Nikolay Aleksandrovich Rubakin (1862-1946) o‗z bibliografik
klassifikatsiyasida hamma fanlarni teskari tartibda joylashtirgan: birinchi
o‗ringa sotsial turmush haqidagi fanlarni, so‗ngra organik tabiat haqidagi,
anorganik tabiat haqidagi va, nihoyat, bilish usullari haqidagi fanlarni va
falsafani qo‗ygan. Uning fikricha, bunday tartib kitobxonga avvalo unga
yaqinroq bo‗lgan hodisalar haqidagi (jamiyatdagi o‗zaro munosabatlar
haqidagi), so‗ngra esa bir qadar umumiy va bir qadar mavhum fanlar haqidagi
kitoblarni berishga imkon tug‗dirar edi.
Nikolay Aleksandrovich Rubakin (1862-1946)
|
N. A. Rubakin klassifikatsiyasi bir necha
ayrim kutubxonalarning bosma kataloglarida materialni
sistemalashtirishga birmuncha ta‘sir etdi.
Kutubxonalarning amaliy ishi uchun bu klassifikatsiya
uncha yaroqli bo‗lib chiqmadi. Ayniqsa ijtimoiy fanlar
bo‗limlarida mayda bo‗linmalarning juda ko‗payib
ketganligi, bo‗linmalarning aniq ifodalangan
bosqichlari yo‗qligi, bo‗limlarning sarlavhalari juda
ko‗p so‗zlar vositasida berilganligi, indekslarning
yo‗qligi ana shunga olib kelgan edi.
|
O‗nli klassifikatsiyadan foydalanish rus kutubxonachilarini tobora
ko‗proq qiziqtira bordi. Matbuotda shunday maqolalar paydo bo‗ldiki,
ularning avtorlari Rossiyaning shahar va zemstvo kutubxonalarida
71
qo‗llanilayotgan haddan tashqari qisqa, kam ishlangan klassifikatsiya
sxemalarining qoniqarsizligini ta‘kidlab o‗tar edilar. B. S. Bodnarskiy, Ye. N.
Dobrjinskiy, P. A. Unde-Popov o‗nli klassifikatsiyani qo‗llanishning aktiv
targ‗ibotchilari edilar. Boshqa kutubxonashunoslar garchi bu
klassifikatsiyaning amaliy jihatdan qulayligini tan olsalar-da, uning ilmiy
jihatdan asossizligini ko‗rsatib o‗tganlar. Usha yillarda o‗nli
klassifikatsiyaning qisqartirilgan tarjimalari (asosan uning ikkinchi varianti)
mamlakatda birinchi bor nashr etildi. Sekin-asta bu klassifikatsiya Rossiya
kutubxonalarida amalda ham qo‗llanila boshladi. 1917 yilga kelib Moskva,
Petrograd va boshqa shaharlarning ko‗pchilik kutubxonalari o‗nli
klassifikatsiyadan foydalanardi, uning indekslari mamlakatimizda chiqqan bir
qancha bibliografik nashrlarda qo‗llanilardi.
XX asr boshlaridagi rus kutubxonachilari orasida o‗nli
klassifikatsiyaga nisbatan zid fikrlar qaror topdi. Bir tomondan, o‗nli
indekslarning amaliy jihatdan qulayligi e‘tirof etildi, boshqa tomondan, asosiy
bo‗limlarning va ular bo‗linmalarining izchilligi, fanning o‗sha vaqtdagi
darajasiga javob bermasligi qattiq tanqid qilindi. Bu o‗nli indekslardan
foydalangan holda klassifikatsiya sxemalari tuzishga olib keldi, biroq bu
sxemalar o‗nli klassnfikatsiyaning mantiqiy tuzilishiga muhim tuzatishlar
kiritar edi. Kutubxonachilik sohasining taniqli arbobi P. M. Bogdanov
shunday sxemalarning bir necha variantlarini ishlab chiqdi. Bogdanov ishlab
chiqqan sxemalarda muhim ustnlikka ega bo‗lishiga qaramay asosiy
klasslarning izchilligi o‗nli klassifikatsiyaga nisbatan mantiqiyroqligi, ularda
rus kutubxonasi amaliy ehtiyojlari hisobga olinganligi, ijtimoiy fan
bo‗limlarining bir qadar ilmiy tarzda ishlab chiqilganligi sababli bu sxema
amalda keng yoyilmadi.
Bu – o‗nli klassifikatsiyaning Rossiya kutubxonalarida qisman
qo‗llanila boshlaganligi, uning indekslari rus kutubxonachilariga yaxshi
tanishligi va ko‗nikib qolingan indekslarni o‗zgartirish nomaqbul bo‗lib
ko‗ringanligi bilan izohlanadi.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |