Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
158
so‘zidan keyin bir ko‘zdan deyarlik hojining yuziga ti-kilgan edilar. Hoji miq etmay o‘ltura 
bergach, Qambar sharbatdor o‘zining xipcha tovshi bilan qushbegining gapini kuchlab 
tushdi: 
— So‘zingiz juda to‘g‘ri, qushbegi, — dedi, — siz aytkandek, bizga ikki yo‘l bor: 
qipchoqni qirib yo‘yish va yoki butunlay qipchoq qo‘lida qolib ketish. 
Yusufbek hoji ko‘tarilib Qambar sharbatdorga qaradi va majlisni yer ostidan kuzatib 
chiqib, yana jim qoldi. 
Karimqulponsad hojini turtmak maqsadida: 
Kengashlik ish tarqamas, deganlar. Hoji akamiz o‘ylashib javob bersinlar-chi, axir, 
— deb qo‘ydi. 
— Bilmadim... — dedi nihoyat hoji, — sizlarning muddaonglarga tushunmadimmi yoki 
tushunsam ham o‘zimga yotishib kelmadimi, hayronman. 
Niyoz qushbegi boshini qashib oldi: 
— Nimasiga hayronsiz, hoji! 
— Maqsadlaringiz Qambarbekning aytkanidek qipchoqni kesishmi? 
Qushbegi ikkilanmay javob berdi: 
— Kesish! 
— Sizlarni, — deb istehzolanib kuldi hoji, — bu ishka nima va kim majbur qiladur? 
Qushbegi yoronlarig‘a qarab oldi: 
Savolingiz qiziq, — dedi, — sababi bizlardan ham ko‘ra sizga ma’lum bo‘lsa kerak-
ku. 
— Durust aytasiz, — dedi hoji boshidagi sallasini olib, — Musulmonqulni haydamoqqa 
majbur bo‘lg‘an edik — haydadiq. Barcha yomonliq o‘shaning boshi bilan birga 
ketkandek qipchoq og‘aynilar ila totuklashdik, qipchoqlarning eski adovatlari bitdi... Bas, 
bizga tag‘in nima kerak? 
Hojining bu gapi majlisni bir-birisiga alanglatib qo‘ydi. Ammo qushbegi sirni boy 
bermas uchun tirishkandek qilib kuldi: 
— Musulmonqul endi tinch yotar, deb o‘ylaysizmi? 
— Albatta, o‘ylamayman, lekin Musulmonqulni tin-chimaydir deb ho‘lu quruq 
qipchoqqa tig‘ tortish hech bir aqlg‘a sig‘adirg‘an gap emas. O‘zingiz qushbegi ay-ting-
chi, biz bu kungacha yomonliqni kimdan ko‘rdik? Qipchoq otlig‘ xalqdanmi yoki uning 
sanog‘liq bo‘lg‘an bir necha kishilaridanmi? 
— Nafsilamrni aytkanda, biz qipchoq deganning har birisidan ham dakki yeb kelamiz. 
— So‘ngizda yanglishliq bor, qushbegi! Agar siz naf-silamrga qarasangiz ikki xalqni 
bir-birisiga sovuq ko‘rsatib, adovat tuxumini sochib kelguchi bir nechagina odam bor... 
Menga qolsa mamlakatni tinchitish uchun shular to‘g‘risida o‘ylash kerak. Nainki, to‘rtta 
muttahamni deb butun bir xalqqa hujum qilish! 
— Siz aytkandek, yomon to‘rttagina emas, hoji! Sahrodan kelgan har bir qipchoq 
bizning yelkamizga minmakchi. Bizning tovog‘imizga tumshug‘ini tiqmoq-chi— bunga 
qolganda ishni bir oz yengil o‘ylab turibsiz, hoji aka! 
Qosim mingboshi: 
— Hoji akamning hamma gaplari faqat rahmdillikdan aytiladir, — dedi, — ammo 
o‘ylash kerakki, qipchoq bu kungacha ozg‘ina og‘aynining qonini to‘kdimi? Anovi kun 
Marajabbek bilan hisoblashib ko‘rsak, Qo‘qonning o‘zidan ikki yilning ichida yetmish 
sakkiz bek o‘ldirilibdir. Hali bu hisobka fuqarodan o‘ldirilgan bechoralar kirmaydir. 
— Men bu haqiqatlardan tonib turg‘anim yo‘q, mingboshi. Ammo biz senga sen, deb 
javob bermasak, bizniki aql va insof doirasidan chiqmasa deyman... 
Oradan birav hojining so‘zini bo‘ldi: 
— Aql, insof bilan ish qila-qila endi juda to‘ydik. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish