Bog'liq Kutubxona fondlari va katagoglari WORDga o\'grildi
Katalog bo‘linmalarini vujudga keltirish
Klassifikatsiyalash paytida bir xil katalog indeksini olgan matbuot
asarlari tasvirlarining gruppasi sistemali katalogning mustaqil bo‗linmasini
tashkil etadi. Kutubxona fondini mustaqil to‗ldirib borish jarayonida katalog
bo‗linmasiga yangi keltirilgan kitoblarning tasvirlari kiritiladi, yo‗qolgan yoki
fonddan chiqarilgan kitoblar esa o‗z vaqtida katalog hisobidan o‗chirib
tashlanadi. Bundan shu narsa ravshan bo‗lib turibdiki, sistemali katalog
bo‗linmalarini vujudga keltirish – kutubxona mavjud bo‗lib turgan hamma
vaqt mobaynida uzluksiz davom etadigan jarayondir.
Shuni nazarda tutib, katalog tuzish paytida unga yangi keltirilgan
kitoblarga mo‗ljallangan kartochkalarni shunchaki kiritib qo‗yish bilan
cheklanish yaramaydi, katalog bo‗limlari va bo‗limchalarini vujudga
keltirishga chuqur o‗ylagan holda yondoshish zarur. Kitob fondi orta borgan
va bo‗linmalardan har birida shunga muvofiq tarzda tasvirlar soni ko‗paya
borgan sari bir vaqtlar qabul qilingan bo‗linmalarni maydalash yetarli bo‗lmay
qolishi, qo‗shimcha ravishda detallashtirishni (masalan, umumiy va analitik
aniqlagichlardan foydalanish yo‗li bilan) taqazo qilishi mumkin.
Bo‗limlarni vujudga keltirish jarayonida sistemali katalogni matbuot
asarlarining tasvirlari bilan to‗ldirib borish haqida bosh qotirilar ekan,
katalogda har bir kartochkaning o‗rnini ko‗rsatib turadigan uning pastki
qismining chap tomondagi burchagida joylashgan katalog indeksini
unutmaslik kerak. Shuning uchun agar kitobning ilgari o‗tkazilgan
klassifikatsiyasiga o‗zgartishlar kiritish talab etiladigan bo‗lsa, uning kitob va
kartochkalardagi indekslariga ham tuzatishlar kiritish lozim. Shunday qilib
katalogning bir bo‗linmasiga hamisha bitta katalog indeksiga ega bo‗lgan,
muayyan bo‗linma indeksiga mos keladigan kartochkalar quyiladi.
Tasvirlar orasida: asosiy tasvirlar (kitob tokchalarining xuddi o‗sha
bo‗limiga qo‗yiladigan kitoblar uchun), qo‘shimcha tasvirlar (asosiy
mazmuniga ko‗ra boshqa bo‗linmalarga o‗tkazilgan, lekin bu yerda ham
113
qo‗shimcha tarzda aks ettirilgan kitoblar uchun) va analitik tasvirlar
(asarlarning tomlaridan, tuplamlardan yoki vaqtli nashrlardan olingan maqola
hamda boshqa materiallar uchun) bo‗lishi mumkin. Fondda muayyan
masalaga doir mavjud matbuot asarlari mazmunining bir xilligi bu tasvirlarni
birlashtirishga sabab bo‗lgan.
Katalogda hamma bo‗linmalar o‗z indekslariga va rubrikalarning
jadvallardagi joylashuv tartibiga muvofiq tarzda joylashtiriladi. Bo‗lim ichida
aniqlagichlar yordamida tuzilgan bo‗linmalar aniqlagichsiz xuddi shu
indeksga ega bo‗lgan bo‗limdan bevosita keyin joylashtiriladi. Agar bir
bo‗limda har xil aniqlagichlar yordamida tuzilgan bo‗linmalar uchrab qolsa,
ularni quyidagi tartibda joylashtirishni tasviya etamiz:
aniqlagichsiz indeks
shakl aniqlagichlari bo‗lgan indeks
geografik aniqlagichlari bo‗lgan indeks
munosabat aniqlagichlari bo‗lgan indeks
analitik aniqlagichlari bo‗lgan indeks