Ikkita proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalash.
2.8-rasmda bir nechta narsani proyeksiyalash jarayoni ko‟rsatilgan. Ko‟rib
turibsizki, hamma narsalarning proyeksiyasi bir xil bo‟lib chiqqan. SHu sababli,
bitta proyeksiyadan iborat chizmaga qarab, narsaning geometrik shakli
(parallelepipedmi, silindrmi yoki boshqa biror jism ekanligi) haqida hamma vaqt
ham aniq fikr aytib bo‟lmaydi. Undan tashqari, bunday chizmada jism faqat bir
tomondan ko‟rinadi, unda jismning balandligi aks etmaydi. Narsaning bitta emas,
balki ikkita proyeksiyasini yasab, bu kamchiliklarni yo‟qotish mumkin.
Bu maqsadda fazoda o‟zaro perpendikulyar joylashgan ikki proyeksiyalar
tekisligi olinishi kerak (2.9-rasm).
Proyeksiyalar tekisliklaridan biri gorizontal joylashtiriladi. U gorizontal
proyeksiyalar tekisligi deb ataladi va N (latincha «ash» harfi) bilan belgilanadi.
Narsaning shu tekislikdagi proyeksiyasi gorizontal proyeksiya deb ataladi.
Ikkinchi proyeksiyalar tekisligi V («ve» deb o‟qiladi) vertikal joylashtiriladi.
Vertikal tekisliklar bir nechta bo‟lishi mumkin. SHu sababli, kuzatuvchining oldiga
joylashtirilgan proyeksiyalar tekisligi frontal tekislik («yuzma-yuz» ma‟nosini
bildiradigan fransuzcha «frontal» so‟zidan) deb ataladi. Narsaning shu tekislikda
hosil
qilingan
proyeksiyasi
frontal
proyeksiya
deb
ataladi.
2.9- rasm. Ikki proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalash
SHu tariqa yasalgan proyeksiyalar fazoda turli (gorizontal va vertikal)
tekisliklarda joylashadi. Narsaning chizmasi bir listda, ya‟ni bir tekislikda yasaladi.
SHu sababli, narsaning chizmasini hosil qilish uchun ikkala tekislik bir tekislikka
keltiriladi. Proyeksiyalar tekisliklari proyeksiyalar o’qi deb ataluvchi Ox chiziq
bo‟ylab kesishadi (2.9-
b rasm) deb faraz qilsak, proyeksiyalar tekisliklarining bir
tekislikka keltirilishini osongina tasavvur qila olamiz. Darhaqiqat, gorizontal
proyeksiyalar tekisligi vertikal proyeksiyalar tekisligi bilan bir tekislikka keladigan
qilib pastga tomon 90° burchakka burilsa, ikkala proyeksiya bir tekislikda
joylashadi (2.10-rasm).
Chizmada proyeksiyalar tekisliklarining chegarasi ko‟rsatilmasa ham bo‟ladi
(2.10-b rasm).
Shuningdek, zarurat bo‟lmasa, chizmada proyeksiyalovchi nurlar va
proyeksiyalar tekisliklarining kesishish chiziqlari ham ko‟rsatilmaydi.
Bunda chizmadagi proyeksiyalar bitta narsaning tasviri Ekanligi ko‟rinib
tursin uchun ular ma‟lum qoidaga qat‟iy rioya qilib ostma-ust joylashtiriladi. 41-
rasmda gorizontal proyeksiya frontal proyeksiya tagiga joylashtirilgan
2.10-rasm. Detalning ikkita proyeksiyasidan iborat chizma
2.11- rasm. Detallarning chizmalari va yaqqol tasvirlari
Proyeksiyalarni joylashtirishning chizmachilikda qabul qilingan bu
qoidasiga qat‟iy rioya qilish zarur. Ikki to‟g‟ri burchakli proyeksiya - frontal va
gorizontal proyeksiyalardan iborat chizma misolini siz 2.1- b rasmda ko‟rgan
edingiz.
O‟zaro perpendikulyar ikki tekislikka to‟g‟ri burchakli proyeksiyalash
usulini fransuz olimi-geometri Gaspar Monj XVIII asr oxirida ishlab chiqqan. SHu
sababli, bu usul ba‟zan Monj usuli deb ham ataladi.
G. Monj narsalarni tasvirlash haqidagi yangi fan - chizma geometriyaning
taraqqiyotiga asos soldi.
2.11-rasmda detallarning chizmalari harflar bilan belgilangan, shu
detallarning texnik rasm lari raqamlar bilan belgilangan. Qaysi chizma qaysi
rasmga
tegishli
ekanligini
aniqlang
va
daftaringizga yozib qo‟ying.
Do'stlaringiz bilan baham: