Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
102
— Toshkanddan chiqg‘aningizga necha kun bo‘ldi? 
— Olti kun. 
Sodiqning javobi uning ustidagi yukni tag‘in ham og‘irlashtirg‘andek sezilib ul boshini 
quyiga engashtirdi va chuvoq soqolini tuzatib fikrda qoldi. Homiddagi keyingi 
o‘zgarishdan xabarsiz taxmondag‘i uvadalarni tuzatish bilan ovora bo‘lib yurgan puchuq 
xotin Homidning yonig‘a o‘lturib, xunuk bir iljayish orasida so‘radi: 
— Qalay, Homidboy, ishlar o‘ngdanmi? Poshshanisaga endi sovchiliqqa 
boraveramizmi? 
Homid umidsizcha boshini chayqadi va salmoqqina qilib javob berdi: 
— Ishimiz hali u darajaga yetkan emas, biz hozir faqat sovchining yo‘lidag‘i birinchi 
g‘ovnig‘ina buzdiq. 
Homid puchuq xotin orqaliq Kumushning xatini oldirish bilan o‘zining birinchi martaba 
yuborg‘an xiyo-natnomasini favqulodda bir muvaffaqiyat bilan natijalanganligini sezib, 
Otabek ko‘kragiga ham qo‘l solib ko‘rmak va uning Kumushbibiga bo‘lg‘an munosabatini 
bilib, ham shunga qarab ish yuritmak uchun Kumushning maktubini Sodiq orqaliq 
Toshkandga yuborg‘an, Sodiq esa o‘qug‘uchig‘a ma’lum maktubni Otabekka topshirib, 
Otabekning Kumushka yozg‘an maktubini ham olib kelgan ediki, yuqorida bu xat Homid 
tomonidan o‘qulib o‘tdi. 
Otabekning bu maktubi ortig‘i bilan o‘zining Kumushka bo‘lg‘an munosabatining 
hamon eski holida boqiylig‘ini e’lon qilar va o‘zining osonliq bilan raqibka berilmasligini 
so‘zlar edi. Bu yo‘lda birinchi qadamini muvaffaqiyat bilan bosqan Homid keyingilarini 
birin-chidek ketishi uchun qayg‘ulanar edi. Bu kun-erta Otabek kelar-da, Kumush bilan 
topishar. Xiyonat-nomaning o‘ziniki bo‘lmag‘anlig‘ini isbot etib, Homidning o‘ylag‘an 
ishini yana keyinga siltar yoki butunlayga Homidning umidini uzar — mana bu ochiq, 
ko‘rinib turgan ehtimol emas, haqiqat oldida ul hayron va bunga qarshi tadbir o‘ylash 
bilan garang edi. Ul bu to‘g‘rida uzoq o‘ylab turmadi, bir narsaga qaror qo‘yg‘an kabi 
fikrdan ko‘zini ochdi va puchuq xoting‘a dedi: 
— Jannat opa, bir chilim beringiz-chi, — Jannat opa chilim solish uchun qo‘zg‘alg‘ach, 
Sodiqqa dedi: — Inim Sodiqboy, ishimiz juda xom hali. 
Sodiqning qizil ukki ko‘zlari o‘ynab javob berdi: 
— G‘am yemang, aka, xom bo‘lsa o‘bdan pishitarmiz, o‘lmasak. 
Sodiqning bu javobi Homidning ishonchini moyla-g‘andek bo‘ldi, to‘ppisini boshidan 
olib namatka tashlag‘ach, minnatdorlik ohangi bilan: 
— San bilan Jannat opam tirik bo‘lsalaringiz pishitarmiz, albatta! — dedi va Jannat 
opa qo‘lidag‘i chilimni olib takir-tukir qilib pishitdi va shi-g‘-g‘-g‘ etdirib sar-xonani 
sindirib yuborar darajada ichiga tortg‘ach, og‘zidan chiqg‘an pag‘a-pag‘a tutunlar orasida 
chilimni Sodiqqa uzatib, Jannat opag‘a dedi: — Opa, siz tag‘in bir martaba qutidorning 
uyiga xat olib boraturg‘an bo‘ldingiz... 
— Qix, jonim bilan aylanay. Sodiq olib kelgan xatnimi? 
Homid kuldi. 
— Yo‘q, opa, agar bu xatni olib borsangiz, shunchalik qilg‘an ishlarimiz birpul degan 
gap bo‘ladir. Ilgarigi gal yozdirib berganimdek o‘z rejamizga muvofiqlab Otabek tilidan 
yana birini o‘martirib beraman. 
— Xi-xi-xi, aylanay, qix... Man bu ishlarni qayoqdan bilay, Homidjon. 
— Albatta bilmaysiz. Lekin mundan so‘ng yaxshi bilmog‘ingiz kerak, ozg‘ina yanglishib 
ketsangiz ham hamma qilg‘anlarimiz shamolg‘a uchadir, undan so‘ng...— to‘satdan bu 
o‘rinda Homidning esiga o‘zi-ning bir xatosi kelib tushdi: birinchi gal Otabek tilidan 
yozg‘an soxta xatini uning qo‘l yozuvini mulohaza qilmasdan yuborg‘an va bu kungacha 
bu sirni qutidor, Kumushbibilar tomonidan sezilib qolishidan qo‘rqib kelmakda edi. Endi 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish