Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti



Download 180,82 Kb.
bet1/25
Sana15.05.2023
Hajmi180,82 Kb.
#939012
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
e0792ba771eef2c118123e6e109e2ba0 Ijtimoiy siyosa

Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti



S. To‘ychiyeva
A. Sh. Norbekov
I J T I M O I Y S I Y O S A T
fanidan

o‘quv qo‘llanma


Toshkent—2010

Mas’ul muharrir: sotsiologiya fanlari doktori, professor

M.B.Bekmurodov


Taqrizchilar: iqtisod fanlari doktori, professor
N.C.Aliqoriyev sotsiologiya fanlari nomzodi A.B.Yunusov

Mazkur o‘quv qo‘llanma “Ijtimoiy siyosat” faniga oid umumiy tushunchalar hamda ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga maqsadli ijtimoiy himoya tizimini amalga oshirish to‘risida umumiy bilimlar beradi.


Mazkur o‘quv qo‘llanma ushbu sohada ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchi va aspirantlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun mo‘ljallangan.

* Mazkur o‘quv qo‘llanma 2010-yil 26-fevralda Toshkent Davlat Madaniyat instituti Ilmiy kengashida muhokama etilib, nashrga tavsiya qilingan.


KIRISH SO‘ZI


O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakat hayotida jiddiy o‘zgarishlar, tub yangilanishlar yuz berdi. Siyosiy munosobatlarda yangicha tafakkur tarzi shakllanmoqda, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida fuqarolarning real ishtirokini ta’minlash va uning kafolatli tizimini yaratish mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning negizini tashkil etmoqda.
Prezident Islom Karimov “Bugungi kunda ijtimoiy hayot sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etib, odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, aholining himoyaga muhtoj qatlam va guruhlarini ijtimoiy muhofazasini ta’minlagan holda, O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik”, deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, O‘zbekistonda o‘tish davrida kuchli ijtimoiy siyosat tizimi shakllantirildi va hozirda uni amaliyotga kengroq tatbiq qilish, takomillashtirish muhim masalalardan bo‘lib qolayotir.
O‘zbekistonda muayyan to‘plangan tajribalar ijtimoiy siyosat tizimini tinimsiz takomillashtirib borishni talab etmoqda. Endi ijtimoiy siyosatni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan aholini yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan har bir shaxsni ishonchli bo‘lgan maqsadli ijtimoiy muhofaza qilishga, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga izchillik bilan o‘tish jarayoni kechmoqda.
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyalashning asossiz tekischilik tizimidan voz kechilib, sharqda necha ming yillar davomida qaror topgan ma’naviy- axloqiy qadriyatlar, turmush tarzi va dunyoqarashiga muvofiq keladigan o‘ziga xos yo‘l tanlab olindi va aholini ijtimoiy himoyalashga yangicha munosabat shakllantirila boshlandi. Ijtimoiy ko‘mak berishning mutlaqo yangicha ilg‘or tizimi shakllantirildi. Bu ijtimoiy islohotlarning muhim jihatlaridan biri. Demak, bu ham ijtimoiy sohaning o‘ziga xos “o‘zbek modeli”dir va bu haqda so‘z yuritish uchun asoslar yetarli.
Biz ta’kidlayotgan muvofiqlashtiriligan ijtimoiy ko‘mak berishning hozirgi tizimida mahalla instituti ustuvor mavqega ega. Bu tizim o‘z navbatida
jamiyatimizning oilalar mustahkamligi, jamoatchilik g‘oyalari, jamoa manfaatlarining birligi, ko‘pchilik fikrining ustunligiga asoslanish kabi muhim jihatlarni o‘zida mujassam etadi.
O‘zbekistonda mahalla o‘zini- o‘zi boshqarishdek ijtimoiy tuzilma sifatida azaldan mavjud bo‘lgan va hamon saqlanib kelyapti. O‘zbek millati uchun mahalla jamoa tushunchasidan ham muhimroq ma’noga ega. Mahalla tufayli aholining ijtimoiy qadriyatlari, o‘zaro munosabat tizimi, odob-axloq tamoyillarining alohida qoidalari saqlanib qoldiki, bu shaxsning o‘z zimmasidagi mas’uliyatni his qilishi va jamiyat oldidagi majburiyatini so‘zsiz bajarishning kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, biz shunchaki demokratik davlat emas, balki adolatli demokratik davlat qurishga intilyapmiz. Adolatga intilish—xalqimiz ma’naviy-ruhiy dunyosiga xos eng muhim xususiyat. Adolatparvarlik g‘oyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosobatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko‘maklashuv mexanizmida o‘z aksini topishi kerak.
Aholining yordamga muhtoj qatlami—bolalar, yolg‘iz qariyalar, nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlash ishlarini aniq mo‘ljalli tarzda amalga oshirish zarur. Shu bois islohotlarning hozirgi bosqichiga ijtimoiy ko‘maklashuv tizimini takomillashtirish, aholini ijtimoiy himoyalashning ta’sirchan mexanizmini shakllantirish davom ettirilmoqda. Muayyan moddiy yordam aniq oilalarga yetib borishi, jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlariga mo‘ljallangan tabaqalashtirilgan yordam bo‘lishi va haqiqatan ham, bunday yordamsiz kun kechirolmaydiganlarga bevosita lozimligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda.
Ijtimoiy siyosatning ijtimoiy yo‘nalganligi aholining moddiy kamxarj qatlamlariga yordam ko‘rsatishdangina iborat bo‘lib qolmay, u jamiyat a’zolarining asosiy ehtiyoj va manfaatlarini qondirish va ro‘yobga chiqarishga qaratilayotgani bilan diqqatga sazovordir. Endi aholi va uning ijtimoiy himoyaga muhtoj qismi o‘z tashabbusi, intilishi va masuliyati bilan o‘zining ijtimoiy ahvolini yaxshilash va takomillashtirish darajasiga yetdi. Mustaqillik ularga ana
shunday imkoniyatlarni qo‘lga kiritdi. Odamlarning dunyoqarashi, mentaliteti o‘zgarib ulardagi ijtimoiy boqimandalik va faqat davlatdan yordam kutib yashash kayfiyati barham topmoqda. Xususiylashtirish, xususiy mulkni mustahkamlash, kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari tashkil etish va tadbirkorlikni rag‘batlantirish hisobiga mamlakatimizda demokratik jamiyatining asosi va tayanchi sifatida o‘rta sinf amalda asosan shaklandi.
Aynan shu ma’noda ijtimoiy sohani tartibga solishda amal qilib kelayotgan ustuvor tamoyillar, xususan, qonun ustuvorligi, islohotlarni bosqichma – bosqich joriy etish, kuchli ijtimoiy siyosat kabi tamoyillar tizimini rivojlantirish muhim amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining O‘zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” mavzusidagi ma’ruzasida bugun 16 yil mobaynida boshimizdan kechirgan kunlar, haftalar, oylarni ana shu nuqtayi nazardan baholar ekanmiz, qat’iy ishonch bilan aytish mumkinki, o‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq birinchi galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich 1991–2000 yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o‘tish davri tom ma’noda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan davr, 2001 – 2007 yilgacha bo‘lgan muddatni ikkinchi bosqich faol demokratik yangilanish va mamlakatni modernizatsiya qilish davri bo‘ldi, deb baholasak bo‘ladi, degan fikrni bildirgan edi. SHuni alohida ta’kidlashimiz lozimki, bugungi kunda insonlarning yaxshi hayot kechirishlari uchun davlatimiz va bevosita davlatimiz rahbari tomonidan qilinayotgan say-harakatlar barcha fuqarolarimiz tomonidan quvonch bilan kutib olinmoqda.

1 mavzu. “Ijtimoiy siyosat” fanining maqsadi va vazifalari


Mustaqillikka erishilgandan so‘ng mamlakatimizda demokratik tamoyillar taraqqiyot uchun asos qilib olindi va bu borada fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat tuzilishini demokratlashtirish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish, xususiy mulkni, tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznes manfaatlarini himoyalash borasida zarur kafolatlarni yaratib berishga alohida e’tibor qaratildi.
Ijtimoiy himoya qilish har qanday yetarli darajada rivojlangan davlat hayotining zarur elementi hisoblanadi. Ijtimoiy himoya qilish konsepsiyasi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida paydo bo‘lib, keng umumsotsiologik ma’noda tegishli atama sifatida birinchi marta AQSh da 30 – yillarda yuzaga keldi va G‘arbdagi sotsiologiyada har bir fuqaroni ishsizlik tufayli iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan aziyat chekishdan, kasallik tufayli, farzand tug‘ilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishi yoki kasb xastaligiga yo‘liqishi, nogironligi, qariligi, boquvchisidan ajralib qolganligi uchun daromadidan mahrum bo‘lishi yoki uning keskin kamayishidan himoya qilish chora – tadbirlarini belgilash uchun sekin-asta tarqala boshladi. Mavjud adabiyotlarda ijtimoy himoya qilish tushunchasining ta’rif va talqinlari turlicha. Bunga misol qilib olsak, iqtisod fanlari doktori, professor Q. Abdurahmonovning umumiy tahriri ostida chop etilgan “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” kitobida ijtimoiy himoya qilish tizimi – bu huquqiy, ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy kafolatlarining butun bir tizimini tashkil etadi va tirikchilik vositalarini ta’minlash uchun mehnatga layoqatli fuqarolarga hamda aholining nochor qatlamlariga (davlat hisobidan, lekin bu qonun bilan belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmasligi lozim) shart – sharoitlar yaratib berish, degan ta’rifni keltiradi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov bugungi ezgu maqsadimiz mamlakat taraqqiyoti va faravonlikka erishishning yagona yo‘li bu faqatgina izlanish, yangilanish va islohotlar yo‘lidagi olg‘a intilish ekaniga urg‘u berib o‘tgan edi. Darhaqiqat, demokratik jamiyat muayyan ma’noda ijtimoiy asoslarni birlamchi manba sifatida qabul
qiladi. Ijtimoiy asoslari bo‘lmagan jamiyat o‘z taraqqiyotida sobit bo‘la olmaydi. Shu ma’noda demokratik jamiyat taraqqiyoti uchun ijtimoiy siyosat tizimi muhim rol o‘ynaydi. Ushbu holatdan kelib chiqqan holda, avvalo ijtimoiy siyosat tushunchasi va uning mohiyatiga to‘xtalish lozim.
Avvalo, ushbu so‘z birikmasidan har bir so‘zning ma’nosiga to‘xtalsak. “Ijtimoiy” atamasi arabcha bo‘lib, “yakdillik”, “hamkorlik” ma’nolarini anglatadi.
«Ijtimoiy siyosat» - davlat siyosatning muhim tarkibiy qismi, u ijtimoiy sohadagi munosabatlarni tartibga solishga, inson omilini to‘la nomayon qilishga qaratilganligida mujassamlashadi. “Ijtimoiy himoya” esa – aholining kam ta’minlangan qatlami uchun turmush darajasi va sharoitini yaxshilovchi chora - tadbirlar tizimini bildiradi.
«Ijtimoiy ish» esa kasbiy faoliyat, kishilarga, ijtimoiy guruhlarga, shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni qo‘llab-quvvatlash, himoyalash, to‘g‘rilash va qayta moslashtirish vositasida bartaraf etishga ko‘maklashish asosiy maqsad hisoblanadi. Ijtimoiy ish atamasi bozor iqtisodiyoti bilan jips bog‘liq, chunki uning samaradorligiga erishish ijtimoiy qatlamlarning yuzaga kelishi bilan birga kechada. Agar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tarmog‘i tuzilmagan bo‘lsa, unda ijtimoiy sohada muammolar keskinlashadi, ijtimoiy keskinlik yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o‘nlab yillar mobaynida kishilarni ijtmoiy qo‘llab-quvvatlash institutlari yaratilgan va ancha muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda “ijtimoiy xodim” kasbi keng tarqalgan kasblardan sanaladi, ijtimoiy tuzilmalar esa, ham davlatga qarashli, ham xususiydir. Ijtimoiy ish ikki bosqichli bo‘lishi mumkin: turarjoyi bo‘yicha ijtimoiy oldini olish va ixtisoslashtirilgan ijtimoiy yordam: olgan xizmat ko‘rsatish, aholi bandligi xizmatidan iborat.
Ijtimoiy ishning serqirraligini ijtimoiy xodim, ijtimoiy boshqaruvchi, tashkilotchi, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy tibbiy xodim, psixolog, huquqshunos, sotsiologlarda ko‘rish mumkin.

«Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish » esa


-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-maishiy, ijtimoiy-tibbiy, psixologik, ijtimoiy-huquqiy xizmat va moddiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy moslashtirishni o‘tkazish, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarni tiklash va qayta tiklash bo‘yicha ijtimoiy xizmat faoliyati. Ijtimoiy huquqqa ega bo‘lgan fuqarolarning huquqi davlat tizimidagi ijtimoiy xizmatda davlat tomonidan kafolatlanadi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmaganlar ham muayyan mamlakat fuqarolari bilan bir xilda huquqdan foydalana oladi. Ijtimoiy huquqiy fuqarolarning uning qarovchisi, homiysi, boshqa qonuniy vakilining davlat hukumiyati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari, jamoatchilik birlashmalariga murojaat asosida amalga oshiriladi. Quyidagilar ijtimoiy huquqning asosiy tamoyillari:
-manzillilik;
-mumkinlilik;
-ixtiyoriylik;
- insonparvarlik;
-og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan balog‘atga yetmaganlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ustuvorligi;
-oshkora emaslik;
-oldini olishga yo‘naltirilganlik.
Ijtimoiy huquqiy xizmat quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
-moddiy yordam ko‘rsatish (pul mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari, sanitariya va gigiyena vositalari, bolalarni parvarishlash uchun vositalar, kiyim, poyabzal va boshqalar );

  • kundalik zaruriy narsalar, yonilg‘i, maxsus transport vositalari, nogironlar, doimiy yoki vaqtincha statsionardan tashqarida xizmat ko‘rsatishga muhtoj shaxslarni qayta tiklash texnikaviy vositalari;

  • o‘ziga –o‘zi xizmat ko‘rsatish qobiliyatini qisman yoki to‘liq yo‘qotgan va doimiy qarovga muhtoj fuqarolarga statsionar muassasalarda maxsus xizmat ko‘rsatish. Ularning yoshi va sog‘lig‘iga ko‘ra, hayot faoliyati sharoitlarini yaratish, tibbiy, ruhiy, ijtimoiy tavsifdagi tadbirlarni o‘tkazish, ovqatlantirish,

parvarishlash, shuningdek, imkoniga yarasha mehnat faoliyatini, dam olish va bo‘sh vaqtini tashkillashtirish;
-yetim bolalarga, ota-onasining qarovisiz qolganlarga, boqimsiz balog‘atga yetmagan va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolganlarga ixtisoslashgan muassasalarda vaqtincha boshpana berish;
-ijtimoiy- maishiy va hayot faoliyatini ta’minlash uchun ijtimoiy-tibbiy masalalar bo‘yicha, psixologik-pedagogik yordam va ijtimoiy- huquqiy himoya bo‘yicha maslahat yordami berish;
-nogironlarga, imkoniyati cheklangan shaxslarga, balog‘atga yetmagan huquqbuzarlarga, cheklangan shaxslarga, kasbiy, ijtimoiy, ruhiy qayta tiklanishda yordam ko‘rsatish. Ijtimoiy- huquqiy xizmat bepul va pulli ko‘rsatiladi. Quydagilarga bepul xizmat ko‘rsatish mumkin: keksa yoshdagilarga, kasalligi, nogironligi, qarindoshlari yo‘qligi tufayli o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatishga noqobil fuqarolarga, agar shunday fuqarolarning daromadi yashash minimumidan past bo‘lsa; qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan shaxslarga; ishsizlik, tibiiy ofat, halokatdan jabr ko‘rganlarga; qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan balog‘atga yetmagan bolalarga.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasasi faoliyati qonunchilik hujjatlari asosida belgilanadi va tartibga solinadi.
Ma’lumki, qadimgi davr faylasuflaridan to hozirgi zamon mutafakkirlarigacha-hammasi odamlarning ijtimoiy tengligi va ijtimoiy hayotda huquqiy – siyosiy me’yorlarga teng rioya etishiga oid juda ko‘plab dono fikr - mulohazalarni bildirganlar .
E’tibor berilsa, qadimgi «Avesto» kitobida bu g‘oya o‘zining dastlabki ifodasini topgan edi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, «Avesto»ga oid manbalarda kishilarning yaxshi va farovon hayot kechirishlarida insonlar o‘rtasida “Vaj olish” odati kuchli bo‘lgan. “Vaj” (baj) so‘z olish yoki va’da berish ma’nosini anglatgan. Bu odatga ko‘ra, biror ishga qo‘l urishdan, uxlashdan, ovqat yeyishdan yoki diniy ibodatdan avval “Avesto”dagi biror oyat takrorlangan. Bu odat zamonlar o‘tishi bilan o‘zining muhim xususiyatlarini
saqlab qolib, bizning zamonamizgacha odamlarning o‘zaro muomala va munosobatlarida “so‘z berish”, “bir – birlariga yordam berish”, va’dalashish ma’nolarida saqlanib qolgan. Ayrim odamlar uchun biror ish, yumush yoki xizmat yuzasidan boshqa birovni ishontirish uchun qimmatbaho kafolatdan ko‘ra “Chin insoniy so‘z”, “yigit so‘zi”, “va’da” afzal tuyuladi, degan fikrlarni manbalarda o‘qishimiz mumkin.
Insoniyat tarixida ijtimoiy siyosatga oid munosabatlarda moddiy boylikni taqsimlashga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Mashhur faylasuf Pifogorning (er.av. 571-497 y.y.) shogirdlari va muxlislar “Pifogorchilar ittifoqi” uyushmasini tashkil etishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yadilar. Natijada ular o‘zi shaharlaridan 500 nafar eng boy-badavlat kishilarni haydab chiqaradilar va ularning mol–mulklarini musodara etadilar. Biroq bu uyushma ko‘p o‘tmay jamiyat tomonidan qattiq qarshilikka uchraydi. Diqqat qilinsa, “Pifogorchilar ittifoqi” jamiyatdagi ijtimoiy tengizlikni to‘g‘ri idrok etganlar. Lekin, ular bu holni tartibga keltirishda noma’qul harakat shaklini tanlaganlar. Jamiyat esa bunday keskinlikni rad etadi. Demak, ijtimoiy tengsizlik tushunchasi insoniyat tafakkurining qadimiy davrlaridan boshlab anglana borgan va buni bartaraf etish yo‘lida turli amallar va uslublardan foydalanilgan.
Bu borada mashhur faylasuf Geraklitning (er.av. VI–V asrlar) fikrlari ham diqqatga sazovordir. U shunday yozadi: «Tug‘ilgan odam yashashga intiladi, yashash esa huquqli bo‘lishdan iborat. Bunday huquq o‘limga qadar davom etishi lozim….» Demak, inson o‘z umrini kechirishda jamiyatdan muayyan imkoniyatlar talab qiladi. Bular orasida, tabiiyki, ijtimoiy muhofazalanish ham bor. Geraklit davom etib yozadi: “Insoniyat hayotida urush unga doimo hamroh bo‘lib kelgan. Lekin u kim uchundir kurash, kim uchundir boylik ortirish manbai va yana kim uchundir qullik, nihoyat ba’zilar uchun ozodlikdir. Bilmoq lozimki, urush o‘tkinchidir; eng asosiy haqiqat kurashdadir, kurash natijasida imkoniyatlar yuzaga keltiriladi”. E’tibor berilsa, Geraklit insonning ijtimoiy faolligini barcha imkoniyatlarning manbai sifatida baholaydi.
Insonda ijtimoiy ong shakllangandan boshlab u farovon jamiyatni orzu qilib kelgan. Bunday jamiyatga erishish odamlar ongiga, madaniyatiga bog‘liq bo‘lgan. Odamlarning ongi, madaniyati qanchalik yuqori bo‘lsa, jamiyatning rivojlanishi shunchalik tezlashgan. Jamiyatning rivojlanishi odamlarning siyosiy ongiga bevosita bog‘liq bo‘lgan. Siyosiy ongning darajasi esa, odamlar ongiga demokratik qadriyatlarni singdirishga bog‘liq. Demokratiya esa ijtimoiy siyosatni kuchaytiruvchi omildir.
O‘zbekiston jamiyati qiyofasining o‘zgarishi, mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan tamoyilda, aniqrog‘i, uni amalga oshirishda namoyon bo‘lmoqda.
Bular hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazishda, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari mahalla, mahalla qo‘mitalari va qishloq fuqarolari yig‘inlarining roli, hamda vakolatlarini amalda kuchaytirishda, siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlari qabul qilishdagi roli va ta’sirini kuchaytirish ko‘rinib turibdi. Aholining turli ijtimoiy va sotsial guruhlari manfaatlarini ifodalovchi, mamlakatimizda shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari bo‘lgan nodavlat va jamoat tashkilotlarining roli oshib bormoqda.
Bu tashkilotlar odamlar ongida demokratik qadiriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlarning ko‘lamini kengaytirishda muhim rol o‘ynayotir. Hozirgi kunda deputatlar korpusi, siyosiy partiyalar va nodavlat, nohukumat jamoat tashkilotlarining mavqei ortib bormoqda, ular davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini asosli vositasiga aylanmoqda.
Hozirgi zamon jamiyat tizimining muhim belgisi bu demokratik tamoyillar rolining ortib borishida ko‘zga tashlanadi. Demak, demokratik jarayonlarning chuqurlashishi hozirgi jamiyat tizimining o‘ziga xos
xususiyatidir. Globallashuv, subyektiv omillar ta’siri ostida dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida demokratik jarayonlar rivojlanib bormoqda. O‘zbekistonda ham bu jarayonlar demokratik yangilanish, fuqorolik jamiyatini qurish tarzida namoyon bo‘lmoqda. Faqat bu o‘ziga xos yo‘sinda yuz beryapti. Bizda xalq hokimiyati bo‘lmish demokratiyaning fundamental tamoyillariga asoslangan holda rivojlanmoqda. Xalqning tafakkuri ko‘hna va navqiron turmush tarzi bilan muvofiq harakatlanib, jarayonlar tobora chuqurlashib zamonga munosib o‘rinni egallab bormoqda.
Jamiyatning demokratlashtirish jarayonlari chuqurlashtirish, insoniyat hayotini farovon qilishga xizmat qilib, ijtimoiy siyosatning samarali va ustuvorligiga sharoit yaratmoqda.
Inson o‘zini ijtimoiy individ sifatida anglaganidan buyon farovon hayotga erishish uchun intilib keladi. Shu bilan birga insonga xos talab-ehtiyojlarni qondirish hamkorlik va birdamlikni talab etadi. Bu tendensiya tadrijiy ravishda kuchayib boradi. Farovon hayot, ideal jamiyat g‘oyasini amalga oshirishda fuqarolar davlatga katta umid bilan qaraganlar. Chunki odamlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish barcha jamiyatlarda davlatning ichki siyosatida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan. Ijtimoiy siyosat muqarrar ijtimoiy himoyaga e’tiborini talab etgan. Ijtimoiy himoya darajasi hamma vaqt ham bir xil bo‘lavermaydi, shu bilan birga, jamiyatlarning rivojlanishi xilma-xil bo‘ladi. Ijtimoiy iqtisodiy tuzumlarning rivojlanish darajasi bir xil emasligi, ayniqsa aholining ijtimoiy himoyasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Jamiyatlarning rivojlanish darajasida farqlar bo‘lishi bilan birga, ularga xos umumiy tomonlar ham bor. Hozirgi zamon jamiyat tizimining o‘ziga xos belgilaridan biri sanoatga asoslangan ishlab chiqarishning yetakchiligida. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi va ijtimoiy-siyosiy hayotning demokratlashuv tamoyillari yetakchiligida. Demak, hozirgi zamon jamiyatning asosiy belgilari quydagilar: insoniyatning birlashuvi; ilmiy-texnika revolyutsiyasi asosidagi yangi ishlab chiqaruvchi kuchlarning paydo bo‘lishi; hozirgi zamon jamiyatlaridagi tub o‘zgarishlar; ekologik va sotsial muammolar ustuvorligi va hokazolar
O‘zbekistonda amaliyotdagi ijtimoiy yo‘naltirilganlik va bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning boshqaruvchilik roli oshib borishi bilan xarakterlanadi. Bu tamoyil Respublikamiz to‘g‘ri yo‘ldan borayotganligiga bir misol. Demokratiyani chuqurlashtirish jarayoni ijtimoiy siyosat samaradorligini oshiruvchi omildir. Iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida qurayotgan jamiyatlarda ijtimoiy siyosatni kuchaytirishga xizmat qiladi, chunki, kuchli ijtimoiy siyosat demokratik tamoyilga asoslangan global jamiyatning muhim belgisidir.



Download 180,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish