Uqitish jarayonida mustaqil ishlash metodlarini tanlash
Mustaqil ishlash metodlari shaxsni ta’lim jarayonida o‘qi- tish, tarbiyalash va kamolotga etkazish masalalarini hal qilishda maksimal foyda beradigan vaziyatlarda qo‘llanishi kerak.
Mustaqil ishlash metodlarini qo‘llash eng maqbul bo‘lgan vaziyatlarni ko‘rib chiqamiz.
Zamonaviy maktabda mustaqil ishlash uchun qancha vaqt ajra- tiladi? Uquv materialining mazmuni va sinfdagi o‘quvchilarning imkoniyatlari qancha bo‘lsa, o‘shancha. Ammo shuni ochiq-oydin aytish mumkinki, hozirgi zamon maktabi sharoitnda mustaqil ish- lash metodining imkoniyatlari hali etarlicha baholanmayapti. U o‘qitish metodlari xazinasidan o‘z o‘rnini albatta olishi kerak.
Mustaqil ishlashga ana shu metod vositasida muvaffaqiyatli o‘rganilishi mumkin bo‘lgan barcha o‘quv materialini kiritish lozim. Darslar sistemasida tema bo‘yicha o‘qitish metodlarini tanlash tadbirini mazkur temani o‘quvchilarning mustaqil o‘qish- lariga o‘tkazish mumkinmi, ular o‘qituvchining yo‘llovchilik roli ostida mazkur darsda darslik bilan ishlash jarayonida uni mus- taqil uddalay oladilarmi degan savolga javobdan boshlash kerak.
Faqat o‘qituvchi o‘quvchilar materialni mustaqil egallay ol- masliklarini aniqlaganidan keyingina, u mazkur temani o‘z rahbarligi ostida o‘rganilishi zarurligi haqidagi qat’iy xulo- saga keladi. Qolgan barcha hollarda o‘quvchilarga o‘quv materia- linn egallashlarnda maksimal darajada mumkin bo‘lgan musta-
qillikni berish kerak. Tabiiyki, mustaqil ishlashning salmog‘i quyi sinflardan o‘rta va yuqori sinflarga ortib boradi. YUqori sinflarda u o‘qitish metodining umumiy sistemasida ayniqsa salmoqli o‘rinni egallashi kerak.
Mustaqil ishlashning samaradorligi faqat uning salmog‘iga- gina bog‘liq bo‘lmay, balki uning tashkil etilishiga va mustaqil ishlash metodini o‘qitishning boshqa metodlari bilan mohirona biriktira olish yo‘llarini topa bilishga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, o‘qituvchi mustaqil ishlash metodini qo‘llash mumkin- ligini aniqlagandan so‘ng, bu metodning o‘qitishdagi mantiq metodlaridan bittasi bilan birikmasini topishi, o‘quv materia- lining induktiv yoki deduktiv o‘rganilishini belgilashi lozim bo‘ladi. Ko‘p hollarda bunday tanlov o‘quv matg^iaiining maktab darsligida bayon qilinish mantiqiga bog‘liq bo‘ladi.
Tanlashdagi keyingi bosqich mustaqil ish qaysi — reproduktiv yoki izlanish xarakterida bo‘ladimi degan savolga beriladigan javobga bog‘liq. Bu birinchi navbatda o‘quv materialining mak- tab darsligida bayon qilinish uslubiga bog‘liqdir. Uqituvchi o‘quvtalarga o‘qish jarayonida qo‘yilgan savollarga javob topish- ni taklif etib, mustaqil ishlashni paragraf tekstini o‘qishdan emas, balki paragraf oxiridagi kontrol savollardan boshlashni maslahat berishi mumkin.
Agarda darslikda temaga muvofiq keluvchi savollar bo‘lmasa, darsga tayyorlanayotganda ularni mustaqil o‘ylab topish va o‘quv- chilarga aytib yozdirish yoki savollar ro‘yxatini kodoskop orqali namoyish qilish mumkin. Boshqa holatda mustaqil ishlashdan oldin problemali suhbat o‘tkazish va darslik tekstini o‘qishda hal etilishi mumkin bo‘lgan bir necha savollarni o‘quvchilar bi- lan birgalikda o‘rtaga tashlash mumkin. SHunday qilib, musta- qil ishlash metodining o‘qitishni boshqa metodlari bilan birik- masini tanlash uni maktabda qo‘llashni optimallashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Mustaqil ishlash metodini qo‘llashning alohida xarakteri — yangi o‘quv materialini o‘rgannshning barcha bosqichi davomida uni qo‘llash mumkinligi haqida biz hozir gap yuritganimizni eslatib o‘tamiz. Bu, umuman aytganda, uni qo‘llashdagi eng yuqori mazmunli darajadir. Ammo mustaqil ishlashning kamroq hajm- dagi turlari ham mavjud bo‘lib, bunga darslar davomida musta- qil mashqlarni, yozma grafik topshiriqlarni bajarish, yangi temani o‘rganishda qisqa-qisqa kuzatishlar, oddiy tajribalarnn o‘tkazishlar kiradi. Mustaqil ishlashning bu turidan foydala- nilganda har bir o‘qituvchi oldida atroflicha murakkab va ho- zircha to‘liq darajada hal etilmagan masala, har bir temann o‘rganish jarayonnda mustaqil ishlashga doir mashqlarniig ke- rakli miqdorini optimal tanlash masalasi turadi.
Darsliklarda mustaqil holda bajarish zarur bo‘ladigan mashqlarning umumiy soni ko‘pincha o‘rtacha darajadap ortiq
bo‘ladi va o‘qituvchiga mazkur konkret sinf va o‘tsuvchilar uchun mashqlarning optimal sonini tanlashni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi.
Har bir darsda mashqlarni mumknn qadar ko‘proq miqdorda bajarishga emas, balki ularni aynan ongli tanlashga o‘tish mu- himdir. CHunki mashqlar miqdoriga berilish mustaqil ishlashni yuzaki qilib qo‘yadi, o‘quv maternalini egallash sifatini oshir- maydi, balki pasayishiga olib keladi. Har bir darsda mashq- larni yuzaki bajargan va analiz qilgan holda, ularning sonini qalashtirib yuborishdek tipik kamchilikdan qutulish kerak.
Optimallashtirish g‘oyasi — mashqlarning mumkin qadar kam, zarur va etarli soni bilan ta’limning talab darajasidagi sa- marasiga erishishni amalga oshirishga intilish lozim. Bunga bi- rinchi navbatda har bir mashqni bajarish, uni oldiidan tayyor- lash, instruktaj berish, problemalar qo‘yish, uni aniq, lo‘nda va har tomonlama keng tahlil qilish sifatini oshirish orqali erishish mumkin. Har bir mashqda maksimal samaraga erishish mazkur bosqichdagi harakatlarnnng asosiy yo‘lidir.
Bu o‘rinda qator predmetlar bo‘yicha nashr etilgan didaktik materiallar jiddiy yordam beradi. Ularning tuzilishi va omma- viy chiqarilishi dars paytida mustaqil ishlash usulidan yanada ko‘proq foydalanish uchun vosita bo‘ldi.
Uqituvchilarning ish tajribasida didaktik materiallardan foydalanishga oid ko‘pgpna usullar mavjud. Uqituvchilar ular- dan o‘ta ehtiyotkorlik bilan foydalanishga harakat qiladilar va kabinetlardagi laborantlar brigadalari a’zolariga didaktik topshiriqlarning barcha variantlarini saqlash uchun shaffof plastmassali konvertchalar tayyorlashii topshiradilar. Bu kon- vertchalarga ko‘k, qizil, yashil rangli flomaster bilan mashqlar- ning qiyinlik darajasi belgilab chiqiladi, bu o‘qituvchiga o‘quvchilarniig real imkoniyatlarini hisobga olish imkonini be- radi.
Hozirgi kunda didaktik materiallarning yangi turlari ish- lab chiqilmoqda, ular topshiriqlarning murakkabligi o‘zgarma- gan holda o‘quvchilarga bu topshiriqlarni bajarishlarida kon- sultativ yordamning har xil turlarini taklif qiladi. Bu mustaqil ishlash jarayonini yaxshiroq tafovutlash imkonnni be- radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |