Talabalarning mustaqil faoliyatlarini pedagogik boshqarishning mohiyati.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
Talabalarning o‘quvfaoliyatlarining sifati va jadallashuvi ta’lim berish sifatini, balki shunga mos ravishda, mutaxassislar tayyorlash natijalarini ham aniqlab beradi.
Modomiki talaba ta’limiy tizimga sub’ekt sifatida kirsa, unda boshidan uning qobiliyati mustaqil, ongli va maqsadli harakat qilishini nazarda tutadi:
o‘zining harakatini rejalashtirish - o‘z maqsadini tanlash, ularga erishishning yo‘l va vositalarini aniqlash;
berilgan topshiriqlarni echish uchun o‘z imkoniyatlarini birlashtirish, tashkillashtirish;
o‘z faoliyatini nazorat qilishi va mos ravishda baholash o‘zining keyingi harakatlarini o‘zi nazorat qilishi va o‘zini o‘zi baholashni amalga oshirish.
Talaba tomonidan mustaqil ishni bajarishda ularning faoliyati tizimida ko‘rsatilgan har bir elementlarning muvaffaqiyatli harakatlanishi o‘qituvchini quyidagi boshqaruv harakatlarini aniqlaydi: rejalashtirish, tashkillashtirish hamda monitoring va baholash.
Talaba mustaqil ishni bajarishda nafaqat o‘quv mashg‘uloti maqsadini, balki uning yakunida taxminan qanday o‘quv natijalarga erishish mumkinligini ham bilishi zarur.
O‘quv natijalariga erishish yo‘llari ko‘rsatilganda - berilgan ishga ma’lum bo‘lgan usul yoki texnikani o‘rganish va qo‘llashni yoki ishlar tartibi bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma yoki ko‘rsatmani aytib berishi mumkin.
Talaba nazoratning shakli va turi: yozma-esse, hisobot, referat va boshqalar, og‘zaki-taqdimot, savollarga javob berish va boshqalar, shuningdek har bir o‘quv topshirig‘ini baholashni sifat va miqdoriy mezonlari bilan tanishtirilgan bo‘lishi zarur.
O‘zini o‘zi tekshirish uchun har bir o‘quv mashg‘ulotiga tavsiya etilayotgan topshirik (test, savol, vazifa va mashqlar) joriy pedagogik nazoratni va talaba tomonidan kuzatilgan ta’limiy maqsadlarga erishish darajasini doimiy o‘zi baholanish ta’minlaydi.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini amalga oshirish sharoitida talaba quyidagi umumo‘quv (har qanday o‘quv fanini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan) ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish kerak:
ma’lumot bilan mustaqil ishlash: asosiy holatlarni aniq, chizmaviy va izchillikda konspekt ko‘rinishida qayd etish; o‘quv topshiriq va vazifalarni echish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni topish, tanishish, tushunish, tanqidiy baholash, uni va referat, hisobot, belgilarda, shuningdek grafikli tashkil etuvchilar ko‘rinishida taqdim etish; berilgan talablarga muvofiqlikda o‘zining shaxsiy ilmiy matnini (maqola, maruza, tezis) yaratish;
taqdim etish malakalari: O‘quv topshirig‘ini bajarish natijalari bo‘yicha so‘zlayotganda o‘zini dadil tutishi, turli ko‘rgazmali vositalardan foydalanishi;
o‘qituvchi bilan talabani o‘quv o‘zaro harakatini tashabbuslash, o‘z nuqtai nazarini himoya qilish va murosa qilishni topish, suhbatga kirishish, haqiqat bo‘yicha savollar berish, daliliy javoblar berish, munozara qoidalariga rioya etib uni olib borish, tortishuvlarda ishtirok etishning muloqotlashuv malakalari;
guruhli o‘zaro harakatga tayyorligi va qobiliyatida - o‘quv topshirig‘ini bajarish bo‘yicha hamkoriy faoliyatni jamoaviy rejalashda, umumiy vazifani echishda hamkoriy muloqot va o‘zaro harakat, o‘zaro yordam va o‘zaro baholashda namoyon bo‘ladigan hamkorlikda ishlash malakalari;
muammoli ma’ruzada faol ishtirok etishni va ta’limiy vaziyatlarni (Keys-stadi) va muammoli vazifalarni tahlil qilish, o‘quv topshirig‘ini bajarishning oddiy bo‘lmagan yo‘llarini topish, g‘oyalar ishlab chiqish va xulosalarni qabul qilish malakalari;
axborotni izlash, yig‘ish, qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy kompyutervaaxborotli texnologiyalarni qo‘llashning amaliy malakalari.
O‘quv fani bo‘yicha talabani o‘quv natijalarining yutuqlar varag‘i talaba tomonidan reyting ballarni to‘planishi to‘g‘risida tezkor ma’lumotlarni olinish vositasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |