Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
159
Hoji sukut qildi, o‘zining shunchalik gaplarini havog‘a ketib turg‘anini, majlisning 
Niyoz qushbegi ruhida borganlig‘ini yaxshi sezdi. Mundan boshqa Niyoz qushbegining 
bunday bir fikrga kelishi uchun uni nima majbur qilg‘an — buni ham ochiq ongladi. Niyoz 
qushbegining barcha kinasi O‘tabboyning mingboshi belgulangan kunidan 
boshlang‘anini, «men turg‘an yerda, qipchoq mingboshi bo‘lsinmi!» degan kek orasida 
bu fikr faqat uning tomonidan maydonga chiqarilg‘anlig‘i Yusufbek hojining 
mulohazasidan o‘tdi. Majlisning boshqa a’zolarig‘a bo‘lsa, ish yo‘g‘idan yumish chiqa-
rishqa talabgor bekorchilar, deb qaradi. 
Albatta, el foydasidan ko‘ra o‘z manfaatini olding‘a surg‘uchi bu cho‘talchi beklarga 
qarshi hojining sovuqqonliq saqlay olishi va asabiylashmasligi mumkin emasdi. 
— Beklar, — dedi, — manim hamma mulohazam yurt, el manfaati nuqtasidan turib 
aytiladir. Men hech bir vaqt inkor qilaolmaymankim, yolg‘iz o‘z g‘arazi yo‘lida ish 
qilg‘uchi palid kishilar qipchoqlar orasida bor bo‘lg‘anidek, bizda ham yo‘q emas... Balki 
anovilarda o‘nlab bo‘lsa, bizda yuzlab bor. O‘zi bizning ko‘zimizga itdek sovuq ko‘ringan 
qipchoq bachcha Normuham-madning el uchun qilib turg‘an to‘g‘ri xizmatini men o‘z 
umrimdagi Toshkand beklari orasida birinchi martaba ko‘raman. Buni siz, yaxshilar ham 
inkor qila olmassiz. Bas, ayb qipchoqda emas, balki uning manfaati shaxsiyasi yo‘lida ish 
ko‘rguchi boshliqlarida va qipchoqlar o‘ylag‘andek gunoh qora choponlilarda bo‘lmay, 
balki uning uch-to‘rt ma’nisiz beklarida!.. Burodarlar! O‘rus o‘z ichimizdan chiqadirg‘an 
fitna-fasodni kutib, darbozamiz tegida qo‘r to‘kib yotibdir. Shunday mashhar kabi bir 
kunda biz chin yovg‘a beradirgan kuchimizni o‘z qo‘limiz bilan o‘ldirsak, sen falon deb 
qirilishsaq holimiz nima bo‘ladir. Bu to‘g‘rida ham fikr qilg‘uchimiz bormi? Kunimizning 
kofir qo‘lig‘a qolishi to‘g‘risida ham o‘ylaymizmi yoki bunga qarshi hozirlik ko‘rib 
qo‘yg‘anmizmi?! 
Hoji o‘zini tutolmay ko‘z yoshisini oq soqolig‘a quyib davom etti: 
— Mana, burodarlar! Siz o‘z qipchog‘ingiz uchun qabr qazig‘an fursatda, sizga 
ikkinchilar tobut chopadir. Biz qipchoqqa qilich ko‘targanda, o‘rus bizga to‘p o‘qlaydir. 
Siz dunyoda o‘zingizning yagona dushmaningiz qilib qipchoqni ko‘rsangiz, men boshqa 
yovni har zamon o‘z yaqinimg‘a yetkan ko‘raman! — dedi va ro‘ymoli bilan ko‘z yoshisini 
artib o‘rnidan turdi. — Agarda dunyodan o‘tayozg‘an bir keksangizning maslahatiga 
quloq bersalaringiz bu fikringizdan qayting, burodarlar! Illo Yusufbekni o‘ldig‘a chiqarib, 
bu shum ishingizdan meni tashqarida hisoblangiz! — dedi va majlisning o‘lturing, 
to‘xtang so‘ziga quloq solmay, o‘lturishni tashlab chiqdi. 
Hoji darbozadan chiqmag‘an ham edi, Niyoz qushbegi xaxolab kulib yubordi: 
— Voy vahmang qurg‘ir, hoji! Bu kun ko‘knori ichkan ekan, shekillik! — dedi. 
Boshliqdan kulgiga ruxsat berilgach, boshqalar ham kulishib, orada ola-g‘ovir 
boshlandi. 
— Yo‘q, — dedi Qambar sharbatdor, — hoji akaning yoshi qaytib, ko‘ngli juda ham 
bo‘shashib ketibdir! 
— Voy xo‘vari hoji, — dedi Niyoz qushbegi, — oldidag‘i ovni ko‘rmay, uzoqdagi yovni 
ko‘radir! 
— Xudda-xudda! 
Muhammad Rajab qo‘rboshi boshini chayqab Niyoz qushbegiga qaradi: 
— Men sizga aytib edim-a, qushbegi, — dedi, — hojini har narsaga ko‘ndirsangiz ham 
bu gapka ko‘ndi-rolmassiz, deb. 
— Men uni kela bermay ovora qilg‘anidan ham payqag‘an edim. 
— Kecha bir oz xomsigan edi, — dedi Karimqul ponsad. 
— Ish buzildi-da, — deb qo‘ydi Muhammad Rajab qo‘rboshi. 
— Nega buziladir? — deb so‘radi qushbegi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish