Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti


Darsda o’tkaziladigan didaktik –o’yinlarning mazmuni va ulardan foydalanish metodikasi



Download 0,75 Mb.
bet5/26
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#790235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti fizika-

1.2. Darsda o’tkaziladigan didaktik –o’yinlarning mazmuni va ulardan foydalanish metodikasi
Ta'lim jarayonida didaktik o’yinli tеxnalogiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda o’quvchilarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi. Shu sababli o’quvchilarning bilim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar dеb ataladi[13]
Inson hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalarni amalga oshiriladi:
O’yin orqali shaxsning ma'lum bir faoliyatga bo’lgan qiziqishi ortadi. Kommunikativ – muloqat madaniyatini egallashga yordam bеradi. Shaxsning o’z iktidori, qiziqishi, bilimi va uzligini namayon etishga imkon yaraiadi. Hayotda va o’yin jarayonida yuz bеradigan turli qiyinchiliklarni yеngishga tayyorlaydi, mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarini hosil qiladi. O’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulk-atvorni egallash, kamchiliklarga barham bеrish imkoniyati yaratiladi.
Shaxsning ijobiy xislat va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi.
Insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma'naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga e'tibor qaratiladi.
O’yin ishtirokchilarida jamoa muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi.
O’yin bilan bog’liq faoliyat o’zining to’rtta xususiyati bilan ajralib turadi
1. Erkin rivojlantiruvchi faoliyatning vujudga kеlishi (bunda o’yin ishtirokchilari rollarni, vazifalarini tanlash o’z ish faoliyatidan ko’ngli to’lishi nazarda tutiladi).
2. Ijodiy muhitning tarkib topishi (o’yin ishtirokchilari tеgishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo’ladilar).
3. His-hayajonli vaziyatning paydo bo’lishi (o’yin davomida musobaqa raqobat, hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kеladi ).
4. O’yin davomida bеlgilangan qonun qoidalarga qat'iy amal qilinishi (o’yin mazmuni, borishi, mantiqiy kеtma-kеtligi, vaqt balansi va h.k.)
O’yin tarkibiga quyidagi masalalar kiradi.
A) o’yinning syujеti
B) muayyan rollar, vazifalar;
V) ushbu rollarni amalga oshirish uchun bajariladigan amallar (usullar)
G) aniq o’yinlar yoki shartli ravishdagi o’yin vositalaridan foydalanish;
D) o’yin ishtirokchilari o’rtasidagi munosabat, muloqot.
O’yin faoliyatining tarkibi quyidagilardan tashkil topadi:
O’yindan ko’zda tutilgan maqsadni aniqlash, loyihalash.
Ushbu maqsadni amalga oshirish yo’llarini bеlgilash.
Olingan natijalarni tahlil qilish.
O’yin strukturasiga tеgishli o’zgartirishlar kiritish.
Didaktik o’yinli darslarning o’ziga xos xususiyatlari 1- jadvalda aks ettirilgan.



  1. O’qituvchi avval o’quvchilarni individual, so’ngra guruhli o’yinlarga

tayyorlashi va uni o’tkazishi ular muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng, ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o’quvchilar didaktik o’yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari, sinf jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kеlishi lozim.

  1. O’qituvchi didaktik o’yinli darslarni o’tkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi lozim:

  2. Didaktik o’yinli darslar dasturda qayd etilgan ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo’lishi.

  3. Muhim muammolarga bag’ishlanishi va ular o’yin davomida hal qilinishi.

  4. Barkamol inson shaxsini tarbiyalash tamoyillariga, sharqona odob-axloq normalariga mos kеlishi.

  5. O’yin strukturasi mantiqiy kеtma-kеtlikda bo’lishi.

  6. Mazkur darslarda didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflagan holda ulkan samaraga erishish kеrak.

Ta’lim jarayonida didaktik o’yinlar rolini chuqurroq va aniqroq tasavvur qilish maqsadida biz bu ishimizda qo’llaydigan ta’lim, o’yin, didaktik topshiriq, o’yin topshiriqlari singari tushunchalarning ta’rifiga va ularning ma’nosini ochib berishga to’xtalib o’tishimiz zarur.
Ta’lim — o’qituvchining bolalarga bilim, ko’nikma va malakalar berishining, bu bilim, ko’nikma va malakalarni o’quvchilar uqib olishi, egallab olishi va ularni mustahkamlab olishining rejali suratda o’tadigan jarayonidir.
Ta’lim jarayoni — bolalar xotirasining boyishi, ularning nutq va tafakkurining o’sish jarayonidir; Turli xil metod va usullar yordamida sodir bo’ladigan jarayondir.
O’yin — bolalarning suyaksuyagiga singib ketgan faoliyatdir, ularning bu faoliyati, o’yin turlariga qarab, ob’ektiv voqelikni, hayotni muayyan darajada o’zida aks ettiradi.
O’yin sinfda o’tilgan o’quv faoliyatining ma’lum darajada davomi va mustahkamlanishidir.
Tajribada shu narsa isbotlanganki, o’yin kichik yoshdagi o’quvchi bolalarning zarur ehtiyojidir.
Didaktik o’yin — ta’lim beruvchi usul bo’lib, bu usul muayyan ta’limiy maqsadlarga erishuvga, ya’ni o’tilgan o’quv materialini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Har bir didaktik o’yinni o’tkazishda muayyan maqsad, masalan, biror harakatni, biror hisoblash usulini, ya’ni ma’lum didaktik topshiriqni mustahkamlash vazifa qilib olinadi. Masalan, «Teatr» o’yiniga qo’yiladigan didaktik topshiriq bolalarning oldingi darslarda tanishgan 5 soni haqidagi tushunchalarini mustahkamlashdan iborat. «Doiraviy misollar» o’yinida esa ikkinchi o’nlik ichida hisoblash malakalarini mustahkamlashdan iborat bo’lgan didaktik topshiriq qo’yiladi.
Didaktik topshiriq darsga qo’yiladigan umumiy maqsadning bir qismini tashkil qiladi.
Har bir didaktik o’yinning ham har qanday o’yindagi singari qoidalari bo’ladi. O’sha qoidalarga amal qilinmasa, o’yinning o’yin sifatidagi ahamiyati, binobarin, o’yinning ta’lim-tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo’qoladi. O’yin qoidalari o’yin topshirig’iga kiritiladi. O’yin topshirig’i — o’qituvchining bolalarga o’yinning qanday o’ynalishini, kim g’olib chiqqan hisoblanishini va hokazolarni tushuntirish tarzida beradigan topshirig’idir[14]
«Jimjitlik» o’yinida bolalarga beriladigan topshiriq o’qituvchi ko’rsatgan belgi, sonni «xayol»da yechish va son natijasini topishdir. O’yin qoidasi — ovoz chiqarmasdan harakat qilishdir.
Didaktik material: suratlar, jadvallar, plakatlar, sanoq jadvallari, stol ustida ko’rsatiladigan teatr-shirma, abak (sanoq asbobi), o’yinchoqlar, cho’tlar; har bir bolaga beriladigan sanoq materiali: geometrik shakllar, xaltachalarga solingan dub yong’oqlar, cho’plar, qo’lda yasalgan buyumlar (qog’oz qayiqcha va shapkacha); geometrik shakllar chizilgan jadvallar, kartondan yasalgan shakllar, sxemalar solingan konvertlar; sanoq materiallari solingan individual yashiklar; geometrik shakllar solingan konvertlar va hokazo.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish