tavalludi 1894-yil 10-oktabr

Toshkent

Vafoti 1938-yil 4-oktabr

Toshkent, O‘zbekiston SSR

Fuqaroligi Flag of the Soviet Union.svg SSSR

Millati o‘zbek

Sohasi shoir, yozuvchi

Mashhur ishlari „Oʻtkan kunlar“, „Mehrobdan chayon“, „Obid ketmon“

Mashhur sovrinlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti,

“Mustaqillik” ordeni

Dini Islom

Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) (1894.4.10-Toshkent-1938.10.4) – XX a. yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820–1924) xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida (1865) Toshkent mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla Qodiriy musulmon maktabida (1904–06), rus-tuzem maktabida (1908–12), Abulqosim shayx madrasasida (1916–17) taʼlim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida (1925–26) oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan mutolaa qilgan.

Abdulla Qodiriyning ulkan merosi haligacha kitobxonlar qalbidan joy olmoqda.

Mundarija

Faoliyati

Ijodi

Hikoyalari



„Oʻtkan kunlar“ romani

„Oʻtkan kunlar“ romanining maʼno mundarija doirasi

„Mehrobdan chayon“ romani

„Mehrobdan chayon“ romanining mazmuni

Abdulla Qodiriy tarixiy romanlarining 20-yillardagi yangi oʻzbek adabiyotiga taʼsiri

„Obid ketmon“ qissasi

Tarjima asarlari

Adibning boshqa tillarga tarjima qilingan asarlari

Vafoti

Xotira


Nashr qilingan asarlari

Ilmiy adabiyotlar

Faoliyati

Oilasi kambagʻallashganligi sababli bolalikdan mustaqil mehnat qila boshladi, turli kasblarni egalladi, mahalliy savdogarlarga kotiblik va gumashtalik qildi (1907–15). 1917-yil Oktyabr davlat toʻntarishidan soʻng Eski shahar ozuqa qoʻmitasining sarkotibi (1918), „Oziq ishlari“ gazetasining muharriri (1919), Kasabalar shoʻrosining sarkotibi (1920), „Mushtum“ jurnalining tashkilotchilaridan va tahrir hayʼati aʼzosi (1923–26).

Ijodi

Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910-yillarning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. „Sadoi Turkiston“ gazetasining 1914-yil 1 aprel sonida Abdulla Qodiriy imzosi bilan „Yangi masjid va maktab“ sarlavhali xabar bosiladi. Bu boʻlajak adibning matbuotdagi dastlabki chiqishi edi. Oradan koʻp oʻtmay, uning „Toʻy“, „Ahvolimiz“, „Millatimga“, „Fikr aylagil“ kabi sheʼrlari, „Baxtsiz kuyov“ dramasi, „Juvonboz“ hikoyasi chop etiladi (1914–1915). Abdulla Qodiriy ijodining dastlabki namunalari boʻlgan bu asarlar millatparvarlik, maʼrifatparvarlik ruhida yozilgan boʻlib, jadidchilik gʻoyalari bilan sugʻorilgandir. Muallif unda xalqning zabun holatidan kuyib soʻzlaydi, millatni uygʻonishga daʼvat etadi, fikrlashga chorlaydi. Abdulla Qodiriyning „Uloqda“ hikoyasi (1916) avvalgi asarlari bilan tenglashtirib boʻlmaydigan darajada yuqori boʻlib, XX tongidagi oʻzbek realistik adabiyotining choʻqqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi namunasi hisoblanadi.



Hikoyalari

Abdulla Qodiriyning 1917-yil Oktyabr toʻntarishidan keyingi faoliyati asosan matbuot bilan bogʻlangan. Uning 1919–1925-yillar oraligʻida yozgan maqolalari soni 300 atrofida. Abdulla Qodiriyning publitsistik chiqishlari avvalo oʻsha davrning tarixiy hujjati, zamonasining solnomasi. 20-yillar oʻrtalarida yozilgan „Kalvak Mahzumning xotira daftaridan“, „Toshpoʻlat tajang nima deydir?“ satirik hikoyalar turkumida yozuvchi kulgusi „xarakter kulgusi“ darajasiga koʻtarildi. Muallif bunda hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan salbiy hodisalarni sof mafkuraviy nuqtai nazardan turib, nuqul biryoqlama qoralash, fosh etish yoʻlidan bormay, xarakter va hodisalarni xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan koʻrsatishga jazm etadi.

„Oʻtkan kunlar“ romani

Abdulla Qodiriy shoʻro hokimiyatining dastlabki yillarida qizgʻin jurnalistik faoliyati bilan barobar oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman – „Oʻtkan kunlar“ni yaratdi (1919–1920). Romandan boblar 1922-yil „Inqilob“ jurnalida eʼlon etildi. 1924–1926-yillari har bir boʻlimi alohida-alohida kitob holida bosildi. „Oʻtkan kunlar“ yaratilgan davr oʻzbek xalqi uchun millatning erki, ozodligi, mustaqilligi, jahondagi oʻrni masalasi hayot-mamot ahamiyatiga molik edi. Abdulla Qodiriy mintaqamiz taraqqiyparvar ziyolilari safida turib ona yurtning, millatning taqdiri ustida astoydil qaygʻurdi, oʻzicha najot yoʻlini izladi. Avvaliga u bolsheviklarning yolgʻon vaʼdalariga ishondi, ammo adib bu vaʼdalar qogʻozda qolib ketayotganini, yovuz mustamlaka siyosati mohiyat-eʼtibori bilan oʻzgarmay qolayotganini, munofiqona tus olayotganini, el orasida buzgʻunchilik, fitna, sinfiy-mafkuraviy adovat avj oldirilib, birodarkushlik urushi boshlanib ketganligini, shoʻrlik xalq bu qonli siyosatning qurboni boʻlayotganini oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Ayniqsa, Qoʻqon muxtoriyatining tor-mor etilishi koʻpgina hur fikrli ziyolilar qatori Abdulla Qodiriyning qalbini larzaga soldi. Adib „Oʻtkan kunlar“ romani orqali xalqning milliy ongini uygʻotmoqchi boʻldi, „tariximizning eng kir, qora kunlari“ – yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan keyingi „xon zamonlari“ – XIX a. oʻrtasidagi mudhish tarixiy jarayonlar haqida soʻz ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi boʻldi.



„Oʻtkan kunlar“ romanining maʼno mundarija doirasi

„Oʻtkan kunlar“ romanining maʼno mundarija doirasi nihoyatda keng . Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy, oilaviyishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin el-yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning asosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, faravonligi, osoyishtaligi yoʻliga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir. „Oʻtkan kunlar“ bamisoli ulkan va tiniq koʻzgu, unda oʻzbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-maʼnaviy dunyosi, boʻy-basti, qiyofasi keng koʻlamda aniq-ravshan gavdalantirilgan. „Oʻtkan kunlar“, bir qarashda, anʼanaviy ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning ishqiy sarguzashtlari, fojiasi juda katta mahorat bilan tasvir etilgan. Asardagi ishqiy sarguzashtlar kitobxonni hayajonga soladi, Otabek bilan Kumushning goʻzal baxtini barbod etgan omillar kishini chuqur oʻyga toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni – Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini koʻz oldimizda gavdalantiradi. Qodiriy ishqiy sarguzashtlar koʻrinishida oʻlkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va oʻzaro ichki nizolardir degan fikrni gʻoyat ustalik bilan aytadi. Garchi romanda adib shaxs harakteri va qismatini muhit, sharoit, ijtimoiy muammolar bilan chambarchas aloqadorlikda tasvir va taxlil etsada, inson shaxsining muhit va sharoitga bogʻliq boʻlmagan tugʻma, sirli-sehrli gʻaroyib shevalariga ham eʼtiborni tortadi. Bu jihatdan bir oila, bir xil sharoitda tugʻilib voyaga yetgan sajiya-harakter, surat va siymo vajidan ikki olam – egachisingil Zaynab va Xushroʻybibi obrazlarining talqini gʻoyat ibratlidir. Biri mute, itoatkor, nuqul oʻzgalar izni bilan ish koʻradi; ikkinchisi esa dadil, mustaqil, oʻz baxti va taqdiri uchun faol kurash olib boradi. Yozuvchi bu ikki shaxs harakteriga xos tugʻma xususiyatlarni shargʻlash bilangina cheklanmaydi, bunday hislatlarning oʻsha kimsalar, qolaversa oʻzgalar taqdiriga koʻrsatgan taʼsiri, fojeiy oqibatlarini ham ifoda etadi. Oʻzini boshqalar ixtiyoriga topshirib qoʻygan Zaynab shu ojizligi tufayli oʻz baxtiga zomin boʻlibgina qolmay, yana oʻsha ojizligi tufayli oʻzgalar qutqusi orqasida beixtiyor jinoyatga qoʻl uradi – Kumushga zahar beradi. Mustaqillik, dadillik – yaxshi hislat, biroq unga xudbinlik aralashsa baloi azimga aylanishi mumkin. Xushroʻybibi oʻz baxti uchun kurashadi; shaxsiy manfaatlari yoʻlida hech narsadan qaytmaydi; birovlarning koʻz yoshlari hisobiga, oʻzgalarning baxtiqaroligi evaziga oʻz baxtini tiklaydi. Romandagi Oʻzbek oyim obrazi ham nihoyatda tabiiy va goʻzal siymolardan biridir. Dumbul tabiat bu ayol oʻgʻli Otabek, qolaversa kelinlari – Kumush, Zaynab taqdirlarining chigʻallashib ketishi, oxiri fojiaga yuz tutishida bosh sababchi ekani ayon. Biroq har qancha gunohkor boʻlmasin, oʻta andishali adib uni keskin qoralashga tili bormaydi. Nima boʻlganda ham, Oʻzbek oyim, baribir ona… Ayni paytda rostgoʻy, realist yozuvchi onaning pala-partish, dovdir xattiharakatlaridan, tabiatidagi ayrim kamchiliklaridan koʻz yumib oʻtolmaydi. Bu borada adibga xalqona yumor qoʻl keladi. Bu obraz tasviri boshdan-oyoq ajib serjilo – ham kinoya-kesatiqgarga, ham ardoq-mehrga toʻla yumor bilan yoʻgʻrilgan. Xullas, „Oʻtkan kunlar“ romani toʻqima qahramonlarning hayotiylik kasb etishi va tarixiy voqealarga uygʻunligi jihatidan ham, mujassamot butunligi va tilidagi nafosati jihatidan ham oʻzbek adabiyoti xazinasidagi durdonalar qatoridan oʻrin olgandir. „Oʻtkan kunlar“ oʻzbek adabiyotida ilk roman boʻlishining oʻzi bilanoq ilgari bosilgan katta qadam edi. Unda realizmning asosiy tamoyillari yuqori badiiy saviyada amalga oshirildi. Roman, umuman, oʻzbek adabiyotida yetuk realizmga asos soluvchilik rolini oʻynadi.

„Mehrobdan chayon“ romani

Abdulla Qodiriy ikkinchi yirik asari „Mehrobdan chayon“ni 1928-yil fevralda yozib tugatdi. Roman 1929-yil Samarqandda bosilib chiqdi. Garchi bu roman mavzui ham XIX adabiyot hodisalari – „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli. Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh – sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslikda yozuvchining jiddiy yutugʻi, kashfiyoti sifatida eʼtirof qilingan.

„Mehrobdan chayon“ romanining mazmuni

Garchi „Mehrobdan chayon“da davr zugʻumi muayyan darajada sezilsa ham, adibda goho tarafkashlik mayllari koʻrinsada, amalda realizm mavqeida turgan, tarixiy haqiqatni mumkin qadar haqqoniy ifodalashga intilgan. Yozuvchining „Mehrobdan chayon“dagi realistik mahorati Solih maxdum obrazida juda yorqin namoyon boʻlgan. Romanda muallif yengil hazil-mutoyiba, kulgi-yumor, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali maxdum tabiatiga xos „maqtab boʻlmaydigan“ xususiyatlarni batafsil koʻrsatadi. Bunday xususiyatlarning ichki va tashqi ijtimoiy ildizlarini ham ochadi. Ayni paytda mahdumning „hamma nuqsonlarini yuvib ketarlik“ fazilatini ham taʼkidlaydi: „nima boʻlganda ham maxdum oʻz zamonasining eng oldingi domlalaridan, Qoʻqon aksariyatining savodxon boʻlishlariga sababchi ustozlardan“. Romandagi Anvar bilan Raʼno obrazlari, bir qarashda, romantik qahramonlarday taassurot beradi. Barkamollik – aql-zakovat, doʻstga, sevgiga sadoqat, erk, adolat yoʻlidagi shijoat bobida ular afsona, doston qahramonlarini eslatadilar. Ishqiy mulohazalar bobida bu ikki yosh juda erkin, oralaridagi gap-soʻzlar bir qadar kitobiy, shoirona… Masalaga sinchiklab qaralsa, Anvar va Raʼnodagi favqulodda, kitobiy tuyulgan hislatlar, ularning „gʻayritabiiy“ xatti-harakatlari mantiqan va ruhiy jihatdan asoslangan. Ular maktab koʻrgan, yaxshi tarbiya, chuqur bilim olgan, Sharqning yuksak madaniyati, gumanistik gʻoyalarini oʻzlari uchun chin eʼtiqod, bosh maqsad qilib olgan odamlardir. Adib asar personajlari qismati bilan bogʻliq holda muhim tarixiy hodisalar, shaxslar, sarguzashtlar haqida ham maʼlumot beradi. Solih maxdumning kechmishi, ota-bobolari qismati bahonasida keltirilgan Amir Umarxonning kanizi toʻgʻrisidagi hikoya, haq ishlari uchun jabr ko‘rgan Sayidxon, mulla Siddiq va Moʻminjonlarning achchiq qismati, Xudoyorxon tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, Ogʻacha oyim sarguzashtlari, xon harami, xotinlari, oʻrdadagi qullar haqidagi aniq maʼlumotlar asarda salmoqli oʻrin tutadi. Ular bilan tanishganda hujjatli-tarixiy, publitsistik asar oʻqiyotganday boʻlasiz. Yozuvchi baʼzan qahramonlari tabiatini, xususan haramdagi qizlar fojiasini hazil-mutoyiba, oʻyin-kulgi orqali ochib beradi. Ammo bu kulgili boʻlib tuyulgan hodisalar zamirida jiddiy insoniy drama va shafqatsiz haqiqat yotadi. Xullas, „Mehrobdan chayon“ hayot haqiqatini „orttirmay va kamitmay“ oʻz holicha jamiki qirralari, tovlanishlari bilan gavdalantirgan, xarakterlar olamini, ruhiyatini oʻziga xos ohanglar, boʻyoqlar vositasida kashf etib bergan oʻxshashi yoʻq badiiy obidadir.

Abdulla Qodiriy tarixiy romanlarining 20-yillardagi yangi oʻzbek adabiyotiga taʼsiri

Abdulla Qodiriyning tarixiy romanlari 20-yillardagi yangi oʻzbek adabiyoti oldida turgan murakkab gʻoyaviy-badiiy muammolarning juda koʻpini yechib berib, adabiy taraqqiyotning tezlanishiga xizmat etdi. Keyinroq oʻzbek adabiyotining atoqli vakillari qatoriga koʻtarilgan Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor Abdulla Qodiriy ijodining katta taʼsiri ostida yetuk yozuvchi boʻlib yetishdilar. Abdulla Qodiriy ijodining milliy adabiyotlarga taʼsirini tojik, turkman, qozoq va qirgʻiz adabiyotining Sadriddin Ayniy, M. Avezov, X. Deryayev, Chingiz Aytmatov singari yirik vakillari ham qayta-qayta qayd etishgan. Nemis adabiyotshunoslari N.Tun, I. Baddauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi, asli eronlik amerika olimi Eden Nabi Abdulla Qodiriy ijodi boʻyicha jiddiy ishlar qilganlar. Abdulla Qodiriy ijodidagi chuqur mazmunni jozibador va ravshan shaklda ifoda eta olish, hayotdan yirik va salmoqli voqealarni tasvir uchun tanlay olish, hayotdagi dramatik vaziyatlarga eʼtibor, shaklning ixchamligi va katta prozada ortiqchaliklardan xoli ifodaning ustunligi, soʻzning maʼnoga mosligi va yorqinligi, hammadan ham muhimi – kishilar harakteridagi muhim xususiyatlarni koʻra olish va tasvir eta bilish yosh avlod uchun doimo ibrat namunasi boʻlib kelmoqda. Oybek aytganidek, „Oʻtkan kunlar“ romanida yozuvchi til ustida katta mahorat koʻrsatadi. Romanning tili haqiqatan boy, boʻyoqli, sodda, ifoda kuchi zoʻr, ommaga anglashilarlik bir tildir. Oʻzbek adabiy tilining shakllanishida bu asarning roli, shubhasiz, katta. Abdulla Qodiriy yosh adabiy avlodni doimo jahon realistik adabiyotidan oʻrganishga chaqirar, oʻzi ham jahon klassiklarini mutolaa etish va ularning asarlarini oʻzbekchaga tarjima qilish jarayonida realizm ustalaridan oʻqib-oʻrganib borar edi. Adib oʻz kasbi haqida toʻxtalib shunday degan edi: „Yozuvchilikda bir qonun bor: hammadan ilgari maʼno, undan soʻng shu maʼnoni ifoda qilish uchun soʻz qurish, soʻzgina emas, sanʼatkorona, yaʼni shundogʻ soʻzki, aytmoqchi boʻlgan fikringizning ifodasi uchungina maxsus yaratilgan boʻlib, yasama boʻlmasin. Mana shu shartni bajarib, bu jihatdan taʼmin etilgach, boshqa masalalarga oʻtishga haq olgan boʻlasan…“.

„Obid ketmon“ qissasi

Abdulla Qodiriy 30-yillardagi murakkab sharoitda ham ijodni davom ettirdi. 1934-yil qishloq hayotidan „Obid ketmon“ qissasini yozdi. Asardagi Obid obrazi oʻzbek adabiyotidagi noyob hodisa. Uni oʻzbek xalqining mehnat, dehqonchilik madaniyati bobidagi yetukligi timsoli, deyish mumkin. Yozuvchi bu obraz tasvirida oʻsha davrda odat tusiga kirgan tor „sinfiylik“ doirasidan ancha chetga chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni ardoqlash yoʻlidan boradi; xolis turib qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish harakatining bir qancha tomonlarini haqqoniy koʻrsatdi; ichki muammo – ziddiyatlarni ochib berdi, kolxoz tuzumi oxir-oqibatda odamlardagi tashabbusni, shaxsiy egalik, manfaatdorlik tuygʻusini soʻndirishligini aytdi. Qodiriyning mazkur qissasini oʻzbek adabiyotidagi birinchi „ishlab chiqarish“ qissasi, Obidni esa birinchi ishbilarmon odam obrazi deyish mumkin. Abdulla Qodiriy bu oʻrinda iqtisod, xoʻjalik masalalarining bilimdoni, tadqiqotchisi sifatida ham koʻrinadi; asar bosh qahramonining harakteri, ruhiy olami asosan mehnatda, xoʻjalik ishlarida ochiladi.

Tarjima asarlari

Abdulla Qodiriy zukko tilshunos, zabardast tarjimon sifatida ham katta ishlar qildi. U tatar fizik olimi Abdulla Shunosiyning „Fizika“ (1928), Gogolning „Uylanish“ (1935), Anton Chexovning „Olchazor“ (1936) asarlarini oʻzbekchaga tarjima qildi. Qozonda bosilgan „Toʻla ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ni (1934) tuzishda ishtirok etgan.

Adibning boshqa tillarga tarjima qilingan asarlari

Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa romanlari, jahon miqyosida tez tarqaldi. „Oʻtkan kunlar“ ozarbayjon tilida 1928-yilda, „Mehrobdan chayon“ tojik tilida 1935-yilda, „Obid ketmon“ rus tilida 1935-yilda nashr etildi. Shundan buyon bu asarlar rus, qozoq, uygʻur, tatar, arab, italyan, ingliz, nemis va boshqa tillarda qayta-qayta nashr etilib kelayotir.

Vafoti


Abdulla Qodiriyning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, taʼqibu tahdidlar ichida oʻtdi. Rostgoʻy adib sho‘ro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida shoʻro voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib koʻrsatishga jazm etdi. Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926-yil „Mushtum“da bosilgan „Yigʻindi gaplar“ hajviyasidagi tanqidiy mulohazalari uchun „aksilinqilobiy harakat qilganlik“da ayblanib qamoqqa olinadi, turli boʻxtonlar bilan sudlanadi. Sudda u mardona turib oʻz shaʼnini himoya qiladi. „Obid ketmon“ qissasi ham shoʻro mafkurachilariga maʼqul kelmaydi, keskin tanqidga uchraydi; „ideologik buzuqliklar va xatolar“ga toʻla, „siyosiy tutruqsiz“ asar sifatida baholanadi. Yozuvchining tarixiy romanlarining esa asosiy mavzusi – millat taqdiri, birligi, el-yurt qaygʻusi, mustaqilligi, shaxs erki, ijtimoiy adolat uchun kurash gʻoyalari bilan yoʻgʻrilganligi tufayli ham hukmron mafkuraga zid asarlar boʻlib chiqdi. Millat ruhini yorqin aks ettirgan, xalqning, oʻzga millat kitobxonlarining sevimli asarlariga aylangan bu romanlar shoʻro davri siyosati uchun zararli kitoblar sifatida bot-bot qoralandi. 30-yillar oʻrtalariga kelib, bu mashʼum kampaniya avjiga chiqdi. Gʻofir Gʻulom, Abdulla Qahhor, Uygʻun kabi shogirdlarining "donos"lari ortidan Abdulla Qodiriy 1937-yil 31-dekabr kuni xibsga olindi. 9 oylik qamoqdagi soʻroq-tergov, qiynoq, xoʻrlikdan soʻng Choʻlpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi. Qodiriy xibsga olingach, asarlari „zararli“ sanalib oʻtda yoqildi, kutubxonalardan yoʻqotildi, ularni oʻqish taʼqiqlandi.

Xotira


Abdulla Qodiriy Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991), „Mustaqillik“ ordeni bilan taqdirlandi (1994). Abdulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti taʼsis etilgan. Toshkent Davlat Madaniyat institutiga, Toshkentdagi madaniyat va istirohat bogʻiga, respublikaning turli shaharlari ko‘chalariga, respublikamizdagi koʻplab madaniyat muassasalariga uning nomi berilgan. „Oʻtkan kunlar“ va „Mehrobdan chayon“ romanlari asosida kinofilmlar (1969, 1996, 1973) va koʻp seriyali telefilmlar yaratilgan. Oilalarda farzand tugʻilsa, Abdulla Qodiriy romanlari qahramonlari nomlarini qoʻyish rasm boʻlgan. Eng muhimi, Abdulla Qodiriy, uning hayoti, ijodi haqidagi bor haqiqatni aytish, yozish, asarlarini asl holida „tahrirsiz“ chop etish uchun yoʻl ochilgan.

Nashr qilingan asarlari

Abdulla Qodiriy. Toʻla asarlar toʻplami, 1-jild. Sheʼrlar. Hikoya va ocherklar. Hajviyalar. T.: Fan, 1995.

Abdulla Qodiriy. Oʻtgan kunlar. Mehrobdan chayon (romanlar). T., 1992.

Ilmiy adabiyotlar

Oybek, Asarlar [19 jildli], 16-jild (Abdulla Qodiriyning ijodiy yoʻli), T., 1979; Qodiriy H., Otam haqida, T., 1983; Abdulla Qodiriy zamondoshlari xotirasida, T., 1988; Boqiy N., Qatlnoma, T., 1992; Qoʻshjonov M., Oʻzbekning oʻzligi, T., 1994; Normatov U., Qodiriy bogʻi, T., 1995; Normatov U., „Oʻtgan kunlar“ hayrati, T., 1996. Umarali Normatov, Bahodir Karimov.

Qoʻshjonov M. Abdulla Qodiriyning tasvirlash sanʼati. T.: Fan, 1966.

Qoʻshjonov M. Oʻzbekning oʻzligi. T., 1994.

Mirzaev I. Abdulla Qodiriyning ijodiy evolyutsiyasi. T.: Fan, 1977.

Qodiriy H. Otam haqida. T., 1983.

Normatov U. Qodiriy bogʻi. T., 1995.

Karimov B. 20 asr oʻzbek adabiyotshunosligida talqin muammosi (Qodiriyshunoslik misolida). FFD dissertatsiyasi, T., 2002

Enciklopedia stub.png Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Turkum: Mustaqillik ordeni sohiblariOlimlarOʻzbekiston shoir va yozuvchilari1894-yilda tugʻilganlar1938-yilda vafot etganlarKishilar4-oktabrda tugʻilganlar10-aprelda vafot etganlarOʻzbek yozuvchilari

Navigatsiya

Siz tizimga kirmagansiz

Ushbu IP-manzil munozarasi

Qoʻshilgan hissa

Hisob yaratish

Kirish


MaqolaMunozaralotin/кирилл

MutolaaTahrirlashTarixQidiruv

Vikipediyadan qidirish

Bosh sahifa

Tanlangan maqolalar

Yangi sahifalar

Tasodifiy maqola

Maqolalar indeksi

Loyihaga koʻmak

Ishtirok


Xato haqida xabar berish

Yangi oʻzgarishlar

Jamoa portali

Qoidalar


Yordam

Forum


Aloqa

Asboblar


Bu yerga ishoratlar

Bogʻliq oʻzgarishlar

Maxsus sahifalar

Doimiy havola

Sahifa haqida maʼlumot

Sahifadan matn parchasi ajratish

Nashr/eksport qilish

PDF sifatida yuklash

Bosma uchun versiya

Boshqa loyihalarda

Vikiombor

Boshqa loyihalarda

Vikimaʼlumotlar

Vikiombor

Boshqa tillarda

مصرى


Deutsch

English


Español

Polski


Русский

اردو


Yana 3 ta tilda

Ishoratlarni tahrirla

Bu sahifa oxirgi marta 3-Mart 2021, 14:30 da tahrir qilingan.

Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi boʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha shartlar amal qilishi mumkin (batafsil).

Tavallud topgan sana: 10 aprel 1894 yil

Vafot etgan sana: 4 oktabr 1938 yil

Tug’ilgan joy:Toshkent

Yo’nalishlar: Yozuvchilar

Abdulla Qodiriy – yorqin, barchaga keng ma’lum shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi. Qodiriyning asarlari o‘zbek xalqi hayotiga bag‘ishlangan. Abdulla Qodiriyning nashr etilmagan XX asrning yigirmanchi yillari yozilgan sahna asari asosida rejissyor Mark Vayl o‘zining Toshkentdagi Ilhom teatrida “Oppoq qora laylak” sahna asarini qo‘ygan.

Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil Toshkentda badavlat savdgar oilasida tug‘ilgan. Yoshlik va o‘smirlik yillardagi muhit – savdogarlar, boylar va kambag‘al dehqonlar, iqtidorli hunarmandlar, doim muhtojlikda kun kechiruvchi kosiblar va yersiz dehqonlardan iborat bo‘lgan. Ushbu mehnatkash odamlar dunyosi, shuningdek, shahar ziyolilari bo‘lajak yozuvchi shakllanishida muhim o‘rin tutdi.

Abdulla yoshiligidan uzoq umr kechirgan (Qodir aka 102 yil umr ko‘rgan) va ko‘pni ko‘rgan otasining hikoyalarini tinglab o‘tirar edi, otasidan u adabiy faoliyatida as qotgan sezgir kuzatuvchanlikni meros qilib olgan. Uning otasi bog‘dorchilikni juda yaxshi ko‘rgan, shu sabab, Qodiriyning o‘zini bog‘bonning o‘g‘liman, degan fikrlarini uchratish mumkin. Abdulla Qodiriy avvaliga musulmon maktabida (1904-1906), keyin — rus-tuzem maktabida (1908-1012) o‘qib, muvaffaqiyatli yakunlaydi. 1912 yil kelib, Abdulla Qodiriyning nisbatan birinchi adabiy tarjribalari boshlanadi. O‘zining ilk nashr etilgan asarlarida – “Xotinboz” (1915) va “Baxtsiz kuyov” (1915) hikoyalarida eski o‘zbek turmushining chizgilari hajviyona ifodalangan. 1915-1917 yillar Qodiriy Abdul Qosim madrasasida arab va fors tillarini astoydil o‘rganadi. Yozuvchining inqilobdan avvalgi asarlarida jadidchilik ta’siri sezaladi.

Sovet davrida A. Qodiriy V. Ya. Bryusov (1924-1925) nomidagi Moskva adabiy kurslarida o’qiydi, so‘ngra, 1925-1926 yillar Toshkentda, “Mushtum” o‘zbek hajviy jurnalida ishlaydi. U yerda kitobxonning katta muvaffaqiyatiga sazovor bo‘lgan ijodkorning hajviy hikoyalari va feletonlari chop etiladi. Qodiriyning roman va qissalari (“O‘tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”), shuningdek, jamoaviy ijodi (“Obid Ketmon” qissasi) XIX asr toshkentlik va qo‘qonlik o‘zbeklar hayotiga bag‘ishlangan. “O‘tgan kunlar” romani katta shuhrat qozongan. Barcha ziyolilar ushbu kitobni o‘qishga intilgan. Va hatto, savodsiz kishilar uni tinglash uchun guruh bo‘lib to‘planishgan. Ko‘plab o‘zbek oilalarida romanning Otabek va Kumush qahramonlarining ismlari paydo bo‘la boshlagan.

Abdulla Qodiriy qatag‘on qilingan. 1937 yilning 31 dekabrida “xalq dushmani” sifatida hibsga olinadi, bunga hasadgo‘y “qalamkash hamkasblari” qo‘l urgan. 1938 yilning 4 oktabr kuni yozuvchi otib tashlangan, o‘limidan so‘ng oqlangan. Toshkentdagi Xo‘ja Alambardor (Kamolon) qabristoniga dafn etilgan.

A. Qodiriyning o‘limidan so‘ng kimning ko‘lida “O‘tgan kunlar” romanini ko‘rishsa, o‘shalarni qamashgan. Keyin vaziyat o‘zgargan…

1957 yil Abdulla Qodiriy rasman oqlangan. Ammo uni otib tashlanganligi haqidagi ma’lumot (o‘limidan so‘ng oqlanganligi haqidagi ma’lumot kabi) uzoq yillar sir saqlangan! Shunday qilib, 1958 yil “O‘tgan kunlar” romani rus tiliga o‘girilgach, unga Abdulla Qodiriyning o‘limi bilan bog‘liq hech qanday ma’lumotsiz tarjimai xoli yozilgan. Tarjimai xol muallifi – taniqli yozuvchi Izzat Sultonov. “Mehrobdan chayon” romanining rus tiliga sharh yozishga tarjimai xol uchun notanish ma’lumot taqdim etilgan. Unda qisqagina: “Abdulla Qodiriy 1939 yil vafot etgan”, deb yozilgan.

Abdulla Qodiriyning XX asrning o‘ttizinchi yillari qoraxad bilan yozilgan, nashr etilmagan sahna asari asosida Mark Vayl “Oppoq laylak” sahna asarini o‘zining Toshkentdagi Ilhom teatrida sahnalashtiradi.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lishidan ozgina oldin xalq Abdulla Qodiriyning to‘laqonli tarjimai xolini ko‘rgan.

“Tog‘larning viqorini ko‘rish uchun ulardan uzoqlashish zarur, xuddi shunday holat buyuk ishlar va buyuk shaxslarda kuzatiladi. Abdulla Qodiriyning so’nmas ijod bahosining buyukligini ko‘rish va tushunish uchun yarim asrdan ortiq vaqt talab etildi” — deb yozadi, Abdulla Qodiriy tavalludining 95-yilligiga bag‘ishlangan “bir taqdir ko‘zgusi” (1989 yil) maqolasida, Izzat Sultonov.

Hozirda Toshkentning markaziy ko‘chalariga, Chorsu yaqinidagi madaniyat bog‘i va Yunusobod metro bekatiga yozuvchining nomi berilgan.

Abdulla Qodiriy o‘z xalqining hayotini birovlar orqali va kitoblardan bilgan emas, u bevosita odamlar bilan suhbat qurib, ularning alohida jihatlarini o‘ziga singdirgan. U eski uslubdagi maktabni yakunlab, rus-tuzem maktabida va madrasada tahsil oladi. Navoiy, Lutfiy, Muqimiy, Furqat, Cho‘lpon, Fitrat va boshqa o‘zbek adabiyoti mumtoz ijodkorlarining asarlari mutolaasi bilan qiziqadi.

Ushbu o‘ziga xos yozuvchi ikki asr bo‘sag‘asida shakllangan — mukammal, qarama-qarshi, ijtimoiy, siyosiy va axloqiy iztiroblarning notinch davri. Albatta, bu davrlar uning asarlarida ham qarama-qarshi, ijtimoiy va turmush xurofotlaridan erkin bo‘lmagan sezilarli iz va dunyoqarash qoldirdi.

Umuman olganda, Abdulla Qodiriyning adabiy izlanishlari doimiy ko‘tarilishlar, ajoyib ijodiy siljinishlar bilan belgilanadi.

Qodiriyning ijodiy javohiri — “O‘tgan kunlar” (1926) va “Mehrobdan chayon” (1929) tarixiy romanlari – o‘zbek adabiyoti tarixiy mavzuidagi ilk asarlar.

Abdulla Qodiriydagi tarixiy mavzuga bo‘lgan qizqishi o‘z xalqining o‘tmishini tushunishga bo‘lgan intilishi, uning sabri, mehnatkashligi, xalqning ozodlik va mustaqillik sari qahramonona kurashi bilan izohlanadi.

1961 yil rus tilida chop etilgan “Mehrobdan chayon” romanining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, yozuvchi o‘zbek xalqi hayoti va tarixini, davr ranglarini yorqin va sidqidildan ifoda etib bera olgan, qahramonlar fe’l-atvorini XIX asrning 40-yillariga xos sharoitlarda ochib bera olgan.

Ushbu yangilikni ochishda Abdulla Qodiriy o‘zbek tarixiy romannafisligiga asos soladi. O‘zining “Mehrobdan chayon” romanida yozuvchi haqiqat yo‘nalishi an’analarini sezilarli boyitgan, qahramonlarning psixologik shakliga muhim hissa qo‘shgan, insonning ichki dunyosini ifoda etishning yangi usullarini ochgan, qahramonlarning fe’l-atvori o‘zgarishini ko‘rsatib bergan.

“Mehrobdan chayon” romani – ikki asr bo‘sag‘asidagi turkiston jamiyatining ijtimoiy, axloqiy hayoti haqidagi roy-ro‘st asar.

A. Qodiriy xalqning feodal tuzumdagi hayot tarzining o‘ziga xos mohiyatini ochib berishga intilgan, hukmdorlarning ishlarini va fe’l-atvorini, ma’naviy ustozlarni ko‘rsatadi. Ushbu ziddiyatlar tantanavor emas, ular qahramonlarning og‘ir turmushidan kelib chiqadi – Abdurahmonning ayolni o‘ziga bo‘ysundirish istagi va Shohidbekning fitnalariga qaramay, Anvar va Ra’no bir-birini chinakam sevadi va oila qurishga harakat qiladi.

Go‘zallik, halollik, olijanoblikka intiluvchi Ra’noning xalq fe’l-atvoriga xos, ajoyib qiz ko‘rinishini namoyon bo‘ladi – samimiy, toza niyatli, ma’nan sodda va ochiq. U Anvarni toza, yorqin sevgi ila beg‘araz va sadoqat bilan yaxshi ko‘radi. Anvar – mardlik timsoli, adolatli, cheskiz vijdon egasi.

Abdulla Qodiriy zamondoshlari haqidagi “Obid ketmon” romani, shov-shuvga sabab bo‘lgan “Shirvonlik Mallaboy aka” ocherki muallifi. Shuningdek, o‘zbek adabiyoti tarixiga sezilarli hissa qo‘shgan boshqa ko‘plab ocherk va hikoyalar muallifi. “Abdulla Qodiriy o‘zbek adabiyotiga momaqaldiroq kabi kirib kelib, yorqin chaqmoq kabi barchaning e’tiborini o‘ziga qaratdi”, deb yozadi Izzat Sultonov.

Ushbu so‘zlarning haqqoniyligini qozoq yozuvchisi Muxtor Auezov ta’kidlab, alohida qayt etadi: “Yoshligimizda Abdulla Qodiriy romanlarini berilib o‘qir edik. Biz uning inson fe’l-atvorini yasash, bizgacha inson ehtiroslarining tug‘yonini yetkazib berish mahoratidan hayratlanardik”. O‘zbek adabiyotida roman janrining asoschisi Abdulla Qodiriyning ko‘plab asarlari ko‘plab Sharq hamda MDH mamlakatlarida e’tirof qozondi.

“O‘tgan kunlar” romani

Unda muallif Toshkent hukmdori Azizbek mulkidagi xalq an’analari, diniy urf-odatlar, yozilmagan qonunlarni, inson huquqlari va qadr-qimmatlarining buzilishi haqida bayon etadi. Mug‘ombir fitnachi, “gunohkor”larga nisbatan qattiqqo‘l “qozi”, uddabiron munofiq Azizbek uch yil Toshkentni shunday boshqaradiki, savdo-sotiq pasayib, usta-hunarmandlar xonavayron bo‘lishadi, guruch va paxta hosildorligi sezilarli tushib ketadi.

Yozuvchi katta mahorat ila feodal voqe’likning chinakam ziddiyatlarini ochib bergan. Moddiy va madaniy boyliklarning yaratuvchisi sifatida xalq bir tarafdan davlatchilik qo‘riqchisi va himoyachisi, boshqa tarafdan, xonning jamiyat negiziga qarshi chiqib, zolimlarga qarshi qo‘zg‘alon ko‘taradi. Shuningdek, xalqni katta soliqlar bilan ko‘mib tashlagan hukmdorlarga qarshi chiqadi.

Romanning markaziy ixtilofi – ota va o‘g‘il o‘rtasidagi ijtimoiy-axloqiy ziddiyatlar. Yosh Otabek “oila qurish” borasida ota-onasining topgan qiziga uylanib an’analariga qarshi qat’iyatli nuqtai nazarli yosh yigit, uning otasi Yusuf xoja eski tuzumdagi dunyo qarashli, qadimiy an’analar tarafdori. Biroq, muallif ushbu oilaviy mojarolarni alohida voqea sifatida emas, umummillatli holat ko‘rinishida bayon etadi.

Otabek va Kumush timsoli – o‘zbek adabiyotidagi yangi hodisadir. Otabek boy oilaning farzandi, o‘qimishli inson bo‘lib, dunyoni o‘ziga xos tarzda tushunadi, o‘tkir adolat hissiga ega. Kumush unga manzur kelgan. U yaxshi tarbiyalangan, o‘qimishli, tug‘ma aql sohibasi, kelishuvchan. U Otabekni chin dildan sevadi. Ammo bu sevgi unga baxtsizlik keltiradi, zero, u eski an’analarga bo‘ysunib, yaqinlari uning tuyg‘ulariga quloq tutmaydi.

Uning ma’naviy sifatlari, go‘zalligi va boy ichki dunyosining shakllanishiga haqiqiy o‘zbek ayoliga xos olijanoblik orzularini o‘zida mujassam etgan onasi Oftob oyim sabab bo‘lgan. U aqlli, xotirjam, bosiq, sezgir ona, haqiqatparvar inson, chaqqon beka. Shunga qaramay, Oftob oyim eski udumlar tarafdori – u erining istaklariga, irodasi va fikriga bo‘ysunadi.

Ijodiy ishlari

“O‘tgan kunlar” (roman), “Mehrobdan chayon” (roman), “Obid ketmon” (qissa), “Girvonlik Mallaboy”, “Xotinboz”, “Baxtsiz kuyov”, “Millatimga”, “Yovuz ruhlar iskanjasida”.

Mukofotlari

1991 yil 25 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan “Mustaqillik” ordeniga sazovor bo‘lgan.

Ekranizatsiyalari

1969 — “O‘tgan kunlar”, rejissyor Yo‘ldosh Agzamov, bosh rolda O‘lmas Alixo‘jayev

1973 — “Zulmatdan qochish”. “Mehrobdan chayon” romani asosida. Rejissyor Yo‘ldosh Agzamov. senariy muallifi S. Muhamedov, operator — A. Pann. Rollarda: I. Ergashev, T. Shokirova, A. Xo‘jayev, Sh. Irgashev, Ya. Ahmedov, N. Rahimov.



1997 — “O‘tgan kunlar”, rejissyor M. Abzalov, bosh rolda B. Muhamatkarimov
Download 33,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish