Dramatizatsiyalashgan o’yinlar (sahnalashtirilgan). Dramali o’yinlar duduqlanuvchi bolalarda tassavvur, shaxsning shakllanishi, bolaning o’yin davomida faolligini va nutqini rivojlantirishga qaratiladi. Masalan «O’yinchoqlar uchun atelьe» o’yini.
O’yinga tayyorgalik: Logoped topshirig’iga ko’ra bolalar atelьega ekskursiyaga boradilar. Mashg’ulotda esa rasmlarga qarab «atelьeda» degan savol-javobdan iborat suhbat o’tkaziladi. Agar bolalar atelьeda bo’lishgan bo’lsa. Har bir bola ko’rganlarini gapirib beradilar.
Jihozlar: Qo’g’irchok, o’yinchoqlar, dazmol, qaychilar, iplar, santimetr, ignalar, gazlama bo’laklari, ilib qo’yish uchun «O’yinchoqlar uchun atelьe», «Ochiq», «Yopiq» belgilari.
Rollar: Tikuvchi, buyurtmachi, atelьe mudirasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |