Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

14. NAJOT ISTAB TOSHKANDGA 
Bu kun sakkiz kundan beriga — «kutilmagan bir baxt» egasi bo‘lib olg‘an Kumushbibi 
uchun bu hol kutilmagan bir baxtsizlik, kutilmagan bir falokat edi. Endigina «Bekni 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
43
uylantirdim, suyganiga qo‘shib quvontirdim», deb bu uylantirishning husni va qubhini 
tuzukrakkina o‘ylay olmag‘an Hasanali uchun ham bu voqi’a kichkina gap, ozg‘ina qayg‘u 
emas edi. Ko‘zining oqu qarosi, yolg‘iz qizini maxtovlik kuyavga berib, qizi bilan 
kuyavining bir daqiqa ham bir-birlaridan ajrasha olmag‘anlarini ko‘rib ko‘ynagiga sig‘may 
yurgan Oftob oyim uchun kuyavigina emas, hatto erining ham bu vartaga tushmog‘i 
chiday olarliq bir hol emas edi. Kumushbibi o‘zining «kutilmagan bir baxti» uchun 
ishonmag‘anday bo‘lib yurar edi. Chindan ham mundan keyin qaytadan qovishmog‘iga 
ishonmay qo‘ydi. Hasanali «qutildim» degan edi, yana tog‘dek qayg‘ug‘a tutildi. Oftob 
oyimning so‘yingani ichiga tushdi. 
Kumushbibi bilan Oftob oyimning bu falokatka qarshi topqan-tutqanlari yolg‘iz ko‘z 
yoshi to‘kishkina bo‘ldi. Bu falokatning og‘irlig‘i yana o‘zining tog‘dek kattaligi bilan 
Hasanalining ustiga tushdi. Kumushbibi eri bilan otasining najotlarini kimdan kutishni 
bilmas edi-da, qora ko‘zlarini jiq yoshg‘a to‘latib — «endi nima qilamiz?» degandek 
Hasanaliga termular edi. Qutidor oilasida boshqa er zoti bo‘lmag‘anliqdan Oftob oyim 
qarindoshlaridan «jonkuyar» deb tanilg‘an kishi Kumushning tog‘asi Ahmadbek bo‘lib, ul 
ham umrining ko‘pini Qo‘qondami, Xo‘janddami o‘tkarar, shuning uchun undan ham yori 
kutish uzoq gap edi. Mana bu jihatdan ham Kumush va onasining birdan-bir ishon-
g‘anlari yana Hasanalining o‘zi edi. 
Barcha og‘irliq Hasanalining ustida. O‘zingning tug‘ilib o‘sqan yeringda og‘a-inilaring, 
bilish-tanishlaring bo‘lib har nuchikda ulardan shuningdek og‘ir kunlarda so‘z bilan, ish 
bilan bir yordam ola bilasan. Ammo biz-ning Hasanali Toshkandda emas — Marg‘ilonda, 
musofaratda, kishilarini tanimag‘an bir shaharda. Boshda Hasanali Ziyo shohichi bilan 
uning o‘g‘li Rahmatdan yaxshig‘ina umid tutkan, har holda ulardan boshqa tayanarliq 
kishim yo‘q, deb o‘ylag‘an edi. Baxtka qarshi bu fikrdan ham tezda qo‘l yuvdi: Ziyo aka 
bilan Rahmat ham qo‘lg‘a olindilar va Hasanalining o‘zi ham qidirila boshlandi. Hasanali 
va Kumushbibilarning qayg‘ulari yana bir qat oshti, qo‘rqunchi ustiga qo‘rqunch qo‘shildi. 
Hasanali ham Otabeklar bilan birlikda birinchi kun qo‘shilib qamalg‘an bo‘lar edi, biroq 
uning saroyda bo‘lishi ulardan ajralib qolishig‘a sabab bo‘lg‘an edi. Qo‘rboshi yigitlari 
tomonidan Hasanali ham qidirilib boshlang‘ach, ulardagi «balki bu kun, erta bo‘shatib 
yuborarlar» degan umid ham bo‘shg‘a chiqdi. Boshda Hasanali o‘z erki bilan hukumatka 
topshirilib, mahbuslarga jazo kelsa birlikda tortib, qutilish muyassar bo‘lsa birga 
qutilishg‘a o‘ylab qarag‘an edi. Uning bu fikriga Kumush bilan onasi qarshi tushdilar: 
«Sizning ozod yurishingiz mahbuslar uchun balki foydali bo‘lar», dedilar. Hasanalining 
o‘zi ham ularning ra’yini muvofiq topdi. Biroq uning tashvishi ikki qat oshdi: har daqiqa 
hadukda, qo‘rboshi yigitlaridan qochib yashirinishg‘a, har soat joy yangilashka majbur 
edi. 
Hasanali kunlarini tomoqsiz, tunlarini uyqusiz kechira boshladi: Otabeklar nega 
qamaldilar, qanday gunohlari bor ekan? Otabekning ipidan-ninasiga bo‘lg‘an sirri unga 
ma’lum emasmidi? — Bu jihat bilan o‘ylag‘anda «Qutidorlarning birar ishlari balosiga 
qoldi-yov», deb fikr qilar edi. Bu falokatni umumiyroq tekshirib boshlasa, xalq og‘zida 
maqol o‘rnida iste’mol qi-ling‘an «Ajalingning yetishi qilg‘an yozig‘ingdan emas— bek 
akangning qonsirashi» degan gap ko‘ngliga tushar edida, beixtiyor uflab yuborar edi. 
Oradan besh kunlab o‘tdi, mahbuslar zindon balosidan qutila olmag‘anlaridek, 
ularning qamalish sirlari ham hech kimga bilinmadi. Hasanali shu besh kun ichida 
mahbuslarning najotlari yo‘lida qora pullik ish chiqara olmag‘anidek, bundan keyin ham 
bir ish qila olishig‘a ko‘zi yetmay qoldi. Chunki qo‘rboshi yigitlaridan saqlana olishning 
o‘zi ham unga katta vazifa daraja-sida edi. 
Nihoyat, Marg‘ilonda turish fikridan qaytib, Toshkand jo‘nash xayoliga tushdi. Bu 
kunlarda ham Toshkand tinchsizligi bir taraflik bo‘lmag‘an, hanuz Toshkand Qo‘qon 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish