Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
Maktabgacha logopediya fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejada rejalashtirilgan logopsixologiya, maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi, logopedik oyin, logopedik ritmika, logopedik texnologiya fanlaridan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Fanning ta`limdagi o’rni
Talabalar nazariyada olgan bilim, malaka va ko’nikmalarini rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida, maxsus maktab, maktab-internatlaridagi amaliyotda takomillashtiradilar. Nazariy bilimlarini ilk bor hayotga tatbiq etish ko’nikmalari hosil qilinadi. Shuning uchun ushbu fan asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, defektolog kadrlarni tayyorlash jarayonida muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |