Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
93
— Muhabbat degan narsa husnga qaramaydir. 
— Qaraydirmi, yo‘qmi, sandan uni so‘rayotqanim yo‘q. Qaysi birisi ko‘hlikrak deb 
so‘rayman? 
Hasanali qiynaldi va gapni boshqag‘a chalg‘itish uchun: 
— Endi maslahat nima bo‘ldi? — deb so‘radi. 
— Oldin so‘zimga javob ber-chi, yer yutkur! 
— Savolingiz qiziq, nima deb javob berishga hayronman... To‘g‘risini aytaymi? 
— To‘g‘risini! 
— To‘g‘risini indallo so‘zlasam, — dedi va qiynalib to‘xtadi, — har bir gulning isi o‘z 
yo‘lig‘a. 
— To‘g‘risini deyman! 
— Anuv keliningizning o‘lsa o‘ligi ortiq... 
— Gapirma-gapirma, — dedi O‘zbek oyim, — boshda shu marg‘ilonliq balosiga o‘zing 
sababchi bo‘lg‘anmisan, hali ham o‘shaning tomonini olib so‘zlaysan! Sandek soqoli 
uzun, aqli qisqadan kengash so‘rab o‘lturg‘an men ham ahmoq! 
Hasanalining chalg‘itishi va hayron bo‘lishi O‘zbek oyimning tabi’atini yaxshi bilgani 
uchun edi. Ul o‘z xohishiga teskari kelgan haqiqatni ko‘rmaydirgan qiziq bir tabi’atka 
molik edi. 
— O‘zingiz to‘g‘risini so‘zlatib, tag‘in nega mendan xafa bo‘lasiz, oyi, — deb muqobala 
qila boshlag‘an edi, O‘zbek oyim yana gurullab ketdi: 
— Bo‘ldi-bo‘ldi... tuzingni ichib, tuzlig‘ingga tupurganni xudoy ko‘tarsin, — dedi. 
Hasanali xo‘jabekasining qarg‘ish va koyishi ostida kula-kula uydan chiqdi. 
Bu musohaba ko‘rinishda O‘zbek oyimg‘a uncha o‘zgarish bermagandek sezilsa ham, 
lekin ruhan uni ancha bo‘shashdirg‘an edi. 
* * * 
Shu gapdan bir hafta chamasi keyin va charlar kutishning o‘n beshinchi kunlari edi. 
Otabek meh-monxonada toqchadag‘i kitoblar orasidan qandaydir bir kitobni axtarar 
ekan, Hasanali uning yonig‘a kirdi. 
— Panjshanba kun charlar emish, xabarini berib ketdi. 
Otabek kitoblardan birini sug‘urib oldi va varaqlar ekan, «charlari ham qursin», deb 
qo‘ydi. Ko‘nglidan kechirdi: — «Bu kun dushanba bo‘lsa, tag‘in orada to‘rt kun bor». 
— Mana bu xat ham sizga emish, — dedi-da, Hasanali unga bir maktub uzatdi, — 
boya birav berib ketkan edi, — dedi va shoshib-pishib qazo bo‘layozg‘an asr namozini 
o‘qush uchun joynamoz yozdi. Otabek maktubning unvoniga ko‘z tashladi: 
«Toshkandda... mahallasida turg‘uchi Otabek Yusufbek hoji o‘g‘lig‘a tegsin». Kim 
tomondan yozilg‘anligi unga ma’lum bo‘lib, qo‘lidag‘i kitobni toqchag‘a qo‘ydi va shosha-
pisha xatni ochdi. 
Katta qog‘ozda tussizroq siyoh bilan yozilg‘an uzun bir xat. Uning ko‘zi yozuv ustida 
suzdi. Suzgan sayin negadir uning tusida ulug‘ bir o‘zgarish, vujudida bir titroq voqi’ edi. 
Bu xat unga so‘yinch berar edimi, dahshatmi o‘zidan boshqag‘a majhul edi. Shu majhul 
o‘zgarishlarning so‘ng chekiga borib yetkandan keyin xatdan ko‘zini oldi va ixtiyorlikmi, 
ixtiyorsizmi, haytovur bor tovshicha «qo‘rqutmoqchi!» deb yubordi. Bu so‘z bilan 
Hasanali ham nari-beri namozini bitirdida, joynamozdan burilib qaradi: 
— Nima gap? 
— Hech gap yo‘q, — dedi Otabek va esankirash vaziyatida unga qaradi: 
— Qo‘rtqutmoqchi, dedingiz-ku, xat kimdan? 
— Xatmi? — dedi va shuning ila bir oz esini o‘ziga yig‘ib olg‘andek bo‘ldi, — xat 
keliningizdan... Qo‘r-qutmoqchi bo‘lib ba’zi bir kinoyalarni yozibdir... 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish