Kitoblar tasvirlarini har bir bo‘linmaning ichiga joylashtirish
Sistemali katalogni to‗g‗ri tuzish uchun bir bo‗linmada birlashtirilgan
tasvirlarni joylashtirish tartibi muhim ahamiyatga ega. Tasvirlarni ancha
samaraliroq joylashtirish masalasi ko‗pincha kutubxona matbuoti sahifalarida
muhokama qilinadi va kutubxonalar tomonidan turlicha hal etiladi.
Katalogning bir bo‗linmasiga qo‗yilgan tasvirlarni joylashtirishning
alfavit tartibi ma‘lum ustunliklarga ega. Bu tartib har bir kitobning tasviri
tutadigan o‗rinni aniq belgilab beradi, bir avtorning muayyan masalaga doir
hamma asarlarini bir joyga to‗plashni ta‘minlaydi, kitobxon kitobning nomini
aniq eslay olmagan, avtorning, ismi va otasining ismini bilmagan, binobarin,
alfavit katalogdan foydalana olmaydigan hollarda unga kerakli kitoblarning
tasvirlarini qidirib topish imkonini beradi. Tasvirlar alfavit tartibida
114
joylashtirilganda kutubxonachi muayyan bo‗linmada ma‘lum.asarning aks
ettirilgan yoki aks ettirilmaganligini tez tekshirish imkoniyatiga ega bo‗ladiki,
bu narsa katalogni tahrir qilishda g‗oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni
ta‘kidlab o‗tish kerakki, bunday tartib sistemali .katalogning kitobxonga kitob
tanlashda yordamlashishdan iborat bo‗lgan vazifasiga to‗la ma‘noda javob
bermaydi. Tasvirlar alfavit tartibida joylashtirilgan paytda ilmiy jihatdan juda
qimmatli kitoblar muayyan bo‗limning oxiriga, uncha qimmatli bo‗lmagan
kitoblar esa bo‗limning oldiga chiqib qolishi mumkin. Kitobxonlar esa
hamisha ham butun bo‗linma,mundarijasi bilan tanishavermaydilar, ko‗pincha
bo‗linmaning boshida joylanshgan bir qancha tasvirlarni ko‗zdan kechirish
bilan cheklanib qo‗ya qoladilar.
Ba‘zan kitob avtorini va sarlavhasini emas, balki nashr etilgan yilini
asosiy belgi deb bilib, tasvirlarning alfavit tartibi o‗rniga teskari xronologik
tartib ko‗llaniladi. Bu tartib qo‗llanilganda nashrlar xronologiyasi kamaya
borib, dastlab oxirgi yilda nashr etilgan kitoblarning, so‗ngra undan oldingi
yillarda nashr qilingan kitoblarning tasvirlari joylashtiriladi va hokazo.
Kitobxonning birinchi galda har bir bo‗linmada yangi kitoblar tasvirini, go‗yo
fanning hozirgi darajasini aks ettiruvchi tarvirini uchratishni, tasvirlarni
joylashtirishning bunday tartibini, alfavit bo‗yicha joylashtirish tartibidan
ustunligi deb hisoblaydilar. Aslida esa kitobning nashr etilgan yili hamisha
ham uning yozilgan vaqtiga to‗g‗ri kelavermaydi so‗nggi yillarda chiqqan
kitoblar orasida qayta nashr etilgan kitoblar oz emas va ularni birinchi o‗ringa
chiqarrib qo‗yishni asosli bir narsa deb bo‗lmaydi. Ayni vaqtda tasvirlarni
nashr etish yilining teskari xronologiyasida joylashtirish katalogni tashkil
qilishda ham, undan foydalanishda ham ko‗p amaliy noqulayliklarni keltirib
chiqaradi.
115
Do'stlaringiz bilan baham: |