Duduqlanishni barataraf etish (CHeveleva metodikasi).
Tayanch tushunchalar
Dislaliya - (grekcha dis -qisman, lalia - Nutq) Nutqning qisman buzilishi.
Progeniya - (grekcha progenys - pastki jag’) - pastki jag’ning oldinga chikishi.
Prognatiya - (grekcha prognathas - jag’) - yuqori jag’ning oldinga chikishi.
Adabiyotlar
Logopediya (pod.red. L.S.Volkovoy) M., Prosvehenie, 1989.
Logopediya (L.Muminova, M. Ayupova) T., 1993 y.
L.Muminova Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar Nutqini logopedik tekshirish bo’yicha metodik yo’llanma. T., 1989 y.
Osnovы teorii i praktiki logopedii (pod.red. R.E.Levinoy) - M., 1968 g.
Umumdidaktik tadbirlar: to’g’ri kun tartibi, kunduzgi va tungi uyquning normallashtirilishi, rasional jismoniy va mehnat tarbiyasi bolaga ijobiy ta’sir etadi, nutqiy va ruhiy holati yaxshilanadi.
Psixoterapevtik maqsadga ko’ra bog’cha yoshidagi duduqlanuvchilarni davolash oiladan uzoqlashmagan holda amalga oshirilishi lozim.
Ya’ni, kunduzgi muassasalarga qatnashi, bu bola shaxsining yanada sog’lom rivojlanishiga yordam beradi.
Chunki, ota-onalar bunday vaziyatlarda bola nutqini qayta tarbiyalash ishlarida qatnashish imkoniyatlari mavjud bo’ladi.
Logopedik ish metodlarini tanlashda duduqlanuvchi holatini klinik baholash muhim ahamiyatga yega. Har bir bola ruhiy holatining o’ziga xos xususiyatlarini yaxshi biluvchi logoped, logopedik mashg’ulotlarning ajratilgan bosqichlarida uning imkoniyatlarini shifokor bilan birgalikda baholaydi.
Mashg’ulotlarning hajmi, uning ko’rinishi va davomiyligi faqatgina nutq nuqsonlarining ko’rinishida yemas balki bolaning ruhiy va somatik holatda ham aks etadi.
Logopedik ish.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan logopedik ish duduqlanish kompleks terapiyasining bo’limlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Bog’cha bolalarida logopedik ishning ahamiyati, uning ko’p qirraligi shundaki, usiz duduqlanishni batamom yoki uzoq vaqtgacha bartaraf yetish imkoniyati bo’lmaydi. Maktabgacha yosh - bu bola nutqining shakllanishi va rivojlanishidagi muhim davr. Uni anglash davri deb ham atash mumkin. Bu yillarda bola o’zining faol, talabchan savollari tufayli lug’at boyligini tinimsiz to’ldirib boradi. Tilni o’zlashtirish bolalarni mustaqil fikrlashiga va asosiysi mustaqil muloqotga kirishishga yordam beradi.
Agar bolalarda duduqlanish shu yillarning o’zida kelib chiqsa, u xarakterining, shaxsining rivojlanishida va nutqining shakllanishida deyarli har doim aks etadi.
Nutqiy rivojlanish kamdan-kam hollarda kechikadi. Nutq rivojlanishining buzilishiga duduqlanuvchi bolalarda so’zlayotgan vaqtida sodir bo’ladigan qiyinchiliklarni asosiy sabab qilib hisoblash mumkin. Ularda ayniqsa spontan nutqdan foydalanish qiyinchilik tug’diradi. Kommunikativ muloqotning buzilishi ularning savollar berishiga to’sqinlik qiladi. Bunday hollarda lug’at boyligi sekin to’lib boradi. Nutq rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan har qanday sabab, hoh yomon tushunish, lug’atning kamligi, guruhlarda bolani ma’lum darajada mashgulot va o’yinlardan bir oz bo’lsa ham chetlaydi. Logopedik ish duduqlanayotgan bola nutqini rivojlantirish va qayta tarbiyalashga hamda uning shaxsiyatini shakllantirishga yo’naltirilgan.
Nutqni rivojlantirish va qayta tarbiyalash bo’yicha mashg’ulotlar.
Erkin nutq muomalani rivojlantirish va duduqlanishni bartaraf yetish bo’yicha logopedik ishlarning asosiy vazifasi bilan bir qatorda intellekt, nutq, fikrlash, xotira va ijodiy qobiliyatni shakllantirishda qatnashuvchilarning psixik funksiyalarini rivojlantirishga alohida etibor beriladi. Biroq bulardan tashkari logopedik ishlarda maktabga tayyorlashni ham hisobga olgan xolda bog’chaning barcha guruhlari uchun maktabgacha pedagogikaning umumiy ustanovkalaridan foydalaniladi. Nutqning shakllanishi va rivojlanishining javobgarlik davrida kommunikativ aloqalarining yuzaga kelish davrida sodir bo’ladigan duduqlanish shunday logopedik ishlar usulini talab etadiki, bunda ushba usul bogcha yoshdagi bolalar bilan ishlashda mumkin bo’lsin. Mazkur yoshning xususiyatlari faqatgina ravon nutqni ishlab chiqish bilan logopedik ishlarni chegaralashga yo’l qo’ymaydi.
Bola nutqining rivojlantirishda atrofdagilarning nutqiy taqlid qilish katta rol o’ynashi ma’lum. Bu duduqlanuvchi bolaning nutqini to’g’rilash bo’yicha mashg’ulotlarni olib borishda hisobga olinadi. Davolash boshida duduqlanish ham og’ir shaklda bo’lganda, so’z yoki iborani talaffuz yetishni engillashtirish uchun bolaga o’yinchoq yoki rasm bir vaqtning o’zida ko’rsatish va nomlash (ismini aytish) orqali yordam beradi.
Ko’rgazmali materialning katta rol o’ynashi xaqida buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy shunday degan: «Bolaga unga noma’lum bo’lgan biron bir beshta so’zni o’rgating va u uzoq va besamara o’sha so’z ustida qiynaladi, lekin shunday (so’z bilan) yigirmata so’zni rasm bilan bog’lang va bola ularni tez da o’zlashtirib oladi».
Logopedik ishlarning har bir bo’limida, hoh diqqatni, xotirani, fikrlashni rivojlantirish bo’lsin, ko’rgazmali materiallardan foydalanish lozim. bular o’yinchoqlar, rasmlar bo’lib, ular duduqlanuvchi bolalarning iboralar qurishda kerakli so’zlarni tanishni juda engillashtiradi.
Bundan tashqari bolani yerkin, duduqlanmasdan, avval vaziyatli nutqni (ko’rish idrokiga tayangan holda), so’ng kontekstli (ko’rish idrokiga tayanmagan holda) nutqni foydalanishga o’rgatish kerak.
Duduqlanishda bolaning unga bermayotgan savollariga javob berishi hamda mustaqil nutqdan foydalanish qiyin hisoblanadi. Shuning uchun nutqiy mashg’ulotlarning barcha ko’rinishlarida maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar nutqini qayta tarbiyalashda qo’llaniladigan tamoyillar oddiydan murakkabga qarab tuzilgan ya’ni, bosqichma-bochqich murakkablashgan tartibda taqsimlangan, xususan bolalar uchun engil nutq ko’rinishlaridan bo’lgan qaytarishli va taqlidiy nutqdan to murakkab bo’lgan mustaqil yemosional nutqgacha. Bog’cha yoshidagi duduqlanuvchining nutqini qayta tarbiyalash uchun tavsiya etiladigan ketma-ket nutq bosqichlar yettita:
1) birgalikdagi nutq;
taqlidiy nutq;
tanish bo’lgan rasmlar bo’yicha savol-javob;
tanish bo’lgan rasmlarni mustaqil gapirish;
eshittirilgan kichik hajmdagi matnni gapirish;
mustaqil nutq;
normal yemosional nutq.
Ushbu barcha bosqichlar nutqni qayta tarbiyalashning asosiy sxemasini tashkil etadi. Bu logoped uchun guruh bilan frontal mashg’ulotlarni tashkil etishda u yoki bu bolaning duduqlanish darajasi hisobga olgan holda ularning har biriga xos nutq topshiriqlarini berish kerak bo’ladi. Mashg’ulotlarga yondoshish ijodiy va individual bo’lishi lozim.
Kichik hajmli matnni qayta gapirib berish.
Gapirib berishni bilish muloqot jarayonida katta ahamiyatga yega bola uchun esa bu yana o’z fikrlarini mustaqil yetkazish qobiliyatini anglash va tekshirish vositasi bo’lib hisoblanadi. Sovet psixologi D.B.Yelkonin yozadi: «Bola hayot tarzining o’zgarishi, kattalar bilan yangi munosabatlarning shakllanishi va faoliyatning yangi ko’rinishlari nutq shaklini differensiasiyasiga olib keladi. Bolaning kattalarga o’z taassurotlarini qayg’urishlarini yetkazishdan iborat muloqotning yangi vazifalari yuzaga keladi, biroq duduqlanuvchi bolalarning qo’lida ayniqsa nutq rivojlanishi orqada qolish holatlarida tilni to’liq o’zlashtirish ma’lum darajada kechikadi4. Ayniqsa bolaning duduqlanishi asab bilan bog’liq bo’lganda».
Nutqni qayta tarbiyalashdagi hamma mashg’ulotlarda ko’rgazmali qurollar tayanch bo’lib xizmat qilgan, bu mustaqil nutqni rivojlanishi uchun tayyorlov bosqichi bo’lgan. Qayta gapirib berish duduqlanuvchi bola uchun mustaqil nutqqa o’tishda ayniqsa ma’suliyatli davr bo’lib hisoblanadi. Qayta gapirib berish uchun logoped avvalo bolalari uchun mazmunan tushunarli materiallarni juda sinchkovlik bilan tanlashi lozim.
Xikoyalar aniq tartibga va voqyealarning ketma-ketligiga yega bo’lishi zarur. Ovozning ifodali, to’g’ri intonasiyali va baland holda chiqarish avval logoped nutqiga taqlid yo’li bilan olib boriladi. Bunda logoped nutqini vaziyatiga bog’liq holda hissiy o’zgartiriladi. Bolalar ajoyib ravishda taqlid qiladilar, hamda nutqning bunday hissiyotli ifodalanashi hyech ham uning ravonligini buzmaydi. Qayta gapirib berishda bir qancha bolalarning ishtirok yetishi foydali bo’ladi va har bir bolaga biron bir rol topshiriladi. Sahnalashtirishlar mashg’ulotlarning yanada murakkab ko’rinishidir. Lekin ular bolalarning faoliyati va harakatlari mobaynida gapirishga yordam beradi. Eng yaxshi bolalarning o’yinchoqlar bilan harakat qilishga imkon beruvchi mashg’ulotlarni boshlash kerak. Buning uchun barmoqlarga kiygiziladigan (huddi teatrlardagidek) o’yinchoqlar to’plamini berish mumkin.
Eng osonidan boshlash zarur: bolalar ularga yoqqan hikoyalarni eslaydilar. Qo’llariga biror bir o’yinchoqni kiygizadilar (ularga ko’proq tanish bo’lgan hayvonlar: mushukchalar, kuchukchalar, quyonchalar va b.). Bir vaqtning o’zida o’yinchoqlar bilan harakat qilgan holda katta bo’lmagan hikoyani gapirib beradilar - jasur mushukcha, qo’rqoq quyoncha va boshqalar haqida. Bu juda ham nutqni engillashtiradi va bolalar bu kabi o’yinlar hikoyani yanada hissiyot bilan aytib beradilar. Bu kabi mashg’ulotlarda turli xil o’yinchoqlar, matryoshkalar, mashinalardan foydalanish mumkin. Bolalar ko’chalar qurishi va unga turli kubiklardan yasalgan uylarni joylashtirishlari hamda ko’chalardagi svetoforlar yonidagi va boshqa harakatlarni so’zlab berishlari mumkin. Yana bolalar tanish she’rlarni o’z so’zlari bilan qayta aytib berishlari foydali hisoblanadi.
Mustaqil hissiyotli nutq. Bu kabi nutq ustida ishlash duduqlanuvchi bolaning nutqini qayta tarbiyalashdagi so’nggi daraja bo’lib hisoblanadi. Mustaqil nutqni qurish murakkabligi nafaqat tashqi sharoitga, ya’ni qayerda va kim bilan suhbat olib borilmoqda, balki so’zlashuvchining nutq imkoniyatlariga ham bog’liqdir. Shuni yodda tutish zarurki, bog’cha yoshida so’z boyligi to’planishi, nutqning fonetik va grammatik tomonlarining shakllanishi sodir bo’ladi. Bundan tashqari bu yosh nutqning semantik tomonlari rivojlanishning yanada murakkab, ma’suliyatli jarayon davri bo’lib hisoblanadi.
Nutqiga yerishib bola nafaqat so’zlashishni balki mavhum fikrlashni boshlaydi. Bu yoshda bolalarda vaziyatli nutqdan, kontekstli nutqqa izchil o’tish yuzaga keladi.
Bolalarda ko’rgazmali materiallar ishtirokisiz berilgan so’z yoki mavzu haqida, mustaqil, yerkin, ijodiy so’zlash katta qiziqish uyg’otadi. Mazkur topshiriqlarni 6-7 yoshdagi bolalar yaxshi bajaradilar. Ularning kichik hikoyalari bog’langan, mantikiy, tushunarli va haqiqatni to’g’ri aks ettiradigan bo’lishini anglash lozim. Vazifani engillashtirish uchun mazmuni tanish bo’lgan tanish so’zlar beriladi.
Masalan, ularga «Momaqaymoq guli», «Mushukcha», «Qurbaqacha» va shu kabi so’zlarga katta bo’lmagan hikoyalarni kurish taklif etiladi.
Hatto bolalarning kichik hikoyalari o’zida juda aniq kuzatuvlar va fikrlarining mantiqiy qurilishini mujassamlaydi.
Bu kabi suhbatlarda bolalarning o’zi savollar beradilar. Logoped faqat ularni yehtiyot qilgan holda yo’naltiradi. Ularning nutqlari shoshqaloqlik bo’lmasligini kuzatib boradilar va kerak vaqtda yordam beradilar. Bolalar mustaqil nutqni yegallab olganlaridan so’ng, ularga bir-birlari bilan suhbatlar olib borish imkonini berish mumkin.
Dialogni telefon o’yini yordamida tashkil yetish yaxshi hisoblanadi. Bunday suhbat - o’yinda har doim to’satdan sodir bo’lish yelementi mavjuddir va bu boladan avvaldan tayyor bo’lmagan holda to’gri javob berishni talab etadi.
Nutqiy muloqot shakli sifatidagi bu kabi dialoglar juda katta ahamiyatga yega. Chunki ular bolalarda ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Nutqni qayta tarbiyalashini turli darajalarida bo’lgan bolalarning barcha o’yinlar va mashgulotlarida ishtirok yetishlari muhim. Birok avval aytib utilganidek logoped so’zlashuvida yoki rasmlar bo’yicha aytib berishda qiyinchilik tuzilganda o’z vaqtida bolalarga yordamga kelishni diqqat bilan kuzatib borishi zarur. Nutqdagi bu yordam bolalar uchun shunchalik tushunarliki, ularning o’zlari bir-birlariga yordam ko’rsatishni boshlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |