Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
40
* * * 
O‘tabboy qushbegi hozirgina ichkari o‘rdadan qaytib chiqg‘an edi. Shu orada qo‘rboshi 
kirib unga qulliq qildi: 
— Keltirdim, taqsir. Biroq ikkisini topolmadim. 
Qushbegi chidamsizlik bilan: 
— Otabekni-chi? — deb so‘radi. 
Qo‘rboshi muzaffarona javob berdi: 
— Tutdim, taqsir, qutidorni ham. 
— Olib kiringiz. 
Qushbegi tinchlandi, qo‘rboshi dahlizdan tashqarig‘a ishorat berdi va qaytib 
qushbegiga ruxsat qullig‘i ado qildi va undan izn olib o‘lturdi. Eshikdan ikki qurollik yigit 
muhofazatida Otabek va qutidor ko‘rinib bekka qulluq qildilar. Qushbegi yarog‘liq 
yigitlarni qaytishg‘a buyurib, gunohkorlarni yovoshg‘ina qilib o‘z oldig‘a chaqirdi. 
Otabekda tushunmaslikdan boshqa o‘zgarish sezilmasa ham qutidor juda qo‘rqqan, rangi 
o‘chkan edi. Ikkisi tenglikda qushbegiga qarshi cho‘kkaladilar. Otabekni ortiqcha bir 
diqqat bilan ko‘z tegidan o‘tkargach, qushbegi so‘radi: 
— Otabek degan sizmi? 
— Taqsir, man. 
— Toshkandlik Yusufbek hojining o‘g‘lisiz? 
— Taqsir. 
— Hozir Marg‘ilonda turasizmi? 
— Taqsir. 
— Marg‘ilon kelganingizga ko‘b bo‘ldimi? 
— Qirq kunlar chamasi. 
— Marg‘ilonga nima yumish bilan kelgan edingiz? 
— Savdogarchilik bilan, taqsir. 
— O‘zingiz yolg‘izmi? 
— Bir kishim bor edi. 
Qushbegi qo‘lidagi ro‘yxatka qarab oldi va davom etdi: 
— Hasanali kim bo‘ladir? 
Otabekdagi boyag‘i tushunmaslik bir shubhaga alishindi. Ammo parvosizcha javobini 
beraverdi: 
— Qulimiz bo‘ladir, Toshkanddan kelgandagi yo‘l-doshim shu siz aytkan Hasanali edi. 
— Hasanali bu kunda qayerda? 
— Marg‘ilonda. 
— Siz bilan birga turadimi? 
— Yo‘q. Saroyda bir muncha mollarimiz bo‘lar edi, saroyda mollarg‘a qarab turadir. 
— Bu kishi kimingiz? 
— Qayin otamiz. 
— Ko‘bdan berimi? 
— Bu kun sakkizinchi kun... 
— Ilgari o‘zingiz uylangan edingizmi? 
— Yo‘q. 
— O‘zingiz toshkandlik bo‘laturib nima majburiyat ostida Marg‘ilondan uylandingiz? 
Bu savoldan Otabek bir oz o‘ng‘aysizlanib to‘xtadi. Ammo bu o‘ng‘aysizlanishdan 
qushbegining oldida boshqa bir haqiqat ochilg‘andek bo‘ldi: 
— Javob beringiz. 
— Taqdir, taqsir. 
Qushbegi bir oz o‘ylab olib yana savol berdi: 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish