Uchta proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalash.
Narsaning ikkita proyeksiyasi hamma vaqt ham uning fazoviy shakli haqida
aniq tasavvur hosil qilish uchun yetarli bo‟lavermaydi. Masalan, 2.12- rasmdagi
tasvirlar parallelepiped, silindr, uch burchakli prizmaning va hokazolarning
proyeksiyalari bo‟lishi mumkin. Bundan tashqari, tajribada ko‟pincha juda
murakkab narsalarning chizmasini chizishga to‟g‟ri qeladi. Bunday hollarda
tasvirlanayotgan narsaning geometrik shakli va o‟lchamlarini aniqlash (ko‟rsatish)
uchun ikkita proyeksiya kifoya qilmaydi.
Tasvirlanayotgan narsa hakida birdan-bir to‟g‟ri tasavvur olishga imkon
beradigan chizma hosil qilish uchun ikkita poreksiyalar tekisligida emas, balki
uchta proyeksiyalar tekisligidan foydalaniladi (2.13-rasm). Uchinchi proyeksiyalar
tekisligi W («dubl ve» deb o‟qiladi) profil tekislik deb, o‟nda hosil bo‟lgan
proyeksiya esa narsaning profil proyeksiyasi (yon tomondan ko‟rinish ma‟nosidagi
fransuzcha «profil» so‟zidan) deb ataladi.
2.12- rasm. Ikki proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalashda tasvirlarning noaniqligi
Profil proyeksiyalar tekisligi vertikal tekislikdir. Narsaning chizmasini
yasash uchun profil tekislik ayni bir vaqtda ham gorizontal proyeksiyalar
tekisligiga,
ham
frontal
proyeksiyalar
tekisligiga
perpendikulyar
qilib
joylashtiriladi. Profil proyeksiyalar tekisligining N tekislik bilan kesishgan joyida u
o‟q,
V tekislik bilan kesishgan joyida esa
z o‟q hosil bo‟ladi.
2.13-rasm. Uch proyeksiyalar
tekisligiga proyeksiyalash
2.14- rasm. Detalning yaqqol tasviri va
chizmasi
CHizma hosil qilish uchun W tekislik 90° o‟ngga, H tekislik esa 90° pastga
buriladi. SHu tariqa hosil qilingan chizma (2.14 rasm) narsaning uchta to‟g‟ri
burchakli proyeksiyasidan iborat bo‟ladi. (Proyeksiya o‟qlari va proyeksiyalovchi
nurlar chizmada ko‟rsatilmagan.) CHizmada profil proyeksiya hamma vaqt frontal
proyeksiya bilan bir xil balandlikda, uning o‟ng tomonida joylashtiriladi. 2.13-
rasmga diqqat bilan qarang. Unda kema uch proyeksiyada tasvirlangan. Kema
chizmasi frontal, gorizontal va profil proyeksiyalardan iborat.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, biz chizma narsaning bitta, ikkita yoki uchta to‟g‟ri
burchakli proyeksiyasidan iborat grafik tasvirdir, deb ayta olamiz. Biz detalning
soyalari ya‟ni proyeksiyalaridan foydalanib, uning yaqqol tasvirining qanday
ekanligini bemalol tasavvur qila olishimiz va chiza olishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati
1. Sh.Murodov, L.Xakimov, A.Xolmurzayev, M.Jumayev, A.To„xtayev
“Chizma geometriya” Toshkent 2006
2. I.Rahmonov, N. Qirg‟izboyeva, A.Ashirboyev, A.Valiyev, B.Nigmanov
“Chizmachilik”, “VORIS NASHRIYOT”, Toshkent 2016
Elektron ta`lim resurslari
1. .
www.edu.uz