Amaliy metodlar: mashqlar, o`yin va modellashtirishlar kiritiladi.
Mashqlar - bu berilgan amaliy va aqliy harakatlarning ma’lum ketma-ketlikda bola tomonidan takrorlanishidir. Artikulyasion mashqlarni sistemali ravishda bajarib turish, tovushni nutqka qo`yish va to`g’ri talaffuz etish uchun zamin tayyorlaydi. Mashqlar taqlidiy-bajariluvchi, konstruktiv va ijodiy turlarga bo`linadi.
O`yin metodi o`yin faoliyatini boshqa usullar: namoyish qilish, tushuntirish, savollar bilan birgalikda olib borishni nazarda tutiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan turli xil o`yinlar olib boriladi: ashulali, didaktik, harakatli, ijodiy, saxnalashtirilgan va x.k. Modellashtirish - bu modellarni yaratish, kullash va obektlarin tuzilishi haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga mo`ljallangan jarayondir.
Ulardan samarali foydalanish kuyidagi sharoitlarga bog’liq:
model obektning xususiyatlarini aks ettiruvchi bo`lishi kerak:
ma’lum yoshdagi bolaning idrok qilishi uchun mos bo`lishi kerak;
bilim, ko`nikma va malakalarni egallash jarayonini engillashtirishi zarur.
Ko`rgazmali metodlar - bu bilim ko`nikma va malakalarni egallashda kurgazmali kurollar va texnik vositalar yordamida beriladigan ma’lumotlardir.
Kurgazmali metodlarga kuzatish, rasmlarni ko`rish, maketlar, diafilm, kinofilmlarni ko`rish, plastinka, magnitafonlarni eshitish, hamda topshirik namunasini, harakat usulini kursatish kabilar kiradi.
Kuzatish - rasm, artikulyasion profil, maket, artikulyasion tovush, mashqlarni kullash va kursatish bilan bog’liq.
Aytib o`tilgan qo`llanmalardan foydalanish, bolalar tasavvurini kengaytirish, bilish faoliyatini rivojlantirish va logopedik ishning samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Magnitovon, plastinkadagi ovozlarni takrorlash. Bolalarning nutqi yozilgan magnitafon lentalari tahlil qilish, nuqsonlarni ajratib olish, korreksion ish bosqichlaridagi nutqni solishtirish uchun xizmat qiladi va ishning samaradorligini oshiradi.
Diafilm, kinofilmlardan tovushlarni nutqda mustahkamlash, hikoya, suhbat qilish jarayonida bog’langan va tushunarli nutq ko`nikmalarini rivojlantirish, duduqlanishni bartaraf etishda foydalaniladi.
Logopedik ishda og’zaki metodlardan bolaning yosh xususiyatlari, nutqiy nuqson tuzilishi, korreksion ta’sirning maqsadi, vazifasi, bosqichini xisobga olgan holda foydalaniladi.
Logopedik ta’sir quyidagi shakllarda amalga oshirilganda: frontal, guruxli, individual mashg’ulotlar va dars natija ko`ngildagidek bo`ladi..
Psixoterapiya duduqlanishni davolash ko`lamida muhim o`rin egallaydi. Psixoterapiyaning asosiy vazifasi — duduqlanuvchining ruhini sog’lomlashtirishdan iborat bo`lib, u 1) mukammal shaxsni kamol toptirish; 2) o`z nuqsoni va sosial muhitga nisbatan sog’lom qarashlarni tarbiyalash; 3) kichik sosial muhitga ta’sir ko`rsatish orqali amalga oshiriladi. Zamonaviy psixoterapiyada so`z orqali ta’sir etishning ikkita asosiy turi bor: 1) okilona (Dyubua bo`yicha) yoki tushuntiruvchi (V. M. Bexterev bo`yicha) psixoterapiya; 2) suggestiv terapiya, bunda bedor xolida, uyquda ishontirish (gipnoz) ni va o`z-o`zini ishontirish (autogen mashqi) ni ajratib ko`rsatiladi.
Bundan tashqari ota –onalar bilan ishlash, mustag’kam aloqa o`rnatish, logoped tomonidan berilgan topshiriqlarni uyda takrorlanishiga e’tibor qaratish ishlari ham to`g’ri tashkillashtirilishi kerak. Logoped ish faoliyatida didaktik o`yinlar, harakatli o`yinlar, so`z o`yinlaridan unumli foydalanish, xalq og’zaki ijodi namunalarini ish faoliyatimizda unumli qo`llash ham bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini bartaraf etishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |