Bularning barchasi yuqori sinf o‘quvchilarinp o‘qitish jarayo- nida mustaqil mashqlar bajartnrish metodi hissasini oshirish lozimligini so‘zsiz tasdiqlaydi.
Umumiy ta’lim maktabini isloh qilnsh haqidagi hujjatlarda kitob, maktab darsliklari ustida mustaqil ishlash malakalarini rivojlantirishga alohnda e’tibor bernlgan.
Kitob bilan mustaqil nshlash metodidan foydalanish ko‘nik- masini rivojlantirishda darslarda darslik bnlan muntazam nshlash juda muhimdir. Uquv materialinn tushuntirishda, ko‘pgina o‘qituvchilar qilganidek, darslikni yopib qo‘ymaslik, balki aksincha, o‘quvchilardan ta’riflarni diqqat berib o‘qishni, qiy- nalishganda savollar berishni, paragrafning asosiy mag‘zini fikran ajratishni, darslikda berilgan rasm, sxema, jadvallar bilan ishlashni va shu kabilarni iltimos qilish kerak.
Mustaqil ishlashni kuzatar ekan, o‘qituvchi o‘quvchilarning darslik tekstlarini o‘zlashtirib olishdagi tipik qiyinchilik- larnm aniqlaydi, so‘ngra dars oxirida yoki keyingi darsda o‘til- ganni mustahkamlash va takrorlashda qo‘shimcha tushuntirishlar beradi. Mustaqil ishlashga dars davomida faqat mashqlar, ma- salalarnigina emas, balki agarda uning mazmuni mazkur sinf o‘quvchilariga etarlicha tushunarli bo‘lsa, butun paragraflarni o‘rganishni ham berish kerak. Bu ko‘proq tarixiy spravkalar, olimlar biografiyasi, o‘rganilgan hodisa, tushuncha, qonunlarni qo‘llash haqidagi hikoyalarni yorituvchi paragraflarga, fizika, ximiya, biologiya bo‘yicha kuzatishlar o‘tkazishga taalluqli bo‘lib, bularni o‘tkazgandan so‘ng o‘quvchilar mustaqil xulosa va umum- lashmalar qilishlari mumkin. Tekstlar o‘qilib, kontrol savol- larga javob berilgach, yakuniy suhbat uyushtiriladi, o‘qituvchi qo‘shimcha kontrol savollar beradi va o‘zlashtirilgan tema shunga taalluqli keyingi darsda o‘quvchilar yordamida umumlashtiri- ladi.
Mustaqil ishlash metodi o‘quvchilarning uy vazifalarini ba- jarishlarida keng qo‘llanadi. Uy ishlarini mustaqil ravishda tashkil etish metodikasi pedagogikada anchagina keng ishlab chi- qilgan. N. K. Krupskayaning o‘quvchilarning uy vazifalariga bag‘ishlangan mashhur maqolalarida bu masala yuzasidan klassik tavsiyalar berilgan. Biz esa bu o‘rinda uy ishlarini o‘zi musta- qil tashkil etishni yaxshilashga aloqador ayrim muammolarnigi- na aytib o‘tamiz, xolos.
So‘rovlarning dalolat berishicha, o‘qituvchilarning 30 pro- sentga yaqini uy vazifalarining hajmini koordinatsiya qilishni qo‘llamaydi, ularni bajarishning tushunarli bo‘lishini belgi- langan vaqtda ta’minlamaydi, o‘quvchilarni uy vazifalarini bajarish va masalalarni echishda o‘zini-o‘zi nazorat qilishga odatlantirmaydi.
Uqituvchilarning 20 protsenti o‘quvchilarga uy vazifalarini bajarish tartibi va bunda duch kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchi- liklar haqida yo‘llanma bermaydi, mashqlarni nomuvofiq tan- laydi, buning natijasida temaning eng muhim jihatlari qam- rab olinmay qoladi, natijada mashqlarning minimal soni bilan eng yuqori ta’limiy samaraga erishish imkoniyati yaratil- may qoladi.
Bu nuqsonlarni bartaraf etishning choralari qanday?
Har bir sinf uchun kundalik uy vazifalarini bajarishga soatlar miqdori belgilanganligini nazarda tutish kerak. Ammo bu vaqtni predmetlar o‘rtasida taqsimlash amalga oshirilma- ganligi tufayli, bu tadbirni sinf o‘qituvchilarinang harakati- ni sinf rahbari boshchiligida o‘zaro muvofiqlashtirish yo‘li bi- lan amalga oshirish mumkin. Uquvchilarning nagruzkasini sun’iy holda amalga oshirmaslik uchun haftaning ayrim kunlarida uy vazifalari hajmini koordinatsiya qilishni jiddiy yaxshilash lozim bo‘ladi.
Uy vazifalarini shoshma-shosharlik bilan bermay, balki ularni mufassal tushuntirish, tug‘ilishi mumkin bo‘lgan qiyin- chiliklarni ko‘rsatish, ularning oldini olish bo‘yicha maslahat- lar berishga rioya qilinishi ustidan nazoratni keskin kuchayti- rish singari elementar pedagogik talablarga hozir katta ehtiyoj tug‘ilgan. Uquvchilar uyda o‘rganishlari lozim bo‘lgan darslik tekstiga ko‘z yugurtirib chiqib ulgurishlari, o‘qituvchiga savollar bera olishlari uchun vaqt qoldirish foydalidir. Uyga vazifalar berishga yuzaki qarashga, unga ikkinchi darajali nar- sa sifatida munosabatda bo‘lishga chek qo‘yish kerak. Bu — uy ishinnng muvaffaqiyatli bajarilishi, unga bog‘liq bo‘lgan dars- ning eng muhmm elementidir.
Kartochka-konsultatsiyalar, tushuntirish rasmlaridan iborat bo‘lgan didaktik materiallar, topshiriqlarni bajarish plani, masalalar tipini ko‘rsatish va shu kabilardan foydalanib uy vazifalarini tafovutlashga alohida e’tibor berish zarur.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |