Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
129
o‘zim nimagadir urinib kechroq qolib bordim. Darbozadan kirishim bilan ishxona ichidan 
kim-ningdir yig‘lab-yolborg‘an tovshini eshitib ajabsindim va ishxona eshigini ochib 
kirsam, imonsiz Homid qay-nimg‘a zo‘rliq qilib turg‘an ekan. Eshik ochilish bilan cho‘chib 
Sayfini bo‘shatdi-da, menga qaradi. Men achchig‘imdan nima deyishni bilmay qolg‘an 
edim. To‘ng‘uz ishxonadan chiqib boshlag‘an edi: «Sen bilan otangg‘a yigirma yillab 
xizmat qilib, nihoyat sendan ko‘rgan yaxshilig‘im shu bo‘ldimi?» dedim. Churq etmay 
chiqib ketdi. Nimagadir, siz, Karim va Ortiqboylar ham ishxonaga kelmagan ekansizlar. 
To‘ng‘uz vaqtdan foydalanib Sayfiga yopishqan ekan. Mana, oramizdan o‘tkani shul. 
Uning orqasidan men ham Sayfini olib chiqib keldim-da, ikkinchi uchrashmay uyga 
do‘kon qurish harakatiga tushdim, — dedi. Usta Farfi ham ustakorning bu qilig‘idan 
nafratlangan edi: 
— O‘bba padarla’nati, hali shunaqa ish qildi deng-chi? O‘zi odam emas, hali bu uning 
hunarlarining eng pachog‘i, — dedi va tovshini sekinlatib davom etdi: — badbaxt, aqllar 
ishonmasliq darajada bo‘lgan har bir yomonliqlarni qilar ekanki, biz bilmas ekanmiz. 
Otabek usta Alimning hikoyasini iltifot bilan eshitkan edi. Shuning uchun undan 
so‘radi: 
— Bu qanday Homid, qora cho‘tir kishi emasmi? Men hali uni qo‘shningiz uyidan 
chiqg‘an holda ko‘rgan edim. 
Usta Alim ajabsinib Otabekka qaradi: 
— O‘sha-o‘sha, siz uni qayoqdan taniysiz? 
— Uning bilan allaqayerda so‘zlashkanim bor edi. 
Usta Farfi Otabekka kulgi aralash qarab olib dedi: 
— Bo‘lmasa, uning qo‘lansa so‘zlariga xo‘b zavqlan-g‘andirsiz. 
Otabek ma’nolik qilib iljaydi. Ularning so‘zi shu yerga yetkanda ro‘ymolda tugiglik bir 
narsa ko‘targani holda Sayfi kirib keldi, salomdan so‘ng usta Farfi bilan ko‘rishdi va 
Otabekka qarab dedi: 
— Kecha sizni kuta-kuta oshlarimiz sovib qoldi, bek aka. 
— Men bu kungami, deb o‘ylabman, — dedi kulib Otabek. 
Sayfi hovliqib bir narsa deyishka hozirlanar edi: 
— Bu kun kechasi hammomning og‘ilida biravni o‘ldirib ketibdirlar, — dedi. 
— Kimni? — deb so‘radi usta Alim. 
— Kim ekanini bilmadim. 
Usta Farfi javob berdi: 
— Kelishimda qo‘rboshilar boshliq o‘lukni aravaga ortar ekanlar, o‘ldirilgan Salim 
sharbatdorning o‘g‘li bechora Komilbek. 
— Tavba, — deb qo‘ydi usta Alim va so‘radi: — o‘ldurg‘uchi ushlanganmi? 
— Ushlanish qayog‘da, o‘lukning o‘zini qidira-qidira zo‘rg‘a yarim kechada topqanlar, 
— dedi usta Farfi. Otabek bu xabarni sovuqqina eshitib o‘lturar edi va fotiha o‘qub 
turishka hozirlanar edi. 
— Gumondor bormi? — dedi usta. 
— Gumondor-ku yo‘q, ammo bechoraning o‘lumi juda qiziq kunga to‘g‘ri kelishi ajib, 
— dedi usta Farfi va davom etdi: — Kecha Komilbekning Mirzakarim aka-ning qizi bilan 
nikohlari bo‘lmoqchi ekan. Bechora nikohdan ikki soat chamasi ilgariroq yonig‘a bir 
o‘rtog‘ini olib hammomga borg‘an va bir onda hammom ichidan yo‘qolg‘an, hatto uning 
yonidag‘i kishi ham qayoqqa ketkanini sezmay qolg‘an. Qiznikida hamma tajammulni 
tayyorlab, Komilbekning otasidan tortib nikoh qila-turg‘an qoziyu quzzotlarg‘acha 
kuyavni kutib o‘lturar ekanlar. Bir vaqtda haligi birgalashib hammomga tushkan yigit 
hovliqib qiznikiga kelgan, kuyav kutib o‘ltirganlar kuyavdan darak so‘rasalar, ul ulardan 
kuyavni so‘rag‘an va voqi’ani aytib, hammomda kiyimlarini ham qoldirib bir onda 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish